Springday
Hesu mehmonxonaga qaytib keldi. Qanchalik qizini tashlab ketkisi kelmasada majbur edi. U o‘ziga qarshi chiqolmas, hislariga hiyonat qilolmasdi. U hohlamadi u uyni hohlamadi.
Ming bir hayollar bilan honasiga qanday yetib kelib ichkariga kirganini sezmadi. Deraza oldidagi divanga o‘tirdiyu o‘sha holicha anchagacha qolib ketdi.
Hayollari tarqoq har hil narsalarni o‘ylayapti. Qizini o‘ylab uyga qaytsinmikin yoki ertalabgacha kutishi kerakmi bu yosh qizaloqning injiqligi biroz arazlab o‘tib ketadi. Shularni o‘ylagan hesuning hayoliga yuna bilan suhbati keldi.
Fleshback
-jia juda qaysar qilaman degan ishini qildirmaguncha qo‘ymaydi. O‘tkan yili ham oyimni oldiga olib borasiz deb rosa har hasha qilgan hech ham uni ko‘ndira olmagandik. 2kun ovqat yemay honasidan chiqmagandi bechoraginam. Boshida janob jk unga yaxshi gapirib bunday qila olmasligini tushuntirgan lekin bu qaysar qizaloq ko‘nmagandi. Shundagina janob jk siz ularni tashlab ketkaningizni qayerda ekanligingizni bilmasligini aytishgan. Jia juda hafa bo‘lgandi lekin keyin janob jk yaxshi gapirib uni ko‘ndirgan shundan keyin jia ovqatlanishni boshlagandi.
-ungacha men ketib qolganimni aytmagan demoqchimisan
-ha honim janob sizni doim ish bilan safarda deb jiani aldardi.
Fleshback tamom
Hesu bu suhbatdan keyin juda qattiq afsuslandi. Go‘zal qizalogini ancha qiynab qo‘ygan ekan. Hozir nima qilyapti.
Hesu ohiri chiday olmadi. Shart o‘rnidan turdida hech narsaga qaramay, hech narsani o‘ylamay honasidan chiqib bir necha soat oldin chiqib ketkan uyga qaytib keldi.
Eshikning bir martalik chalinishidayoq ochildi. Yuna hesuni ko‘rib hursand bo‘ldi. Hesu ketkan payt zalda qolgan insonlar hali ham o‘sha yerda. Hesu ularga jimgina bir muddat termulib turdida keyin sekin jianing honasi tomon yurib ketdi.
-jia qizalog‘im
Asta chertilgan eshik ortidan onayi zorning mungli ovozi.
Ichkaridan esa hech qanday sado yo‘q. Hesu boshini eshikka tiragancha eshikni yana taqillatdi.
- jia eshikni och Men seni juda ham sog‘inib ketdim. Sen meni sog‘inmadingmi? Ko‘rishni hohlamaysanmi?
Eshik ortidan yana hech qanday sado chiqmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan hesu umidsiz turarkan eshik qulfining shiriqlab ochilishini eshitib o‘zini eshikdan oldi. Eshik ochilganiga amin bo‘lganidan so‘ng asta eshikni ochdi. Jia bu payt allaqachon yotog‘iga chiqib teskari qarab yotib olgandi.
-go‘zal qizim
Hesu darrov qizini bag‘riga bosdi. Sochlaridan silab ularning ustidan o‘pib qo‘ydi.
-qorning ochmadimi kel biror narsa yeb olamiz.
-....
-qizim
Jia javob qaytarmadi. Bundan hech narsa chiqmasligini bilgan hesu nima qilishini bilmay qoldi. Qiziga hali ham azob beryapti. Bu bemani hayotda eng kotta azobni qizi ko‘ryapti va bunga hesuning o‘zi sabab. Hesu shularni o‘ylab ko‘zlaridan yoshlar oqa boshladi.
Oyisini yig‘layotganligini bilgan jia asta ortga qaradi.
-oyijon bu yerga ko‘chib kelasizmi?
