October 18

Shartnoma💔

Haru🫰

17-qism

Kechqurun jihoo bilan birga uxlagan jk erta ishga borishi uchun jihooni honasidan uni uyg‘otib yubormaslik uchun sekin chiqib endi yuqori qavatga ko‘tarilmoqchi bo'lganida oshxonadan kelgan ovoz uni ortga qarashga majbur qildi
-jungkook bugun erta turibsiz
-ha ... iimm.. ishga erta borishim kerak edi
Jk pov: seni shu porlab turgan ko'zlaringdan qochayotgandirman balki
-unda ketishdan oldin nonushta qilib olasizmi men hozir darrov tayyorlab beraman
Yn shoshgancha oshxonaga kirib ketarkan bu gal ynni jk to‘xtatdi
-kerak emas
Yn avvaliga noto‘g‘ri eshitdim deb o‘ylab jkga hayron qarab turarkan gapini yana takrorlashini kutdi
-nonushta qilish uchun vaqtim yo‘q
Yn gapi tugashi bilan zinalardan chiqib ketayotgan jkning ortidan hayrat ila qarab qoldi
-unga nimalar bo'lyapti
Ynning yuragi g‘ashlandi. U jkga yaqinlashishga harakat qilarkan jk uni aksini qilayotgandi. Jk xonasiga kirib kiyimlarini almashtirayotib kechagi ynni nega bunchalik jahli chiqqanligini bilish maqsadida kameralarni kuzatishga kirishdi. Va kechagi yn va enaganing suhbatini eshitib yuziga tabassum yugurdi
Jk- erim
Bu so‘zni eshitgan jkning butun tanasiyu qalbi yayrab ketdi
-sodda yndan asar ham yo‘qku bu rashkmidi
Yuzida paydo bo'lgan tabassum o‘rniga huddi o‘shandek tundlashish ham paydo bo‘ldi
-lekin yn bunga o'rganib qolma keyin qiynalishingni hohlamayman

Jk kiyinib ishga ketish uchun eshik oldiga keldi. Eshik oldida uni kutib turgan ynni ko‘rib unga qaradi
-jk bugun dugonalarim bilan uchrashmoqda edim
Yn jkni nimadir deyishini kutib unga biroz tikilib turdida undan sa'do chiqmasligini bilib gapida davom etdi
-siz ham men bilan borasizmi demoqchi edim tae ham borarkan siz ham borsangiz hursand bo‘lardim
Jk pov: yana tae deydimi jin ursin o‘shani
Jk- bugun ishlarim ko‘p vaqtim bo‘lmasa kerak
Ynning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Nega jk bunchalik o'zgarib qoldi. O‘sha homiladorlik voqeasidan so‘ng jkga nima bo‘layotganligini yn tushunmayotgandi. Jk bundan hafa bo'lganmidi yn o‘sha kuni bolani hohlamasligini aytganda jkni ranjitib qo‘ygandir. Yn shu hayollar bilan eshik tagida turarkan jk allaqachon uyni tark etgandi

