𝐘𝐨𝐧𝐢𝐦𝐝𝐚 𝐪𝐨𝐥.
Hayot davom etar ekan bu dunyoda turli insonalar mavjutdir.Biri — Oʻrtahol oila boʻlsa-da juda baxtiyor va bu hayotidan mamnun-Deyarli- .Yana biri — Boy badavlat boʻlsa-da huddi bu hayotida nimadir kamdek, yetishmayotgadek tuyilardi. Senda hamma narsa bor pul obroʻ mansab,hohlagan vaqting hohlaganingni qila olasan bajara olasan,bundanda yaxshi narsa boʻlmasa ham kerak.Lekin nimadir kamdek tuyiladi...Qiziq -a?
_Bu hikoyamiz qahramonlari ham deyarli shunday vaziyatda desak mubolagʻa boʻlmas edi._
Biri kulgulari ortiga dard-u alamlarini mohirona tarzda yashirsa yana biri hayotida huddi manosiz yashayotgadek hech nimani his qilmas edi.
Bir inson uchun bu avvalgidek oddiy bir kun sifatida boshlandi.Ertalabgi soat uygʻotgichidanda avval uygʻonib ulgurgan yigit bugun ham boshqa kunlar kabi uyquga toʻymagan horgʻin holda uygʻondi.Balki uxlamagandir ham.Oʻrinidan turar ekan togʻri yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.Bu vaqt esa yana bir inson oʻz xonasida yostigʻiga yuzini koʻmgan holda qattiq uxlab yotardi.Charchashiga sabab esa tuni boʻyi ilk ishi uchun oʻz maʼlumotlarini taxrirlash boʻlgan edi.
.
Bir necha soatdan soʻng...
- Jin ursin uxlab qolibmanku..Lanati birinchi kundan kechigamanmi?
Qiz shosha pisha kiyinar ekan yotogʻi qarshisida joylashgan stolidan kerakli pardoz buyumlarini sumkasiga joyladiyu oyoq kiyimini qoʻiga olib eshik tomon yugura ketti.Taksi allaqachon eshik tagida,har doimgidek ertalab koʻchaga chiqishida bino oldidagi oʻrindiqda quyosh nuriga toblanib yotgan mushukni silash ham yodidan chiqqan qiz mashinaga oʻtirib aytilgan manzilga iloji boricha tezroq yetkazishlarini soʻraydi.Mashina yoʻlda ketar ekan sumkasiga solingan pardoz vositalarini olib qiz oʻzini epaqayga keltira boshladi.Har holda ish uchun ariza topshiradi ularda yaxshi tasurot qodirishi kerak.Mashina kerakli manzilga oʻz vaqtida yetib kelgandi.Yoʻl haqqini oʻrtigʻi bilan toʻlab qaytim olishga ham sabri yetmagancha shoshqaloq qiz bino qabul xonasi tomon yugura ketti.
-Kechirasiz men ish uchun suhbatga kelgan edim..
Shoshilib yurganidan biroz tez nafas olsada oʻzini hotirjam tutishga urinardi.
-Yoʻlak oxiriga borsangiz boshqalarni topasiz.Oʻsha joyda boshqa davogarlar ham bor.
Kampaniya hodimining koʻrsatmasi boʻyicha aytilgan joyga bordi ham u yerdagi muhit boshqacha edi.Ish uchun davogarlarning yuz va koʻzlaridan maʼlumki ish uchun kurash bu yerda juda kuchli.Gap ish oʻrni toʻgʻrisida emas balki shu kampaniya egasida.Mish mishlarga qaragada bu joy egasining yoshi deyarli 30 ga yetgan va hali oila qurmagan hatto hech kim bilan munosabatda boʻlmgan degan gap soʻzlar bazi bir qoʻshtirnoq ichidagi ishchilarni yani ayollarni bu yerga jalb qilgandi.
***
Bu yerga kelishim bilan angladim-ki bu ayollarga ishning qizzigʻi yoʻq.Yuz koʻzidan va hatti harakatlaridan maʼlum boʻlib yaqqol koʻrinar edi.Oʻz rezumeyimni qoʻlimga olib bir chetdagi shovqindan yiroq boʻlgan oʻrindoqga borib oʻtirdim.Hayollarim oʻzi bilan oʻzi ovora edi ham beixtiyor yonimdagilarnig suhbatini eshitib qoldim.Ular kampaniya raxbarning kelishgan yigit ekanligi oʻtmishda yosh boʻlishiga qaramasdan tezda yutuqlarga erishib bu kampaniyaga asos solgani hamda muhim joyi uning " boʻydoqligi " toʻgʻrisidahi piching gaplar..Soʻzlaridan maʼlum ularga deyarli ishining qizzigʻi yoʻq.