Dedi bazo‘r
-ha go‘zalim kelaman ko‘chib kelaman sen bilan birga yashaymiz shu honada har kuni birga uxlaymiz
Hesu ortiq chiday olmaydi. Qizining hamma aytganlariga hamma injiqliklariga ko‘nadi. Jia ovqatlansa sog‘-salomat bo‘lsa bo‘lgani. Unga bundan boshqa hech narsa kerak emas. O‘zining hislariyu qo‘rquvi .... hech biri ahamiyatsiz manashu jajji qizaloq oldida.
-rostanmi
Jia hursandligidan o‘rnidan turib yotoq ustida sakrashni boshladi.
-ha
Hesu hali ham ko‘zidagi yosh bilan boshini silkitdi.
Jia esa oyisining bo‘ynidan mitti qo‘lchalari bilan quchib oldi.
-endi ovqatlanasan to‘g‘rimi?
-avval narsalaringizni olib kelaylik
Jia yotog‘idan tushib yugurib tashqariga chiqib ketdi.
Hesu pov: aytganlaricha bor juda qaysar qiz bo‘libdi. Kimga o‘xshagan aaaa
Hesu ko‘z yoshlarini artib u ham tashqariga chiqdi. Jia allaqachon oyisining qarorini hammaga yetqazgan hesu chiqqanida esa dadasining qo‘lidan tortib oyisini narsalarini olib kelishga ko‘ndirayotgandi.
Hesu chiqishi bilan jk unga bu to‘g‘rimi degandek qaradi. Hesu yuziga majburlab tabassum oldi. Barchasini tushungan jkning bunga ko‘nishdan boshqa iloji qolmadi. Hozir hesuni bu qaroriga qarshi chiqolmaydi. Oldida qizi turibdi uni yana xonasiga qamalib hech narsa yemay qo‘yishidan jk ham qo‘rqadi.
Hesu mehmonxonada o‘ziga ajratilgan xonada narsalarini yig‘arkan jia unga yordamlashar jk bo‘lsa ularni eshik tagida jimgina kuzatardi. Hesu tezroq harakat qilarkan uning maqsadi tezroq uyga borib qizini ovqatlantirish edi.
Barcha narsalar yeg‘ib bo‘lingach hesu chamadonlarini sudrab eshik tomon chiqdi. Bu ishlardan faqatgina bitta inson hursand : sakragancha hammadan oldin oyisining kichik sumkachasini olib tashqariga chiqib ketdi.
Hesu ham unga ergasharkan eshikdan endi chiqaman deganda uning qo‘llarini jk tutib to‘xtatdi.
-nima qilayotganingni bilayapsanmi?
-buni faqat jia uchun qilyapman. Agar u bo‘lmaganda o‘sha uyingizga qadam ham bosmagan bo‘lardim.
Qo‘lini chiqarib olgan hesu jkga ortiq qaramasdan ham qizining ortidan ergashdi
Oyisining narsalarini joylashtirib ko‘ngli joyiga tushgan qizaloq keyingina ovqatlanishga rozi bo‘ldi. U uchun hamma narsa tayyor barchasi o‘zi yoqtirgan taomlar. Hesu qizining deyarli 2kundan beri hech narsa yemay yurganidan yuragi siqildi keyin barcha taomlarni o‘zi jiaga yedirdi. Jia biroz ovqatdan so‘ng qorni to‘yganligini aytsada hesu uni qo‘ymadi. Idishidagi barcha taomlar tugamaguncha uni ovqat yeyishga majbur qildi.
Mazali kechki ovqatdan so‘ng jia o‘z joyida oyisining allasi bilan shirin uyquga ketdi. Hesu bir muddat qizining yuzlariga termulib o‘tirdi. Keyin o‘zi ham uxlashi kerakligini o‘ylab ohirgi marta jianing yuzidan o‘pib tashqariga chiqdi.
Hamma uy-uyiga ketkan honalar qorong‘u va jim-jit hatto uydagi yagona kotta odam jk ham o‘z honasida. Hesu zinalar yordamida yuqoriga ko‘tarildi. O‘zi uchun ajratilgan o‘sha necha oy qamoqda saqlangandek yashagan xonaga yetib keldi. Kirish uchun shaylandi. Lekin yana o‘sha hotiralar o‘zidan o‘zi quyilib kela boshladi.
