Springday
-jia
Hesu qarshisida jkni dumaloq ko‘zlari eslatuvchi ko‘zlarga termulib tizzalariga tayangancha qizchaning bo‘yi barobar o‘tirdi.
-oyijon siz meni tanidingiz
Qizaloq oyisini birinchi marta ko‘rganidan ham quvondi. Oyisi uni tanidi.
Hesu tinmay sakrayotgan qizini bag‘riga bosdi. Ko‘zlaridan o‘zi bilmagan holda yoshlari oqa boshladi.
-qizalog‘im
Hesu pichirlab gapirarkan uning yoqimli hidiga mas bo‘ldi. O‘sha kichkinagina chaqaloq va 5yil unutib qo‘yishdan qo‘rqib doim yodida saqlashga, eslashga qattiq kirishgan hidi. Bolasining hidi
Hesu ko‘zlarini yumib qizini bo‘yniga burnini qo‘ygancha chuqur hidladi. O‘sha elas-elas yodida qolgan yoqimli hid.
Hesu qizini qo‘yib yubormas ekan ko‘zlaridan daryo kabi yoshlari oqdi.
Biroz muddat va hesu qizini yuzlaridan o‘pish uchun uni yuzlariga qaratdi.
-malikalar kabi go‘zal qizim
Tinmay oqayotgan yoshlarni mitti qo‘llar asta sidirib tashladi
-oyijon nega yig‘layapsiz. Meni ko‘rishni hohlamaganmidingiz shunga yig‘layapsizmi?
-aslo unday emas seni qanchalik sog‘inganimni bilsang edi.
Hesu yana jiani bag‘riga bosdi.
-jia qayerlarda yuribsan
Ortidan qizaloqni yo‘qotib qo‘ygan ammasi kelarkan jiyanini kim bilandir ko‘rib o‘ng‘aysizlandi.
-kechirasiz honim sizni bezovta qildikmi jia senga oldimdan ketma demaganmidim. Topolchi qiz
Misu jiani bag‘ridan chiqargan ayolni ko‘rib ohirgi gaplari pasayib ketdi
-hesu
Hesu jondan aziz dugonasini ko‘rib yanada quvondi. 5yil ichida faqat farzand soginchi emas balki dugonasini ham sog‘inchi bor edi yurak-yuragida.
-misu
Misu avvaliga shokka tushib qolgan keyinroq hesudan o‘z ismini eshitib o‘ziga keldi.
Hesu jiani bag‘ridan olib dugonasiga bag‘rini ochdi.
-qachon kelding
Hesu misuga qo‘llarini yozgancha borarkan uning sovuq ohangidan ortiq u tomon yura olmadi.
-misu....
Bunday muomilani albatta kutmagandi hesu. Dugonasi tomon mo‘ltillagancha qarab qoldi.
-nima shuncha yil yo‘q bo‘ib ketib endi jiani olib ketmoqchimisan
Miyasiga birinchi kelgan fikrni ochiqchasiga gapirdi misu
-bu safar seni yoningni olmayman jiani senga berib ham qo‘ymaymiz
-misu men jiani sizlardan tortib olmoqchi emasman.
Hesuni yuragi ezildi. Yaqin dugonasidan ayrilganligini endi angladi. Lekin bunga o‘zi sababchi bo‘lganligini o‘ylab battar yuragi siqildi
-men bu yerga ish bo‘yicha kelgandim.
Hesu misuga mo‘ltiragancha nega kelganini aytdi.
-bu esa tasodif
Hozirgi ishni ham aniqlashtirdi
-jia meni tanib oldimga keldi
-tushunarli sen qizingni allaqachon tashlab ketkansan. Hozir ham uni oldiga kelganing mantiqsiz
-mi.su
Hesuning yuragi battar ezilib ko‘zidan yana yoshlar dumalashni boshladi
-amma nega oyimni hafa qilyapsiz
Jia oyisini oyoqlaridan quchib uni himoya qildi.