Bir necha daqiqa oʻtti ham katta zal eshigi ochilib kotiba barchaning xonaga kirishini aytdi.Juda qizziq odatda ish uchun suxbatga navbati bilan kirilardi.Qizlar tezlik bilan xona eshigi tomon ketishdi.Bilmadim ularga nima boʻlganki huddi oltin topgandek yugurar edi.Shunchaki bu daqshatli edi.Meni qoʻlimdan esa shunchaki ensa qotirish keldi holos.Deyarli oxirida men kirayotgan edim ortimdan kelgan qiz meni turtkilab oʻtti unga etibor qilmadim chunki bu ham boshqalar kabi edi.Menku mayli ammo eshik yonida turgan kotiba ayol...Shoshib kirgan qiz uni ham turtkilab oʻtidi.Bundan jahlim chiqdi chunki u yiqilishiga ozgina qolgandi yaxshiyamki men unga tirgak boʻlib qollgadim.
- Xonim...xonim ahvolingiz yaxshimi.? Jarohat olmadingizmi.
Darrov uni koʻzdan kechirib qara ekanman u menga samimiy tabassum bilan javob qaytardi.
- Yoq.Men yaxshiman sizga raxmat kirishingiz mumkun.
Yuzidagi tabassumi yoʻqolmasdan meni ichkariga kuzatdi.Mena ham javoban xonantomon yoʻl oldim.Yurar ekanman maqsadim bitta u ham boʻlsa boya bizni turtkilab oʻtgan qizni topish edi.Soʻraydigan savolim bor va javob qaytarishga majbur.Xonada ish uchun davogarlar kamida yigirma kishi barchasi oʻziga oro bergan oyimchalar toʻgʻrisi ularning bu yoʻnalishda tajribasi bor yoʻqligiga hayronman.
Oʻrindiqlarga joylashdik.Mening koʻzlarim oʻsha qizni izlardi.Biroz avval yonimdan oʻtganda uni faqat orqa tomondan koʻra olgandim holos topish biroz qiyin boʻladi shekilli.Shu payt hayollarimni ochilgan xona eshigi oldi.Ichlariga kelishgan bir yigit kirib kelgandi.Yonimdagilar barchasi unga mahliyo boʻlib tikilib oʻzaro shivirlardi.
Koʻrinishidan qatiyatli.Qarashlari magʻrur gʻururli va sovuq .Yaqqol yuzidan maʼlumki bu inson oʻz kampaniyasi obroʻyiga monand.Albatta bu mening hozirgi fikrim.Hali beri uni yaxshi tanimayman balki taqdir qilib shu kampaniyada ishlay boshlasam bu inson mening raxbarim men esa uning ishchilaridan biriga aylanarman.
-Xush kelibsiz xonimlar ! Sizlarni kampaniyamda koʻrganimdan mamnunman - kostyumi yoqasini toʻgʻirlagancha oʻz joyini egallab bizga ham stol atrofiga oʻtirishni taklif qildi.Yonida esa oʻsha kotiba xonim turar edi.
- Yana bir bor salom. Men kotiba Soyon boʻlaman.Janob Parkning yordamchisiman.Sizlarni yigʻishimizdan maqsad kampaniyamizga yangi istedodli hodimlarni ishga olishdir. - Soyon xonim ish haqida tushuntirar ekan atrofimdagilarning barchasi uning soʻzlariga betibor.Chunki ularning koʻzlar Janob Parkda.Boʻlajak raxbar esa stoli ustidagi hujjatlari bilan ovvora.
- Xonimlar endi oʻz ishlaringizni taqdim etishigiz mumkun.
Kotibaning soʻzi ham tugadiki barcha oʻz ishlarini birma-bir taqdim qilardi.Darvoqe aytib oʻtishimiz lozimki bu kampaniya dizaynerlikga asoslangan.Yani kareyadagi kiyim ishlab chiqaruvchi kampaniyalardan biri ham shu Park Industri edi.Bu yigit boshchiligidagi kampaniya maxsulotlari butun dunyoga tanilib ulgurgan.Kampaniya esa bittagina emas bu kabilari yana bir nechta davlatlarda topiladi.Ualrning ham egasi Park Jimin.Tashrif buyurgan xonimlar yosh dizaynerlar.
**
Vanihoyat navbat menga yetgandi.Oʻrnimdan turib oʻzimni tanishtirishga shaylandim.
- Hayirli kun.Mening ismim Riya Lee.
Gapim nihoyasiga yetmadi ham ulardan biri soʻzlarimni boʻldi.
- Riya ? Bu qanday gʻalati ism boʻldi.Koreyada bunday ismli qizlar yoʻq. - gʻalati qarashari ila bu yerdagilar tanqit qilishni hozirdan boshlab yuborgandi.Men ham boʻsh kelmadim.
- Bu shunchaki qisqartirilgan shakli.Mening ismimni boshqalarnikiga oʻxshab bir xil boʻlmasligi uchun shunday.Xoʻsh bu sizga qandaydir noqulaylik tugʻdirayaptimi? Yoki tor doiradagi aqligizga sigʻdira olmadingizmi? - Oxirgi gapim kabi yuzim ham sovuq tusga kirgandi.