Yn dugonalari bilan ko'rishishlari vaqti yaqinlashgani sari borish haqidagi fikri o'zgarib borayotgandi. Negadir yuragi g‘ash hech uydan ostona hatlab chiqqisi kelmaydi. Lekin dugonalariga ham rad javobini aytolmagan ilojsizlikdan arang bo‘yanib kiyindiyu yo'lga chiqdi.
Har doimgi kafedan zerikkan misu bugun boshqa yangi kafeda uchrashishni kelishib qo‘ygan yangi manzilni ham dugonalariga tashlab qo‘ygandi. Yn manzilga taksida yetib kelarkan uning oldida jkni ko‘rib hayratlandi oldidagi qizni ko‘rib esa g‘azabdan yona boshladi.
Jk kafe oldida jenni bilan gaplashib turarkan birdan barmoqlari orasida kichik kaftni his qildi. Jk darrov yon tomoniga qaradi
Yn-azizim siz ham shu yerdamisiz bu yerga kelishingizni bilmagandim
Jk ynni ko‘rib biroz o‘ng‘aysizlandi. Bir qo'liga bir ynga qararkan ularga ensasi qotib turgan qiz suzilgancha ynni battar asabini o‘ynadi
J-Sen bu yerda nima qilyapsan jk uni ham chaqirdim deya ko‘rma
Yn- erim qayerda bo‘lsa men ham o‘sha yerda bo‘laman nima sizlarga halaqit berdimmi
Yn jkga ko‘zlarini olaytirib qararkan jk uning qilig‘idan kulgusi kelar zo‘rg‘a kulib yubormaslik uchun ko‘zlarini yumib qo‘li bilan burun devorlarini ishqalab qo‘ydi
Jk-yn sen bu yerda nima qilyapsan
-nima rostdan ham kelishimni hohlamaysizmi
Yn jennini eshitib qolmasligi uchun bo‘yini cho'zib qulog'iga pichirladi
Jk jennidan uzr so'rab ynni qo'lidan tortgancha uni ichkariga hech kim yo‘q tomonga olib bordi.
-sen bu yerda nima qilyapsan
Jk ynni o‘zi ko'zlagan manzilga olib kelib devor tomonga biroz qattiqroq turtib gapirdi
-o'zingizchi menga vaqtingiz yo'qligini aytgandingiz lekin hozir sizni bir qiz bilan yana kafeni oldida ko‘rib turibman
-yn biz ish yuzasidan ko‘rishdik
-ish yuzasidan?! Shu qiz bilanmi sobiq qaylig‘ingiz bilanmi
-yn sen bilan bu yerda tortishishni hohlamayman
Jk yndan yuzini burib ketayotganda yn unga baqirib uni to‘xtatdi
-jk nega bunday qilyapsiz nega bunday o'zgarib qoldingiz o'zingizni beporvodek tutishni bas qiling
-sen ham o'zingni hotinimdek tutishni bas qilarsan
-nima
-biz sen bilan haqiqiy er-hotin emasmiz biz... biz sen bilan shunchaki oila qurganmiz shartnoma asosida oila qurganmiz o'zingni haqiqiy hotinimdek tutishni bas qil
Jk o‘zi aytgan gaplariga o‘zi pushaymon bo‘lib ortiga o‘girildiyu tez-tez qadamlar bilan u yerni tark etdi.
Jk pov: meni kechir yn lekin men keyinchalik senga nimadir bo‘lishini, qiynalishingni hohlamayman shunchaki hozir boshlanmasidan oldin to‘xtatganimiz yaxshi sen uchun ham men uchun ham
Jk boshini ekkanicha kafeni tark etarkan uni kutib turgan jenniga ham e'tibor bermadi. Uning hayoli biroz oldin unga ko‘zlarini katta-katta qilib gaplaridan hayron qolgancha joyida qotib qolgan qizda qoldi
Jk-meni kechir
So‘ngi so‘zni aytib mashinasini tezlikda haydab u yerni tark etdi.
Bu payt yn jkni gaplarini hali ham miyasida tahlil qilarkan jkni "o'zingni hotinim kabi tutma" degan iborasi miyasida aylanardi. Ynga jkni bu gapi yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi. Turgan joyida tosh qotib turarkan yoshlari yuzini allaqachon yuva boshlagandi.

Ynni hayolini jiringlagan telefoni buzib yubordi. Ekranga qararkan u kutgan inson emas boshqasi ekanligini bilib ho‘rsinib qo‘ydi
-alo eshitaman misu
-yn qayerdasan biz allaqachon keldik sizlarni kutyapmiz
-ha men ham shu yerdaman hozir boraman
Yn telfonni uzib o‘zini tartibladida tashqariga kafening asosiy zaliga chiqdi. Uni ko‘rgan misu o'rnidan turib qo‘lini silkigancha ynni chaqirdi. Yn ham yuziga majburlab tabassumini chiqarib misu va taeni oldiga bordi.
Yn-hayrli kun
M-senga ham hayrli bo'lsin jk qani
-ha jkmi u ... uni muhim ishlari bor ekan shunga kelolmadi
Tae-hozir eshikdan chiqib ketmadimi men uni ko‘rgandek bo‘lgandim
Yn-yo‘q menimcha adashdingiz
Yn taeni gapidan dovdirab darrov rad javobini berdi.
M-mayli kelaqol dugonajon Yuna qayerda qoldi
Yn-yuna u borolmasam kerak degandek bo‘lgandi yangi ishida ishi ko‘pga o'xshaydi.
-nima u ham kelmaydimi yaramas agar kelmasa uni kechirmayman
Misu avval yuzini bujmaytirib keyin ynga qarab tirjaydi.
Bir necha vaqtdan so'ng buyurtmalari yetib kelgan mijozlar oldidan ketayotgan afitsiantni ortidan shoshgancha jimin kelib avval ular bilan salomlashdi keyin esa ynga yuzlanib jkni qayerda ekanligini so‘radi
-haligi jkmi uni qayerda ekanligini bilmayman
-qayerda qoldikan bu bola shu yerda bo‘lishini aytgandiku
Jimin hunobi oshib uyoq bu yoqqa qarab jkni qidirarkan eshikdan kirgan qiz uning ortidan unga ergashgancha kirib kelgan yigit uni e'tiborini tortmay qo‘ymadi