-unday emas qizalogim biz ammang bilan anchadan beri ko‘rishmadik shunga biroz gaplashishimiz qiyin bo‘lyapti
Hesu qizini ko‘targancha unga gapirdi. Keyin yana bag‘riga bosib bo‘ynilaridan o‘pdi. Yana yuzini o‘ziga qaratib yuzlaridan ham to‘yib to‘yib o‘pib oldi.
Hesuni iltimosi bilan ular o‘sha savdo markazi ichidagi kichik bir kafega kirishdi. Hali ham oyisidan ajramagan qizaloq ammasiga huddi unga hiyonat qilayotgandek ko‘rindi. Darrov oyisi tomonga o‘tib olgani biroz bo‘lsada uni g‘ashini keltirdi.
-ahvoling yaxshimi
Hesu qo‘rqa dugonasidan hol-ahvol so‘radi. Boyagi sovuqlik yana qaytarilishidan qo‘rqdi.
-men yaxshiman jia ham. U onasiz ham juda yaxshi kotta bo‘ldi.
-ha uni juda chiroyli va aqlli qiz qilib tarbiya qilibsiz. Bu uchun senga rahmat
Hesuning gaplari misuga huddi endi jia meniki sizlarni haqqingiz yo‘q degandek eshitildi.
-ha u juda aqqli va mehribon
-bundan juda hursand bo‘ldim
Hesu misuga jilmayarkan unga etibor bermay yuz burgan qizni ko‘zlarida hali ham o‘zi uchun mehrni ko‘rdi. Lekin indamadi biladi misu hali ham hesuni dugonasi sifatida yaxshi ko‘radi. Shunchaki hozir undan hafa holos. Shunga gapni ko‘paytirmay qizi bilan vaqtni unumli o‘tkazishni hohladi. Jiani bag‘riga bosib to‘yib-to‘yib hidladi. Bo‘ynidan mitti lo‘ppi yuzlaridan o‘pib chiqdi.
Uzoq vaqt ona bola birga suhbatlashishdi. Hesu jiani oyoqlari ustoga o‘tirgizib bazan sochlarini oynar bazan yoqimtoy qizini o‘pib suhbat qurdi. Qizi ham juda biddilloq har narsani oyisiga aytib berar, bazan nimalarnidir gapirib birga kulishardi. Ularni bir chekkada kuzatib turgan misuning yuziga tabassum yugurdi. To‘g‘ri u hesudan jahli chiqqan lekin hozirgi manzara u buni 5 yil kutdi. Doim oyisini so‘rab har-hasha qiladigan qizaloq hozir uning bag‘rida tinmay kulib suhbatlashayotgandi.
-endi biz borishimiz kerak
Misuning gapi ikkisiga ham yoqmadi. 2soatdan oshgan bo‘lsada hali bir-biriga to‘yishmagan hech ajralgisi kelmasdi ularni.
-yana biroz qolinglar
Hesu misuga iltijoli termuldi.
-akamni ishdan qaytadigan vaqti bo‘lib qoldi. Jiani topolmasa darrov telfon qiladi keyin nega qolib ketkanimizni tushuntirishimizga to‘g‘ri keladi.
Hesu chuqur ux tortdi. Bazo‘r qiziga qarab uning uzun va huddi o‘zining oldingi sochlari kabi hiyol jingalak sochlaridan asta silay boshladi.
-ammajon yana biroz qolaylik
-dadang keladigan vaqt bo‘ldi ahr. Uyda seni ko‘rmasa hafa bo‘ladi. Nima dadangni hafa bo‘lishini hohlaysanmi?
Jia asta boshini yo‘q degandek silkitib qo‘ydi. Keyin jajji ko‘zchalari bilan oyisiga qaradi. Na ketishni hohlaydi na dadasini hafa qilishni. 5yoshli kichkintoy ikki o‘t orasida qolib ketdi. Buni tushungan oyisi qizini bag‘riga bosdi
-boraqol qizalogim biz yana ko‘rishamiz
-rostanmi
-albatta
Hesu jiani qattiq quchoqlab yoqimli iforidan to‘yib hidlab oldi.
