Shartnoma💔
Yuna-salom
Misu-salom
Yn-salom ... Miran sen
Miran-hammaga salom
Misu-u bu yerda nima qilyapti
Miran-yunaga olib kelishini iltimos qildim
Misu-lekin nega
-men sizlar bilan dugona bo'lmoqchiman
Yuna-dugona
Misu-biz bn
Birdan baqirib yuborgan ikki dugonaga miran hayron qarab qoldi
Misu-bizga dugona kerak emas biz boshqalarni qo‘shmaymiz
Miran-yosh qizlarga o‘xshab begonalarni qo‘shmaymiz deganing nimasi g‘ingshimasangchi nima sizlar ham qarshimisizlar
Miran avval ynga keyin undan umid bo‘lmagach yunaga qarab og'zidan u uchun yaxshiroq gap chiqishini kutib turdi
Miran-hmm shundaymi mayli men shunchaki sizlarning do‘stligingizga juda havas qilgandim men boyligim uchun doim soxta dugonalarim bo‘lgan va har doim o‘zimni yolg‘ir qoldirishgan sizlar esa boshqachasizlar deb o‘ylagandim rostdan ham boshqachasizlar sizlarga meni boyligimni umuman ahamiyati yo‘q mayli men endi bora qolay sizlarga halaqit berganim uchun uzr
Yuna-miran shoshma qizlar balki birga ovqatlanarmiz bir marta
Yuna dugonalariga qarab ko‘zlari bilan iltijo qilgandek bo‘ldi
Yn-mayli men qarshi emasman
Hamma endi misuni og‘ziga qarab turarkan misuni ham ko‘nishdan boshqa iloji qolmadi
-yaxshi faqat bir marta
Yuna misuni rozi bo'lganidan hursand bo‘lib ketdi. Shu qatori miran ham
Miran-rahmat
Miran joyiga o'rnashib o‘tirib menyuni ochib o‘zi uchun ovqat tanlay boshladi.
Misu-yuna nega o‘zi uni olib kelding
Miran-men iltimos qildim
Miran bir misuga qarab yana menyuni varaqlashda davom etdi. Uni e'tibor bermayotganligini ko‘rgan misu yunaga biroz egilib qulog'iga pichirladi
-nega rozi bo‘lib olib kelding bilardingku begonalarni yoqtirmasligimizni
Miran-chunki Yunani hozir meni aytganlarimni qilishdan boshqa iloji yo‘q
Miran boshini ko‘tarib hammasini eshitganligini bildirish maqsadida qoshlari ko‘tarib biroz asabiylashdi
Yuna-miran undan hafa bo'lmagan u o‘zi shunaqa biroz odam ovi qolaversa bizga bir qiz pand bergan shundan keyin boshqalarni qo‘shmaslikka kelishib olgandik
-imm tushunarli lekin men sizlar bilan rostdan ham do‘stlashish uchun kelgandim
Miran biroz bo‘lsada hafa bo‘ldi lekin buni ularga bildirmadi
Misu-Yuna nega seni aytkaningni qilishi kerak sen o‘zi unga kun bermayotganding ishidan ham haydatting qanday qilib endi do'st bo‘lishni taklif qilyapsan
Misu miranni yoqtirmaganligini boyisini endi ochiq oydin aytayotgandi
-chunki men uni akam bilan ushlab oldim yana o‘z uyimda
Miran misuga bo‘sh kelmay qoshlarini uchirgancha undan ham ko'proq kinoya qilib gapirdi. Bu eshitgan yn va misu shokka tushib qoldi
Misu-nima deding
Yn-jimin bilanmi
Yuna-miran hali ular bu haqida bilmasdi
Yn-hmm dugonajon jimindan qochib yurgandingku endi bu nima
-mayli bilgan ekansiz sizga borini aytaman biz jimin bilan uchrashyapmiz
Misu-voy ichidan pishgan pismig‘ey qachondan beri
Yuna-2hafta bo‘ldi
Yn-u bilan bir biringizni sevasizlarmi
Yuna jilmaygancha bosh silkib qo‘ydi
Yn-yuna qachon sevib qolding nega bu haqida bizga aytmagansan
-iimmmm rostini aytsam men jiminni 5yil odin sevgandim va shu yil davomida uni qalbimda chiqara olmadim
Yn-5yil? Sizlar 5yil oldin tanishganmisizlar lekin nega birga bo‘lmagansiz
Yuna-men 5yil oldin barda ishlaganimda u meni do'stlari oldida qiz do‘sti bo‘lib berishimni so‘ragandi. 1oy biz sevishganlardek yurdik keyin men uni yoqtirib qoldim. Va keyinroq u birdan yo‘q bo‘lib qoldi va mana 5yildan keyin uchrashdik boshida uni yoqtirmasligimga o‘zimni ishontirib keldim lekin buni uddalay olmadim va jimin ham meni sevishini tan oldi u ham meni o‘sha 5yildan beri sevishini aytdi va mana ko‘rib turganingizdek biz birgamiz
Yn-buni bizga hech aytmaganding
Yuna-u paytda mendan ko‘ra ko‘proq tashvishimiz bor edi
Buni eshitib yn boshini egdi.
