April 14, 2025

Springday

Haru🫰

12-qism

O‘sha kundan keyin 1hafta o‘tdi. Bundan oldingi baxtli kunlardan farqli ravishda jahldor jk va doim uning tagida zo‘rlangan hesu. Bazan qarshilik ko‘rsatganida kaltaklangan qiz o‘tgan haftada qanday baxtli bo‘lgan bo‘lsa hozir shunchalik ho‘rlanyapti.
Jk kechagi tundan so‘ng hotinini oldidan turib unga etibor ham bermay yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuz qo‘lini yuvayotib nimanidir yerga qulab tushganini sezdi. Avvaliga unchalik ahamiyat bermadi. Keyin esa bu hesu bo‘lishini o‘ylab xonaga yugurib chiqdi.
Hesu polda hushidan ketib yotardi. Jk uning oldiga yugurib bordida oldiga o‘tirdi. Boshini ko‘tarib tizzasiga qo‘ydi.
-hesu hesu ko‘zingni och
Yuziga bir ikki shapat urilsa ham hesu qimir etmadi.
Qanchalik vaxshiyga aylangan bo‘lsa ham sevgilisini bu ahvoli jkni shoshirib qo‘ydi. Qo‘liga ko‘targancha shoshib tashqariga chiqdi.
Jkni ko‘rgan qo‘riqchilar ularni ko‘rib dovdirab qolishdi
-mashinani och
Jkni baqirishidan o‘ziga kelgan eshik tagidagi yigit yugurib eshikni ochdi. Jk hesuni orqa o‘tindiqqa yotqizib o‘zi tezda rulga o‘tirdi. Tezlikni oshirib duch kelgan kasalxonaga olib ketdi

Allaqachon doktor oldida yotgan hesu yuzidagi ko‘karishlar qo‘lining gipsligi tanasidagi bazibir chandiqlar doktirni etiborini tortdi. Avvaliga gapirib boblab adabini berishni hohlagan ayol keyin jkni katta odamligidan qo‘rqib biroz tilini tiydi. Hesuni ko‘zdan kechirib birinchi bergan savoli shu bo‘ldi
-qachondan beri aloqa qilasizlar?
Birdan berilgan savoldan jk dovdirab nima deyishni bilmay qoldi.
-a... ha haligi biz 2-3oydan beri birgamiz ..... buni nima aloqasi bor
-hotiningizda hushdan ketishdan boshqa alomatlar bo‘lmadimi masalan ko‘nggil aynish qayt qilish shunga o‘xshash
-bu haqida aniq bir narsa deyolmayman
-yaxshi hotiningizni ultratovush tekshiruvidan o‘tgazish kerak.
Bepisandgina aytilgan so‘zlarni jk tushunmadi. Nima uni ahvoli shunchalik yomonmi?
Doktor hesuni sinchiklab tekshirdi. Faqargina qorin tagiga yurdirilmagan aparat boshqa joylarni ham tekshirib chiqdi. Asosiy tekshiruv tugab qizni ahvolini ko‘rib boshqa ichki azolarga ziyon yetganmi yetmaganmi shuni bilmoqchi bo‘ldi.
Hammasi yaxshi ekanligini ko‘rib qo‘lidagi aparatni joyiga qo‘ydi. Hamshirani chaqirib qizni palataga olishni buyurdi. Hamshira hesuni xonadan olib chiqarkan kichik ekranda qotirib qo‘yilgan tasvirdan ko‘zini uza olmayotgan jk hesuning ketayotganidan o‘ziga kelib doktorga murojat qildi
-xotinimga nima bo‘lgan nega hali ham ko‘zini ochmayapti
-tabriklayman janob yaqinda ota bo‘lasiz mana bu murtak - ekrandagi mitta nuqtachani ko‘rsatib gapirdi doktor- endigina 2 haftalik bo‘lgan hotiningizni asosiy hushidan ketish sababi shu va yana uni ancha urintirib qo‘ygansiz. Endi unga etiborli bo‘ling yana uni qiynashni ham bas qiling
Jk boshidagi so‘zdan boshqa hech birini eshitmadi. Karaht ahvoldagi yigitni doktorning gaplari o‘ziga keltirdi.
-janob .... janob jeon
Jk unga qarab eshitayotganligini aytdi
-janob endi hotiningizni urushdan uni qiynashdan o‘zingizni tiying bo‘lmasa bolangiz nobut bo‘lishi mumkin.
Hali ham hayollari o‘zida emasdek turgan yigitga doktor ohirgi gapini aytdi
-ha yana u bilan kuchli aloqa qilishdan tiyiling keyingi zo‘rlashingiz bolani nobud bolishiga sabab bo‘ladi
Hesuni ahvolini ko‘rib hammasini tushungan ayol jkni ogohlantirdi.