Boya narsalarini joylayotganda jia sabab bu narsalarni o‘ylamagan endi bir o‘zi bu hotiralar bilan qiynalayotgandi. Lekin endi ortga yo‘l yo‘q qizi sabab bu yerda qolishga majbur. Ammo qanchagacha qancha vaqt bu yerda qola oladi. Butun umr yasholmaydi. Yana yaqinda ishi tugab amerikaga qaytib ketishi kerak
Hesu yotoqqa o‘zini tashladi. Charchaganligi sababli miyasidagi har hil fikrlarni yig‘ishtirib ko‘zlarini yumdi. Uxlashga harakat qildi. Ammo bu ilojsiz. Ko‘zlar uyqu hohlasada ko‘ngil bezovta.
Huddi shu ahvolda qo‘shni honada yotgan yigitning hayollari ham tarqoq uxlay olmayotgandi
Deyarli 1hafta oddiy hayot o‘tdi. Jk bilan hesu uyda ham ishda ham begonalardek bir biriga etibor bermay yurishar faqatgina jia sabab ularni birga ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Bazida jk uyga kelsa negadir hesuni hali ham ishdan qaytmaganligini ko‘rib hayron qolar allaqachon ish vaqti tugaganligini qo‘lidagi soatdan ko‘rganidan keyin esa jahli chiqardi. Nega u hali ham kelmagan.
Bundan shubhalangan jk bir ikki kun kech kelgan hesuni ohiri o‘zi ham ishdan ketmay kuzata boshladi.
U hamma ketgan bo‘lsa ham kompyutir qarshisida o‘tirib bir nimalar qilar boshi qotib qolganligidan uni harakatlantirib chigalini yozishga urinardi.
Jk pov: nega shu paytgacha bir o‘zi ishlayapti
Jkning hayollari telefon jiringlashidan buzilib ketdi. Darrov o‘zining telefoniga qaradi lekin bu qo‘ng‘iroq u uchun emas balki anchadan beri kuzatib turgan qiz uchun edi.
-alo .... qizalog‘im
Hesuning yuzi va ovozidagi horg‘inlik darrov o‘zgardi. Unga huddi kuch kirib qolgandek.
-albatta ishlarim tugadi yaqinda oldingda bo‘laman.
-....
- Ovqatlanmasdan kutib o‘tiripsanmi? Aysh go‘zal qizim meni kutmasdan ovqatlanishing kerak ahr ...
-.....
-dadang ham yo‘qmi iiiimm u ham kelib qoladi men ham mana yo‘lga chiqyapman. Hozir yetib boraman keyin birga ovqatlanamiz.
Hesu telfonni uzish bilan birga narsalarini yeg‘ishtira boshladi
Jk hesuga mahliyo bo‘lib yana o‘zini yo‘qotdi. Bu safargi qo‘ngiroq sabab yana hayollari tarqagan yigit bu qo‘ngiroq u uchunligini bilib telfonni ko‘tardi. Telefonga javob berishga ulgurmasidan eshik ochilib hesu chiqdiyu eshikdan bir qadam naridagi jkni ko‘rib to‘xtab qoldi.
-siz
Hesu allaqachon ish vaqti tugaganligi sababli kompaniyada hech kim qolmagan deb o‘ylaganligi uchun yana ro‘parasida jkni ko‘rganligidan qo‘rqib ketdi
-ha..haligi sen hali ham shu yerdamiding
Jk hesuni poylab turganligini bildirmaslikka harakat qildi.
-siz bu yerda nima qilyapsiz
-nima qilardim ahr bu meni kompaniyam
-to‘g‘ri lekin ish vaqti allaqachon tugagan
-ha shunday lekin nega sen ham hali ham ishdasan
-ishlarim ko‘p edi
Jk pov: ishlari ko‘p bo‘lsa ham shu paytgacha ishlashi shartmi
-allooo dadaaaaaa
Jkning telefonidan jianing baqirgani eshitildi. Shundagina jk hali ham telfonni o‘chirmaganini jia bilan gaplashayotganligi esiga tushdi.