Yn-meni kechir dugonajon men sabab senga yordam kerak payti dardingni ham ayta olmagansan
Yuna-bu nima deganing yn men buni nazarda tutib aytmadim
Misu-hoy ikkingiz ham bas qiling undan ko‘ra Yuna qani aytchi hozir qanday jm senga yaxshi munosabatda bo'lyaptimi
Miran-judayam yaxshi hatto hozirdan uyda olib qolyapti
Yn-nima jm ..Yuna sizlar birga
Yuna-haligi kecha biz .... jm meni ketishimga ruxsat bermadida keyin biz uni uyida uhlab qolibmiz
Miran-va men ularni qo'lga tushirdim
Misu-nima qanday
-oddiy akamni honasiga kirsam ikkisi yo huda buni eslashimiz ham hohlamayman
-miran iltimos bas qil to‘g‘ri hato qildim lekin buni akangga aytsang bo‘lardi hammasiga u aybdor qolaversa sen ham bu haqida indamasang bo‘lardi o‘zi yujin holamga aytib qo‘yibsan
-jon degin kiyimsiz bir-biringizni pinjingizga kirib olganingizni aytmadim bo‘lmasa oyimni yuziga qanday qararding
Yn misu-nima?! Nima deding
Miran-hmm shunaqa
Yuna-miran ahr hech kimga aytmasligingni iltimos qilgandimku
-lekin men rozi bo‘lmagandim
Miran yelkasini qisib yunaga termuldi
Misu-sen qiz menga yoqib qolyapsan ho‘sh Yuna honim balki bizga barini aytarsiz aa
-nimani aytaman hammasini miranni o‘zi aytib bo‘ldiyu
Yuna uyalib dugonalari oldida boshini egib jim bo‘lib qoldi
Miran-nega uyalib o‘tiribsan bir biringizni sevasizlar bu tabiiy holatku
Yuna miranni gaplarini eshitib boshini ko‘tardi. Miran yunaga jilmaydi va o'rtadagi vaziyatni o'zgartirish uchun afitsiantni chaqirdi
-endi biror narsa zakaz qilamiz meni och qoldim
Yuna -yaxshi
Yuna ham menyuni ko‘rib o‘zi yoqtirgan taomni buyurtma qildi. Ovqatlari olib kelgan afitsiant ularni oldiga birin ketin o'zlarini ovqatlarini joylarkan negadir ynni ko‘ngli behuzir bo‘la boshladi. Yn lablarini bir birga bosib tomogini qirib qo‘ydi. Ko‘ngil aynishi biroz qolgandek bo‘ldi. Ular ovqatlanishni boshlarkan yn oldidagi ovqatga qo‘lini ham uzatmadi. Bundan hayron bo‘lgan misu
-yn nega ovqatingni yemayapsan ahr hozirgina qornim och degandingku
-biroz ko‘nglim behuzr bo'lyapti shunga yegim kelmay qoldi
Miran- ooo yn homiladormisan
Yuna bn misu yalt etib ynga qaradi
Yuna-qanaqasiga
Misu-sizlar shartnoma asosida oila qurmaganmidingiz yoki u seni majbur qildimi
Miran-shartnoma qanaqa shartnoma
Misu aytishi kerak bo‘lmagan gapni aytib qo'yganidan afsuslanish ko‘zlarini yumib ichida o‘zini koyib qo‘ydi
Yn-haligi miran biz boshida shunday kelishib oila qurgandik bobongiz jkni lisaga ulanishga majbur qilgandi jkga bu yoqmay menga shartnoma asosida oila qurishni taklif qildi o‘sha payt menga pul juda zarur edi va men rozi bo'lishdan boshqa ilojim qolmagandi va biz ham bir birimizni yuqtirib qoldik
Yn ohirgi gaplarini past tovushda gapirarkan sekin ko‘z qiri bilan dugonalariga qarab qo‘ydi
Misu-demak sen homilador bo‘lishing mumkin shundaymi
Yn indamaygina boshini silkib qo‘ydi. Bunday misuni og‘zi ochilib qoldi.
-sizlar qachondan beri bir biringizni yoqtirib qoldingiz
-bizga ham 2hafta bo‘ldi
-nahotki shuncha tez birga bo‘lish mumkin sizlarga tushunmadim hech
Yuna-nima sizlarga o‘xshab 6yil yuraylikmi hoyna hoy sen tae qo‘lini tekkizishiga ham ruxsat bermagandirsan
Misu yunani gapini eshitib indamay unga termulib qoldi
Yuna-nima rostdan ham ruxsat bermaganmisan
Misu sekin boshini yo‘q deb qimirlatib qo‘ydi. Qizlar bunga miyigida kulib "sendan kutsa bo‘ladi" deb qo‘ydi.
Miran-u kim yoqtirgan yigitingmi
Misu-ha biz bir birimizni sevamiz
-qachondan beri birgasiz
Yuna-6yil
Yuna miranga qarab misuni o‘rniga javob berdi.
-6yil shuncha payt senga tegmaganmi hatto taklif ham qilmagan
Misu miranni gaplariga indamadi
-qoyil shuncha payt ajrashib ketmaganingizga
-nega ajrashamiz
-bilmasam hamma bola buni hohlaydi deb o‘ylagandim lekin seni yigiting boshqacha ekan balki boshqa qizlar bilan... hafa bo‘lmaginkuya hamma yigitlar shunday deb o'ylayman
Yuna-tae unday emas u misuni qattiq sevadi
-ha ko‘rinib turibdi o‘rnida boshqasi bo'lganida allaqachon ajrashib ketkan bo‘lardi
Yuna ham yn ham boshlarini silkitib miranni gapini tasdiqladi. Keyin esa ular jimgina birga ovqatlanishdi
Qizlar ovqatlanib bo‘lishgach bir birlari bilan hayrlashib ketishdi. Yn dugonalari bilan hayrlashib dorixonaga kirdida homiladorlik testini sotib oldi. Yn juda hayajonda tezroq testni ishlatib natijasini bilmoqchi.