Jk doktorni gaplaridan so‘ng nima qilishni bilmay o‘sha xonada qolib ketdi. Uni hayolida hozir bir so‘z aylanardi
"Meni bolammi u"
Miyasi bosimda o‘g‘rib ketdi. Shu kunlardagi shubhalarga yana bu bola ham qo‘shilganligi jkni batamom aqldan ozdirib jahlini nazorat qilishga qo‘ymayotgandi. Jk doktorni keyingi bemor uchun honani bo‘shatishini aytganidan so‘ng hotinini yotgizgan palata tomon ketdi. U yerga kirishi bilan hesuga osma ulayotgan hamshiraga ko‘zi tushdi.
-ishimni tugatdim men ketyapman janob
-yaxshi
Hamshira honani bo‘shatganidan so‘ng jk hona bo‘ylab aylanib miyasidagi hayollarni tartiblashga harakat qildi.
Jk pov: 2hafta... hesu yoqolganiga ham 2hafta bo‘ldi. Jivon aytganidek bo‘lgan bo‘lsa .... aysh bo‘lganligi aniqku - Jk honani to‘dirib so‘kindi- lekin biz... biz ham o‘sha kuni birga bo‘lgandik Aysh
Jk bundan oldingi hayollaridan ham battar asabiylashdi.
Jkni hayollarini xonaga kirgan doktor buzdi.
-janob jeon
Uning asabiy holatini ko‘rib tinchlantirmoqchi bo‘ldi doktor xonim.
-xotinim ... nega u hali ham ko‘zini ochmadi
-bunga men ham hayron qolyapman.
Jk doktorga o‘qraydi.
-Odatda bunday bo‘lmasligi kerak. Aftidan u ham ruhan ham jismonan juda charchagan unga kerakli dorilarni jo‘natdik. Shu bilan birga bolaga ham ziyot yetmaydigan dorilardan foydalandik
Jk yana bolani eshitib ko‘zlarini yumgancha barmoqlari bilan jag‘ suyagini silab qo‘ydi.
Shu payt hesu ham biroz bezovtalanib ko‘zlarini asta sekin ocha boshladi. Boshida qayerdaligini bilmay biroz dovdiragan qiz avval oppoq halatda unga jilmayib turgan ayolga keyin esa ruhni tinchlantiruvchi sokin rangli xonaga qarab kasalxonada ekanligini angladi. O‘rnidan turishga harakat qildi. Lekin doktorning qimirlamasligi keraklini aytganidan so‘ng yana o‘zini yotoqqa tashladi. Biroz ko‘zlarini yumib tinchlandi.
-qachon uyga ketsak bo‘ladi.
Hesuni o‘ziga kelganini ko‘rib har doimgi qo‘pol muomilasini doktorga ham qildi jk.
Endigina o‘zini tinch va havfsiz his qilgan qiz jkni ovozini eshitib yana nafasi tiqilgandek bo‘ldi. Undan ortiq qutila olmasligini bilib ko‘zlarini yumganicha tipirchilayotgan yuragini tinchlantirishga harakat qildi.

