𝐘𝐨𝐧𝐢𝐦𝐝𝐚 𝐪𝐨𝐥.
Hayot davom etar ekan bu dunyoda turli insonalar mavjutdir.Biri — Oʻrtahol oila boʻlsa-da juda baxtiyor va bu hayotidan mamnun-Deyarli- .Yana biri — Boy badavlat boʻlsa-da huddi bu hayotida nimadir kamdek, yetishmayotgadek tuyilardi. Senda hamma narsa bor pul obroʻ mansab,hohlagan vaqting hohlaganingni qila olasan bajara olasan,bundanda yaxshi narsa boʻlmasa ham kerak.Lekin nimadir kamdek tuyiladi...Qiziq -a?
_Bu hikoyamiz qahramonlari ham deyarli shunday vaziyatda desak mubolagʻa boʻlmas edi._
Bir inson uchun bu avvalgidek oddiy bir kun sifatida boshlandi.Ertalabgi soat uygʻotgichidanda avval uygʻonib ulgurgan yigit bugun ham boshqa kunlar kabi uyquga toʻymagan horgʻin holda uygʻondi.Balki uxlamagandir ham.Oʻrinidan turar ekan togʻri yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.Bu vaqt esa yana bir inson oʻz xonasida yostigʻiga yuzini koʻmgan holda qattiq uxlab yotardi.Charchashiga sabab esa tuni boʻyi ilk ishi uchun oʻz maʼlumotlarini taxrirlash boʻlgan edi.
.
Bir necha soatdan soʻng...
- Jin ursin uxlab qolibmanku..Lanati birinchi kundan kechigamanmi?
Qiz shosha pisha kiyinar ekan yotogʻi qarshisida joylashgan stolidan kerakli pardoz buyumlarini sumkasiga joyladiyu oyoq kiyimini qoʻiga olib eshik tomon yugura ketti.Taksi allaqachon eshik tagida,har doimgidek ertalab koʻchaga chiqishida bino oldidagi oʻrindiqda quyosh nuriga toblanib yotgan mushukni silash ham yodidan chiqqan qiz mashinaga oʻtirib aytilgan manzilga iloji boricha tezroq yetkazishlarini soʻraydi.Mashina yoʻlda ketar ekan sumkasiga solingan pardoz vositalarini olib qiz oʻzini epaqayga keltira boshladi.Har holda ish uchun ariza topshiradi ularda yaxshi tasurot qodirishi kerak.Mashina kerakli manzilga oʻz vaqtida yetib kelgandi.Yoʻl haqqini oʻrtigʻi bilan toʻlab qaytim olishga ham sabri yetmagancha shoshqaloq qiz bino qabul xonasi tomon yugura ketti.
-Kechirasiz men ish uchun suhbatga kelgan edim..
Shoshilib yurganidan biroz tez nafas olsada oʻzini hotirjam tutishga urinardi.
-Yoʻlak oxiriga borsangiz boshqalarni topasiz.Oʻsha joyda boshqa davogarlar ham bor.
Kampaniya hodimining koʻrsatmasi boʻyicha aytilgan joyga bordi ham u yerdagi muhit boshqacha edi.Ish uchun davogarlarning yuz va koʻzlaridan maʼlumki ish uchun kurash bu yerda juda kuchli.
***
Bu yerga kelishim bilan angladim-ki bu yer huddi urush maydoni kabi ziddiyatli vaziyat.Yuz koʻzlaridan va hatti harakatlaridan maʼlum boʻlib yaqqol koʻrinar edi.Oʻz rezumeyimni qoʻlimga olib bir chetdagi shovqindan yiroq boʻlgan oʻrindoqga borib oʻtirdim.Hayollarim oʻzi bilan oʻzi ovora edi ham beixtiyor yonimdagilarnig suhbatini eshitib qoldim.Ular kampaniya raxbarning kelishgan yigit ekanligi oʻtmishda yosh boʻlishiga qaramasdan tezda yutuqlarga erishib bu kampaniyaga asos solgani hamda muhim joyi uning " boʻydoqligi " toʻgʻrisidahi piching gaplar..Soʻzlaridan maʼlum ularga deyarli ishining qizzigʻi yoʻq.