Misu ham o‘z ishi tomon ketarkan hayolida boya qizlar aytgan gap tinmay aylana boshladi va ohiri tae rostdan ham unga hiyonat qilib yurgan bo‘lsachi yoki uni tashlab ketib qolsachi deb o‘ylab hafa bo‘ldi lekin keyin tae bunday qilmasligini o‘ylab ahmoqona fikrlarni boshidan chiqarib tashladi.
Yuna miran bilan birga ortiga qaytdi
Yuna-ishga bormaysanmi
-bilmasam negadir borgim kelmayapti
-nega biror narsa bo'ldimi
Miran biroz jim bo‘lib qoldida keyin yunani to‘xtatdi
-yuna kel shu yerda biroz gaplashib olaylik
Yuna miranga hayron qaradi keyin esa u ko'rsatgan o‘rindikka o‘tirdi
-haligi Yuna sendan bir narsa so'ramoqchi edim
-mayli so‘ra
-bilasanmi meni bir dugonamni bir narsa juda qiynayotgan ekanda mendan shuni so‘ragandi sendan ham o‘z fikringni bilmoqchi edim
-hozirgina dugonam yo‘q degandingku
- aa ha to‘g‘ri bu meni ishxonadagi tanishim ha tanishim
Miran yunaga jilmayib yolgonini berkitmoqchi bo‘ldi. Yuna ham bu o‘zi haqida ekanligini o‘ylab jilmaygancha unga qoloq tutdi
-haligi unga bir yigit sevgi ishor qilyapti
-bu yaxshiku yigitga imkon berib ko'rsin
-lekin qiz boshqasini sevadi va u yigit uni yoqtirishini bilmaydi. Yigit ham qizni yoqtiradimi yo‘qmi noma'lum
-unda o‘sha yigitdan so'rab ko‘rsin miran bilasanmi (yuna miranni qo‘llaridan tutdi) biz jimin bilan bir birimizni sevishimizni aytaolmay shuncha yilimizni yo'qotdik sen ham bunday qilma avval bor va sevganingdan sevish yoki sevmasligini so‘ra va qolganini shunga qarab davom ettir
Miran pov: qanday so‘rayman hozir u qayerdaligini ham bilmayman
-senga rahmat yuna maslahating uchun
-arzimaydi miran agar senga maslahatchi yoki dard kash kerak bo‘lsa meni oldimga kelishing mumkin to‘g‘ri misu va yn bn dugona bo‘lishing qiyin lekin men sen bn dugona bo‘la olaman
-rahmat senga yuna yaxshi qizligingni oldinroq bilmaganim uchun kechir sen akamga judayam mos qizsan
-senga ham rahmat miran
Ular bir birlarini quchib keyin hayrlashib ikkisi ham o‘z ishiga ketdi
Yuna ovqatlanishdan qaytib kelib ishga sho'ng'ib ketdi. Ish tugashiga yaqin hamma ketishini poylab jmni oldiga kirdi. Honani taqillatmay ham kirgan qiz honadagi manzaradan joyida qotib qoldi. Keyin o‘ziga kelib endi chiqib ketmoqchi bo'lganida uni jmni ko‘rish va olib ketish uchun kelgan park honim to‘xtatdi
-qayerga ketyapsan shoshma
Yuna ortida ko‘zlarini yumib biroz hayajonlandi keyin esa bu yerga kirganidan afsuslandi. Lekin endi chiqib ketishi hurmatsizlik bo‘lishini bilib ortiga ogirdida park honimga tazm qildi. Keyin boshini ekkanicha o‘tirishi mumkinligini eshitib uning qarshisidagi divnaga o‘tirdi. Yuna juda uyatda park honimga qaray ham olmayotgandi. Jm bo‘lsa yunani asabiylashayotganligini ko‘rib kulgidan o‘zini zo‘rg‘a tiyayotgandi
Jm-oyi yunada biror gapingiz bormi
Jm vaziyatni yumshatish maqsadida sukutni o‘zi buzganicha oyisini oldiga borib uni yelkasidan yengil quchib qo‘ydi. Lekin park honim jmga e'tibor bermay jiddiy o‘tirardi. Bundan jm biroz hayron qoldi.
Park honim-menga hech qanday gapingiz yo‘qmi
Jm-hali oyi sizga erta...
-seni gapingni eshitdim endi yunadan eshitmoqchiman
Park hokimning jiddiy ohanggi ikkisini ham qo'rqitib yubordi. Biroz sukutdan so‘ng Yuna bazo‘r og‘zini ochdi
-yujin hola haligi...