- jeon honim o‘ziga keldi ketishingiz mumkin. Keyin aytganimdek hotiningizni ehtiyot qiling. Shundagina bolangizni ham saqlashingiz mumkin. Unutmang bola tushish ehtimoli yuqori.
Hesu bola haqida eshitib ko‘zlarini ochdi. Hayron doktorga termularkan doktor honim unga hammasini tushuntirishga harakat qildi.
-tabriklayman jeon honim yaqinda ona bo‘lasiz.
Hesu eshitganlariga ishonmay jkga qaradi. Katta katta ko‘zlari bilan jkni qiyofasini ko‘rib buni bari to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘ldi
-men ... homiladormanmi
Hesu lablari titrab zo‘rg‘a gapirdi.
-ha honim endi yaxshi ovqatlaning yana o‘zingizni ehtiyot qiling hamma narsadan
Doktor jkga o‘qrayib qaradi. Jkni bundan yana ham jahli chiqdi. Ularni oldiga borib ayolni ro‘parasiga turdi.
-u o‘ziga kelgan ekan endi ketsak ham bo‘ladi shundaymi?
-ha
Quruqquna javob olgan jk hesuni qo‘lidan ushlab uni turg‘azdi. Doktorga rahmat aytib hesuni tortqilagancha honadan chiqib ketdi. Hali ham yangilikdan shokka tushgan qiz jkni ortidan jimgina ergasharkan uning ham miyasida g‘alayon boshlandi.

Uyga kelishi bilan biroz nariga uloqtirilgan qiz kasalxonada eshitganlari tasirida endi o‘ziga keldi.
-hoziroq honangga bor hozircha jimgina o‘sha yerda o‘tirib ko‘zimga ko‘rinima 2kundan keyin doktor aytganidek takshiruvga borasan
-men bu bolani tug‘ushni hohlamayman
-nima deding
-men seni bolangni tug‘ishni hohlamayman deyapman
Jk hesuni iyagidan tutib qo‘li bilan qattiq siqdi.
-yana qaytarchi
-sendek vaxshiyni bolasini tug‘ushni hohlamayman MEN HAM SENDEK HAYVONNI DUNYO KELTIRMAYMAN U HAM SENDEK BO‘LSA DUNYOGA KELMAGANI YAXSHI
-bu bola o‘zi menikimi? Yoki boshqalarni tagida yotib ortirib olganingmi AAAA
Hesu jkni gaplaridan battar tutoqib ketdi. Uni o‘zidan itarib yuziga tarsaki tushirdi. Hrsu Jkga nisbatan hech qanday qo‘rquvni his qilmadi aksincha undan yana ham nafratlanib ketgandi.
-sen ablahni o‘zisan sendan nafratlanaman o‘lsam ham bu bola dunyoga kelmaydi
-o‘lsang ham bolani tug‘ib keyin o‘lasan o‘limingni o‘zim uyushtiraman. Agar bu bola-qo‘li bilan qornini niqtab gapida davom etdi jk-bu bola mendan bo‘lmasa seni ham senga qo‘shib bolangni ham narigi dunyoga ravona qilaman.
Hesu jkni gaplarini eshitib turgan joyida qotib qoldi. Unga har safar sevgi ishor qiladigan inson shumidi? Inson oz fursatda shunchalik o‘zgarishi mumkinmi?
Avvalari ko‘zlarida porlab turadigan sevgi uchqunlari, hesu uni qanchalik yomon ko‘rsa ham mehrini sevgisini doim his qiladigan insondan hozir asar ham yo‘q. U hozir hatto uni o‘ldirishga ham tayyor.
Hesu jkni bunday gaplaridan jim bo‘lib qoldi. Unga birpasta yoshlangan ko‘zlari bilan termuldi. Sevgilisini bunday yig‘loqoligini bilgan jk hozir unga qarab tursa yuragi erib ketishini o‘ylab unga orqa o‘girib tezroq honasiga yo‘qolishini aytdi.
Hesu yugurib honasiga kirib ketdi. Jk bo‘lsa ularga boyadan beri termulib yuragi ezilib ketkan yejin honimga hesu uchun yegulik tayyorlab olib chiqishini buyurib uyni tark etdi

