February 3, 2025

Toxic Devotion

Ep-3
.
.
.

Jungkook bir lahza sukut saqlab ortga bir qadam tashladi. U Aerinning yuzi va koʻzlariga uzoq tikildi soʻng bir oz jilmaydi.

– Meni aqldan ozgan deysanmi? Balki shundaydirman. Lekin bilasanmi seni birinchi marta koʻrgan kunimdan boshlab men aqldan ozishni boshlangandek edim.


Bir necha yillar avval... "Maktab "

Jungkook chuqur xayollar ichida xech qachon qadam bosmagan maktab kutubxonasiga kirib keldi.

Boshida unga bu joy gʻalati tuyuldi – jimjit faqat varaqlarning shivirlashi va kitoblarning chang bosgan hidini his qilardi. U bitta fandan yordamga muhtoj edi ammo hech qachon bu yerga kelishga majbur boʻlmagan.Kutbxona Jungkook uchun zerikarli joy edi.Maktabda necha yillardan buyon oʻqisada bu yerga kelmagan.Tayyorlashi kerak boʻlgan fan oʻqtuvchisi esa juda qattiqqoʻl edi.Shu uchun ham majburan kutubxonaga kelgandi.Peshtaxtalar orasida yurib kerakli kitobni izlayotgan paytda u toʻxtadi. Oʻsha daqiqada qandaydir mayin lekin yuraklarni larzaga soluvchi qoʻshiqning ovozi qulogʻiga chalindi. Jungkook bir zum hushini yigʻolmay ovoz kelayotgan tomonga qaradi. Qizning ovozi huddi butun dunyoni yoritib yuborgandek edi – toza va hissiyotlarga boy.
U ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Kutubxonaning oxirgi burchida javonlar orasida bir qiz turardi. U bir kitobni qoʻlida ushlab past ovozda ma'yus ohangda kuylayotgan edi. Quyosh nurlari derazadan tushib qizning yuzini yoritib turar jingalak sochlari esa oʻsha nurlarda porlardi.Jungkook uning kim ekanligini bilmasdi. . Aerin maktabga imtihon orqali kirgan gʻayrat va bilimga boy lekin biroz oʻziga yopiq talaba edi. Uni sinfda doim jim hech kim bilan suhbatlashmaydigan holda koʻrish mumkin edi.Maktab anchagina katta deyarli hech kim bir birini tanimaydi.Jungkook oʻziga toʻq oila farzandi.Bu qimmat toʻlovli maktabda oʻqishi u uchun oddiy hol.Ammo Aerin oʻrtahol oila oʻz bilimi va trishqoqligi bilan shu maktab oʻquvchisi boʻlgandi.
Jungkook bir necha daqiqa qimirlamay turdi. Aerin buni sezmagan edi u oʻz dunyosida edi – xuddi musiqaga gʻarq boʻlgan. Jungkook uning ovoziga va koʻrinishini koʻrib koʻzlarini uzolmay qoldi. "Bunday goʻzal ovoz qanday qilib shu kungacha mendan yashirinib kelgan?" – deb oʻyladi u.
Bir lahza oʻtib Aerin qimirlayotganini sezib qoldi. Jungkook ovoz chiqarmasdan javonning boshqa tomonga oʻtdi va uzoqdan kuzata boshladi. Aerin kerakli kitobni qoʻliga olib hirgoyasida davom etganicha kutubxonani tark etdi.Shundan keyin Jungkook Aerin haqida koʻproq bilishga harakat qila boshladi. Uning ismiga qiziqdi.Qaysi sinf oʻquvchisi.Maktab yoʻlaklari oshxona zali va binoni har bir burchagida uni kuzatdi. Ammo qiz bulardan..behabar...

Jungkook o‘sha kundan keyin Aerinni o‘z hayolidan chiqarolmasdi. Kutubxonada eshitgan o‘sha mayin ovoz va uning o‘z dunyosiga cho‘mib turgan ko‘rinishi yigitning xayollarini tinimsiz band qilar edi. U o‘zida bu notanish hislar haqida ko‘p o‘ylardi, ammo bu hislar qayerdan kelganini tushunolmasdi.

Har kuni maktab yo‘laklarida u Aerinni qidirardi. Nihoyat, bir kuni tanaffus paytida uni uchratdi. Aerin, odatdagidek, sinfdan chiqib, kitobini bag‘riga bosgancha bir chekkada o‘tirar edi. Uning atrofida hech kim yo‘q edi. O‘zga dunyoga g‘arq bo‘lib, u yonida nima sodir bo‘layotganiga ahamiyat bermayotgandek ko‘rindi. Jungkook uzoqdan unga qarab turar, ammo qandaydir sabab bilan yaqinlashishga jur'at etolmasdi.

Oradan bir necha kun o‘tdi. Jungkook bir necha marta uni kutubxonada kuzatdi. Aerin har safar o‘sha eski stolda, kitoblarni varaqlab, har doim bir xil sukunat ichida o‘tirardi. U hech kimga qo‘shilmasdi, hech kim bilan gaplashmasdi. Ammo uning o‘z dunyosi, o‘z sokin olami bor edi. Bu olam Jungkook uchun sir edi, va bu sir unga tobora qiziq bo‘lib borardi.

Bir kuni Jungkook kutubxonada o‘zini shunday tutdiki, go‘yo u tasodifan Aerin o‘tirgan javon yonida kitob izlayotgandek edi. Ammo ichida asosan uning yaqinida bo‘lishni istar edi. U uzoqdan unga nazar tashlab turar, lekin Aerin buni sezmasdi. U o‘zini hech kim sezmayotgandek his qilar, bu esa Jungkookning ichida bir nimani junbushga keltirar edi.