-meni hola dema
Qat'iy aytilgan gapdan yunani yuragi og'rib ketdi. Bundan hatto jm ham qo‘rqib ketdi va oyisini oldiga o‘tirib qo‘llaridan qattiq ushlab oldi
-oyijon
-meni endi oyijon deb chaqir
Yuna ham jm ham bu gapdan so‘ng biroz dovdirab qoldi keyin esa jm buni tushunib
-oyijon qo'rqitib yubordingiz juda jiddiy turib aytdingizda
Park honim ham kulib o'rnidan turdida yunani oldiga keldi
-yuna qizim men hammasini jmdan eshitdim bir biringizni yoqtirarkansiz men qarshi emasman sen doim menga yoqqansan sen meni kelinim bo‘lishingga qarshi emasman
Park honim yunani bag‘riga bosib quchoqladi. Yuna yana bir bor iliqlikni his qildi.
Yn uyga kelishi bilan testni qilib o‘z xonasida natijani kutib millar sanab o‘tirardi. Hayolida faqat hozir homilador bo‘lsa jk qanchalar baxtiyor bo‘lishini o‘ylab yana ham quvonib ketayotgandi. Vanihoyat sabrsizlarcha kutkan vaqti bo‘ldi yn testga sekin qararkan undagi ikki chiziq uni hursand qilib yubordi. Yn hursandligidan osmonlarda uchib ketdi. Asta qornini silab ichidagi kichkintoyni hozirdan erkalatgan bo‘ldi. Keyin biroz o‘ylanib bugun jkni o'zgacha kutib olishni o‘yladi
.
.
.
.
.
Tiger-juda ko‘p uchrashib yubormayapmizmi
-ishni shu kunlarda yakunlashni rejalashtiryapmiz
-lekin hali erta emasmi
-u bizni bilib qolgan ko'rinadi ortimizdan tushgan buni tezroq tugatmasak hammasi chippakka chiqadi shuncha yillik mehnatimiz bir pul bo'ladi
-yaxshi qachon
-3-4kunda anig'ini o‘zim habar beraman lekin shu kun ichida o‘zingga ehtiyot bo‘l
-yaxshi
.
.
.
.
Yn kechgacha turli mazali taomlarni tayyorlashga harakat qildi. Lekin bu orada bir ikki ko‘ngli behuzr bo‘ldi
Yn pov: hali ko‘ngil aynishiga erta emasmi
Yn shu hayollar bilan turarkan uni oldiga jihoo kelib oyisini etagidan tortdi
-oyi dadam qachon keladilar
-hozir kelib qolsa kerak bugun negadir kech qoldi ishlari ko'payib ketkanmikan aaa
Ynni gapi tugamasidan eshik qo‘ngirogi chalindi. Jihoo yugurib borib eshikni ochishga harakat qilarkan eshikni tutqichiga ham qo'li yetmayotgandi
-o‘g‘lim o‘zim ochaman
Yn eshikni ochib jkni ko‘rdi lekin negadir uning kayfiyati yo‘q yn buni darrov payqadi uni kayfiyatini ko'tarish maqsadida uni gapga tutdi.
-jk o'zingizni kalitingiz borku nega doim qo‘ng‘iroqni chalasiz
-sen shunaqa kulib meni kutib olishing yoqadi
Ynni yuziga tabassum yugurdi.
-Dadajon
Jihoo dadasini oyoqlarini quchoqlab olarkan jk endi uni olib bag‘riga bosdi
-o‘zimni toychoq o‘g‘lim
Ular birga oshxonaga kechki ovqat yozilgan dasturxonni oldiga kelishdi
-ohho bugun dasturxon juda hashamatliku
-ha shunday lekin buni tayyorlagunimcha biroz qiynaldim
-nima nega buncha ko‘p narsa tayyorlaysan senga aytgandim hizmatchi olaylik deb
-ha menimcha endi shunday qilmasak bo‘lmaydi
-nima bo‘ldi o‘zi biror yering og‘ridimi
-oyimni ko‘ngli aynidi 2marta
Jihoo ularni gapiga qo'shilib qo‘ydi.
-nima ko‘ngli aynidi nega
Jk ynga havotir olib qararkan uning jilmayib turganini ko‘rib barchasini tushundi
-nima rostdan ham sen rostdan ham nahotki ishonish qiyin yo hudo sevgilim
Jk darrov ynni oldiga borib uni bag‘riga bosdi.