Yejin honim ularni suhbatidan hesuni homilador ekanligini angladi. Lekin hozir na hursand bo‘lishini na hesuga achinishini biladi. Hozir faqat bir narsa qilishni hesuni o‘z qizi kabi mehr berib bolasini sog‘lom dunyoga keltirishi uchun yordam berishi kerakligini bilardi holos. Shuning uchun foydali va mazali ovqat tayyorladi.
1haftalik do‘zoh kabi o‘tgan hayotida deyarli ovqatlanmaganini eslab u yoqtirgan va mazali taom tayyorladi. Va yuqoriga chiqib qizni honasini taqqillatdi. Hech ochilmagan eshik ortidan hesuning yig‘lab baqirgan ovozini eshitdi. Yugurib ichkariga kirib hesuni ko‘rib turgan joyida qotib qoldi.
-seni hohlamayman sen tug‘ulishing kerak emas. -hesu qorniga urgancha baqirar ko‘zlaridagi yoshlari ham tinmay oqardi.
Yejin honim ham darrov o‘zini o‘nglab qo‘lidagilarni stol ustiga qo‘ydi. Hesuni oldiga borib qo‘llarini mahkam ushlab oldi
-bu nima qilganing ahr bu murdakda nima ayb. Vujudingda paydo bo‘lgan tirik jonni nega sen ham azoblayapsan. Ahr unda ayb yo‘qku nega unday qilyapsan.
Yejin honim ham hesu kabi yig‘lab yubordi. Uni qo‘lidan yana ham mahkab tutib bag‘riga bosdi. Hesuni sochlaridan silab uni tinchlantirishga harakat qildi. Hesu ham yejin honimni bag‘rida o‘ksib o‘ksib yig‘ladi

Oradan kunlar asra-sekin o‘ta boshladi. Jk hesuni uyda bemalol aylanib yurishiga ruhsat berdi. Lekin hesu oldingidek emas. U allaqachon jkni harakatlaridan gaplaridan sinib bo‘lgan. Doim honasida o‘tirar bazan yejin honim oldiga kirib biroz suhbatlashar majburlab ovqatlantirardi. Hesu bo‘lsa o‘sha kungi yejin honimni gaplari sabab biroz bo‘lsada bolasiga ziyon yetkizishdan qaytdi. Lekin qornidagi bola jknikiligi o‘ylab kelajakda u bilan qanday birga yashashni o‘ylab qolsa uni dunyo keltirishdan qaytar lekin uni nobud qilishga hech ham qo‘li bormadi.
Jk ham bola sabab hesuga ozor berishi kamaydi. Uyga kelishi kamayib o‘zini ishga urdi. Na bolasi na hesu haqida qayg‘urdi. U hozir faqat bir narsani kutyapdi tezroq bola dunyoga kelishini. Lekin boshqa dadalar kabi ilk farzandini emas aslida u kimning bolasi ekanligini tezroq bilishni kutyapti