Maktab darslari tugab Jungkook ham boshqa oʻquvchilar kabi oʻz uyiga ketdi. Qimmatbaho avtomobilning saloni hamisha xushbo‘y va hashamatli edi lekin bugun bu unga huzur bermayotgandek tuyuldi. Dastakni mahkam ushlab chuqur nafas oldi. Ko‘z oldida yana Aerinning kutubxonadagi o‘sha sokin qiyofasi gavdalandi. U qo‘shiq kuylayotganida yuzida paydo bo‘lgan his-tuyg‘ular va sokin nigohi hech bir lahza xayolidan ketmas edi.Yo‘l davomida Jungkookning xayollari butkul chalkashib ketdi. "Bu qiz mendan nega tinchlik olmayapti?" – deb o‘ziga-o‘zi savol berdi. U hali o‘zini bunday o‘ylar bosganini eslay olmasdi. Bu g‘alati edi – u kimnidir o‘ylab yuragini siqib qo‘yadigan odatga ega emasdi. Hayotida hamma narsa unga tayyor qilib qo‘yilgandek edi: boylik, qulaylik, hurmat. Ammo endi... o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek his qilardi bular qizziq emas maktabda ham Jungkookning etiborini tortishga urinadigan qizlar koʻpgina edi ammo yigitga ular qizziq emas.
Uyga yetib kelganida Jungkook mashinasini ulkan hovli o‘rtasidagi avtoturargohga qo‘ydi. Darvoza avtomatik ravishda ochilib undan xuddi zamonaviy qal'a eshiklaridek ko‘rinardi. Uyning tashqi ko‘rinishi mukammal ichkarisi esa hashamat va mukammallik bilan to‘la edi. Ammo bu ulkan uyning ichida sukut va yolg‘izlikdan boshqa hech narsa yo‘q edi.Ichkariga kirib Jungkook paltosini bir chekkaga uloqtirdi va o‘zining keng mehmonxonasidagi divanga o‘tirdi. Uyni qoplayotgan sukunat uning yuragidagi bo‘shliqni yana-da kuchaytirardi. Televizorni yoqmoqchi bo‘ldi ammo qo‘l uzatganicha to‘xtadi. Bu harakatni qilishning hech qanday ma'nosi yo‘q edi – hech narsa uni hozir band qilolmasdi.

— Bu nima o‘zi? Nega o‘sha qiz?

Uning ovozi zal devorlarida aks-sado berdi. Jungkookning hayotida hamisha hamma narsa uning nazoratida edi: odamlar, vaziyatlar, hatto o‘z his-tuyg‘ulari ham. Ammo Aerin paydo bo‘lgandan beri u ilk bor o‘zini nazoratdan chiqib ketayotgandek his qilardi.

— Men bu holatni hal qilishim kerak!

Ammo hal qilishni qanday boshlashni bilmasdi. Aerinning xotirasi ovozi va nigohi uni har kuni qamrab olar ammo bu qiz uni umuman tanimasdi. Bu g‘alati o‘yin edi, va Jungkook o‘zini bu o‘yinda zaif his qilar edi.


Hozirgi vaqtda:

— Lekin nega oradan shuncha yil oʻtdi? Sen shu paytgacha maktabda menga hech nima demading... O‘sha birinchi kuni tanishgan kunimiz Taehyung nima haqida gapirgandi? – Aerinning ovozi titrab chiqdi. Ko‘zlari Jungkookdan bir soniya ham uzilmas edi. Ichida minglab savollar girdobida qolgandi.

Jungkook bir muddat sukut saqladi. Uning yuzi jiddiy edi, ko‘zlari esa ichida qandaydir og‘ir hislarni yashirayotgan edi. Keyin bir qadam oldinga yurib, Aeringa qaradi. Ovozi past, ammo ishonchli chiqdi.

— Bu... uzun hikoya

dedi u bir nafas jim turib.

— Hali vaqt bor..Aerin. Barchasini bilasan. Faqat vaqt kerak... Sen bunga tayyor bo‘lishing kerak.

Jungkookning so‘zlarida qandaydir og‘irlik bor.Go‘yo bu gaplar ortida ko‘p yillar davomida yashirib kelgan sirlar bordek ammo bu sirlar qizga malum emas.Aerin uning nigohiga qarab bu sirli dunyoni ochishga qanchalik tayyor ekanini bilmas yuragi yana shunchaki jim qolishga yo‘l qo‘ymasdi.

— Faqat bir narsada ehtiyot boʻl..

Jungkookning nigohlari jiddiylik bilan qarardi.

— Yana nima...bu sirli soʻzlaring jonimga tegdi.Tanishganimizdan buyon gʻalatisan qilayotganlaring..sen meni qoʻrqitayapsan..

Aerin biroz ovozi koʻtarilgan koʻyi gapirar ekan Jungkookning sirli soʻzlaridan toʻyib boʻlgan..

— Vaqt kerak..Aerin tinchlan men seni yoningdanman mendan qoʻrqma..vaqt oʻtib hammasini bilib olasan.

— Hammasi jonimga tegdi..tinch qoʻy meni hayotimdan chiqib ket..

Jungkook uning yonidan ketib oshxonadan stakanda suv olib kelib Aeringa uzaydi.

— Shunchaki tinchlan..

— Hech narsa kerak emas..

Aerin shunday deboq qoʻli bilan stakanni turtib yubordi idish pol ustiga tushib sinib ketdi.

— Sendan menga hech nima kerak emas...

Aerin oʻrnidan turiboq ketishga shaylanib yurmoqchi edi Jungkook darrov uni koʻtarib oldi.

— Hoy...tezda tushur meni telba..

Harakatlanib uning bagʻridan chiqishga urunar ekan Jungkook Aerinni koʻtargan koʻyi yurib uni divanga yotqizib oʻzi uning ustida turardi.