Hesu ularni eshik oldidagi mashinagacha kuzatib chiqarkan hech qizini qo‘yib yuborgisi kelmasdi. Buni sezgan misu hesuga tuzlandi.
-biz ketishimiz kerak. Seni kelganingni akam bilmasligi kerak. Unga ko‘rinimaslikka harakat qil.
-allaqachon ko‘rishib bo‘ldik
-nima
Misu dugonasini gaplariga ishonmaygina undan so‘rashni boshladi
-sen akam bilan allaqachon ko‘rishding?! lekin qanday yaqindagina keldim dedingku
-baxtga qarshi men kelgan kompaniya jkga tegishli ekan. U yerni prezidenti ekan
-sen amerikadan kelmadingmi?
-ha shunday biz kompaniyamiz brendini koreyaga tanitish uchun bir kompaniya bilan hamkorlik tuzib kelgandik.
-sen "prada" brendida ishlayapsanmi?
-ha sen qayerdan bilding
-men o‘sha sizlarning hamkor kompaniyangizning marketing bo‘lim boshligiman
-ha shundaymi?
Hesu lab uchida kulib qo‘ydi
-men 6oyni amallab jkga ko‘rinmasdan o‘tkiza olaman deb o‘ylagandim. Lekin uning kompaniyasiga ishga kelibman. Bu kulgili emasmi?
- kulgili?! Bu qo‘rqinchli desangchi
Misuning jiddiy ohangiga qaragan qiz yuragi shuv etib ketdi. Lekin buni oldidagi qizalogiga bildirmaslik uchun unga jilmaydi
-mayli boraqolinglar
Hesu bazo‘r qizini qo‘lchasini ammasiga uzatdi.
-oyijon endi qachon ko‘rishamiz? Ertagami aaa
-jia avval dadang bilan gaplashishimiz kerak
Jesudan oldin jiani to‘xtatdi misu. Jia hafa bo‘lgandek boshini egib hop dedi. Hesu qizining bunday itoatkorligini ko‘rib ko‘zlariga yosh keldi. Ketishidan oldin jkga ishonib tashlab ketkan qizi o‘zi kabi hayot kechirmadimikan?
Hesu darrov qizini bag‘riga bosib yuzlaridan o‘pdi.
-men seni ko‘rish uchun boraman.
Dedi hesu qizining mo‘ltirabgina qarab turgan yuziga.
Misu uyga yetib kelganini bilib mashina oynalaridan atrofga qaradi. Garaj oldida turgan qora mashina allaqachon jkni uyda ekanligini bildirib turibdi.
-jia bugun oying bilan ko‘rishganingni dadangga aytma kelishdikmi?
-nega
-dadang hafa bo‘ladi keyin esa oyingni hafa qiladi. Buni hohlamaysanku to‘g‘rimi?
-yo‘q
-buni sir saqlaymiz
Misu jimjalogini cho‘zib jiyanidan vada oldi.
Uyga kirishi bilan qarshisidan chiqqan jkga jia "dada" degancha yugurib bordi. Qizini bag‘riga bosgancha undan taralib turgan vanil iforini tuyib bugungi huddi shu ifor egasini yodiga oldiyu tezda yana o‘ziga keldi.
-shuncha payt nima qildingiz
Qizini divangacha ko‘tarib olib borib tizzasiga o‘tirgizgan jk jianing sochlarini asta silab gapirdi.
Jia bo‘lsa ammasiga qararkan misu jim degandek ko‘rsatgich barmog‘ini burniga qo‘ydi. Jk bo‘lsa qizidan javob olmayotganligidan asta misuga qaradi.
-ammam menga juda chiroyli ko‘ylak sotib olib berdi.
Qizining quvonchdan chaqnagan ko‘zlariga qarab jk ham unga jilmaydi.
-shundaymi meni go‘zal malikam yana ham chiroyli bo‘lib ketarkanda.