Oradan 2oy ham hash pash deguncha o‘tib ketdi. Hesuning qornidagi bola biroz kattarib qornini bilintirib qo‘ydi. Hech kimga kerak bo‘lmagan bolakay uchun faqatgina yejin honim qayg‘urar har hil taomlar bilan bu bolakayni onasini majburlab bo‘lsa ham ovqatlantirardi.
Hesuni homilador ekanligini yejin honimdan eshitgan misu ham akasiga 2oydan beri yalinib uni oldiga kirishga ruhsat ololmayotganidan hunobi oshardi. Bazan do‘q qilib bazan yaxshi gapirib ham niyatini amalga oshira olmayotgan qiz akasi yo‘qligida uyiga borib hatto qo‘riqchilarga ham yalindi. Lekin jkdan qo‘rqqan qo‘riqchilar uni uyga qo‘ymadi. Unga hatto jihoo ham yordan bera olmadi
Misu-uni ahvoli yaxshimi
Jihoo- men ham uni ko‘rganim yo‘q u deyarli xonasidan chiqmaydi. Yejin honim aytishi bo‘yicha u ham ruham singan hatto bolasini tushirish uchun ham bir necha marta harakat qilgan
-nima?! Lekin bolada ayb yo‘qku. Nega ikkisi ham bor alamini bolasidan oladi.
-jk ham nima bo‘lganini aytmadi. Lekin mening tahminim bo‘yicha jivon ogirlab ketkan kun hesu bilan birga bo‘lgan ko‘rinadi. Lekin hesuning o‘zi buni rad aytgandi. Afsus jk hozirgi vaziyatda hesuga emas o‘sha ablahga quloq solyapti.
-agar rostan ham shunday bo‘lib bola akamdan emas undan bo‘lsachi keyin nima bo‘ladi.
Misu nima bo‘lishini tahmin qilsada jihoodan yaxshiroq gap eshitishni hohlab undan so‘radi
-bunday bo‘lmasin bo‘lmasa kimdir o‘lishi aniq
Misu ho‘rsingancha jihooga qarab qoldi

Bolakayni qanday o‘sishini tekshirish uchun qo‘yilgan ko‘rik sabab hesu kasalxonaga boradigan bo‘ldi. Kiyinib tayyorlangan qiz ko‘chaga chiqishidan ham ko‘ra 2oydan beri ko‘rmagan dugonasini ko‘rib hursand bo‘lib ketdi. Yugurib uni oldiga borib uni bag‘riga bosdi.
Jk o‘zi bora olmagani uchun misuni chaqirgan hesu bilan birga borishini aytgandi. Hesu kabi bundan hursand bo‘lgan misu erta tongdan akasini uyiga dugonasini ko‘rish uchun keldi.
-u katta bo‘lib bilinib qolibdi
Misu ilk jiyanini his qilganidan bahtiyor hesuni qornini asta silab qo‘ydi. Hesu bo‘lsa bunga beporvogina misuga bazo‘r jilmaydi. Bolaga hatto onaning ham beporvoligidan misuning yuragi g‘ashlandi.

Kasalxonada o‘z navbati kelganligi sabab ichkariga kirgan hesu aparat oldidagi yotoqqa asta yotdi. Doktor qorniga suyuqlik to‘kib asta aparatni qorin bo‘ylab yurgiza boshladi.
-deyarli 3oylik bo‘libsizlar
Ko‘zini uzmay ekranga qarab o‘tirgan doktor ayol hesuga bazi bazida savol berib turardi. Hesu esa qisqagina "ha" yoki "yo‘q" deb javob berardi hozir unga hatto farzandi ham qiziq emasdi.
-yurak urushi ham shakllanibdi eshitishni hohlaysizmi
Hesu yo‘q deyishni ulgurmasidan doktor bosgan tugmacha sabab nozik va bir hil yurak urushi boshlandi.
Hesuni butun tanasi jimirlab ketdi. Sekin yuqoriga qarab ekrandagi mitti go‘dakka qarab yig‘lab yubordi.
Hesu ilk bor onalik hissini tuydi. Bu tuyg‘u shu qadar yoqimli va sehrli bo‘lishi hayoliga ham kelmagandi. Ekranda tinmay harakatlanayotgan kichkintoy huddi unga qo‘l silkigandek bo‘ldi. Hesu hamma narsani unutdi. Na jk na uning azoblari bari barisi unutdi. U hozir faqat farzandi haqida o‘ylayapti. Uni ilk ko‘rinishiga qarab to‘ymayapti. Uning yurak urishi huddiki yig‘i ovozi kabi eshitilar endi tezroq bag‘riga bosib uni hidini tuyushni hohlayotgandi.
Hesu afsuslandi hamma qilgan, gapirgan gaplaridan afsuslandi. Agar bu kichkintoyga nimadir qilganida butun umr bundan afsuslanib o‘tishini bildi. Uni nobud qilishga bo‘lgan harakatlarini eslab o‘zidan nafratlandi.
-jeon honim endi o‘zingizni yana ham ehtiyot qilishingiz kerak siz ham bolangiz ham juda zaif. Men sizga dorilar yozib beraman. O‘z vaqtida ichishga etiborli bo‘ling.
Hesu hali ham yig‘lashdan to‘xtamagan doktorni gaplariga boshini silkitdi
-nega yig‘layapsiz bolangizga biror narsa bo‘lishidan qo‘rqyapsizmi? Meni aytganlarimni qilsangiz hammasi yaxshi bo‘ladi