— Aerin...men senga boshidan buyon aytayapman shunchaki menga ishon va gʻazablanishni bas qil.

Jungkookning nigohlari negadir jiddiymashgandi.Aerinning qaysarligi hali ham bosilmagan barbir oʻrnidan turishga urinar edi..va ohiri Jungkook uning qoʻllarini tepaga qilib divanning charim matosi ustiga bosdi.

— Qaysarlik qilishda davom etaversang vaʼda beraman senga yaxshi munosabatda boʻlmayman..meni yomon tarafimni koʻrishni istaysanmi

Nihoyat Aerinning nigohlari Jungkookning koʻzlariga toʻqnashi bir muddat nafasini tutib keyin tinchlangandek..

— Yetarli qoʻyib yubor..boʻldi

Jungkookning qizni bilaklarini tutgan qoʻllari boʻshab oʻrnidan turdi Aerinni ham turgʻazish uchun qoʻl uzatdi ammo rad javobini oldi.

— Qaysar qiz...

Jungkook qoʻllariga suyanib turayotgan Aerin tomon qarab.

— Bu yerga nega olib kending..Uyingga

Jungkook bir muddat jim turgancha keyin gapirdi.

— Biroz avval aytib boʻldim..Shunchaki mehmonga keldim deb tasavvur qil

— Sen mehmonlaringni shu tarzda olib kelasanmi.

— Men hammani ham sen kabi olib kelvermayman..

— Hohlamasayam mashinaga qamabmi.

— Yoʻq ..Tirik holida..

Jungkookning soʻzlaridan keyin Aerinning boʻgʻziga nimadir yiqilgandek edi.

— Hoy...nega ranging oqarib ketdi..Bu shunchaki hazil..

Jungkook tabassum qilib...

_

— Aqildan ozgan..Telba sen shunday odamsan ..bilasanmi

Aerin asabiy ohangda uzun sochlarini boshining ortiga oʻtkazar ekan..

— Avval ham aytganimdek ha..bilaman ..men telbaman..

Aerin qoʻlini divan ustiga qoʻyar ekan musht boʻlgan kafti peshonasining yoniga tiraldi.

— Nega meni o'pding...

Birdan soʻrab yubordi Aerin.Jungkook bir lahza sukut saqladi. Uning yuzidagi yengil tabassum o‘rnini sirli ifoda egalladi. Aerin esa unga javob kutib musht bo‘lib tugilgan kaftini peshonasiga suyab o‘tirardi. Yuragi tez urayotganini his qildi lekin bunga sabab o‘zining g‘azabi yoki boshqa narsa ekanligini anglay olmasdi.
Jungkook esa sekinlik bilan Aerin tomonga engashdi qo‘llarini tizzalariga qo‘ygancha uning ko‘zlariga jiddiy nigoh tashladi.

— O‘zim ham bilmayman

dedi u past ammo ishonchli ohangda.

— Balki shunchaki xohlaganim uchun...

Aerin irg‘ib o‘rnidan turdi.

— Xohlaganing uchun? Odamlarni shunchaki istaganingcha o‘pa berasanmi?

Jungkook xotirjamlik bilan yelka qisdi.

— Yo‘q… faqat seni.

Aerin beixtiyor orqaga bir qadam tashladi go‘yo Jungkookdan uzoqlashmoqchi bo‘lgandek. Ammo shu bilan birga yuragining tub-tubida o‘sha daqiqani yana his qilishni istayotganini anglab turardi. Bu uni yanada asabiylashtirdi.

— Sendan nafratlanaman

Jungkook ko‘zlarini qisib jilmaydi.

— Yolg‘on gapiryapsan Aerin.

Uning ismini shunday talaffuz qildiki qizning yuragi beixtiyor tez urib ketgandi.

— Men seni yaxshi taniyman… Nafrat va boshqa hislar o‘rtasidagi chiziq juda nozik bo‘lishi mumkin.

Aerin og‘ir yutindi. Bu telba yigit o‘ziga haddan tashqari ishonarli edi. Va eng yomon tomoni — u haqiqatdan ham Aerin haqida ko‘proq bilaredi.Jungkook asta o‘rnidan turdi uning bo‘yi qizdan balandroq bo‘lgani bois ustunlik unda edi. Sekin oldinga yurib Aerinning qarshisida to‘xtadi.

— Menga ayt

dedi u pichirlab qo‘llarini yonida tutgancha.

— Agar hozir seni yana o‘psam… meni itarib yuborasanmi?

Aerin ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi qafasga qamalgan qushdek urayotgandi. Lekin u o‘zini qo‘lga oldi.

— Ha…

deya ovozi past chiqdi lekin qat’iyat bilan davom etdi.

— Seni itarib yuboraman.

Jungkookning tabassumi yanada kengaydi.

— Ko‘ramiz...

U asta-sekin Aerinning yuziga yaqinlashdi. O‘rtadagi masofa qisqargan sari havo tobora og‘irlashayotgandek edi…

Jungkookning yuzidan faqat bir necha santimetr uzoqlikda ekanini his qilganida yuragi tartibsiz urib ketdi. U harakat qilishi undan uzoqlashishi kerak edi… Lekin tanasi unga bo‘ysunmadi.Jungkook shoshilmaynbarmoqlari bilan Aerinning iyagini ohista ko‘tarib ko‘zlariga termuldi.

— Itarib yuborishga nega shoshmayapsan?

shivirladi u.Aerin yutinib uning qo‘lidan qutulmoqchi bo‘ldi lekin Jungkook uni shunchaki tutib turmagan edi — huddi uni o‘qiyotgandek.. koʻzlariga tikilib...

