April 21, 2025

Springday

Haru🫰

14-qism

5-yildan so‘ng

Amerika

-yangilik haqida eshittingmi?
-ha albatta
-nima qilmoqchisan?
-nima ham qila olardim borishdan boshqa ilojim bormi?
-hohlasang boshliqlar bilan gaplashib ko‘raman
-rahmat hobi lekin hozir bunday vaziyat emas. Ishni yoki kareyaga brendimizni olib kirishda ishtirok etish ikkalasidan birini tanlashim kerak. Bormasam bo‘lmaydi Endigina o‘zim hohlagan lavozimga ko‘tarildim. Bormasam ishimdan ayrilaman va yana o‘sha hech kim etibor qilmaydigan pastki bo‘libda qolib ketaman. Bilasan u yerdan chiqishim qiyin bo‘lgan.
-lekin haru sen qo‘rqmasdan yana qayta olasanmi?
-6oygaku hech narsa bo‘lmaydi deb umid qilaman. Qolaversa sen yonimdasan
Haru yonidagi yigitga jilmayarkan ko‘zlarida qo‘rquv aks etardi.

Tayyorlanish uchun 2kungina berilgan edi hodimlarga.
"Prada" brendi hodimlari kareyaga ketishga tayyor. Hamma hayajon va hursandchilikda yangi davlatga uchayotganidan hursand bo‘lsa ular orasidagi ikki kares aksincha u yerga borishga yuraklari betlamayapti.
Ikkisi uchun ham ayanchli hotira bo‘lib hotirasida qolib ketkan ona vatan va unga qaytish huddi o‘sha qorong‘u o‘tmishni qayta boshdan kechiradigandek qo‘rqinchli edi.
Uzoq vaqt parvozdan so‘ng samolyot Kareya hududiga kelib to‘xtadi. Barcha ishchilar ular bilan birga hamkorlik olib boradigan kompaniya ishchilari tomonidan kutib olinib buguncha dam olishlari uchun mehmonhonaga kuzatib qo‘yishdi.
10dan ortiq odam o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga joylashtirildi. Va buguncha dam olishlariga ruhsat berildi.
Hamma hali erta ekanligi yana kareyaning go‘zal ko‘chalarini ko‘rish uchun charchashganiga ham qaramay sayrga chiqishdi. Haruni ham taklif qilishdi lekin charchaganligini bahona qilgan qiz ularga qo‘shilmay o‘z honasiga kirib ketdi. Ortiqcha sayrlar hozir unga kerak emas. 6oyni ishda jimgina hech kimga ko‘rinmay o‘tkazishi kerak

Xonasiga kirishi bilan oyna oldidagi kreslodan joy oldi haru. Biroz atrofni tomosha qilib ko‘zini yumdiyu boshini kreslo siyamchigiga tashladi. O‘zi hohlamasada kino plyonkasi kabi aylanayotgan o‘tmishi uni yana qayta ko‘zlarini ochishga majbur qildi.
-hammasi yaxshi bo‘ladi.
Deya pichirladi. Biroz bo‘lsada yuragini tinchlantirgan qiz cho‘ntagidan hamyonini oldiyu uning ichidagi suratga biroz termulib surat ichidagi yuzlarni asta silab qo‘ydi

-hayrli tong meni go‘zal malikamga
-sizga ham dadajon
-ho‘sh nega bog‘chaga bormayman deb turib olding
-bugun ammam bilan dokon aylanamiz
-ammang bilan?!
-ing
Jajji qizaloq dadasining savoliga yoqimtoy yuzi bilan bosh silkib javob berdi.
-aysh meni go‘zal qizim
Jk qizining yuzlaridan o‘pib bag‘riga bosdi.
-mayli shunday yoqimtoy qizga ruhsat bermasa bo‘lmaydi. Faqat ammangdan uzoqqa ketma yana to‘polon ham qilma
-da-da-jon men judayam aqlli qizman qachon to‘polon qildim
-ha ha meni malikam doim aqlli qiz bo‘lgan
Jajji qizaloq dadasini gaplaridan qiqirlab kulib yubordi.
-ho‘sh endi kiyinamizmi?
-yaxshi
Qizaloq dadasiga erkalangacha boshini silkib o‘z gardirobiga kirib ketdi. Dadasi ham unga ergashdi

-harli tong
-jihoo amaki🗣
-jia
Jihoo unga yugurib kelgan qizchani dast ko‘tarib bag‘riga bosdi. Keyin loppi yuzlaridan o‘pib biroz erkalatgan bo‘ldi
-bu yerda nima qilyapsan
-men ham yaxshiman va uyingga hush keldim.
-kesatishni bas qil
-kelmasimdan haydaysan aa
-ohirgi paytlar tez-tez keladigan bo‘lib qolding.
-nima mumkin emasmi
Ularni suhbatini oshxonadan 2finjon qahva ko‘tarib chiqqan qiz bo‘ldi.

