Sevgi Asirligida 🫦
(Qanday qilib bu ishga aralashib qoldim aa?) —Yuna hayolan òzi game òzi hòrsinib savol berdi. Òsha kuni u shunchaki mahkamada zerikib òtirgan edi. Han va seungminni qandaydir havfli òg'ri haqida gapini eshtib qolib, ularni orqasidan bildirmay bordi. Ularni domga kirib ketganini kòrgan Yuna usha domdan atay sal uzoqroqda burchakda turgan edi. Ular chiqavermagani uchun Yuna zerikib telefonini titib turgandi. U qayerdan bilsin birdan uni kòcha burchagini ichiga tortib olib kirib uning shuncha yildan beri Asrab kelgan 1-bòsasnini olib qòyishashi deb?! Yana qandaydir bir ,,Criminal Lord " politsiyachini aa?!? Yuna uni qochishiga qòyib berdi, sababini esa òzi ham bilmas edi...
Yuna bir tomondan hursand bòldi chunki u jiddiyroq jinoyatni ochmoqchi emasmidi?! Bir tomondan esa usha ,,jinoyatchi"ni tezroq tutigisi kelardi. Yuna bularni hayolidan òtqizguncha haligi 2 xizmatchilar yonlaridan qaydaydir hujjatlarni olib Yunaga topshirishdi;
— Unnie, mana ,,u" haqida ma'lumotlar
Yuna hujjatlarni olib qog'ozlarni varoqlay boshladi. Qancha tez varoqlamasin uni yuzi g'azabga va hayratga tòlardi!
— bu nimasi? Bor ma'lumotlar shumi?!
— h..ha unnie!
Gap shunda ediki, qog'ozlar ko'p bòlishiga qaramay ,,u" haqida ma'lumotlar kam edi;
Ism: (?) Noma'lum!
Yosh; 25-26(aniq emas)
Bòyi; 1.79m
Korinishi; (?) Doimo qora kiyimlarda, bir qòlida pistolet...
Hattoki ,,uning" rasmi ham yoq edi! Lekn u tomonidan bajarilgan ishlar juda katta va jiddiy edi. Yuna rasm turishi kerak bòlgan joydagi bo'sh ramkaga qarab bir oz turtida sòng uning kòzi katta qalin qora harflardagi yozuvga tushdi;
— ,, Criminal Lord " ...? - ovoz chiqarib òqidi u
— ha, u faqat jiddiy va katta ishlarga aralashadi — tezda javob berdi boshliq
Do va gapini davom ettirdi;
— ,,u" yana òz ishini shunday mahoratlik bilan bajaradiki, bizga kòrib turganingdek u haqida na ma'lumot va na uning kòrinishi ma'lum!
— boshliq Do, siz havotir olmang! Endi unnie bu ishni olgan ekan, u albatta oxirgacha boradi! — òrtaga Han suquldi
— ha ha! - hanning gapini tasdiqlab seungmin jiddiy bosh silkidi. Lekn Han unga qarab;
— nega eshshaka òxshab hangrayapsan a?
— yaxshiyamki, sen aytayotgan eshshakni umrimda kòrmaganman — seungmin unga qarab dedi va tezda qòshib qòydi;
— ha yo'q, kòrgan ekanman. Har kun kòraman — iljayib kuldi;
— hozir òsha eshshak oldimda menga qarab lòqqayib turibdi hahaha
— ax, sen...— ular endi urush boshlashmoqchi edi boshliq Doni baqirig'i ularni tòxtatdi;
— BÒLDI EEE! URUSHMALARIN!
Yuna yana qulog'ini qòllari bilan yopib oldi. Boshliq Doning baqirig'idan sòng ham u qòllarini olmadi lekin xizmatchilar jim bòlib tezda urushni tòxtatishdi. Boshliq Do joyiga yana qaytib òtiridi;
— Bugun barcha mafiyozlar, gangsterlar va ògrilar bu barda uchrashadilar — deya u Yunaga kichik manzil yozilgan qog'ozni tutdi. Yuna qog'ozga kòz yugurtirib chiqdida boshliqqa qarab dedi;
— Chundim, menga soxta pasport qilib bering, shuning òzi yetadi
[ 1.Bar — aroqxona, vinoxona🍻 va shunga òxshash alkashla yig'iladigan joy. U yerga borishni maslahat qilmiman!
2. Koreyaga barxonalar ko'p, va u yerga kòp mafiyoz yoki gangsterga òxshash odamlar kelad. Politsiyachilar ularni bazilarini yuzini kòrmagani uchun ularni dalillarsiz qamoqqa ola olmaydi. Va yana u yerga faqat katta odamlar kelmaydiku🤷♀️]
Yuna kechga u barga bormoqchi edi. U ,,òsha dòstini" yuzi sal bòlsada eslab qolgan edi, axir ular hattoki...xullas, u yerga kirish ham oson emasdi; doimiy klientlarni qòriqchilar yuzidan taniydi, ular orasiga yangilarni qòshilib ketishi oson emas! Yana agar ,,kattalar" bilan òtirishni xohlasang albatta hujjat yoki pasport kerak! Boshliq Do Jim Yunaga barcha kerakli narsalarni berdi. Han va seungmin ham Yuna bilan borishlarini aytib turib olishdi. Uchchalalari kechga yaqin manzildagi barga kelishdi.