— Sen…

Aerin ovozi past chiqdi, qanday gapirishni ham bilmay qoldi.
Jungkookning ko‘zlarida o‘sha mashhur ishonch bor edi. U sekin-asta egilib Aerinning lablariga yaqinlashdi… Lekin oxirgi lahzada qizning qulog‘i yoniga og‘ishdi. Uning issiq nafasi bo‘yniga tegib Aerinning butun vujudidan titroq o‘tdi.

— Nafratlanaman dedingmi?

Jungkook past xotirjam ohangda so‘radi.

— Unda nega hozir hamon harakatsizsan?

Aerin qo‘llarini musht qilib tugdi. Uning ichida nimadir sindi — u buni his qilardi.Jungkook asta yoniga chekinib Aerinning yuzini kuzatdi. Qizning ko‘zlari qizargan nafas olishi tezlashgan edi.

— Telba…

Aerin ovozi titragan holda

— Bu zoʻravonlik..

Jungkook jilmayib bosh irg‘adi.

— Ha telbaman… Lekin seni ham men bilan birga aqldan ozayotganingni bilaman va buni zoʻravonlik deb kim aytdi. Men hali senga ortiqcha hech qanday ish qilganim yoʻq.

Aerin g‘azab va boshqa bir tushunarsiz hisning o‘rtasida qolib ketdi. U ortga bir qadam tashladi.

— Yoqimsiz odamsan Jungkook.

— Balki… Lekin shunga qaramay meni o‘ylashdan to‘xtata olmaysan.

Aerin og‘ir yutindi. U bu yerdan chiqib ketishi kerak edi. Lekin yuragi unga xiyonat qilayotgandek — unga Jungkook bilan qolishni buyurayotgandek…Bu telba qizni oʻziga yanada rom etib borayotgan ammo Aerin tan olishni istamasdi.

Aerin nafasini rostlab orqaga bir qadam tashladi. U endi bu joyda uzoq qolishni istamasdi. Jungkookning o‘sha vahimali va o‘ziga ishonch bilan aytilgan so‘zlari uning ongida aks-sado berayotgandek edi. Shoshilinch harakat bilan eshik tomon yurdi.
Lekin Jungkook undan bir qadam oldinroq harakat qildi. U tezlik bilan eshik oldiga borib uni yelkasini tiragancha to‘sdi. Nigohlarida keskinlik bor edi lekin u kulimsirashdan ham to‘xtamadi.

— Qayerga shoshilyapsan?

ohangida yengil masxara bor edi.

— Ketaman

Aerin sovuq ohangda.

— Sen meni bu yerga o‘zingcha olib kelding endi chiqib ketishimga ruxsat ber.

Jungkook boshini bir oz qiyshaytirib unga sinchkovlik bilan tikildi.

— Nahotki meni shunchalik yomon ko‘rsang?

dedi u sekin lekin ovozida qandaydir tahdid sezilardi.
Aerin unga qattiq tikildi.

— Ha sening yoningda bo‘lishni istamayman. Chetga oʻt!

Jungkook yelkasini sekin silkitdi va eshikni orqasidan qulflab kalitni cho‘ntagiga soldi.

— Kechgacha bu yerdan chiqolmaysan Aerin.

Qizning yuragi tez urib ketdi.

— Nima?! Jungkook bu hazil emas! Och eshikni!

Jungkook hotirjam qiyofada unga yaqinlashdi.

— Men hazillashmayapman Aerin. Senga bu yerda hech narsa bo‘lmaydi men yoningdaman. Shunday ekan qo‘rqma.

Aerin uning oldiga borib kalitni olib qo‘yish maqsadida qo‘lini uzatdi lekin Jungkook uning bilagini mahkam ushlab oldi va qizni o‘ziga yaqin tortdi.

— Jungkook! Qo‘yib yubor!

Jungkook uning qarshiligini umuman e’tiborga olmadi. Ko‘zlari xavfli jilvalanib turardi.

— Aerin...

u past ovozda.

— Bilasanmi men ba’zida bir narsani o‘ylayman… Agar men senga chindan ham yomonlik qilmoqchi bo‘lsam allaqachon qilgan bo‘lardim. Lekin hozircha shunchaki yonimda qolishingni istayapman.

Aerin o‘zini tortib chiqarmoqchi bo‘ldi lekin Jungkook uni yanada yaqinroq tortdi.

— Bu Zoʻravonlik

takroran deya qichqirdi Aerin.

Jungkook sekin kulib yubordi.

— Ha bo‘lishi mumkin… Lekin menga farqi yo‘q.

U sekin Aerinning qo‘lini bo‘shatib ortga bir qadam tashladi.

— Xohlasang qarshilik qil xohlasang jim tur. Baribir kechgacha shu yerda qolasan.

Aerin unga ishonchsizlik bilan qarab turdi. Yuragi g‘azab va nimadandir hayajon bilan urardi.

— Agar men baqirsam-chi?

tahdid qildi u.
Jungkook yana jilmaydi va unga qiziqish bilan tikildi.

— Unda nima bo‘ladi?
Bu uyda men bilan yolg‘izsan Aerin. Kim seni eshitadi?Foydasi yoʻq qizaloq.

Aerin ichida g‘azab bilan la’nat o‘qidi. U o‘zini tiya olmay Jungkookning yelkasiga kuch bilan urdi.

— Sendan nafratlanaman!

Jungkook uni to‘xtatib bilagini yana mahkam ushladi. Ko‘zlari allanechuk qorong‘u jilvalanib turardi.

— Nafrat qilishing mumkin

pichirladi u.

— Lekin bu yerda men aytganim bo‘ladi.

U qizning bilagini qo‘yib yubordi va orqasiga burilib yurib ketdi.