Jia qiqrlab kulgancha ha dedi
Kechki ovqatdan so‘ng yotish uchun tayyorlangan jia dadasini qo‘liga bugun o‘qishi kerak bo‘lgan kitobni tutqazdi. O‘zi esa joyiga o‘rnashib ko‘rpasini tagiga kirib oldi. Dadasini ham yotishini kutib keyin esa uni bag‘riga kirdi.
Bitta o‘qib tugatilgan ertak jiani uxlashi uchun bugun kamlik qildi.
-nega hali ham uxlamading odatda tezda uxlab qolarding
Qizini sochidan silagancha gap qotdi jk.
-dadajon
Dadasini bag‘ridan chiqib unga qarab oldi jia
-men oyim bilan uchrashsam siz hafa bo‘lasizmi?
-yo‘q albatta
-unda men oyim bilan ko‘rishsam jahlingiz ham chiqmaydi shundaymi?
Kattalardek gapirayotgan qiz dadasini so‘roqqa tutayotgandi.
-yo‘q albatta
-unda men oyim bilan uchrashsam bo‘ladi to‘g‘rimi?
Jk qizi nima deyayotganini endi tushundi. Va bugun hesuni ko‘rganligini eslab ular uchrashgan degan tahminga keldi.
-nega so‘rayapsan buni
-ammam agar oyim bilan uchrashsam sizning jahlingiz chiqishini aytdi. Jahlingiz chiqmaydi aaa dadajon?
Har doim dadasiga erkalanib erita oladigan qiz bugun ham o‘z mahoratini ishga soldi.
-oying bilan ko‘rishdingmi?
-ha u huddi siz aytganingizdek juda ham chiroyli ekan lekin ularni uzun sochlari yo‘q.
Jk qizining gaplari to‘g‘ri ekanligini oldingi u oshiq bo‘lgan uzun sochlar endi yo‘qligi o‘ylab qoldi
-dadajon ertaga oyimni uyga olib kelsam maylimi?
Jianing gapi jkni hayollarini tarqatib yubordi.
-nima?!
-oyimni uyga olib kelaman keyin hamma narsa ko‘rsataman honamni uyni kiyimlarimni ularning rasmlarini ham.
Jk jiaga shunchaki jilmayib qo‘ydi. Chunki bilardi hesu bu uyga qaytmasligini. O‘tmishida yomon iz qoldirgan uyga kela olmasligini bilardi
Hesu qizi bilan hayrlashib olishi kerak bo‘lgan narsani ham unitdiyu o‘z xonasiga qaytdi. Deraza yonidagi kresloga o‘tirib uzoq o‘tmishga hayolan yo‘l oldi.
Hesu qo‘lidagi rasmga termulib og‘zini yopgancha yig‘lab yubordi. Shu payt palata eshigi ochilib ichkariga kimdir kirganini payqagan hesu ko‘zlaridagi yoshi bilan eshik tomon qaradi. Ko‘zi yosh sabab hiralashganidan shifokor kiyimida maska taqib olgan insonni tanimadi
-hesu
Hesu o‘z ismini tanish ovozdan eshitib yoshlarini artdi.
-sonmin
Shifokor qiz ham uni tanigan dugonasiga bag‘rini ochdi.
-ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘lib ketibdi. Boshida sen bu ahvolga tushib qolganing hech ishonmagandim. Keyin esa opsha kungi qo‘ngiroq. Bu rost edi. Bugun esa boshqa telfondan qo‘ngiroq qilganingga avvaliga ishonmadim
-ha u telfonni oladigan vaziyatda emas edim
-ha ha tushunaman. Lekin hali tug‘ushingga bor ediku
-ha tug‘ruqdan oldin operatsiya qilib olishga majbur bo‘ldik.
-operatsiyadan chiqdingmi
Hesu asta boshini qimirlatib qo‘ydi
-yura olasanmi
-bilmayman. Sen pasportni hal qildingmi.