-ha ha jia eshitayapman
-dadajon qachon kelasiz oyim ham hali kelmadilar sizlarni juda sogindim
Bidilayotgan bu qizaloqning ovozi telefondan ham bemalol eshitib turarkan hesuning yuzida tabassum paydo bo‘ldi
-yaxshi yaxshi qizalogim hozir boramiz oyingni ham olib boraman
Jk hesuga ko‘z qirini tashlab qo‘ydi. Hesu esa uning gaplaridan hayron qolib katta ko‘zlari bilan unga tikilib qoldi.
Jk jia bilan hayrlashib telefonni o‘chirdi. Ortiga qarab pastga tushish uchun lift tomonga yura boshladi. Turgan joyidan uncha uzoq bo‘lmagan liftga bir pasta yetib kelgan jk yon tomoniga qaradi lekin u yerdan hesuni topa olmadi. Shu zahoti ortiga qaradi. Hesu hali ham turgan joyida qimir etmay turardi.
-yurmaysanmi?
-.....
-bizni jia kutyapti qolaversa unga oyingni olib kelaman deb qo‘ydim
-lekin buni sizdan so‘ramagandim
-togri lekin men malikamga bergan vadamda turishim kerak
-vadasida turarmush menga ham bergan vadangizda turganingizda edi
Hesu o‘zi eshitadigan darajada pichirlab jk chaqirgan liftga chiqdi. Jkni biroz turtib o‘tib unga qahrli nigoh bilan qarashni ham unutmadi. Uning bu qilig‘idan hayron qolgan jkni hesuning kesatiqli ovozi o‘ziga keltirdi
-yurmaysizmi?
Mashinada jim ketishgan "sevishganlar" uyga ham jimgina kirishdi. Birinchi uyga kirgan jkni ko‘zi zalda o‘tirgan jihooga tushdi.
-ohirgi paytlarda bu yerga ko‘p kelmayapsanmi
-nima kelishim mumkin emasmi?
Jkga lab uchida kulgan yigit o‘rnidan turib oshxonaga o‘tdi.
-tezroq kelinglar qornim ochqab ketdi. Jia sizlarni kutib ovqatlanishga qo‘ymadi
-dadajooon
Jia o‘z xonasidan yugurib chiqib dadasini bag‘riga kirdi.
-oyimni ham olib keldingizmi
Oyisini ko‘rgan jia yana ham hursand bo‘ldi.
Oyisi bilan ham quchoqlashib salomlashgan mittivoy bir qo‘li bilan oyisini ikkinchisi bilan dadasini tutib oshxonaga boshladi.
Hamma jam-ul jam birga ovqatlanishdi huddi bir oiladek.
Kechki ovqatdan so‘ng yejin honim va yuna kechki ovqatni yegishtirishni boshlab yubordi. Ularga hesu yordam berdi.
Ayollar oshxonada jk bilan jihoo esa ovqatlangan stol ustida o‘tirisharkan jk jihooga gap boshladi.
-sen misuni mendan so‘rash uchun uyimga tez-tez kelayotgan bo‘lsang ovora bo‘lasan. Senga misuni bermayman.
Jk jihooga jiddiy yuz ifodada qosh uchirdi.
Jkni gapini eshitgan oshxonada idish yubayotgan yuna darrov ortiga qaradi sekin eshikdan ularga mo‘ralab ularning gapini eshitishga harakat qildi. Bir necha kundan beri yunani jihooga o‘zgacha karash qilayotganligi sezgan hesu uning bu qiligidan kulib qo‘ydi.
-mening unday niyatim yo‘q. Bu yerga kelishimning sababi bu yerda mazali taomlar tayyorlanadi. Yana qahvasi ham o‘zgacha
Jihoo ataylab oshxona tomonga qarab qahvani balandroq aytdi.
Yunani javobdan ko‘ngli to‘ydi. Misu haqidagi jihooning fikrini eshitib asta kuldi. Qahva tayyorlamoqchi bo‘ldi lekin oldin idishlarni yuvishi kerak
Biroz o‘ylanib qolgan qizni hesu o‘zi tinchlantirdi
-sen qahva tayyorlayver men o‘zim bularni ohiriga yetkazib qo‘yaman.