— O‘zingni qiynama Aerin. Baribir kechgacha bu yerdasan. Xohlasang tinch o‘tir xohlasang urishaver…uyni yoqib yuborsang ham mayli lekin barbir keta olmaysan. Faqat vaqtni bekorga sarflaysan.

Bir narsa aniq edi — bu yerdan qutulish oson bo‘lmaydi…

Aerin taslim bo‘lgandek charchagan holda divanga o‘tirib oldi. Qarshilik qilishdan foyda yo‘qligini tushundi. Har qanday urinish befoyda chunki Jungkook baribir o‘z bilganidan qolmaydigan odam edi.
Xonada sukut hukm surardi. Jungkook o‘zining ishlariga berilib ketgandek qandaydir hujjatlarni varaqlab noutbukda nimanidir yozardi. Aerin esa zerikishdan o‘lay derdi. U hech qachon bunday joyga qamalib qolishini tasavvur ham qilmagandi.

— Zerikyapman…

deya u o‘ziga o‘zi.

— Aqildan ozgan ..toʻnka

Jungkook tomon qarab qoʻyib.
Ko‘zlari xonaning har burchagini kezdi lekin qiziq narsa yo‘q edi. Shunda uning xayoliga telefoniga qarash fikri keldi. Cho‘ntagiga qo‘l solib telefonini olishga harakat qildi lekin u yer bo‘m-bo‘sh edi.Aerinning yuragi bir lahza to‘xtab qolgandek bo‘ldi. “Qayerga qo‘ydim?” U shoshilinch sumkasini ochdi ichini titkilab ko‘rdi. Yo‘q! Telefon yo‘q edi!

— Axir… Men uni yonimda olib kelgandim-ku!

U hayrat va shubha bilan atrofga qaray boshladi. Xayoliga birinchi bo‘lib kelgan narsa — Jungkook!

Tamom! Albatta bu uning ishi!

Aerin joyidan sapchib turdi va atrofga razm soldi. Va shu onda ko‘zi Jungkookka tushdi — u telefonni bemalol qo‘lida ko‘tarib boshqa xonaga kirayotgan edi.

— HEY!

deya baqirdi Aerin.Jungkook hech narsa bo‘lmagandek to‘xtadi va ortiga o‘girildi. Uning lablarida o‘sha o‘yinchan tabassum bor edi.

— Nima?

— Telefonimni ber!

Aerin jahldor ohangda.

Jungkook esa barmoqlari bilan telefonni aylantirib kulimsiradi.

— O‘zing oldingda turgan narsani yo‘qotib qo‘ysang bu mening aybimmi?

Aerin g‘azab bilan oldinga yurdi va qo‘lini uzatdi.

— Jungkook hazillashma! Ber shuni!

Jungkook sekin kulib telefonni ko‘tarib qo‘ydi.

— Olishni istasang kelib ol Aerin.

Qizning lablari qattiq qisildi. U o‘zini tutishga harakat qildi lekin ichida qaynayotgan g‘azab uni tinch qo‘ymayotgandi. Jungkook esa bu vaziyatdan zavq olayotgani aniq edi.
Aerin chuqur nafas olib bir qadam oldinga tashladi…

Aerin telefonni olish uchun qo‘lini cho‘zdi lekin Jungkookning qo‘li balandda edi. U qasddan shunday qilayotgani aniq edi.

— Jungkook!

dedi Aerin g‘azab bilan

— O‘yin qilma ber shuni!

Jungkookning lablarida kulgi aks etdi. Uning nigohlarida qandaydir chaqnash bor edi xuddi bu vaziyatdan zavqlanayotgandek.

— Bunday tez asabiylashmasang-chi?

xotirjamlik bilan.Aerin yana qo‘lini cho‘zdi lekin baribir yetmadi. Bu esa Jungkookni yanada qiziqtirgandek u yana biroz qo‘lini yuqoriroq ko‘tardi.

— Aytganimdek kelib ol Aerin

dedi u yengil ohangda ammo ko‘zlari xavfli jilvalanardi.
Aerinning ichidan qandaydir g‘azab va o‘zgacha hislar ko‘tarila boshladi. U bu telba yigitning o‘yiniga tushib qolishni istamasdi lekin hozir aynan shunday bo‘layotgan edi. U yana qo‘l cho‘zdi lekin Jungkook bir qadam orqaga chekindi.

— Jungkook! — dedi Aerin nafrat bilan.

— Faqat oddiy bir telefon uchun bunchalik g‘azablanishga arziydimi?

Aerin unga yomon qarab qo‘ydi.

— Meni eshita oladigan yagona odam bo‘lsa bu telefonim bo‘lardi!

Jungkook kuldi lekin bu kulgi shunchaki hazil emasdi. Uning nigohlarida qandaydir xavf va ehtiros paydo bo‘lgandi.

— Demak hozir yolg‘izsan shundaymi? Zeriksang men bilan gaplash..

Aerin bir zum tilsiz qoldi. Jungkookning nigohlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga tikilgan edi va bu qarashlarda qandaydir g‘alati narsa bor edi — u shunchaki hazillashayotgan emasdi balki nimanidir isbotlamoqchi edi.U shunday nigohni ilgari ham ko‘rgan edi — kuchli, hukmron, biroq ayni paytda qandaydir tortuvchi edi.

— Sen…

deya pichirladi Aerin lekin so‘zini tugata olmadi.Jungkook birdan qo‘lini pastga tushirdi telefonni esa orqasiga yashirdi. U bir qadam oldinga tashlab Aerin bilan orasidagi masofani qisqartirdi.

— Telefoningni istayapsanmi?

sekin, lekin sirli ohangda so‘radi u.Aerin bir necha soniya sukut saqladi. Nafas olishi tezlashganini sezdi.Jungkook esa yana jilmaydi.