Bir necha daqiqa oʻtti ham katta zal eshigi ochilib kotiba barchaning xonaga kirishini aytdi.Juda qizziq odatda ish uchun suxbatga navbati bilan kirilardi.Qizlar tezlik bilan xona eshigi tomon ketishdi.Bilmadim ularga nima boʻlganki huddi oltin topgandek yugurar edi.Shunchaki bu daqshatli edi.Meni qoʻlimdan esa shunchaki ensa qotirish keldi holos.Deyarli oxirida men kirayotgan edim ortimdan kelgan qiz meni turtkilab oʻtti unga etibor qilmadim chunki bu ham boshqalar kabi. Menku mayli ammo eshik yonida turgan kotiba ayol...Shoshib kirgan qiz uni ham turtkilab oʻtidi.Bundan jahlim chiqdi chunki u yiqilishiga ozgina qolgandi yaxshiyamki men unga tirgak boʻlib qollgadim.
- Xonim...xonim ahvolingiz yaxshimi.? Jarohat olmadingizmi.
Darrov uni koʻzdan kechirib qara ekanman u menga samimiy tabassum bilan javob qaytardi.
- Yoq.Men yaxshiman sizga raxmat kirishingiz mumkun.
Yuzidagi tabassumi yoʻqolmasdan meni ichkariga kuzatdi.Mena ham javoban xonantomon yoʻl oldim.Yurar ekanman maqsadim bitta u ham boʻlsa boya bizni turtkilab oʻtgan qizni topish edi.Soʻraydigan savolim bor va javob qaytarishga majbur.Xonada ish uchun davogarlar kamida yigirma kishi barchasi oʻziga oro bergan oyimchalar toʻgʻrisi ularning bu yoʻnalishda tajribasi bor yoʻqligiga hayronman.
Oʻrindiqlarga joylashdik.Mening koʻzlarim oʻsha qizni izlardi.Biroz avval yonimdan oʻtganda uni faqat orqa tomondan koʻra olgandim holos topish biroz qiyin boʻladi shekilli.Shu payt hayollarimni ochilgan xona eshigi oldi.Ichlariga biroz avval men qoʻlidan tutib qolgan kotiba kirib kelgandi.Yonimdagilar barchasi unga qarardi.
- Barchangizga salom. Men kotiba Soojin boʻlaman.Janob Parkning yordamchisi.Sizlarni yigʻishimizdan maqsad kampaniyamizga yangi istedodli hodimlarni ishga olishdir. - Soojin xonim ish haqida tushuntirar ekan atrofimdagilarning barchasi uning soʻzlariga betibor.Chunki ularning hayoli Janob Parkda.Boʻlajak raxbar esa hali beri kampaniyada koʻrinish bermagasdi.
- Xonimlar endi oʻz ishlaringizni taqdim etishigiz mumkun.Kampaniya raxbari biroz ushlanib qolishini aytdi.
Kotibaning soʻzi ham tugadiki barcha bir boriga qarab qoʻyardi va oʻz ishlarini birma-bir taqdim qilardi.Darvoqe aytib oʻtishimiz lozimki bu kampaniya dizaynerlikga asoslangan.Yani kareyadagi kiyim ishlab chiqaruvchi kampaniyalardan biri ham shu Park Industri edi.Bu yigit boshchiligidagi kampaniya maxsulotlari butun dunyoga tanilib ulgurgan.Kampaniya esa bittagina emas bu kabilari yana bir nechta davlatlarda topiladi.Ualrning ham egasi Park Jimin.Tashrif buyurgan xonimlar yosh dizaynerlar.Shular jumlasidan men ham ularning biriman.
**
Vanihoyat navbat menga yetgandi.Oʻrnimdan turib oʻzimni tanishtirishga shaylandim.
- Hayirli kun.Mening ismim Riya Lee.