-ho‘sh u qizmi qiz shundaymi
-jk u hali juda kichkina jinsi aniq emas
-rostdan ham homiladormisan men yana ota bo'lamanmi
Yn tasdiqlash maqsadida boshini silkib qo‘ydi
Jk hursandligidan hushi uchib ynni lablaridan mayin bo‘sa oldi lekin buni uzoqqa cho‘za olmadi yn uni o'zidan itarib jihoo borligi eslatdi
Jk jihooni oldiga borib uni ko‘tardida aylantira boshladi
-o‘g‘lim endi seni jachchi singling bo‘ladi
Jihooni ko‘tarib gapirarkan bu jihooga yoqmaganligi bilinib turgandi
-menga singil kerak emas
-nega unday deysan u huddi oying kabi go‘zal va mehribon qizcha bo‘ladi sen aka bo‘lasan
-u oyimga o‘xshaydimi
-ha oyingga o'xshaydi
-unda mayli oyimga o‘xshasa kelaversin qachon keladi
Jk bilan yn jihooni savolidan kulib qo'yishdi
-hali biroz kutishing kerak
-mayli
Ular birga hursand kechki ovqatni yeyishdi
Erta tong jkni telefoni jiringlashi uyg'otib yubordi. Ekrandagi nomerni ko‘rdiyu tashqariga chiqib ketdi. Bundan allaqachon uyg'ongan yn jkni gaplashish uchun chiqib ketkanligidan hayron bo‘ldi. Birozdan so‘ng qaytib kelgan jk tezda dushga kirib ketdi. U yerdan chiqib kiyinishga tushib ketdi. Bunga hayron termulib o'tirgan yn hech narsani tushunmayotgandi
-azizam meni muhim ishim chiqib qoldi tezda qaytaman o'zingni va bolalarimni ehtiyot qil hopmi
-qayerga ketyapsiz
-ish bilan tezda qaytaman
Jk ynni peshonasidan o‘pib qo‘ydi
-jk
Ynni negadir yuragi g‘ashlandi negadir hech ham jkni qo‘yib yuborgisi kelmadi
-havotir olma sevgilim men tezda qaytaman
Jk ynni ishontirishga harakat qilmasin lekin ko‘zlari boshqa narsa deyayotgandi
-janob janob tezroq ketishingiz kerak tezroq sizni qo'lga olish uchun davlat hodimlari ishni boshlab yuborishibdi
-nimalar deyapsan sen ahmoq aaa kim meni o‘z uyimda qo'lga olishga jur'at etarkan
Ertalabdan "quloq"lardan kelgan habardan shoshgancha janob jeonni oldiga yugurib kelgan yordamchisi uni tezroq qochishga unday boshladi
-janob eshitishim bo'yicha sizga qarshi hamma dalillar ularni qo‘lida bor barcha qurol oldi sottisi, koreyaga giyohvand modda tarqatishingiz yana noqonuniy pullar bilan ishlashingiz barcha barchasi ularni qo‘lida ekan
-ahmoq ularni hatto sen ham ko‘rmagansan bu uydan boshqa yerga chiqmasa qayerdan ularda bo‘ladi aaa
-janob bilmayman tezroq qochishimiz kerak bo‘lmasa qo'lga tushamiz u yerga kirsangiz sizni hech kim qutqara olmaydi
-JIN URSIN SENI QAYERGA QOCHAMAN
-hozir siz uchun Yevropaga bilet oldim tezroq bu yerda chiqib ketamiz keyin hammasi o‘z o‘rniga qaytgach qaytib ketamiz
Yordamchisining gapi tugamasidan eshikdan kirib kelayotgan bir nechta mashinalar ularni diqqatini tortdi
-janob kechikdik kechikdik ular yetib keldi endi qocholmaymiz
Yordamchi tinmay tipirchilab uyoqdan buyoqqa yugurarkan janob jeon hotirjamlik bilan telefonini olib qo‘riqchilar boshlig'iga qo‘ngiroq qilib hech birini uyga kiritmasligini hammasini bittalab otib tashlashni buyurdi o‘zi esa tezda kerakli hujjatlarni olib qochish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Tashqarida boshlanib ketkan otishma quloqni qomatga keltirarkan janob jeon ularni qo‘liga tushmay qochib ketayotganidan mamnun jilmayib orqa eshik tomon kelib endi unda chiqaman deganda eshik ochilib qo‘lida qurol ushlagancha unga o‘qtalib turgan yigitni ko‘rib hayron qoldi
-sen
-qayerga ketayapsiz Bobojon
-sen bu yerda nima qilyapsan meni qutqarish uchun keldingmi aaa barakalla tezroq bu yerdan ketishimiz kerak bizni kimdir sotgan hozir qo'lga tushsak keyin holimizga voy qani tezroq yur ketamiz
Janob jeon ketish uchun bir qadam tashlangandi jk qurolni ko‘tarib unga o‘qtaldi
-SENI NIMALAR QILYAPSAN AQLDAN OZDINGMI HOZIR QO‘LGA TUSHAMIZ DEYAPMAN
-MEN EMAS Bobojon siz qo'lga tushasiz men sizga boshida aytganman men mafiya bo‘lmayman bu la'nati ishingizni boshqarmayman deb
-sen aqldan ozdingmi to‘g‘ri shunday degansan lekin bu ishlarda har birida seni qo‘ling bor
-yo‘q adashasiz hech birida hech birida men qatnashmaganman. Men u yerda faqat sizni shu noqonuniy ishlaringizni ochib berish uchungina oldingizda bo'lganman
Janob jeon biroz jim bo‘lib qoldi
-demak o‘sha sotqin sen ekansanda yana tiger degani meni qo'lga olish uchun davlat hizmatchilari bilan ishlayotgan tiger SENMISAN
-ha to‘g‘ri topdingiz o‘sha tiger menman 5yildan beri shu nom ostida sizning kirdikorlaringizni davlatga yetkazib turgan agent tiger men bo‘laman
-JIN URSIN ABLAH
janob jeon endi jkga tashlanaman deganda uning ortidan oldingi eshikdan kirgan odam o‘q uzib janob jeonni yerga yotishiga sabab bo‘ldi
Jin-uni qo'lga olinglar asosiy binoga so'roq qilish uchun olib boring
-ho‘p bo‘ladi janob
Jin ularga ruxsat berib jkni oldiga keldi
-ahvoling yaxshimi
-har doim bemavrit kelib asabini buzardingiz bugun juda vaqtida kelding
Jk unga qarab jilmayib qo‘yarkan Jin ham jilmaygancha uni yelkasiga urib qo‘ydi.
Jk endi ancha hotirjam mashinasida Jinni buyrug'i bilan asosiy binoga ketarkan endi yn bilan baxtli hech narsadan hadiksiramay yashashini o‘ylab jilmayib qo‘ydi.