— Unda… uni olish uchun menga nimadir berishing kerak.

Aerin yuragini siqib kelayotgan g‘alati hissiyotdan qochishga urindi.

— Nima?

deya shivirladi u.
Jungkook yana bir qadam tashladi. Endi ular orasida deyarli havo yo‘q edi. Uning nigohlari chuqur qorong‘i va sehrli edi.

— O‘zing tushunishing kerak…

Aerin og‘ir yutindi. Yuragi qafasga qamalgan yovvoyi qushdek urardi. Bu odam shunchaki o‘yin o‘ynayotgan edi yoki… yo‘q bu o‘yin emas edi. Bu bir-biriga tortilayotgan ikki insonning o‘rtasidagi keskinlik edi.Jungkookning nigohlari qizning lablariga sirg‘alib tushdi so‘ng yana ko‘zlariga qaytdi.

— Nimani xohlaysan?

deya shivirladi Aerin..

Xona ichidagi harorat go‘yo birdan ko‘tarilgandek edi…

— Oddiy bir narsa… — dedi u xotirjam.

Faqat bitta shart.Aerin uning ko‘zlariga sinchkovlik bilan tikildi.

— Qanday shart?

Jungkook biroz sukut saqladi go‘yo bu lahzaning uzayishini xohlayotgandek. Keyin sekin pichirladi:

— Meni yana o‘p.

Aerinning yuragi g‘ijim bo‘lib ketdi. U chuqur nafas olib,ʼ vaziyatni tushunishga harakat qildi.

— Sen… telbalik qilayapsan

dedi u qaltiragan ovozda.
Jungkook yengil kulib qo‘ydi.

— Men har doim shunday bo‘lganman Aerin.

Qiz uning ko‘zlariga qattiq tikildi.

— Bu shunchaki o‘yin..

Jungkook bosh chayqadi.

— Yo‘q.

Aerin bir zumga jim qoldi. Agar u rad etsa Jungkook boshqa qanday yo‘l tutishini bilmasdi. U bilan bahslashish befoyda ekanini allaqachon tushunib yetgandi.Jungkookning nigohlari esa sabrsizlik bilan uning har bir harakatini kuzatardi.

— Nimaga bunday shart qo‘yyapsan?

deya shivirladi Aerin.

Jungkook yengil jilmayib yuzini unga yaqinroq olib bordi.

— Chunki seni o‘pishni xohlayman… Va sen ham istayotganingni bilaman.

Aerinning nafasi og‘irlashdi. U bunday tortilishdan qochishga urindi lekin yuragi boshqa narsani his qilardi.Jungkook esa sabrsizlik bilan javob kutardi…

— Yo‘q — dedi u qat’iy ohangda.

Jungkookning jilmayishi sekin yo‘qoldi. U Aeringa sinchiklab tikilib qoldi.

— Qaytar

u past ovozda.Aerin ko‘zlarini undan uzmasdan yana takrorladi:

— Yo‘q.

Jungkook qoshlarini bir oz ko‘tarib jilmaygancha bosh chayqadi. Uning nigohlarida hayrat va qiziqish aks etdi.

— Sen haqiqatan ham rad etyapsanmi?

Aerin qo‘llarini koʻksiga bogʻlab boshi bilan tasdiqladi.

— Ha...hohlamayman

Jungkook yengil kulib qo‘ydi lekin bu kulgi g‘azab yoki hafsala pir bo‘lish alomati emas edi. U qandaydir zavq bilan qizni kuzatardi.

— Demak shunaqami…

deya past ovozda gapirdi u.
Jungkook sekin qadam tashlab telefonni yana havoda aylantirdi va pastga qaradi.

— Juda qiziq… Sen hamisha shunaqa qat’iymisan yoki faqat men bilan shunday bo‘lasanmi?

— Meni qo‘yib yubor Jungkook. Bas qil endi.

dedi Aerin jiddiy ohangda.
Jungkook yelka qisdi va kulimsirab unga yaqinroq egilib.

— Balki hozir emasdir. Lekin oxir-oqibat baribir yonimda qolishingni bilaman.

U telefonni choʻntagiga solib orqaga bir qadam tashladi va bemalol yurgancha xonadan chiqib ketdi.Aerin og‘ir nafas oldi. Yuragi hanuz shiddat bilan urardi. Bu yigitning o‘ziga bo‘lgan ishonchi uni telbalarcha asabiylashtirardi lekin ich-ichida nimadir uni bezovta qilardi.

Oradan ancha vaqt oʻtgandi. Aerin xonaning ichida yurib bezovtalik bilan atrofga ko‘z yugurtirdi. U divanda o‘tirib zerikib o‘lishi mumkin emas edi. To‘g‘ri begonaning uyida so‘roqsiz yurish yaxshi emas lekin hozir unga buning farqi yo‘q edi. U shunchaki nima bilandir o‘zini chalg‘itishi kerak edi.Aerin javondagi kitoblarga qiziqib ulardan birini qo‘liga oldi. Kitobning sahifalari orasidan nimadir yerga tushdi. Qiz qiziqsinib egilib uni oldi va hayratdan ko‘zlari katta ochildi.
Bu kichik surat edi. Unda bolalikdagi Jungkook tasvirlangan edi — beg‘ubor oddiy kiyim va eng ajoyib koʻrinayotgani uning mitti qoʻlida turgan corndokning bir ikki joyidan tishlangani hamda ikkinchi qoʻli koʻzlari yonida joylashib tushgan rasmi. Uning hozirgi sovuq va sirli nigohlaridan asar ham yo‘q edi.
Aerin suratni sinchiklab kuzatar ekan beixtiyor jilmaydi.

— Demak sen ham bir paytlar shunaqa edingmi?

