September 25, 2025

Nomsiz kundaligim sahifasidan....📜

Yoz kunlari.Taxminan bir yil avval yoki ikki-mi? (Bilmayman hotiram sustlashgan) Deyarli baxtli edim! Maktab boshlanishiga oz qolgandi uyimiz tamirdaligi uchun hamma shu ishlar bilan ovvora ularga qoʻshilib men ham.Hayotimni oʻzi relsida ketayotgan poyezd misolida oʻylardim...bu poyezd doyim men oʻylagan kabi yuradi hech qanday toʻxtash va burilishlarsiz oʻz manziliga yetadi deb."Ammo hamma narsa ham biz oʻylagandek boʻlmaydi " degan soʻzlarni unitibman...Mening poʻyezdim toʻxtamadi hatto burilmadi ham.Unda nima? U butunlay agʻdarildi ! Ha Boshqaruv vagonidan tortib oxorgi vagonigacha qulab tushdi.Sabab esa menga eng qadrli boʻlgan inson kutolmaganda ketgani.Qayoqqa? Uzoqga...Yosh bola tasavvurida insonlar boshqa dunyoga ketsa farishtaga aylanib qanotlari bilan osmonda uchib yuradigan biz ularni koʻrmasak ham ular bizni koʻrib eshitib hatto tuygʻularimizni his qilib turadigan insonmi yoki farishta yokida boshqa... yashaydiganlar yoniga ketdi.Hoʻsh bunga tayyormidim ? YOʻQ....! Bu mening hayolimning bir chetining 4/1 qismining 0.00000000001% ga ham kelmagan narsa edi.
Yozning soʻngi kuni va Kuzning ilk kuniga oʻtar kechasi soat millari tungi yigirmaga yaqin qoʻlimga telefonni oldim kutayotgan insonimga qoʻngʻiroq qildim ovozidan maʼlum tadbir tufayli mast ammo bu holida ham shu paygacha uyga yolgʻiz mashina haydasa ham eson omon yetib kelgan.Yoʻlga chiqgani deyarli yarim soatda yetib kelishini aytib meni erkalik bilan injiqlanishimga javoban muloyim erkalatib gapirdi va goʻshakni qoʻydi.Men kuta boshladim u turgan joydan uygacha qancha masofa soat daqiqa hamma hammasini yaxshi bilardim hatto bu holatidagi mashina tezligini qancha vaqtda kelishi menga yod boʻlib ketgandi.Oradan hisobdagidan koʻp vaqt oʻtdi.Yuragim gʻashlanardi jahlim chiqardi.Yana telefonni qoʻlimga oldim esipast boʻlsam ham hozrgi aytilgan gapni yodimdan chiqarsam ham uning telefon raqami yodimda qolgan.Raqamni terdim telefon chaqirardi ammo javob yoʻq.Battar havotr egalladi qayta qayta va yana qayta qildim ammo natija yoʻq gʻazabdan joyimda tura olmasdim yana bir bor urinish va telefonga javob oldim Lekin men kutgan odam emas...bir soatga yetmay uyomizdan boshqa uyga oʻtdik yaqinlarim mendek ahvolda javob kutardik yaxshi ekanligi haqida aytishsa ham koʻksimdagi ogʻriq kuchayardi (sezdirmaslikka urinsalarda yolgʻonligini bilib turardim) nafas yetishmas darajada yigʻlardim kutdim telefon changalimda oradan qanchadr ham vaqt oʻtgan karrax ahvoldalihimdan etoborsizman hayolim qoʻlimdagi telefonga boʻladigan qoʻngʻiroqda lekin kun boʻyi koʻp yurganimdanmi yoki yigʻlaganimdan tanam holsizlanib gʻaflat bosgunicha uxlab qolibman.Azonga yaqin payt meni sekin turtkilab uygʻotishdi atrof shovqin tanish insonlar lekin ular bu payt nega bu yerda bilmayman yonimga kelishdi meni quchib yigʻlashdi jim edim nafasim boʻgʻzimga tiqilgan hayolimga bir oʻy keldi rost boʻlishidan juda qoʻrqdim ...shunday gap bor ekan nimadan koʻproq qoʻrqsang oʻsha sodir boʻlishi ehtimoli katta ekan va bu sodr boʻldi.
U endi yoʻqligi bizni...yoʻq yoʻq meni tashlab ketgani haqida bildim.