-aka bu yerda nima qilyapsiz kela olmasligingizni aytgandingizku.
-sen nega ichkarida emassan.
-u yerga meni kiritishmadi.
-hesuni yolg‘iz qoldirmasliging kerak edi. Senga aytgandimku u qaysi xonada
-anavi yerda
Misu u kirib ketkan xonani ko‘rsatdi. Jk uni oldiga borib kirishdan oldin eshik tagida biroz poyladi. Va o‘zi eshitgan narsadan shokka tushdi

Jk ham ilk bor farzandini his qildi. Ekrandagi mittivoyning yurak urishi jk ham etini jimirlatib bor g‘azab va nafratini unuttirib yuborgandi. Uning quloqlariga kirib yurak yuragigacha yetib borgan bu tovush uzoq vaqtgacha jaranglab turdi. Lekin xona ichidagi suhbat yana uni jahlini chiqishiga sabab bo‘ldi.
Hesu-honim menga yordam bera olasizmi
Hesu endi bolasi bilan jkni oldida qola olmasligini bilib doktordan yordam so‘ramoqchi bo‘ldi. U bu yerdan qochmoqchi bo‘ldi.
-men bu yerdan bildirmay chiqib ketishim kerak
-bildirmasdan?
Qizning gaplariga tushunmagan ayol unga ajablanib qaradi.
-meni o‘ldirib qo‘yadi .... erim agar men erim bilan qoladigan bo‘lsam u meni aniq o‘ldiradi
-nimalar deyapsiz honim eringiz nega sizni o‘ldiradi
-u psixni o‘zi iltimos menga yordam bering
-maylikuya ..... lekin honim
-iltimos qilaman
Hesu doktorni qo‘llaridan tutib unga iltijoli tikildi.
-iltimos
-yaxshi
Doktor ham qizning ko‘zidagi qo‘rquv va unga bo‘lgan umiddan yo‘q deya olmadi.
-bu yerdan yuring
Endigina eshikka yaqinlashgan ikki ayol eshikda ularni kutib olgan erkakni ko‘rib to‘xtab qolishdi.
-siz kimsiz
Kimligini tushunmay undan so‘ragan ayol yonidagi qizni qo‘rqanidan titrashni boshlaganiga ahamiyat bermadi.
-eridan qochmoqchi bo‘lgan manavi qizni eri bo‘laman
Javobdan hammasini tushungan ayol yonidagi bemoriga qaradi.
-sen mendan qochmoqchi bo‘layapsanmi
Jkni qo‘li doktordan o‘tib hesuning yuziga kelib tushdi.
-nima qilgan ishlaringni berkitish uchun bola tug‘ulmasidan qochib qolmoqchimisan.
Qo‘lidan qattiq tortib hesuni sudrab olib chiqishga harakat qildi
-honim iltimos yordam bering
Boshidan bu ishga aralashishni hohlamagan doktor honim hesuga yordam berishga urunmadi.
Jk bo‘lsa hotinini qo‘lidan tortib mashinaga o‘tirgizdi o‘zi ham mashinaga joylashib kasalxonadan o‘q tezligida chiqib ketdi.
Uyga yetib kelgach sochidan sudralgancha xonasigacha yetib kelgan qiz yuzida ikkinchi tarsakini his qildiyu polga yiqildi. Jkni to‘xtata olmasligi o‘lyab qo‘llari bilan qornini to‘sdi. Onalikni his qilgach o‘zidan ham ko‘proq bolasini o‘yladi u.