Aerinning bu gaplari Jungkookning naqadar yoqimtoy boʻlganiga ishora edi ammo fikrini ochiq bayon qilmadi.Jungkook birdan unga qaradi va Aerinning qoʻlidan suratni tortib olishga urindi.

— Bu yoqqa ber.

dedi u jiddiy ohangda.

Aerin qattiqroq ushla, suratni ortiga yashirdi.

— Nega?

Jungkook uning qo‘lini ushlab suratni olishga urindi.

— Aerin, ber!

— Yo‘q

dedi qiz jilmayib.

— Bu qiziq… Seni bolaligini bunday tasavvur ham qilolmagandim.

Jungkookning yuzida yengil asabiylik sezildi. U yana suratni olishga harakat qildi lekin Aerin chetga qochib uni yanada mahkam ushladi.

— Bo‘ldi endi jiddiy aytyapman ber!

dedi Jungkook g‘azab bilan.

— Men ham senga telefonimni qaytar dedim-ku nega seni berging kelmayapti?

dedi Aerin qoshlarini ko‘tarib.

— Telefonimga alishaman.

Jungkook bir zum jim qoldi keyin jilmaydi.

— O‘zingda qoldir

Past ovozda.

Aerin hayron bo‘lib unga qaradi.

— Nima?

— Suratni o‘zingda qoldir, Aerin. Sen uni topgan ekansan endi seniki..

Aerin unga ishonchsizlik bilan tikildi.

— Biroq… nega?

Jungkook jilmayib qizning ko‘zlariga chuqur boqdi.

— Chunki endi sen ham o‘tmishimning bir qismisan.

U buni qanday ohangda aytdi — hazilmi jiddiymi Aerin tushunolmadi. Lekin yuragida qandaydir g‘alati his paydo bo‘ldi.Jungkook esa shunchaki jilmaydi va yana noutbuk oldiga o‘tirdi, go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek.Aerin esa suratga bir necha soniya tikilib turdida keyin beihtiyor suvratni shimining orqa choʻntagiga soldi.

Timeskip ➡️

Jungkook ish stolida xotirjam o‘tirardi. Uning qo‘llari klaviaturada yengil harakat qilar lekin nigohlari tez-tez qarshisida zerikkan holda divanda o‘tirgan Aeringa o‘g‘irlardi.Qizning chehrasida ochiqdan-ochiq zerikish aks etardi. U telefonisiz hech qanday mashg‘ulotlarsiz qolganidan norozi edi.Jungkook buni kuzatib yengil jilmaydi.

— Bu qadar zerikayotganingni hammaga bildirishing shart emas!

— Nima qilay boshqa?

Jungkook qog‘ozlarini chetga surib

— Xo‘sh, gaplashishdan ko‘ra yaxshiroq narsani taklif qilsam-chi?

Aerin unga ensa qotirib.

— Masalan?

Jungkook stol tortmasidan karta qutisini chiqardi va barmoqlari bilan uning chetlarini sekin urib turdi.

— Karta o‘ynaymiz. Garov bilan.

Aerin bir zum o‘ylanib qoldi.

— Qanaqa garov?

Jungkook yengil jilmaydi.

— Oddiy. Kim yutqazsa g‘olibning istagan talabini bajaradi.

Aerin unga ishonchsizlik bilan qarardi.

— Bu juda shubhali.

— Faqat qiziq bo‘lishi uchun

dedi Jungkook kartalarni aralashtirib.

Aerin lablarini qattiq tishladi. Karta o‘yinlarida unchalik yomon emasligini bilardi. Va ehtimol yutsa bu uydan keta olardi.

— Mayli men rozi!

Jungkook jilmayib kartalarni taqsimladi.

O‘yin boshlandi.

Dastlab Aerin juda ishonch bilan harakat qildi. Uning har bir yurishi aniq va puxta o‘ylangan edi. U yutishiga amin edi.
Ammo raundlar o‘tgani sayin vaziyat o‘zgara boshladi.
Jungkook bo‘shashgan holda o‘ynayotganday tuyulardi lekin baribir har safar g‘alaba qozonardi. Go‘yo u o‘yinni boshidanoq o‘z nazoratiga olganday edi.

— Yo‘q, bu qanday bo‘lishi mumkin?

dedi Aerin hafsalasi pir bo‘lib.Boshidan bir necha marotaba yutishiga ishonsada.Aerin yutqazdi gʻalaba Jungkook tomonda edi.
Jungkook kartalarini stolga tashlab xotirjam jilmaydi.

— Chunki men o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ayniqsa sen bilan.

Jungkook javoban Aerin kartalarni stolga zarb bilan tashladi.

— Bu adolatdan emas!

Jungkook qo‘llarini stolda chalishtirib unga qiziq nigoh tashladi.

— Lekin sen o‘yin qoidalariga rozi bo‘lganding unutmadingmi?

Aerin tishlarini tishlariga bosdi.

— Demak endi men senga xohlagan narsangni bajarib berishim kerak shundaymi?

Jungkook qoniqish bilan jilmaydi.

— Ha shunday.

— Mayli nima xohlaysan?

Jungkook unga tikilib nigohlarini chuqurlashtirdi.

— Bir kecha qolishingni xohlayman.

Aerin beixtiyor orqaga tisarilib.

— Nima?

Qizning ovozi avvalgidan balandroq chiqdi.Jungkook xotirjam jilmaydi.

— Tushunding-ku. Faqat bir kecha. Hech qanday ortiqcha shartlarsiz.

Aerin unga shubha bilan tikildi.

— Nima uchun?

— Balki shunchaki istaganim uchundir?