Misu-yuna dugonajon kelmaganingda naqt mendan ko‘rarding bu bola kim bo‘ldi
Misu yunani ortida turgan bolani ko‘rib o‘yinqaroqlik bilan ko‘zini qisdi.
-yuna bu bola sevgan yigitingmi
Birdan aytilgan so‘zlar hammani avval misuga keyin esa yunaga qaratdi.
Yuna-nima unday emas
M-nega inkor qilasan bizni oldimizga olib kelgan ekansan demak shunday
Yuna misuni gapini to‘g‘ri emasligini aytib tushuntirishga harakat qilmasin misu unga quloq solmasdi. Yuna misuga gapirish bilan birga ko‘z ostidan ulardan biroz narida turgan jiminga qarab qo‘yar jiminni yuzidan bu narsalar unga yoqmayotganligi bilinib turardi.
Jimin yunani boshqa yigit bilan kirib kelganini ko‘rib hayron qolarkan misuni yunani yigiti haqidagi gaplari esa uni asabiylashtira boshlagandi. Jimin o‘zi hohlamasada ulardan ko‘zini uzolmay qoldi. Misuni gaplariyu yunani yonidagi yigitni ko‘rganida battar jahli chiqayotgan yigit ortiq u yerda tura olmasligini bilib u yerni tark etdi. Hech kim indamay ketib qolgan yigit ortidan qarab qolgan Yunani ham kayfiyati tushib ketdi

Yuna jiminni ketayotganida ortidan qarab qoldi.
Yuna-misu bu bola shunchaki eski ishxonadagi tanishim tushlikka chiqqaninda ko‘rishib qoldik keyin sizlar kutayotganligingizni bilib birga kelavergandik bu meni yigitim emas
Misu-shundaymi uzr so‘rayman sizdan janob sizni ham hijolat qilib qo‘ydimmi mazur tutasiz keling o'tiring
Yuna gapi tugatib endigina mashinasiga o‘tirgan jiminni ortidan qarab qoldi.
Tae-sevgilim juda shoshqoloqsanda qani kelaqol Yuna sen ham kel siz ham janob qani marhamat biror narsa yeysizlarmi biz o'zimiz uchun buyurtma qilgandek
Y-yo‘q biz ovqatlandik
Yigit uyalibgina ularga tazm qilib stolga omonatgina o‘tirdi.
Yuna-yn ahvoling yaxshimi negadir bugun boshqachasan
Halidan beri dugonalariga e'tibor bermay o‘z hayollari bilan o‘tirgan yn endi yunani gaplaridan o‘ziga keldi
Misu-rostan ham kelganingdan beri shunday o‘tiribsan yoki jk bilan arazlashib qoldingizmi
-nima yo‘q hammasi yaxshi
Yn bazo‘r jilmayarkan dugonalariga bundan oldingi voqealarni bildirmaslikka harakat qildi.
Uchrashuvdan so‘ng Yuna ishiga qaytdi. Allaqachon tushlik vaqti tugagan bo‘lsada endigina kelgan yunani eshik tagida kutib olgan jimin yunani ham ko‘rib oldiga kelganda uni to‘xtatdi
-nega endi kelyapsan
-dugonalarim bilan ekanligimni ko‘rgandingiz
-ish vaqtida dugonalaring bilan uchrashishing to‘g‘rimi yana qanaqadir bola
-men kechikaman deb o'ylamagandim
-ishga mas'uliyatliroq bo'lishingiz kerakmasmi
-uzr so‘rayman janob
Yuna ataylab jiminga kesatib hozirgina ochilgan liftga kirib ketdi. Yunani qilig‘idan jahli chiqqan jimin ham uning ortidan kirib tezroq liftni berkitishga harakat qildi. Yana kimdir kirib ularni bezovta qilmasliklari uchun
Biroz muddat jim qolgan jimin nima deyishni bilmayotgandi. Ohiri sabri chidamay yunaga o‘girildi
-haligi yigit kim
Jimin opzini Biroz e'tiborsiz so'ragandek tutsada uning ko‘zlarini sotib qo‘yayotgandi
-sizga bu qiziqmi
Jimin pov: jin ursin yaramas qiz
-ha desamchi
-nega
-shunchaki seni yigiting yo‘q deb o‘ylagandim lekin bugun
-u yigitim emas lekin menda ko'ngli borligini bilaman va .. va..
Yuna endi nima deyishni bilmay biroz kalovlanib qoldi
-va?
-bu sizni nega qiziqtiryapti
-qiziqtirayotganini yo‘q shunchaki so'radim holos
Yuna jiminni e'tiborsiz qarashlaridan asabiylashib oyoq uchlari bilan yerni urib turarkan nihoyat lift kerakli qavatga kelib to‘xtadi. Yuna jiminni ham kutmay liftdan chiqib o‘zini xonasiga kirib ketdi.