-albatta vaqtliroq tayyorlab qo‘ygandim
-rahmat senga dugonajon
-uni sudga bermaysanmi
-yo‘q hohlamayman. Jimgina ketkanim maqul
-farzandingchi
Hesu jim bo‘lib qoldi. Ko‘zlaridan yoshi oqib yana ko‘zini hiralashtirdi.
-ortiq bu zulmatda yashay olmayman tushunyapsanmi? Qizimni ham tashlab ketkim kelmayapti lekin nima qilay yana o‘sha zulmatga qaytishni hohlamayman. U yerga qaytsam o‘lib qolishim aniq. U mani o‘ldiradi. Kelajakda qizimga hammasini tushuntiraman. Albatta u meni tushunadi.
Hesu yig‘lagancha dugonasiga gapirarkan dugonasi ham u qanchalik qiynalganini tushundi. Uni asta bag‘riga olib sochlaridan siladi
-bo‘ldi yig‘lama Hammasi yaxshi bo‘ladi
Sonmin hesu uchun aravacha topib keldi. Ular tezroq ketishga shoshilishdi. Ularni kimdir ko‘rib qolsa bir necha oy tuzgan rejasi amalga oshmasligini o‘ylab hech narsaga qarashmadi.
Hesuni yaxshilab yashirgan qiz bolalar bo‘limiga yetib kelganda hesu orqasiga qarab qizni to‘xtatdi
-hesu tezroq ketishimiz kerak
-hozir
Hesu darrov bolalar yotgan tomonga qaradi.
Hesu pov: meni go‘zal qizim o‘zim hohlamasamda seni tashlab ketayotganligim uchun meni kechir. O‘zim bilan olib ketmayotganligim uchun kechir. Hali albatta oldingga qaytib kelaman o‘shanda meni tushunasan deb umid qilaman. Oyim emassiz deb yuz egirmaysan deb umid qilaman qizalogim.... jk juda yaxshi ota bo‘ladi bunga ishonaman. U seni mendek azoblamaydi. Hali qizi ekanligingni bilsa qanchalik hursand bo‘lishini ham tasavvur qilyapman. Jk iltimos qizimizni asrab avaylang
Hesu bor ovozi bilan yig‘larkan atrofdagilarni etiborini tortayotganligini payqagan sonmin ohista hesuni yelkasiga qo‘lini qo‘ydi
-hesu ketishimiz kerak
Hali ham qizidan ko‘ngil uzolmayotgan hesu unga javob bermadi. Lekin dugonasi uni og‘zini maska bilan yopib aravachani yetaklagancha orqa eshikdan chiqib ketdi. Hesuning ko‘zlari esa shu bolalar bo‘limida qolib ketdi
Hesu namlangan ko‘zini asta ochdi. Yel kabi hayolidan o‘tgan 5yil oldingi yuragidagi eng qayg‘uli damni esladi. Va ko‘zlaridagi yoshlarni ortiq ushlab turishni hohlamadi.
-meni kechir jajji malikam
Hesu kechasi bilan dimogida qolgan qizining hidiyu shirin tabassumini o‘ylab uxlay olmadi. Erta tong quyosh hali chiqib ulgurmay o‘rnidan turdi. Yuz qo‘lini yuvosh uchun kirgan yuvinishxonasidagi oynani oldiga kelib kecha yig‘laganidanmi yoki kechasi bilan uxlay olmaganidanmi ko‘zlari qizarib ketkanligini ko‘rdi. Keyin nimadir qilib uni to‘g‘irlashga urundi
Jk erta tong bazo‘r ko‘zlari ochdi. Kechagi voqea qizi bilan suhbatdan so‘ng ancha vaqtgacha uxlay olmagandi. Lekin hozir zo‘rg‘a ko‘zini ochdi. Ishga borishi kerak.
Xonasidan chiqib dasturxon atrofida o‘tirgan qizini ko‘rib tabassum qildi
-urz so‘rayman kichik malikadan bugun uxlab qolibman
-hech qisi yo‘q dadajon bugun hafa bo‘lmayman. Men bugundan aqlli qiz bo‘laman. Hech kim bilan urushmayman, hech kimni jig‘iga ham tegmayman ha yana to‘polon ham qilmayman.