Gapim nihoyasiga yetmadi ham ulardan biri soʻzlarimni boʻldi.
- Riya ? Bu qanday gʻalati ism boʻldi.Koreyada bunday ismli qizlar yoʻq. - gʻalati qarashari ila bu yerdagilar tanqit qilishni hozirdan boshlab yuborgandi.Men ham boʻsh kelmadim.
- Bu shunchaki qisqartirilgan shakli.Mening ismimni boshqalarnikiga oʻxshab bir xil boʻlmasligi uchun shunday.Xoʻsh bu sizga qandaydir noqulaylik tugʻdirayaptimi? Yoki tor doiradagi aqligizga sigʻdira olmadingizmi? - Oxirgi gapim kabi yuzim ham sovuq tusga kirgandi.
Va bu qarashlarim sababchisi aynan oʻsha qiz edi.
Yeji - biroz avval oʻzini tanishtirgan qiz.Xonaga kotibani turtkilab oʻtib kirgan ham mening ismimni tanqit qilgan ham aynan oʻsha qiz.Muomilasi ham yuzi kabi sovuq.Uning gaplari va gʻashga teguvchi qiliqlari toʻgʻrisi koʻnglimni aynitardi.
-Tushunmadim sen hozir nima deding?Meni kamsitishga nima haqqing bor. - birdan baqirib ketgan qiz barchaning oldida oʻzini koʻrsatardi.Oʻzicha stol ustidagi hujjatlarni meni yuzimga otishga uringanida eshik ochilib kirib kelgan yigit bu janjalning oldini olgandi..
- Hoy..siz ikkingiz qayerda ekanligingizni unutib qoʻydingizmi? Qani jim boʻling. - buyruqomus vajohat ila aytilgan soʻzlar bu oyimcha bilan meni oʻziga qaratib qoʻygandi.
-Janob Park? — Soojin xonimning soʻzlaridan angladiki bu oʻsha kechikgan kampaniya egasi.
Ahir uning oʻzi boshladi...men unga nima ham qildim menga jahl qilib kamsita ketadi.. - tomosha boshlandi.Oʻzidan jabrdidani yoqgan aktrisamiz Yeji oʻz roʻlini qoyilmaqom qilib ijro qilmoqda.Mening yuzim esa hali ham oʻzgarmagan.
- Jodugar - hayolimdan oʻtgan u uchun atalgan soʻz shu boʻlgandi.
- Qizlar tortishuvni toʻxtating.Yeji xonim iltimos qilaman oʻzingizni bosing.Bu yerda shovqin qilish mumkin emas.- Soojin xonim tortushunvi toʻxtatishimizga ishora qila ketti.Ammo bu jodugarning chakagi oʻchmas edi.Oʻzicha ham yigʻlagan kishi boʻldi-yu Janob Park bu vazyatga chiday olmay xonani tark etdi. Ketishi ham aniq edi bu jinnicha qiliqlar aniq uning asabiga oʻynagan.
- Bir daqiqa hozir qaytamiz. - Kotiba Soojin ham uning ortidan yugura ketgandi.Va zum vaqt oʻtmadi ham jabrdiydamiz tilga kirgandi.
- Sen yaramas betkachopar qiz. Qani yonimga kel.Kim boʻlibsan meni kamsitasan?
-Nega borishim kerak.Ishing boʻlsan oʻzing yonimga kel.
Janjal davom etardi.Uning har bir gap asabimga shu darajada oʻynardiki hatto hozir urishdan ham toymayman.Hali ham yonimizda boshqa qizlar bor ular oraga kirgancham ikkimizni tinchlantirishga urinishardi.Kimdir Yeji tomon yana kimdir men tomonda yonayotgan olovga suv sepish bilan ovvora.Bir necha daqiqa oʻtib xona tinch holga keldi.Men boshidanoq oʻzimni bosib olgandim chunki koʻrinib turibdiku bu yerda obroʻyini toʻkgan inson faqat oʻsha jodugar.Xona eshigi ochilib Soojin xonim qabul tugatilganligi va Janob Park qolgan ishlarni qabul qilmasligi haqida eʼlon qildi.Deyarli hammaning hafsalasi pir boʻlgandi.Men bilan hisoblasak yana yettita qiz oʻz ishini taqdim qila olmagandi.Bundan Yeji qay manoda mamnun chunki oʻzi topshirib boʻldi ham meni tanqit qilishga oʻtgandi.Barcha oʻz buyumlarni qoʻliga yigʻib olib xonani tark etisha boshladi shu jumladan men ham.Lekin negadir ketishga koʻzim qiymasdi oyoqlarim beixtiyor Soojin xonim tomon yurardi.