-lekin honim
-boraqol
Birinchi ko‘rganida qanday nafrat bilan qaragan bo‘lsa hozir shunday mehr ila kulayotgan hesu yunani gaz oldiga ketkizib yubordi
Hesu barcha ishlarni tugatib oshxonadan chiqdi. Avval qahva idishlarni tugatgan yigitlarga keyin esa ko‘zlari suzilib ketayotgan qiziga qaradi.
-jia yuraqol uxlaymiz
Hesu sekin uning yoniga kelib pichirladi. Jia ham rozi bo‘lib oyisining bag‘riga kirdiyu yelkasiga bosh qo‘yib yana uyquga ketdi.
Bazo‘r qizini yuvintira olgan hesu jiani sochlarini quritib pijammachasini kiydirib qo‘ydi. Ko‘zlari yumilay-yumilay deb turgan qizaloqni uyqusini biroz bo‘lsada xonaga kirgan dadasi buzdi
-mening kichik malikam
Jia eshikka qarab jilmaydi. Faqatgina boshi ko‘rinib turgan dada endi butunlay xonaga kirdi. Qizining yotogiga o‘tirib qizini tizzasiga oldi.
-bugun men bilan uxlamaysanmi? Oldin har kuni birgs uxlardik. Oying kelganidan beri meni unitib qo‘ydingku
Jk biroz hafa bo‘lgandek yuzini burishtirdi
-dadajon siz bilan birga koooop uxlaganmizku endi oyim bilan ham buni yetkazib olishimiz kerak oyim bilan ham koooop uxlaganimdan keyin birga uxlaymiz .... hammamiz
Jianing gapidan jk ham hesu ham dovdirab qoldi. Jk hech qanday javob berolmay shunchaki kulib qo‘ydi. Hesu bo‘lsa turgan joyida dovdirab dovdirab yotoqni boshiga keldida yopinchiqni ochib jiaga yuzlandi
-qizalogim qani kel uxlaydigan vaqtdan ancha o‘tib ketdi endi uxlaymiz
Jk ham hesuning gapini tasdiqlab jiani yotogiga yotqizdi peshonasidan o‘pib endi chiqib ketaman deganda mitti qo‘lchalar bunga yo‘l qo‘ymadi dadasini qo‘lini tutib uyqusiragancha gapira boshladi.
-dadajon uxlagunimcha yonimda qoling
-yaxshi kichik malikam.
Jk sekin polga yotoq yoniga o‘tirdi. Hesu bo‘lsa yotoqni narigi tomonidan sekin qizining yoniga yotdi. Bir qo‘li bilan boshini suyar ikkinchisi bilan esa qizining kelkasiga asta urib uxlatardi.
Ular huddi bir oiladek. Ota ona va jajji qizaloq
Jkning ham hayolidan shu o‘tdi. Balki hesunikidan ham o‘tgandir.
Jk shu on hesuni hotinidek his qildi. Unga termuldi. Qo‘liga monan aytilayotgan qo‘shiq jkni hayollarini oldi. Jkning dimog‘iga o‘sha ifor urildi. Vanil ifori ..... bu aniq hesuning yoqimli ifori jk buni ajrata oladi. Qizidan ham shunday ifor kelsada jk ularni ajrata oladi. Hesuniki o‘zgacha boshqacha tuyg‘u va hissiyot beradi.
Jk uzoq vaqt bu iforga mast bo‘ldi. Uning ham qizi kabi ko‘zi ilindi. Lekin hesuning sharofati bilan uygondi. Honasiga chiqishi kerakligini eshitib asta u xonadan chiqib yuqoriga ko‘tarildi. Yotogiga o‘zini tashlab ko‘zlarini yumdi va ko‘z oldidan shu zahoti hesu bilan bo‘lgan ajoyib damlarini esladi. Ular juda kam bo‘lsada bor. Bu o‘y hayollar ohiri ajoyib tunlarga ulanib ketdi. Jkni dimogidagi iforiga endi hesuning ohista nolalari ham qo‘shildi.
Jk uzoq bunday hayollar bilan bo‘la olmadi ko‘zlarini ochib pichirlagancha so‘kindi.
Bizning kanal: @bangtan_ff_shop_menu