Va bu qarashlarim sababchisi aynan oʻsha qiz edi.
Yeji - xonaga kotibani turtkilab oʻtib kirgan ham mening ismimni tanqit qilgan ham aynan oʻsha qiz.Muomilasi ham yuzi kabi sovuq.Uning gaplari va gʻashga teguvchi qiliqlari toʻgʻrisi koʻnglimni aynitardi.Bular ham raxbar Parkga yoqish uchun qilinayotgan noz karashmalar.
-Tushunmadim sen hozir nima deding?Meni kamsitishga nima haqqing bor. - birdan baqirib ketgan qiz barchaning oldida oʻzini koʻrsatardi.Oʻzicha stol ustidagi hujjatlarni meni yuzimga otishga uringanida uning qoʻlini tutib qolgan qoʻllar bu janjalning oldini olgandi..
- Hoy..siz ikkingiz qayerda ekanligingizni unutib qoʻydingizmi? Qani jim boʻling. - buyruqomus vajohat ila aytilgan soʻzlar bu oyimcha bilan meni oʻziga qaratib qoʻygandi.
-Janob Park ahir uning oʻzi boshladi...men unga nima ham qildim menga jahl qilib kamsita ketadi.. - tomosha boshlandi.Oʻzidan jabrdidani yoqgan aktrisamiz oʻz roʻlini qoyilmaqom qilib ijro qilmoqda.Mening yuzim esa hali ham oʻzgarmagan.
- Jodugar - hayolimdan oʻtgan u uchun atalgan soʻz shu boʻlgandi.
- Qizlar tortishuvni toʻxtating.Yeji xonim iltimos qilaman oʻzingizni bosing.Bu yerda shovqin qilish mumkin emas.- Soyon xonim tortushunvi toʻxtatishimizga ishora qila ketti.Ammo bu jodugarning chakagi oʻchmas edi.Oʻzicha ham yigʻlagan kishi boʻldi-yu Janob Park bu vazyatga chiday olmay xonani tark etdi. Ketishi ham aniq edi bu jinnicha qiliqlar aniq uning asabiga oʻynagan.
- Bir daqiqa hozir qaytamiz. - Kotiba Soyon ham uning ortidan yugura ketgandi.Va zum vaqt oʻtmadi ham jabrdiydamiz tilga kirgandi.
- Sen yaramas betkachopar qiz. Qani yonimga kel.Kim boʻlibsan meni kamsitasan?
-Nega borishim kerak.Ishing boʻlsan oʻzing yonimga kel.
Janjal davom etardi.Uning har bir gap asabimga shu darajada oʻynardiki hatto hozir urishdan ham toymayman.Hali ham yonimizda boshqa qizlar bor edi ular oraga kirgancham ikkimizni tinchlantirishga urinishardi.Kimdir Yeji tomon yana kimdir men tomonda yonayotgan olovga suv sepish bilan ovvora.Bir necha daqiqa oʻtib xona tinch holga keldi.Men boshidanoq oʻzimni bosib olgandim chunki koʻrinib turibdiku bu yerda obroʻyini toʻkgan inson faqat oʻsha jodugar.Xona eshigi ochilib Soyon xonim qabul tugatilganligi va Janob Park qolgan ishlarni ertaga koʻrib chiqishi haqida eʼlon qildi.Deyarli hammaning hafsalasi pir boʻlgandi.Men bilan hisoblasak yana yettita qiz oʻz ishini taqdim qila olmagandi.Bundan Yeji qay manoda mamnun chunki oʻzi topshirib boʻldi ham meni tanqit qilishga oʻtgandi.Barcha oʻz buyumlarni qoʻliga yigʻib olib xonani tark etisha boshladi shu jumladan men ham.Lekin negadir ketishga koʻzim qiymasdi oyoqlarim beixtiyor Soyon xonim tomon yurardi.
- Xonim - biroz hijolatli ohang menga hamroh edi.
- Janob Park Jimin...u bizdan jahli chiqdimi? Hozirgi boʻlgan ishlar deb?
- Yoʻq.Havotir olmang u shuncahki qabul deb biroz toliqgan.Ertaga kelsangiz ishingizni qayta koʻrib chiqadi.Havotir olmang. - Bir muddatga uning gaplaridan taskin topgadim.Lekin biroz avval xonani tark etayotganda menga qaragan nigohlari hali ham hayolimdan ketmagan.
Kotibaning yelkamga oxista urishi hayollarim girdobidan meni real hayotga qaytardi.
- Yaxshi xonim..Oʻzingizni ehtiyot qiling koʻrishguncha.. - unga yana bir bor razm solib kampaniya lifti tomon yoʻl olgandim.Pastki qavat tomon tushar ekanmiz bugungi kunim kutganimdek boshlanmadi ham oʻtmadi ham.Balkim ertalab chap tomonim bilan turgandirman.Shuning uchun ishlarim yurishamdi.Yetmaganiga bu Jodugar ham bir asab tolalarimning yoʻq boʻlishiga sababchi boʻldi.
***