Kechqurun bazo‘r uyga yetib kelgan jk eshikni ocharkan bu eshik bugun juda og‘irdek tuyuldi. Jk kunduzi bilan o‘zini ishga urmasin hayoli ynda qolgandi. Eshikdan uyga kirarkan hammayoq qop-qorong‘u chiroqlar o‘chirilganligini ko‘rgan jk boshini egib har doim kelganida uni kulib kutib oladigan "hotini" bugun yo‘q va bunga albatta o‘zi sababchi edi. Jk sekin yuqoriga ko‘tarilib ynning xonasini sekin ochdi. Boshini xonaga suqib yotoqdan ynni qidirdi. Lekin yn yotoqda yo‘q jkni yuragiga g‘ulg‘ula tushdi. Tezda eshikni phirigacha ochib xonaga butunlay kirib hamma yerga qarab chiqdi. Vannaga ham kirdi. Lekin yn yo‘q. Jk endi qo‘rqa boshladi. Nahotki yn ertalabgi gaplari uchun uydan ketib qolgan bo‘lsa. Jk tezda xonadan chiqib pastki qavatga tushdi jihooni honasiga bordi. Ochishga kelganda qo‘llari qaltiray boshladi. U yerda ham bo‘lishmasachi jihooni ham honasidan topolmasachi. Jk ahiyri o‘zida kuch topib eshikni ochdiyu yotoqda jihooni quchoqlagancha uxlab yotgan ynni ko‘rib ancha tinchlandi. Jk hozir qo'rquvni his qildi u yn va jihooni qayta ko‘ra olmaslikdan qo‘rqdi. Sekin asta xona ichiga kirib yotoq yoniga cho‘kkalagancha o‘tirdi.
-men nimalar qilib qo‘ydim. Men endi tushundim sizlarsiz endi yasholmayman lekin sizlar bilan ham yasholmayman sizlarga nimadir bo'lsa
Jk keyingi so'zlarni ayta olmasligini bilib boshini quyi soldi. Biroz ko‘zlarini yumib o‘pkasi to‘lguncha nafas oldi. Keyin esa ynni yuziga tushib qolgan bir tutam sochini qulog‘i orasiga olib yopinchiqni ustiga ko'proq tortib xonadan chiqib ketdi

Erta tong har doimgidan kechroq uyg'ongan jk asta ko‘zlarini ishqalagancha o'rnidan turdi. Soatga qaradi allaqachon 8 bo‘lgan
-jin ursin uxlab qolibman
Apil - tapil yuvilib kiyinib ham chiqqan jk uyda yana yurakni siquvchi sekinligi sezdi. Har doim tongda oshxonada topadigan yn bugun yo‘q. Jk oyoqlari bilan asta polni bosib oshxonaga kirdi. Bugun bu uyda 2oydan beri odat tusiga kirib qolgan ko‘p narsalar o‘zgargan. Har kuni tongda jk uchun tayyorlanadigan nonushta ham stol ustida ko‘rmimaydi. Shularni o‘ylarkan jk chuqur nafas chiqarib ko‘zlarini yumdi
-nimani kutkanding aa nimani
Peshonasini ishqagancha oshxonadan chiqib ko'chaga chiqdi. Uni kutib olgan yordamchisi unga tazm qilib mashina tayyorligini aytdi.
-yn qayerga ketdi
Yn va jihoo uyda yo'qligini allaqachon bilgan jk uy qo'riqchisi boshlig‘idan so‘radi.
-janob yn honim jihoo bilan chiqib ketdi. Olib borib qo‘yamiz deyishimga ham qaramay o'zlari ketib qoldi. Hech ham ko‘ndira olmadim
-qaysar qiz nima shunday qarab turaverdingmi ortidan borsang bo‘lmaydimi ularga nimadir bo‘lsa senlarni kallangni olaman birinchi o'rinda bor yo‘qol hoziroq ularni topginda o‘ziga bilintirmay kuzatib yur bir to'la sochida ziyon yetmasin
-ho‘p bo‘ladi janob
Jk qopriqchisiga e'tibor ham ber mashinaga o‘tirdiyu juda tezlikda bu yerdan g'oyib bo‘ldi

17-qism tugadi

By: haru🫰

Bizning kanal: Bangtan fanfic shop