Mashina manzilga yetib kelay deganda jkni telefoni jiringlab qoldi. Uni olib bu Jin ekanligini ko‘rdiyu hayron telfonni ko‘tardi
-jk qayerdasan
-hozir yetib boray deb qoldim
-jk jeon qochibdi
-NIMA
-uni politsiya bo'limiga olib borishibdi odamlarimni aytishicha buyruq o'zgarganligini aytib uni politsiya bo'limiga olib kelishini buyurishibdi. U yerga tashlab ketishi bilan u qochib ketibdi
-Jin ursin jin ursin
Jk asabiylashib rulni qattiq urib bor alamini undan oldi
-hozir qayerdaligini bilmadingizmi
-yo‘q qayerdaligi noma'lum barcha politsiya va agentliklarni uni qidirishga jo'natdim barcha aeroportlar va davlatdan chiqish joylari qattiq nazoratga olindi havotir olma uni qo'lga olamiz
-u buni biladi u davlatdan chiqishga harakat qilmaydi u qayergadir yashirinishga harakat qiladi jin uni qo‘li juda uzun uni topishimiz qiyin bo‘ladi u endi bizni yo‘q qilishga harakat qiladi
Jk birdan gapirayotgan joyidan to‘xtab qoldi
-yo‘q yo‘q bo‘lishi mumkinmas unday bo‘lishi mumkinmas
Jk tezda rulni ortga burib gazni bosib ketdi
-jk nima bo‘ldi nima bo‘lishi mumkinmas
-Jin u u meni uyimga borishi mumkin u yerda yn va jihoo... ular yolg'iz qolgan men ularni yolg'iz qoldirganman
-nima u uyingga borishi mumkinmi
-u unga qarshi chiqqanlarni shunchaki qo‘yib yubormaydi u mendan o‘ch olishga harakat qiladi
Jk yn va o‘g‘lini o‘ylab ko‘zlari yoshga to‘ldi. Gazni bosib uyi tomonga ketdi. Allaqachon aloqani uzganidan so‘ng jin ham jamoasidagi barchani jkni uyiga jo'natdi. O‘zi ham mashinasiga o‘tirib jkni uyi tomonga ketdi.
Jk uyiga yetib kelishi bilan yugurib ichkariga kirib kelarkan barcha qo‘riqchilari yerda yotganligini ko‘rib yuragi orqaga tortib ketdi. Yana tezda uy ichiga kirib hotinini chaqira boshladi
-yn YN QAYERDASAN JAVOB BER iltimos sevgilim shu yerdaman de
Jk endi baralla yig'lab yubordi nahotki hotinini bolalarini oilasini
asray olmagan bo‘lsa endi ularni qayerdan topadi endi ularni qaytib ko‘ra olarmikan jk shu hayollar bilan uyni barcha yerlarini aylanib chiqdi. Lekin ularni topa olmadi. Pastki zalga tushib jahl qilib u yerdagi guldonni otib chil chil qildi. Jk endi bor alamini ulardan olmoqchi bo‘lib turganida telefoniga SMS keldi. Jk buni eshitib shoshib qoldi u bilardi bu bobosidan
SMS
Sen yaramas bola menga hiyonat qilding buni badalini albatta to'laysan seni o‘z qo‘llarim bilan o‘ldiraman undan oldin hotining va bolangni qanday o‘ldirishimni ko‘rishni istaysanmi men hozir o‘sha sen biladigan davlat tomonidan hali topilmagan ombordaman tezroq yetib kel bo‘lmasa hotiningni va bolangni o‘ligini olib ketasan
Jk smsni tez o‘qib tugatdiyu shoshilib tashqariga chiqib mashinasiga o‘tirib o‘sha manzil tomon keta boshladi.
Jk-iltimos yn iltimos o‘lib qolma iltimos qilaman o'zingni va farzandlarimizni ehtiyot qil iltimos sevgilim meni kut faqat sizlarga hech narsa bo‘lmasin
Jk o‘ziga tanish omborni oldiga kelib mashinadan tushdi va hech narsaga qaramay u yerga kirdi. U yerga kirishi bilan kimdir uni ortiga qattiq narsa bilan urganini his qildi. Boshi aylanib endi yiqilaman degandi ham lekin yiqilmadi yiqila olmadi. Ro'parasida yerda bog'langan yn va jihooni qo‘rqib yig'lab o'tirganini ko‘rib yiqilmaslikka harakat qildi. Biroz gandiraklab o‘ziga keldi va ular tomon intildi. Yn ham jihoo ham yig‘lagancha unga qararkan jkni oyog'iga o'tilgan o'qdan yn dod solib yubordi.