Jk qiziga bildirmay lab uchida kulib qo‘ydi qizining bunday o‘zgarishiga ishonmasada unga jilmayib buning sababini so‘radi
-oyim biz bilan qolishi uchun aqlli qiz bo‘lishim kerak
-jia
Jk darrov jianing gaplaridan yuzidagi tabassumni olib jiddiy qiyofaga o‘tdi
-qizim oying biz bilan yashamaydi
-nega ekan yashaydilar. Men ularni ko‘ndiraman.
Jk endi og‘iz ochib qiziga buning iloji yo‘qligini tushuntirmoqchi bo‘lgan ham edi eshikdan misu kirib kelib ularni suhbatini bo‘ldi
-hayrli tong jia, aka
-hayrli tong ammajon
Misu jiyaniga jilmayar ekan havodan unga o‘pich yubordi.
-kel o‘tir nonushta qilmagandirsan
-yo‘q bu yerga kelishimni bilib ataylab qilmadim
-yaxshi yejin hola misu keldi. Unga ham nonushta tayyorlab berasizmi
-albatta hozir o‘g‘lim
Yejin honim darrov jkniki kabi nonushta tayyorlab kelarkan ularning suhbati ustidan chiqib qoldi
-kecha hesuni ko‘rganingizni nega menga aytmadingiz
Misu og‘zidagi suvga tiqilib qoldi. Yo‘talib-yo‘talib o‘ziga kelgan qiz asta jiaga qarab
-sotib qo‘ydingmi yaramas qiz ahr vada bergandingku
Deb pichirladi.
-nima hesu keldimi shuncha payt qayerlarda ekan aaa
-mana bulardan so‘rang bular bilsa kerak
Deb jk ularga kesatiqli gap qotti.
-nima bo‘lgan ekan hesu yaxshi ekanmi
Jk bundan keyingi gaplar hesu ekanligini bilib asta og‘zini artib o‘rnidan turdi.
-men ishga ketyapman. Jiani bog‘chasiga olib borib qo‘yarsan. Ha yana yo‘lda hamma bilan ham qolib ketmanglar.
Misu akasini gapini eshitib ensa qotirgan bo‘ldi
Hesu erta tongda ishga keldi. Hammadan oldin kelgan qizning maqsadi jkga ro‘para kelib qolmaslik edi. Hesu o‘z ish o‘rniga o‘tirib biroz boshini orqaga tiragancha ko‘zlarini yumdi. Kechasi bilan achishib og‘rigan ko‘zlar sal bo‘lsada achishishini qoldirdi.
Biroz muddat shunday qolib ketkan qiz endi ko‘zlarini ochib ishga kirishdi.
Birin ketin hammaga ishga kela boshladi. Ohiri yetib kelgan hoseok haruni ko‘zlarini ko‘rib biroz taajjublandi.
-senga nima bo‘ldi. Nega ko‘zlaring bunchalik qizargan
Hoseok asta egilib unga pichirlab gapirarkan kimdir ularga yeb qo‘ygudek tikilib turganini bilishmayotgandi.
O‘zi hohlamasada hesular o‘tirgan honaga kelib qolgan jk deraza orqali hesuga yaqin nimadirlar deyayotgan bolaga yeb qo‘ygudek qarab qoldi. Keyin asta ichkariga kirib tomoq qirdi.
Bundan hamma u tomonga qarab qolarkan jk asta ularga gap boshladi
-sizlarda hammasi yaxshi ko‘rinadi.
Hesuni yonidagi qizga o‘qrayib gapida davom etdi jk. Bundan hamma hayron qolarkan hesu esa jkni bu qiligidan bazan hayron qolar bazan jkning gaplariga uncha tushunmasdi. Nima jk uni rashq qilyaptimi?
Bizning kanal: @bangtan_ff_shop_menu