- Xonim - biroz hijolatli ohang menga hamroh edi.
- Janob Park ...u bizdan jahli chiqdimi? Hozirgi boʻlgan ishlar deb?
- Yoʻq.....shunchaki...men biror nima deya olmayman. - Bir muddatga uning gaplaridan nima deyishni bilolmay qoldim chunki hozirgi vaziyat deb qolgan olti nafar qizning ishlari koʻrilmay qoldi ular ham ishga kirish umidi bilan kelgan.Toʻgʻri bu joyda kimni aybi borligini bilaman ammo ular uchun raxbar bilan gaplashishim shart.Lekin biroz avval xonani tark etayotganda menga qaragan nigohlari hali ham hayolimdan ketmagan.
- Soojin xonim...men Janob Park bilan gaplashishim kerak
- Kechirasiz yosh xonim Janob Park yolgʻiz qolishi va yoniga hech kimni kiritmasligimni tayinlagan shuning uchun sizni qabul qilmaydi.
Toʻgʻiri havsalam pir boʻldi.Ketish uchun oʻgirildim ammo koʻksimdagi hislar keyin meni tinch qoʻymasligi aniq edi.Boshliq xonasi tomon ketayotgan kotibani yonidan tez yugurib oʻtib kettimda toʻgʻri uning xonasinga bostirib kirdim.
Ish stolida hujjatlari bilan ovvora yigit biroz qoshlarini chimirib menga qarab oʻtirardi.
- Xoy xonim toʻxtang..
Kotiba Soojin ortimdan yugurib kirdi ham bizni koʻrgandan soʻng u kotibaga ket degandek ishora qildi.Soojin xonim ham bir soʻz demasdan xonadan chiqib ketdi.
- Nima senga eshikni taqillatib kirishni hech kim oʻrgantmaganmi - jahli chiqib turgani soʻz ohangi-yu yuz koʻzidan maʼlum.Bir oz vaqt oʻtmay ham u meni darrov tanidi.
- Shoshma..sen hozrgina janjal chiqrgan qizsan-a?
- Yoʻq bu men emas..- tezda rad qildim.
- Meni koʻr deb hisoblaysanmi? Xonamga ruxsatsiz bostirib kelishing yana kampaniyamda janjal qilishing..bularni barchasini koʻrib turdim shundayam men ayibdor emasman deysanmi? Hoʻsh..
- Ha men ayibdor emasman.Nega qilmagan ishimni boʻynimga olishim kerak?Asl ayibdorni tergang meni emas. - Bu hulqim bilan bilmadim qayoqqacham boraman hayronman.Qaysarligim doyim ustun chiqaverardi.Shu payt u birdan oʻrnidan turib meni qarshimga kelib koʻzimga oʻtkir nigohlari bilan qarardi.Men ham taslim boʻlishni istamasdim tik boqdim.
- Yaxshi.Oʻzingni oqlash uchun 5 daqiqa vaqting bor agar shu vaqt ichida menga biror nimani isbotlay olsang shunda seni tinglayaman. - u shunday dediyu ish stoliga suyangancha qoʻllarini koʻksiga chalkashtirib menga qarab turardi.
- Oʻzingni oqlash bu soʻz menga umuman yoqmadi. Nega bunday qilaman meni aybim yoʻq.
-Ammo vaqt ketayapti.- u qoʻli bilan devor soatiga ishora qilb.