-yo‘q yo‘q jungkook iltimos uni o‘ldirmang iltimos qilaman ahr u sizni nabirangizku iltimos
-sen ablah qanday qilib menga bolta urding yaramas ablah
Janob jeon jkni o‘q yegan joyidan oyog'i bilan bosdi. Jk bor ovozi bilan baqirib yubordi. Janob jeon jkni oyogini biroz bosib keyin qo'yib yubordi
-ho‘sh qaysi biridan boshlay hotiningdanmi yoki bolangdan xix u hatto sening bolang ham emas
Janob jeon ynni oldiga borib uni sochidan tortganicha yuqoriga ko‘tardi
-Jin ursin uni qo‘yib yubor QO‘YIB YUBOR o‘ldirsang meni o‘ldir ularga tegma
-sen ham o‘lasan lekin avval ularni keyin esa seni o‘ldiraman keyin ko‘rishadi menga qarshi chiqish qanday bo‘lishini
Jeon ynga tarsaki tushirib undan uzoqlashdi
Jk bor kuchini yig'ib ularni oldiga sudralib borarkan ynning ko‘zidan oqayotgan ko‘z yoshlardan boshqa narsani ko‘rmayotgandi
-yn azizam yiglama sizlarni o‘zim himoya qilaman iltimos yiglama bolalarimni asra sizlarni qutqarish uchun qo'limdan kelganini qilaman sizlarga hech narsa qilmaydi so‘z beraman faqat yiglama jihoo o‘glim sen nega yig‘layapsan sen oyingni himoya qilishing kerak sen singlingni yomon odamlardan himoya qilishing kerak
Jk bazo‘r sudralib ular tomon borarkan jeonni to'pponchasidan u tomonga qaratganini ko‘rgan yn baqirib yubordi
-yoq jk iltimos janob jeon uni o‘ldirmang iltimos qilaman jk iltimos uni o‘ldirmang meni o‘ldiring iltimos unga tegmang
Yn baqirib yiglarkan jk uni tinchlantiridi
-yn yiglama sevgilim hammasi yaxshi bo‘ladi
Jk ahiyri ularni oldiga yetib keldi. O'rnidan zo‘rga turib ynni ko‘z yoshlarini artdi jk hozir ynni tinchlantirishga harakat qilmasin o'limi yaqinligini bilib turardi.
-yn menga so‘z ber men o‘lsam sen jihooni va qizalogimizni asrashga so‘z ber ularni yaxshi voyaga yetkazib meni yodim bilan yashashiga so‘z ber
-yo‘q so‘z bermayman siz o‘lmaysiz siz o‘lsangiz men ham siz bilaman ketaman
-yo‘q sevgilim sen o'zing asrashing kerak men uchun bolalarimiz uchun o'zingni asrashing kerak
-vidolashib olgan bo‘lsalaring endi ishimizni davom ettirsak
Jeon oldidagi bahaybat odamga ishora qildi u ham ularni oldiga borib jkni ulardan ajratib oldi
Jeon bo‘lsa qurolini ynga o‘qtalib jkga qaradi
-javob berishni ulardan boshlaysan
Jk uni qo‘liga qararkan endi o‘q uzaman deganda jk haligi odamdan chiqib yn va jihooni o'qdan himoya qilib ko‘ksini tutdi. Qulog'i ostida yangragan o‘q ovozidan so‘ng yerga yiqilib ko‘zlari yumilarkan qulog'i ostida yana bir o‘q ovozi jarangladi
Jkni quloqlari ostida eshitilayotgan tovush shu qadar yoqimsiz ediki jkni o‘ziga kelishiga majbur qilayotgandek. Lekin ko‘zini ochish uchun qancha harakat qilmasin barcha harakatlari besamar hech qovoqlari unga bo‘y sunmadi. Qulog'i ostidagi shangillash aralash o‘sha yoqimsiz tu-tutlash uni ko‘zlari ochishi uchun kuch berayotgandi. Bazo'r ochib olgan qovoqlari yana yopilib ketar yana ochishga urunish uni toliqtirib qo‘yardi. Yana ikki marta ochilgan ko‘zlar majburan yana yopilib qoldi. Har ochilganda oppoq shiftni ko‘rib qayerda ekanligini anglay olmagan miya endi ko‘zlarni yaxshiroq ochish uchun buyruq berdi. Jk sekin ko‘zlari ochib uyoq bu yoqqa qarab chiqdi u qandaydir honada ... oppoq xona ... nima bu jannatmi. Yo‘q yaxshilab qarab chiqqach bu kasalxona palatasi ekanligini payqadi. Endi o‘zi kelib oxirgi voqealarni eslay boshladi. Bobosi o'tgan o'qqa o‘zini tutgani va Qulog'i ostida jaranglagan ohirigi o‘q jk darrov sergaklandi atrofga yana qayta qarab chiqdi. Yn u qani qayerda unga nimadir qildimi. Agar unga nimadir bo'lmaganida u shu yerda jkni oldida bo‘lgan bo‘lardi lekin u yo‘q nahotki olgan bo‘lsa nahotki ohirgi o‘q u uchun bo‘lgan bo‘lsa. Jk darrov o'rnidan turib ketdi. Qo‘liga ulangan osma dorilarni yulib oldida o'rnidan turib endi bir qadam tashlayman deganda boshi aylanib yiqilib tushishiga sal qoldi. Kimdir eshikdan kirib yugurib uni tutib qoldi.
Ayol kishi... bu bu ...
Jk-yn
Jk boshini ko‘tarib ko‘k kiyimdagi hamshirani ko‘rdi
-janob sizga turish mumkin emas iltimos yoting
-yn ... yn .. u qani
Jk bazo‘r gapirarkan hamshira boshida nima deyayotganini tushunmadi. Uni majburlab yotoqqa yotqizishga harakat qilarkan unga hech kuchi yetmadi. Keyin eshikdan yugurib jm uning ortidan yuna va misu uning ortidan esa tae kirib keldi. Jm va tae uni majburlab joyiga yotqizdi. Hamshira uni tinchimayotganligini ko‘rib unga tinchlantiruvchi dori yubordi. Jk darrov tinchlanib yana uyquga ketdi.