-bugun hamkorlar keladi bilasan aa
-ha yodimda
Ikki hamkasb do‘stlar o‘zlarining ofisiga kirarkan bugungi ishlar haqida kelishib olishayotgandi.
Biroz suhbat kotibasining ular kutayotgan mehmonlar kelganligi bilan bo‘lindi.
-yaxshi hozir chiqamiz
Kotiba qiz chiqib ketishi bilan jk o‘rnidan turib jihooga gap qotdi
-bu loyihani amalga oshirsak koreya bozorini butunlay eganlaymiz janob direktor
-albatta janob
Bir-biriga tirjaygancha yo‘lakka o‘tgan ikki boshliq hamkorlarining qorasini ko‘rishdi.
Jk pov: bu nima o‘sha yodimda bir umr qolib ketgan, bir necha yillardan beri his qilmagan iforim ..... vanil ifori....... hesuyimning ifori
Jkning hayolini amerikadan kelgan delegatsiya boshligi buzdi
-hayrli kun janob jeon
Haru pov: janob jeon bu.... bu nimasi bu emas..... iltimos iltimos faqat u bo‘lmasin
-ha hayr kun
Hamkori qo‘lini uzatishini payqamay hayollarga berilgan yigitni jihoo turtib o‘ziga keltirgandi.
-amerikadan yaxshi yetib kelgansizlar deb o‘ylayman sizga ajratilgan mehmonhona ham maqul bo‘lgan bo‘lsa kerak
-albatta bu uchun sizdan minnatdormiz
Jk ularga hiyol boshini egib hurmat ko‘rsatdi.
-bu bizning vitsa prezidentimiz Li Jihoo
Jk do‘stini hammaga tanishtirgan bo‘ldi.
-men Jenifer guruh rahbari
Jk bilan gaplashib turgan ayol endi jihooga yuzlanib qo‘lini cho‘zdi. Jihoo ham unga qo‘lini uzatib hiyol qisib qo‘ydi
-bu esa bizning jamoa 6oy davomida shu yerda birga ishlaymiz. Janob jeon tanishing mayk meni yordamchim asosiy ishchim, leo, anjilina, fransua
Guruh rahbari hammani birma-bir ko‘rsatib chiqarkan ohiridagi ikki insonni ko‘rsatishi uchun boshqalar asta o‘zlarini chetka oldi
-jung hoseok j-hope deb atasangiz ham bo‘ladi bunisi esa
Yigitning ortiga berkinib olgan qizni asta chetlab o‘tdi hoseok
-bu esa kim haru honim bizning asosiy kiyimlarimizga javob beradi.

Jk ro‘parasida turgan qizni ko‘rdiyu hatto kiprik qoqishga ham qo‘rqib qoldi. Hattoki bir lahzalik kiprik qoqish ro‘parasidagi simoni yo‘qolib qolishiga olib keladi.
Jk pov: bo‘lishi mumkin emas u hesumi
Qiz ham unga qarab qotib qolgan kompaniya boshlig‘ini ko‘rib adashmaganiga amin bo‘ldi. U jeon jungkook va jkdan kam bo‘lmagan shokka tushib qoldi.
-janob jeon biz qaysi xonalarga joylashamiz
Ayol tinmay hamkoriga gapirarkan hech biri jkning qulog‘iga kirmayotgandi.
Jihoo ham hesuni ko‘rib biroz dovdirab qoldi. Lekin Jeniferning savollariga javob berish uchun o‘ziga keldi. Va unga uzr so‘ragancha barcha savollariga javob berdi.
-xonangizni ko‘rsatamiz
Jihoo hozir jkni o‘zi bilan olib ketmasa muommo chiqarishini bilib yelkalaridan tutgancha uni o‘ziga keltirishga harakat qildi.
-jk yuraqol
Jk qulogi ostidagi pichirlashdan o‘ziga keldi.
-yuraqol
Yana takrorladi jihoo. Jk bo‘lsa ohirgi marta hesuga qarab keyin hayollarini bir joyga yig‘di. O‘ziga kelib jihooni ortidan ergashdi. Garchi u qayerga ketayotganligini bilmasa ham

Jkning etibori bo‘linib ortga qarab ketishi bilan qiz oyoqlarida mador qolmagandek devorga suyanib qoldi. Agar devor bo‘lmaganida yerga yiqilishi aniq edi. Buni joseokdan boshqa hech kim payqamadi.
-haru senga nima bo‘ldi
-bu.... bu o‘sha jungkook o‘sha ....
-jungkook .... seni qiynagan odammi
Haru ko‘zlarida yosh aylangancha boshini silkitdi.

