The Unhealed
Kechagi yomg‘ir shaharni yuvib ketgandi quyosh bo‘lsa-da havo hanuz zax edi.
Ertalabki quyosh kasalxonaning yirik derazalariga tushib sovuq devorlarga yengil nur yog‘dirardi. Korridorlarda oq xalatli shifokorlar shoshilinch yurib hamshiralar jimjitlikda hujjatlar bilan band edi. Bu joy oddiy shifoxona emasdi – bu yerga odatda eng murakkab nazoratsiz qolsa atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan bemorlar kelardi.Yaniy psixologiyasida oʻzgarishlar roʻy bergan bemorlar...
Kasalxona tashqi tomondan boshqalari kabi oddiy koʻrinsada – ichki holati haqida bir nima deyish qiyin edi. Bu yerda davolanuvchi bemorlar va shifokorlar bir biriga hech qachon iliq munosabatda boʻlishmasdi. Nimaga? Chunki bu yerda ruxiy kasallikka chalinganlar davolanadi va ularning shifokorlari juda qattiqqoʻl.Eshik oldida bir lahza to‘xtadim. Nafasimni chuqur olib yuragimni bosishga harakat qildim. Bu mening psixolog sifatidagi birinchi ish kunim edi. Hayajon va noaniqlik hissi yuragimda lekin bu ishni tanlagan ekanman demak qo‘rqishimga o‘rin yo‘q edi.Eshikni ochdim. Ichkarida havo biroz sovuq devorlar oq va silliq edi. Stol ustida bir necha jild hujjatlar yotardi. Yangi hamkasblarimga ko‘nikishim kerak edi.
— Salom - ularga kichik jilmaygancha.
— Men yangi hamkasbingiz Riaman. Siz bilan tanishganimdan hursandman.- Ular men bilan iliq munosabatda salomlashishdi lekin ular qaysi bemorni qabul qilishimni eshitgach menga achinib qarashardi.
— Sen... Jiminni olganing rostmi? — deya shivir qildi xodimalardan biri. Uning ovozida hadik bor edi.
Qoshlarimni biroz ko‘tarib iloji boricha xotirjam ohangda javob berdim.
— Ha..rost lekin nega ajablanarli qarayapsiz? - Ish stolimga oʻtirar ekanman qolganlarning barchasi chuqur hoʻrsindi.Men deyarli anglab yeta olmadim bir muddat chunarsiz holda ularga tikilib qarab oʻtirdim.
— U tajovuzkor. Oldin boshqa shifokorlarga jiddiy zarar yetkazgan. Uni hech kim uzoq vaqt davomida davolay olmagan... - Biroz avval tanishgan kasbdoshim boʻlmish hamshira Sunmi ilk bemorim haqidagi malumotlarni menga aytayotgandi.
— Ria siz...- Sunmi gaplarini davom ettirmasidan uning soʻzini boʻldim.
— Siz deyishingiz shart emas... biz deyarli tengdoshmiz..- kichik tabbasum qildim.
— Yaxshi..Ria menga qara sen bu yerda yangisan va bemorlarning qandayligini bilmasliging tabiiy hol..Jimin u...undan ehtiyot boʻl..
Ich-ichimdan buni bilardim. Jimin haqidagi hujjatlarni o‘qigan edim lekin baribir uni shaxsan ko‘rmaguncha ishonish qiyin edi. Balikim u mening ilk bemorim va ilk ishim edi shu jumladan qizziqonligim tufayli ham tezroq uni koʻrishni istardim. Hamshira Sunmini oxirgi gaplari esa e’tiborimni tortdi.
— Uni oʻzingga yaqinlashtirma..yoʻqsa oʻzingga yomon boʻladi Ria..unutma. - Hamshira Sunmi bir lahza sukut saqladi. Keyin nigohini qog‘ozlarga tikib xuddi bu gapni aytmagandek oʻz ishida davom etdi.Men esa hali ham bu vaziyatni anglab yetmagandim. Atrofimdagi shifokorlarning barchasining yuz koʻrinishi gʻalati edi va bu holat menda qiziqishni uygʻotdi..
Qorong‘u koridor bo‘ylab yurarkanman yuragim tez urardi. Har qadam tovushim g‘alati aks sado berardi. Nihoyat kerakli eshikka yetdim. Temir panjarali derazalar orqali xonaning ichi ko‘rinib turardi.
Ichkarida, nur tushmagan burchakda kimdir stulda o‘tirardi.
Sekin qadamlar bilan ichkariga kirganimda qarshimdagi odamning qalin qo‘llari ohista harakat qildi. Keyin esa u boshini ko‘tardi.