Toxic Devotion
Jungkook bir lahza sukut saqlab ortga bir qadam tashladi. U Aerinning yuzi va koʻzlariga uzoq tikildi soʻng bir oz jilmaydi.
– Meni aqldan ozgan deysanmi? Balki shundaydirman. Lekin bilasanmi seni birinchi marta koʻrgan kunimdan boshlab men aqldan ozishni boshlangandek edim.
Bir necha yillar avval... "Maktab "
Jungkook chuqur xayollar ichida xech qachon qadam bosmagan maktab kutubxonasiga kirib keldi.
Boshida unga bu joy gʻalati tuyuldi – jimjit faqat varaqlarning shivirlashi va kitoblarning chang bosgan hidini his qilardi. U bitta fandan yordamga muhtoj edi ammo hech qachon bu yerga kelishga majbur boʻlmagan.Kutbxona Jungkook uchun zerikarli joy edi.Maktabda necha yillardan buyon oʻqisada bu yerga kelmagan.Tayyorlashi kerak boʻlgan fan oʻqtuvchisi esa juda qattiqqoʻl edi.Shu uchun ham majburan kutubxonaga kelgandi.Peshtaxtalar orasida yurib kerakli kitobni izlayotgan paytda u toʻxtadi. Oʻsha daqiqada qandaydir mayin lekin yuraklarni larzaga soluvchi qoʻshiqning ovozi qulogʻiga chalindi. Jungkook bir zum hushini yigʻolmay ovoz kelayotgan tomonga qaradi. Qizning ovozi huddi butun dunyoni yoritib yuborgandek edi – toza va hissiyotlarga boy.
U ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Kutubxonaning oxirgi burchida javonlar orasida bir qiz turardi. U bir kitobni qoʻlida ushlab past ovozda ma'yus ohangda kuylayotgan edi. Quyosh nurlari derazadan tushib qizning yuzini yoritib turar jingalak sochlari esa oʻsha nurlarda porlardi.Jungkook uning kim ekanligini bilmasdi. . Aerin maktabga imtihon orqali kirgan gʻayrat va bilimga boy lekin biroz oʻziga yopiq talaba edi. Uni sinfda doim jim hech kim bilan suhbatlashmaydigan holda koʻrish mumkin edi.Maktab anchagina katta deyarli hech kim bir birini tanimaydi.Jungkook oʻziga toʻq oila farzandi.Bu qimmat toʻlovli maktabda oʻqishi u uchun oddiy hol.Ammo Aerin oʻrtahol oila oʻz bilimi va trishqoqligi bilan shu maktab oʻquvchisi boʻlgandi.
Jungkook bir necha daqiqa qimirlamay turdi. Aerin buni sezmagan edi u oʻz dunyosida edi – xuddi musiqaga gʻarq boʻlgan. Jungkook uning ovoziga va koʻrinishini koʻrib koʻzlarini uzolmay qoldi. "Bunday goʻzal ovoz qanday qilib shu kungacha mendan yashirinib kelgan?" – deb oʻyladi u.
Bir lahza oʻtib Aerin qimirlayotganini sezib qoldi. Jungkook ovoz chiqarmasdan javonning boshqa tomonga oʻtdi va uzoqdan kuzata boshladi. Aerin kerakli kitobni qoʻliga olib hirgoyasida davom etganicha kutubxonani tark etdi.Shundan keyin Jungkook Aerin haqida koʻproq bilishga harakat qila boshladi. Uning ismiga qiziqdi.Qaysi sinf oʻquvchisi.Maktab yoʻlaklari oshxona zali va binoni har bir burchagida uni kuzatdi. Ammo qiz bulardan..behabar...
— Lekin nega oradan shuncha yil oʻtdi? Sen shu paytgacha maktabda menga hech nima demading... O‘sha birinchi kuni tanishgan kunimiz Taehyung nima haqida gapirgandi? – Aerinning ovozi titrab chiqdi. Ko‘zlari Jungkookdan bir soniya ham uzilmas edi. Ichida minglab savollar girdobida qolgandi.