-jihoo
Hamkorlari bilan ming hayollar bilan o‘tgan majlisdan so‘ng jk honasiga kirib o‘zini stol suyanchigiga suyagancha do‘stiga murojat qildi
-bu safar uni faqat men ko‘rganim yo‘q shundaymi
-shunday
-u hesu edi shundaymi
-....
-yoki u emasmi ismi boshqacha edi
-menimcha u hesu seni ko‘rishi bilan qo‘rqib ketdi. Keyin majlisda ham ko‘rnimadi.
-demak ismini o‘zgartirgan
-shuning uchun ham uni topa olmaganmiz. U boshqa ism bilan davlatdan chiqib ketkan ko‘rinadi.
-lekin qanday uning hech kimi yo‘q edi
-bilmadim do‘stim
-biz endi bir joyda ishlaymizmi
-jk ahmoqgarchilik qila ko‘rma bu loyiha bizga kerak
-hech narsa qilish niyatim yo‘q uni allaqachon unutganman. Bizni tashlab ketkan kun u biz uchun begonaga aylangan
Jihoo aslida bunday emasligini bilsada indamadi. Eski jkni qaytishini, hesuni azoblashini istamadi. Shunchaki mayli degancha honadan chiqib ketdi.

Xonada bir o‘zi qolganini sezgan jk stol yonidagi qulflangan tortmani ochib uning ichidan o‘zidan boshqasi ko‘ra olmaydigan suratni olib unga ancha vaqtgacha tikilib qoldi.
-yana ham kichrayib ketibsan yana sochlaring ham kalta
Deya pichirlab suratdagi kulib turgan inson bilan huddi suhbatlashgandek bo‘ldi. Oldin suhbatlashganlari kabi

Yangi loyiha bo‘yicha ilk majlisga ham kira olmagan haru bir necha soatini hojatxonada o‘ziga kelib olishga sarfladi. O‘zi uchun ajratilgan joyga kelib narsalarini hammasi keldimi yo‘qmi tekshirishni boshladi.
-nega majlisda ko‘rinmadingiz
-mazam bo‘lmadi
-birinchi kundan bunday masulyatsizlik qilishingiz to‘g‘rimi
-uzr so‘rayman honim .
Haruni gapidan ko‘zlarini suzgancha ketkan ayol ichkari boshliqlar xonasiga kirib ketdi.
-hammasi yaxshimi
Harudan havotir olib ahvolini so‘radi joseok
-haa
Mayusgina javob bunday emasligini bildirib turgandi.
-undayga o‘xshamaydi
-bilmasam jobi endi nima qilaman
Ko‘zlaridan allaqachon dumalab tushgan yoshlar haruni yuzini yuvdi.
-bo‘ldi hammasi yaxshi bo‘ladi.
Hobi qizni yuzidagi yoshlarni asta artib qo‘ydi.
Haru ham asta boshini silkitib ishga kirishdi boshligidan yana dakki eshitmaslik uchun.
Kun davomida qo‘li hech bir ishga bormagan qiz ohiri hayollarini bir joyga yig‘ish uchun bor og‘irligini stulga tashlab ko‘zlarini yumdi.
Haru pov: endi men u o‘ylagan ojiz, hech kimi yo‘qligidan qo‘lidan hech narsa kelmaydigan qizaloq emasman. U menga hech narsa qila olmaydi .... men endi undan qo‘rqmayman ... shunday bo‘lsa nega hali ham yuragim hayajondan qaltirayapti.

Ish soati tugab hamma uyiga qayta boshladi. Haru ham bugungi kunni amallab tugatganidan boshi osmonda yana o‘sha tanish chehraga duch kelib qolmasdan kompaniyadan tezroq chiqib ketish ilinjida narsalarini tezda yegishtirdida o‘zini zinaga urdi. Liftda uni ko‘rib qolishdan qo‘rqdi.
Keyin esa o‘ziga kerakli narsalarni harid qilish uchun savdo rastalari talay bo‘lgan mullga bordi.
Dokonlarni aylanib o‘zi uchun kerakli hech narsani topa olmagan qiz bir do‘kondan ikkinchisiga o‘targan jajji qizaloq "oyijon" degancha oyoqlariga yopishdi.
Avvaliga hech narsani tushunmagan hesu qizga turmulib qoldi
-oyijon men sizni topdim men sizni tanidim. Mening oyijonim siz qaytib keldingiz siz meni oldimga qaytib keldingiz
Hesu rastalar ichida oyisini yo‘qotib qo‘ydi deb o‘ylagan bu qizaloq gaplaridan bundayga o‘xshamasdi.
Gaplarini biroz tahlil qilgach yerga qizchani bo‘yi barobar o‘tirdi. Yuzlariga tushib qolgan bir-ikki tutam sochlarini quloqlari ortiga qistirib unga jilmaydi. Ko‘zlariga boqib birdan uning ham yuz ifodasi o‘zgardi.
-jia

14-qism tugadi

By: haru🫰

Bizning kanal: @bangtan_ff_shop_menu