- Boshidan hammasi yaxshi ketayotgan endi.Tanishtiruv vaqtida navbat menga kelganda Yeji ismimni tanqit qila boshladi men shunchaki unga bu bilan ishi boʻlmasligi va boshqalarni gapini boʻlmasligini tushuntirdim.Yana yetmaganiga u juda qoʻpol.Boya ham eshikdan kiraverishda....
- Vaqting tugadi...
- Nima?
- Vaqting tugadi dedim..- devor soatidagi millar allaqachon vaqtidan oʻtgandi.
- Shunday qilib vaqtimni behudaga sarflama.Xonamdan chiq.
- Lekin ....
- Qoʻriqchilarni chaqirishim kerakmi?
Uning oldida bir gap bilan tildan qolgandim men unday emasdim doyim oʻz fikrimni aytardim ammo uni oldida ojiz qoldim Vaqtimni behuda oʻtkazdim shunchaki bor gapni aytsam boʻlmasmidi.U qayta joyiga oʻtirdi.Ketishimni buyrgandek koʻzlari bilan eshik tomon ishora qilardi.Eshik tomon oʻgrildim bu safar unga qaramasdan gapirdim. Bu safar jim turish yoʻq..Bor kuchimni toʻlab qatiyat ila gapirdim.
- Soojin xonim uni qabul vaqtida xonaga kirayotgan vaqtimizda Yeji uni turtib oʻtdi.Agar men tutib qolmaganimda u yiqilishi aniq va zarar koʻraridi.Xonadagi tortishuvga kelsan mening ismin bir yoʻliga bu qizziqmas bu yerdagilarnikiga oʻxshamaganidan hursadman.Jahlimni chiqargani xonimga qoʻpollik qilgani unga ziyon beray dedi hatto turtkilab oʻtgan vaqti ham bir ogʻiz " kechirasiz " demadi ham.Endi aytingchi bunga qanday chidash mumkun.? Soojin xonim unga bir nima deya olmadi.Kampaniya obroʻsi uchun agar nimadir deganida bundanda battar boʻlishi mumkun edi chunki Yeji xonim ( kinoya bilan gapirdim) pashshadan fil yasashga ustalar buni esa sezish qiyin emas - asabiylashganimdan ovozim koʻtarilganini ham sezmay qolibman...
- Qisqa qilib aytay Janob Park...biror kishi haqida avvaldan hulosa qilmang...Men shunchaki adolat tarofdoriman.Yaxshi men ayibdor boʻla qolay ..ha men asabiyaman qoʻpolman hatto betkachopar qaysaraman ham..ammo rost gapiraman..meni ishga olmasangiz ham roziman ...lekin iltimos bu kelishmovchilik tufayli oʻz ishini taqdim qila olmagan kampaniyangiz eshigi yonida turgan qizlar meni deb jabr koʻrmasin..ular ham men va qolganlar kabi oʻz ishini topish uchun kelgan.Ularning qatiyatini sindirmang.Shunchaki xonadan chiqib ketdim.Eshik qarshisida esa kotiba Soojin turardi.
- Oʻzingizni ehtiyot qiling xonim.-
Xonada jimlik hukm surardi.Gapmarimni tuggatib boʻlib kechirim maʼnosida kichik tazim qilib bu safar rostakamiga xonani tark etgadim.
- Jin ursin seni Riya..Shunaqayam tentak boʻlasanmi.Hozri boʻlgan ishlar aqilga sigʻmadi.Doim oʻzingga yoʻq joydan muammo ortirib yurasan..Ahmoq qiz..ahmoq..- oʻzimni oʻzim qargʻagancha kampaniyadan katta yoʻl tomon chiqdim.Bugungi kunim kutganimdanda boshqacha boshlangandi oʻylagan ish va rejalarimni - ku aytmasam ham boʻladi.
Oʻz kabinetida oʻtirgan yigit biroz avval boʻlgan ishlarni tushunishga urinardi.
- Kotiba xonamga keling
Telefon orqali aytilgan buyruqni eshitib kegan Soojin allaqachon uning qarshisida turardi.