chiqgim kelmas hatto yashagim kelmasdi bazan hudoga meni ham olibket yoki unga tashlab kettingiz olib keting yashamayma deganman koʻp bora..
Oʻqishga boʻlgan qiziqishim soʻndi.Yoʻq.umuman oʻldi.Telefonga mukkasidan ketdim shu ovunchogʻim boʻldi chalgʻishga urinardim ammo quvvati tugadi ham yana eski ahvolga tushardim .Bir yil vaqtim shunday boʻldi.
" MANQURTGA OʻXSHAYMANMI YOKI BPSHQAGA " meni kimga oʻxshatdingiz oʻzingizga havola men fikr bildirishga ojizman.Tan olaman buni taroflashga soʻz boyligim yetmaydi ...
Shunday kunlarning biriga bir narsa topdim.Oʻsha hozrmi yoki avvaldan internet olamida mashhur boʻlgan hikoyalar " Fanfic " virtual olamning bir boʻlimi nima sabab qiziqishni boshladim balkim chalgʻitishga urinayotgan miyyam buni bajargan bu sohani oʻrgandim tanisha boshlagan joyimda ikki oyga qolmasdan oʻzim ham hikoya yozuvchisiga aylandim.Yozgnlarim maqtovli emasdi hozirgilar bilan tenglashtirsak meniki huddi yosh bolanikiday hayolimga kelganini yozganim uchun chunarsiz va manosiz...Men shunday oʻylardim ammo bir kishi bor edi.Oʻsha oʻzi bilmagan holda zulmatdagi hayotimga kichik nur olib kelgan.U mendan ikki yoshga katta avvalom bor hikoya olamiga yangi kelgan esimda uncha qolmagan meni hokoyami oʻqiganmi birinchi yoki boshqasi hayron qolgandi...U uchun bu mukammalik timsoli edi.Oradan vaqt oʻta boshladi kichik suxbatlar tufayli yaqinroq tanishdik bir birimizni bilish uchun oʻzimiz.haqimizdagi factlarni boʻlisha boshladik men unga oʻzim hamqimda borini anoqrogʻi miyyamda qolganini eslay olganlarimni aytdim . U ham menga...
Yoqadigan guli atirgul ...
qora, oq, kulrang va qizi sevmli rangi ekanini..
mushuk, it, ot, boʻri, burgut (juda koʻp uy va yovvoyi hayvonlar asosiysi shular) yoqoshini
Ob havoning bulutli, shamolli, momaqaldiroqlisini...
aynan yaxshi koʻrib tanlagan fasli yoʻq soʻraganlarga tugʻilgan fasli uchun Kuz deyishini..
Dengizni ham koʻrishni istardim, kemaga, samalyotga chiqishni ham - istashini ...
Cola, fanta -yoqishi..
Oilada ikkinchi farzandman va birinchi qiz - degani
Yaqin boʻlishimiz uchun bir qadam edi...
Oradan shu tarzda vaqt oʻtti men hikoya yozardim va kutilgan odam ungan doim birinchi izoh yozardi.Judaa uzunnnnnnn va hursandchilik yoki qaygʻu bilan ( hikoyaga qarab albatta ) bu meni wuvontirardi birinchi boʻlgani uchun hikoya yozisha yoqdi ammo mehnatimga yarasha maqtov olmadim bazilardan shu uchun bu yoqmadi hikoyani davom ettirgim kelmadi...Ammo shu joyida AMMO bor u...u sababdan men buni tugatishga qaror qildim hikoyamni Finaliga yetdim u uchun chunki uning izohlari menga ilhom berin hursand qila boshlagandi daxshatli hayotimda kichik quvonchim paydo boʻla boshladi koʻp suhbatdan keyin yaqin boʻla boshladik men unga u esa menga yordam berardik toʻgʻri masofa tomonlama uozqdamiz ammo vertual olamda yordamimiz tegdi.Bazida tinmay gaplashamiz yana bazida ikkimiz ham koʻp vaqt gaplasha olmaymiz orada yana birga boʻlamiz u oʻqishga tayyorgarlik koʻrardi shu sabab hikoya yozishni bpshlagan va tugatti ham boroz tanafus qildi meni ogohlantirdi hop dedim koʻndim u oʻz kelajagi uchun harakatda edi.Uni yoʻldan ushlab ola olmasdim.Biroz tanafus qilib ketti .Men yana jim qoldim bazan u bilan yozoshmalarni qayta oʻqidim bazan eslab koʻp hayol surardim oradann bir oy oʻtdima yoki kam yoki koʻp bir necha martalik tanafus deb koʻp ketti eslamayman chalkashtiraman...:( keyin u yana qaytdi men hursandman nomadr meni quvontira oldi.Shu vaqt oraligʻida u ham oʻz hokoyasini boshladi negadr bilmayamn hayron edim oʻqidim oʻzimda yoʻq bpshqacha holatim tushuna olmadim uning hikoyasi ajoyib edi birinchisi boʻlishiga qaramasdan mukammal yozilgan (hatto menikidanda.) hasad qila boshladim...:) toʻgʻri manoda.Bu tomonlama ham yaxshi kunlarim yomon kunlarim nima boʻlsa ham hech kimga aytmasdim ammo unga kelganda nimagadr hammasini toʻkib sochdim .Menda muammolar koʻp ularni aytsam kimdr eshitardi komdr etobor bermasdi yana kim nimalar....ammo u nima boʻlmasin meni qoʻllab quvvatlashdan toʻxtamadi men tinmay muammolarimni unga aytdim hohlamasdim (qay manoda uni ham oʻziga yarasha muammolari bor tashvishi