Aerin bu yigitning har qanday vaziyatni o‘z foydasiga hal qilishiga yana bir bor amin bo‘ldi. U qochishga harakat qilsa ham oxir-oqibat Jungkook doim nazoratni o‘z qo‘liga olardi.Bu shunchaki o‘yin edi lekin o‘yinning narxi shunchalar yengil bo‘lmasa kerak…

— Bu… bu shunchaki bema’nilik

Jungkook xotirjam jilmaydi va stolga suyanib oldi.

— Garov shartlarini o‘zgartirishga endi kech.

Aerin lablarini tishladi. U bu o‘yinda yutishiga juda ishongan edi. Balki hammasi Jungkookning rejasimi? U shunchaki o‘zini o‘ynayotgan qilib ko‘rsatib oxirida uni tuzoqqa tushirdimi?

— Sen shunchaki ataylab qilding to‘g‘rimi?Oʻyin bir baxona edi.

deb pichirladi Aerin.

Jungkook xotirjam ohangda javob berdi:

— Ehtimol…

— Demak buni avvaldan rejalashtirgansan?

— Yo‘q lekin agar shunday bo‘lgan taqdirda ham sen allaqachon bu shartni qabul qilding.

Aerin uning so‘zlariga javob topa olmadi. Chunki haqiqatdan ham garovga rozi bo‘lgandi. Ammo bu… bu juda ham shubhali edi.

— Nega meni shunchaki bir kecha bu uyda qolishga majbur qilmoqchisanmi?

— "Majbur" so‘zi biroz qo‘pol eshitilyapti. Bu shunchaki o‘yin edi shunday emasmi? Sen yutqazding men esa o‘z sovg‘amni olyapman.

Aerin g‘azab bilan unga tikildi.

— Va men bu yerda qolsam keyin nima bo‘ladi?

Jungkook yelka qisdi.

— Hech narsa. Sen xohlagan joyda uxlay olasan. Xohlasang – mehmonxonada xohlasang – shu divanda yoki...

— Nima yoki ..

— Meni xonamda...men bilan tanla...

Jungkook oxirgi soʻzidan soʻng yuzida gʻalati kulgu paydo boʻlgandi.

— Bilasanmi nima...?Sen Haqiqiy jinnisan...

Aerin oʻtirgan divani yostigʻchasini Jungkook tomon qaratib otib..

— Ha...men shundayman...

Jungkook oʻrnidan turib ketar ekan yurishdan avval Aerinning boshidan silab sochlarini toʻzgʻitib oʻtgandi.

— Yoʻqol...Ahmoq...

Aerinning baqirishiga Jungkook etibor bermay boshqa xonaga chiqib ketgandi..Qiz esa toʻzgʻiga sochlarini togʻirlash bilan ovvora...

****

Aerin mehmonxonaga joylashdi. Xonadagi yumshoq yostiqlar va chiroyli ichki dizayn uni biroz tinchlantirganday bo‘ldi. Ammo yuragining tubida hanuz nimadir bezovta qilardi.Jungkook unga hech qanday shubhali narsa taklif qilmadi tushlik vaqti ham tinch oʻtdi. Aerin uning nigohlarida qandaydir yashirin maqsad borligini sezardi yoki shufqalanardi.U yotoqqa yotib shiftga tikildi. Bu shunchaki oddiy bir kecha.Lekin ko‘zlarini yumgan zahoti eshik taqilladi.

— Hali ham uyg‘oqmisan?

Jungkookning past ovozi eshitildi.

Aerin oʻrnidan sabchib turib yopiq eshik tomon qaradi.

— Uxlash...? Balki oʻlgandirman.

— Ammo ovozing chiqayapti-ku...demak tiriksan .

U shunday deb eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Aerin unga o‘qrayib qaradi.

— Nima kerak ?

— Mehmonim yotog‘ida tinch uxlashi kerakligini tekshirishga keldim.

— Juda e’tiborli ekansan

dedi Aerin kinoya bilan.Jungkook jilmaydi va devorga suyanib turdi.

— Agar chindan ham uxlamoqchi bo‘lsang men yordam bera olaman.

Aerin unga shubha bilan qaradi.

— Kerakmas..

Jungkook bir qadam oldinga yurib kulimsiradi.

— Juda qattiq himoyalanayotganingni ko‘rib turibman.

Aerin o‘rnidan turdi va unga yaqinlashdi.

— Chunki sendek odamga ishonish ahmoqlik bo‘lar edi.

Jungkook uning ko‘zlariga tikilib sekin pichirladi:

— Mayli unda uxla. Lekin men hali bu kecha tugaganiga amin emasman.

U shunday deb eshikdan chiqib ketdi.Aerin esa joyiga qaytib yotdi. Lekin yuragi tinchlanmadi.

— Bu jinni menga biror nima qilmasa boʻldi...

SHu tarzda Aerinning koʻzlariga uyqu kelsada sergak oʻtirishga urinardi. Ammo charchoq tufayli uxlab qoldi.

Ertalab tong...

Aerin uyqu aralash telefoni jiringlaganini eshitar edi.Koʻzlarini ochar ekan tepasida Jungkook unga c
Jiringlayotgan telefonini uzatgancha turar..Aerin ham shosha pisha raqamga qaramasdan qoʻliga telefonini oldi.

— Eshitaman...

— Siz koʻcha boshidagi aholi turar joylaridagi binolarning biridagi uchinchi qavatda yashovchi ijarachi Aerinmisiz?

— Ha menman..lekin siz kimsiz.

— Men shu tumanga javobgar tergovchi inspektorman..

— Tergovchi?

Aerin qoʻllarini qovushtirib unga qarab turgan Jungkookga qarar edi.

— Ha..xonim sizning uyingizga oʻgʻri tushibdi bitun uyni tintuv qilgan..aftidan nimadir qidirishganga oʻxshaydi..

— Nima....?

Episode -3 ... Tugadi