Kasalxonada hech narsani tushunmay akasi ortidan yetib kelgan misu yugurgilab tepaga chiqib ketarkan jihooni ham olib ketishni unutmadi. Hozir akasiga o‘zining kuchi yetmasligi bilardi. Xonaga kirib polda burnidan qon oqishni boshlagan hesu allaqachon jkdan bir nechta tarsakilarni olganini bildi misu. Yugurib borib uni himoya qilib to‘sdi. Singlisiga ham qaramay butun jahlini sochayotgan jkni jihoo kelib to‘xtatdi
-bo‘ldi bas qil ahr u homilador
-qo‘yib yubor unga ko‘rsatib qo‘yaman qochish qanday bo‘lishini QO‘YIB YUBOR
jihooni qo‘lidan chiqishga urunayotgan jk bor alami bilan yerda yotgan qizga tashlanayotgandi.
-iltimos aka o‘zingizni bosing iltimos qilaman
-ikking ham bu xonadan chiq CHIQ DEYAPMAN SENLARGA
Jk singlisiga ham bosditirib borayotganda yo‘lidan jihoo chiqdi
-hoziroq misuni olib ket bo‘lmasa uni ham manavi manjalaqini ham o‘ldirib qo‘yaman
-jungkooook
-olib ket deyapman senga
Jihoo ortida turgan misuni qo‘lidan tutib tashqariga chiqarmoqchi bo‘ldi
-yo‘q hech qayerga ketmayman hesuni o‘zini qoldirmayman. Qo‘yib yuboring
Akasidan ham battar qaysar qizni honadan olib chiqish qiyin bo‘ldi. Jihoo bilardi hozir ular chiqmasa hesu bundan ham battar azob chekishini

Jk polda qonga belanib yotgan qizni sochidan tortib o‘rnidan turgizdi.
-nega nega har safar ataylab jahlimni chiqarasan NEGA ...hamma chekayotgan azoblaringga o‘zing sababchisan faqatgina o‘zing
Hesuni divanga itarib o‘zi eshik tomon keta boshladi. Eshikka yetib kelgach chiqish oldidan ortiga qaradi
-qorningdagiga rahmat ayt bo‘lmasa allaqachon o‘ldirib qo‘ygan bo‘lardim

5oy

Jismonan tazyiqlarsiz lekin ruhan azobli 5oy o‘tdi. Hesuning qorni kottarib tug‘ishiga ham oz vaqt qolgandi. Lekin shu 5oy hesu uchun juda ogir o‘tdi. U ruhan batamom sindi. Jk uni barcha narsalardan chekladi. Hatto honadan uyga chiqishiga ruhsat bermadi. Uni oldiga hech kimni qo‘ymadi. Uni batamom o‘zining quli kabi qafasda saqladi.
Kimlar uchundir bu oylar shamol kabi uchib o‘tib ketkan bo‘lsa bu oila azolari uchun mashaqqatli va azobli hatto sekundi ham ogir o‘tdi.
Hesu 5oy ko‘chaga hatto honasidan uyga ham chiqa olmadi. Kam harakat bo‘lgani sabab qorni kottarib oyoqlari shishib ketdi. Hali tug‘ulishiga 2oy bor bo‘lsa ham bolasi halitdan uni ancha qiynab qo‘ygan hatto nafar olishga ham qo‘ymayotgandi.
Ruhan singan qiz ikki tomonlama zarbadan o‘zini oldirib qo‘ygan, necha kundan beri odamlar bilan gaplashmaganidan telba kabi bo‘lib qolgandi. U kunlarni oylarni adashtirib qo‘ydi.