Jungkook bir muddat sukut saqladi. Uning yuzi jiddiy edi, ko‘zlari esa ichida qandaydir og‘ir hislarni yashirayotgan edi. Keyin bir qadam oldinga yurib, Aeringa qaradi. Ovozi past, ammo ishonchli chiqdi.
— Hali vaqt bor..Aerin. Barchasini bilasan. Faqat vaqt kerak... Sen bunga tayyor bo‘lishing kerak.
Jungkookning so‘zlarida qandaydir og‘irlik bor.Go‘yo bu gaplar ortida ko‘p yillar davomida yashirib kelgan sirlar bordek ammo bu sirlar qizga malum emas.Aerin uning nigohiga qarab bu sirli dunyoni ochishga qanchalik tayyor ekanini bilmas yuragi yana shunchaki jim qolishga yo‘l qo‘ymasdi.
— Faqat bir narsada ehtiyot boʻl..
Jungkookning nigohlari jiddiylik bilan qarardi.
— Yana nima...bu sirli soʻzlaring jonimga tegdi.Tanishganimizdan buyon gʻalatisan qilayotganlaring..sen meni qoʻrqitayapsan..
Aerin biroz ovozi koʻtarilgan koʻyi gapirar ekan Jungkookning sirli soʻzlaridan toʻyib boʻlgan..
— Vaqt kerak..Aerin tinchlan men seni yoningdanman mendan qoʻrqma..vaqt oʻtib hammasini bilib olasan.
— Hammasi jonimga tegdi..tinch qoʻy meni hayotimdan chiqib ket..
Jungkook uning yonidan ketib oshxonadan stakanda suv olib kelib Aeringa uzaydi.
Aerin shunday deboq qoʻli bilan stakanni turtib yubordi idish pol ustiga tushib sinib ketdi.
— Sendan menga hech nima kerak emas...
Aerin oʻrnidan turiboq ketishga shaylanib yurmoqchi edi Jungkook darrov uni koʻtarib oldi.
— Hoy...tezda tushur meni telba..
Harakatlanib uning bagʻridan chiqishga urunar ekan Jungkook Aerinni koʻtargan koʻyi yurib uni divanga yotqizib oʻzi uning ustida turardi.
— Aerin...men senga boshidan buyon aytayapman shunchaki menga ishon va gʻazablanishni bas qil.
Jungkookning nigohlari negadir jiddiymashgandi.Aerinning qaysarligi hali ham bosilmagan barbir oʻrnidan turishga urinar edi..va ohiri Jungkook uning qoʻllarini tepaga qilib divanning charim matosi ustiga bosdi.
— Qaysarlik qilishda davom etaversang vaʼda beraman senga yaxshi munosabatda boʻlmayman..meni yomon tarafimni koʻrishni istaysanmi
Nihoyat Aerinning nigohlari Jungkookning koʻzlariga toʻqnashi bir muddat nafasini tutib keyin tinchlangandek..
— Yetarli qoʻyib yubor..boʻldi
Jungkookning qizni bilaklarini tutgan qoʻllari boʻshab oʻrnidan turdi Aerinni ham turgʻazish uchun qoʻl uzatdi ammo rad javobini oldi.
Jungkook qoʻllariga suyanib turayotgan Aerin tomon qarab.
— Bu yerga nega olib kending..Uyingga
Jungkook bir muddat jim turgancha keyin gapirdi.
— Biroz avval aytib boʻldim..Shunchaki mehmonga keldim deb tasavvur qil
— Sen mehmonlaringni shu tarzda olib kelasanmi.
— Men hammani ham sen kabi olib kelvermayman..
— Hohlamasayam mashinaga qamabmi.
Jungkookning soʻzlaridan keyin Aerinning boʻgʻziga nimadir yiqilgandek edi.
— Hoy...nega ranging oqarib ketdi..Bu shunchaki hazil..