— bunaqa joylarga kelaman deb òylamagandim! — seungmin barning tashti kòrinishiga qarab aytdi. Yuna va Han uning gapiga bosh silkishdi. Barning usti ajoyib chiroyli edi lekin ichkaridagi qòrqinchili va sovuq havo uzoqdan ham sezilib turar edi! Ular barning eshigi oldiga kelishdi. Eshik qòriqchilari ularga qarab qolishdi; òrtaga sariq sochli, qora plashda bir qiz, uning 2 chekkasida esa oq qora chiziqli plashda sheriklari turar edi!
— hush kelibsiz! — dedi qòriqchilarning biri lekin ularni hech ichkariga qòymasdi. Yuna gap nimada ekanligi kòrib chòntagidan ,,pasportini" olib ularga kòrsatdi. Qòriqchilar uni tekshirishdi va ulardan biri;
— sizlarni qayerdadir kòrmaganmanmi?
Yunani tezda har xil òy xayollar bosdi. Agar ularni bilib qolishsa...U endi nimadir demoqchi edi ularning ortidan;
— Ee~ u meni dòstimku hiq — deya hichoq tutib bir mast erkak kelib, Yunaning bòynidan bir qòlini òtqazdida;
— kecha kelmading, bugung mana senga bir eriy!— degancha uni tortib ketdi. Yuna orqasidan uning dòstlari ham kirishdi. Qòriqchilar indamadilar chunki u mast odam gangsterlar boshlig'i va doimiy klient edi! Ular barga kirishlari bilan og'ir atmosferani sezishdi, huddi ularni kimdir bòynidan bòg'ayotgandek! Barning ichi keng edi, shiftda oq chiroqlar yonib turgani bilan xona uncha yorug' emasdi va sigoreta tutunlari havoda bulutdek suzib yurardi. Huddi òsha tundek faqat nimadir yetishmasdi.
Yuna bularni òylaguncha gangster boshlig'i uni bar stollaridan biri oldiga òtqazib òzlariga vino buyurtma qilib ulgurdi. Chetroqda Han va seungmin ;
(unniening atrofida doim boshliqlar aa...)
deya hayolan òylashdi va ularga sal uzoqroq lekin ularni kòrsa bòladigan stolga òtirishdi. Chunki yaqin joylar band edi. Yuna atrofni òrgana boshladi, mast gangster esa unga dedi;
— Inxo, ol ich! Bugun hammasi mendan!
Yuna unga rad era olmasdi, yana atrofda shuncha ortiqcha kòzlar bor edi. U idishni bir hòplashda bòshatdi. Har bir stol atrofida gavdali va bir kòrsa titroq bosuvchi qòrqinchili odamlar òtirar edilar, ularning yonlarida esa asta kulib, ularga vino turib kalta kiyimlarda bir biridan chiroyli qizlar turishardi. Ularning bazilari turishsa, bazilari ularning yonida va hattoki u odamlarning tizzalarida ham uyalmasdan suykalib òtirishar edi. Han va seungmoning oldiga ham borib ulgurishdi! Yaxshi hamki, ular oldiga kelishmadi..Yonidagi gangster unga ol ollab 3 stakan kuchli vinolardan ichirib unga 4-sini tutayotgan edi. (Ee bunaqasi ketmaydi)
— men orqaga òtib kelay — deya Yuna òrnidan turdi. Buni sezib mast gangster;
— Inxo, biz endi boshladikku! Ichib tezda chiqarib kelasanmi?
—.... Ha...uzr, tòkib kelmasam hòllab qòyaman — deya Yuna kulib gangsterga qarardi lekin u kulgi asabini bosish uchun bir bahona edi. Yuna gangsterning oldidan uzoqlashdi, va odamlarning orasiga kirib ketdi. U 2-qavatga chiqa boshladi, Yuna òzini g'alati his qildi, uning boshi og'rib atrof aylana boshladi.
(#!*$ alkawlani mana nima uchun yomon kòraman)
Birdan uning plashi orqasidan kimdir tortib, yaqindagi bir xona ichiga olib kirib, uni eshikka qisdi. Yuna nima bòlganini sezmay qoldi. U kòzlarini ochib qarasa oldida; tòq kare kòzli, qop-qora sochli, oq yuzli bir yigit labining bir burchagini kulgidan kòtarib turar edi. Yuna oldin ichmagan edi, u vino og'ushida zòrg'a oyoqda turar edi...
— Sen..! — Yuna galirish uchun og'zini ochgan edi qarshisidagi yigit uning og'ziga qòlidagi pistoletini sal tiqib dedi;
— Yuna, mana yana uchrashdik~