- Xonim balki siz tushuntirib berarsiz kampaniyamda nimalar sodir boʻlayotganini.
Asabiy ohangda yigit oʻtirgan joyida tinch emasdi.Shu paytgacha bu holatga tushmaganigadir balki oʻzini gʻalati his qilardi.
- Janob Park...Yeji qabul vaqti menga turtilib ketdi.Yaxshiyamki yosh xonim Riya bor ekanlar.U meni tutib qoldi.Agar yiqilganimda oʻn yil hudodan tilab olgan farzadimdan ayrilar edim.
Ayolning bu gapidan yigitning koʻzlari hayrattan chaqnagani yaqqol ayon boʻlib turardi.
- Nima..? Nima dedingiz siz..
- Ha .Janob ..turmush oʻrtogʻim va men farzandimizni koʻp kutdik vanihoyat bu kunlar yetib keldi.
Ayolning gʻamgin soʻzlaridan Jimin gʻalati hisni sezardi.
- Janob...Riyada ayib yoʻq.Men bir qarashda sezdim u shunchaki etiborli va adolatsizlikka bardosh bera olmas ekan.Shuning uchun uni nohaq ayibadingiz deb oʻylayaman.Kotiba kabinetdan chiqdi.Ertalab uyqudan uygʻonib har kunlik bir hil ish tartibida kunim oʻtadi deb oʻylagan yigit bunday vaziyatgan tushishini oʻylamagandi ham.Biroz vaqt oʻtgach Jimin ish stoli ustidagi hujjatlar bilan ovvora boʻlib oʻtirardi.Soatlar millari toʻxtamasdan yurar erta kun kech allaqachon boʻlgan.Kampaniyani xodimlardan soʻng tark etgan yigit bugungi sarguzashtlarga boy kun tufayli charchagandi.Uyga kelib har doimhiday kechki ovqatni ham yemasdan yotogʻiga yotar ochiq derazadan yoz havosini mayin shamoli kirardi.Yotoq yonidagi javoncha ustidan planshetini olib bugungi ish qabuliga kelgan qizlarning maʼlumotiga koʻz yugurtirib chiqdi ham navbat bugungi kutilmagan voqealar sababchisilaridan biri boʻlmish Riyaga koʻzi tushdi va bir muddatga uning gaplari yigit qulogʻi tagida jaranglagandek yutuldi.Lekin betiborlik ila planshet yon tomonidagi tugmacha orqali oʻchirildi va oʻz joyga qoʻyildi.
~~~~
Vaqt yarim tundan oʻtgandi...Xonasi balkoni devoriga suyangan oʻrindiqda oʻtirgan qiz hayollari ogʻushida.Yana oʻz feʼl atvori deb bugun qilgan ishlaridan chuqur oʻyga tolgan.Ochiq osmon ostida oʻtirsada yuragi siqilib ketayotgandi.Oʻrnidan turib koʻchaga chiqish eshigi yonidagi kiyim javonidan qoʻliga ilingan ust kiyimini oldida koʻchaga chiqib ketdi.Bu qiz har doim shunday qilardi.Toʻgʻri ish qilsada oʻzini ayibdordek sanardi.Chunki uni deb kimdir hafa boʻmishidan qattiq ranjib qolishidan qattiq qoʻrqar oʻzi jabr koʻrib hafa boʻlsa ham boshqalarni oʻylardi.... " Va bu haddan oshiq ediki qiz oʻzini deyarli oʻylamay qoʻyardi " bugun ham uni deb kimdir uzoq vaqt kutgan ishidan ayrilib qolishi mumkinligini oʻylab oʻzini tutib tura olmasdan kampaniya boshligʻiga qoʻpol gapirdi hozr esa bu uchun ham oʻzini ayibdor sanardi...Hayollari ogʻushidagi qiz qanday qilib sohil boʻyiga kelib qolganini ham bilamasdi.Salqin havo ostida daraxtga suyangancha atrofni kuzatdi.