bor derdim lekin taslim boʻlib yana aytob qoʻyardim menga taskin beradigan kimdr kerak edi va topdim deb oʻylab bunday qilaman) ....
Va bu inson...— 𝐄𝐥𝐨𝐝𝐢𝐞🩵
Oradan vaqt oʻtib ancha narsa sodr boʻldi.Siz menga katta yordam berdingiz yonimda qolgan va meni qoʻllab quvvatlashdan toʻxtamagan insonlardan birisiz.Hayotimda ham vertulada ham menga yaqin boʻlganlar sanoqli hayotimga nisbatan vertuladagilar mening qalbimdan alohida joy egallagan.Siz ham menga alohida etibor qaratdingiz hafa vaqtim qoʻlingizdan kelgancha qoʻllab turdingiz bu uchun raxmat jinniliklarim ahmoqona soʻzlarim ishlarim hamma hammasiga chidaganingiz uchun raxmat.💙Oʻtgan vaqt davomida sizni hafa qilgan boʻlsam ortiqcha ish yoki gaplar bilan qalbingizga ozor bergan boʻlsam uzur soʻrayaman.Qilgan etiborsiz yoki notogʻri ishim boʻlsa meni kechiring biror narsani deb mabodo qachondr qay sababdan mendan ranjigan boʻlsangiz kechirim soʻrayman.Meni deb hafa boʻlishsa kimnidir koʻngli ogʻrisa vijdon azobi meni yeb bitiradi shu uchun shunday ish boʻlgan boʻlsa yana bir bor uzur soʻrayaman.Men bilan boʻlganingiz uchun hamma hammasi uchun sizga katta raxmat...

Tavallud kunigiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.Bu yerga nima yozishni deyarli bir oy oʻyladim oʻylab oʻylab oxiri miyyamdagi va yuragimdagi gaplarni yozdim .Oʻtgan yili Mening tugʻilgan kunimga kichik hadiya berdingiz men uchun hikoya bu uchun raxmat hozrigilari uchun ham alohida minnatdorchilik bildiraman.Tepada aytgan vpqealarimdan soʻng biroz boʻlsada hayotimga quvonch olib kirganlardan biri ekanligingizdan hursand va minnatdorman.Yozganlarimni oʻqib yuragingiz ezilgan boʻlsa uzur soʻrayaman.Lekin qay holatdan hozrgi ahvolimga kelishimda sizning ham hissangiz bor shuning uchun aytishim kerak edi....

Yana bir bor sizni bu kun bilan tabriklayaman.Oʻylagan orzu va istaklariingizga yetishishingizda tilakdoshman.Ota onangiz barcha yaqinlaringiz va mening baxtimga sogʻ salomat boʻling.Oʻqish ish va hayotingizda sizga omad yor boʻlsin keljak yoʻlingiz porloq boʻlsin.Sizni tushunadigan hurmat qiladigan mehribon hayot yoʻlingizda qoʻllab quvvatlab doimo suyanch boʻladigan umur yoʻldosh tilayman.Ishingiz oilangiz kelajakda farzandlaringiz va boshqalar hamma hammasi hayotingiz ajoyib boʻlsin.Uzoq umur koʻring hech betob boʻlmang ollohim umr yoʻlingizni uzoq qilsin....
18 YOSHINGIZ MUBORAK BOʻLSIN🎊✨🩵
(adashmasam shunnay ediyo -a🤭)

Bu mening samimiy tilaklarim ...

Yana bir bor tavallud topgan kuningiz muborak boʻlsin 🫶🏻🌝✨🩵

_

Assalomu alaykum Ruxshonam 🩵 — deya gap boshlovchi 𝐑𝐢𝐲𝐚🌘 yoki Rayxona 🦦😂🫶🏻 - dan 🎁🪷