Har kungidan nimagadir bugun og‘ir o‘tyapti. Hesu bor nafasini chiqarib tashlagandek o‘pkasi havosiz qiynalyapti. Shu sabablimi o‘z ishini yaxshi bajarmayoygandek Hesu nima qilishni bilmas dunyolarga sig‘may ketdi. Eshik qulfligini bilsa ham u tomon yurib kimnidir yordamga chaqirmoqchi bo‘ldi. Lekin yotoqdan tushib qo‘ygan ilk qadamidayoq yerga quladi.

Jk shu kunlarda hatto oylarda o‘zini ishga bag‘ishladi. Shaxsiy hayotidagi tushunmovchiliklar shubha-gumonlar uni ham batamom charchatgan, aqldan ozadigan darajada edi. Bir necha kundan beri uxlamagan yigit hozir mashinasida ishga ketayotib ko‘zi ilindi.
-oyi
Ro‘parasida unga qovoq solgancha turgan ayol jkni tushiga anchadan beri kirmay qo‘ygandi.
-oyijon nega anchadan beri tushlarimga kirmay qo‘ydingiz
-senga shuni o‘rgatganmidim. Bog‘ingda o‘sayotgan manavi o‘simliging so‘lib qolibdi. Unga tezroq yordam ber bo‘lmasa o‘lib qoladi.
Jk oyisiga hayron bo‘lib u ko‘rsatgan o‘simlikka qaradi. Oyisining oyoqlari ostida vanil o‘simligining bir tupi so‘lib qolgandi.
-vanil -pichirladi jk- vanil -yana takrorlarkan bu ifor kimdan kelishini bir muddat eslay olmadi- HESU
O‘ngida ham baqirib yuborgan yigit o‘zining ovozidan uyg‘onib ketdi. Bir muddat uyoq buyoqqa qarab qayerda ekanligini anglay olmadi.
-hammasi yaxshimi janob jeon
Mashina oynasi orqali orqaga ko‘z tashlagan haydovchi rangi dokadek oqarib ketgan ho‘jayiniga hayron qarab tirardi
-hoziroq uyga hayda tezroq

Qishning ohirgi oyi.
Tashqari sovuq bo‘lishiga qaramay tanasi olov kabi yonayotgan hesu ko‘zlari yumilay yumilay deb turibdi. Ostidan kelayotgan issiqlikni nimaligini tushunmay qornini qo‘li bilan o‘rab olgan qiz tinmay nimadir deb pichirlayotgandi.
" iltimos bolajonim meni tashlab ketma bilaman seni juda ko‘p hafa qildi. Ko‘p marta yo‘q qilishga harakat qildim lekin hozir seni yoqotishni hohlamayman. Iltimos meni bu daxshatli dunyoda yolg‘iz qoldirib ketib qolma. Il.ti.mos"
Hesu hayoli hiralashishni boshlaganini sezdi. Qanchalik harakat qilmasin ko‘zlari yumilib hayollari ham chalkashishni boshladi. Ohirigacha bolasi uchun kurashgan ayolning ko‘zlari asta yumildi.

Qahraton qish bo'lishiga qaramay tanasini tik tutib turgan, sovuqdan dir-dir titrayotgan boychechakka o‘xshayman. Qancha tik turishga harakat qilmay zaharhanda sovuq bunga yo‘l qo‘ymayotgandek. Men... men shu sovuq sabab nobud bo‘lishni istamayman. Tezroq iliq kunlar boshlanishini hohlayman. Bu kunlarga yetib borarmikanman. Men bahorni ko‘rishga ulgurarmikanman

Springday🥀

12-qism tugadi

By:haru🫰

Bizning kanal: @bangtan_ff_shop_menu