Qancha yotganini bilmaydi. Yana ko‘zini ochishi qiyin bo‘ldi lekin bu safar o‘zini majburlab ko‘zlarini ochdi yana atrofga qaradi u faqat bir insonni sevgilisini palatada o‘tirganlar orasidan qidirdi lekin u ynni yana topa olmadi.
Jm-jk
Hamma o'rnidan turib jkni oldiga keldi.
Jm-ahvoling yaxshimi boshing aylanmayaptimi
-yn u qani yn jihoochi
Uning savoliga hech kim javob bermadi hammani boshi egig
Jk o'rnidan turib jmga iltijoli qaradi
-jm ynni so‘rayapman u qani u qayerda boshqa honadami yoki uyda u homilador edi charchab ketib qoldimi gapirsangchi meni ynim qani
-jk o'zingni bos hozir senga turish mumkin emas iltimos yot
-jm nega savolimga javob bermayapsan yn qani sendan hotinim va bolamni so‘rayapman ular qayerda
-jk biroz o'zingni bos ular ... ular ikkisi ham bizni tashlab ketdi ular endi bu olamda yo‘q
Jk quloqlari eshitgan gapdan shokka tushib qoldi. Biroz jim o‘tirib miyasi quloqlari eshitgan gapni tahlil qila boshladi.
-sen hazillashyapsan to‘g‘rimi u boshqa palatada shundaymi biroz tobi yo‘q shunday aaa yo‘q yo‘q u hozir jihooni uxlatyapti to‘g‘rimi shunga chiqib ketkan SHUNDAYMI
Jm ham boshqalar ham indamay pastga qarab turarkan yuna va misuni yelkalari uchib yiglashni boshlashdi
-yuna nega jim turibsizlar jm men bilan hazillashayotganligi uchun uni urib qo‘ymaysanmi qara u juda qaltis hazil qilyapti unga ayt bunday hazil qilmasin
Jk yunaga iltijo bilan gaplarini tasdiqlashni ketarkan undan bu harakatlarni ko‘rmadi
Jm-jk o'zingni bos bu haqiqat bilaman bunga ishonmayapman lekin buni bari haqiqat bizni kechir biz u yerga yetib borganimizda ular allaqachon o‘lib bo‘lgandi
Bu gaplarni eshitib yunaning yig'i ovozi battar chiqib ketdi
Jk hali ham bunga ishonmay o'rnidan turdi qo‘lidagilarni yana uzib yurishga uringandan uni jm to‘xtatdi
-meni qo‘yib yubor men hotinimni oldiga boraman
-jk o'zingni bos u o‘ldi deyapman senga u o‘ldi
Jk jmni yana turtib ketishga harakat qilarkan jm uni yelkalaridan ushlab uni siltadi
-O‘ZINGGA KEL DEYAPMAN
jk jmni baqirishidan biroz bo‘lsada o‘ziga kelib turgan joyida qolib ketdi
-ular qayerda
-sen 2haftadan beri hushingga kelmading seni kuta olmasdik biz ularni o‘zimiz dafn qildik
-ularni oldiga olib bor
Jm hozir jkni to‘xtata olmasligini bilib uni o‘z mashinasida qabristonga olib keldi.
Qop-qora kastyum shimda mashinadan tushgan yigit bu yer naqadar sovuq va yoqimsiz ekanligini his qildi. Jm qabrlar oralab yurib jkga yo‘l ko‘rsatarkan ohiri yonma-yon turgan ikki qabr oldiga kelib to‘xtadi. Jk ham u yerdagi qabrlarni qarab turarkan katta qabr yonida turgan kichik qabrga ko‘zi tushdiyu ularni o'limini eshitganidan beri bir tomchi ham tushmagan ko‘z yoshlari daryo kabi oqa boshladi
-yn sen bu yerda nima qilyapsan nega tashlab ketding aslida men olishim kerak emasmidi sen o'zingni va bolalarimizni asrashini kerak emasmidi NEGA NEGA TASHLAB KETDING NEGA MENI HAM OLIB KETMADING
Jk endi yerga o‘tirib qabrni quchgancha ho‘ngrab yig'lab yubordi. Jk shu qadar baqirib yiglardiki uning ovozidan butun qabriston larzaga keldi.
-sen o‘lmasliging keragidi sen menga va'da berganding SEN MENGA VADA BERGANDING AAAAAAAA
Jk uzoq o‘tirdi qancha o‘tirdi necha soat necha kun hech narsani anglolmay qoldi shu qadar ko‘p ko‘z yosh to‘kdiki endi ko‘z yoshlar ham qolmadi. U osmonga qarab uchib ketayotgan qushlarni ko‘rdi. Ular naqadar erkin ularni oldida oilasi bor ular juda baxtli bo‘lsa kerak. Lekin jk hozir hech narsani his qilmayapti hayolida faqat yn va jihoo bilan birga o‘tgan damlar. Jk hayoliga kelgan ohirgi voqeadan so‘ng sekin pichirladi
-meni sevma degandimku kelajakda o‘zing qiynalishingni aytgandimku nega meni sevding nega endi bir o‘zimni tashlab ketding
Jkni ko‘zlaridan yana yoshlar oqa boshladi.
-Yn qara senga hatto bitta gul ham olib kelmapman senga moychechaklar yoqarmidi
Fleshbeck
-jk menga moychechaklar juda yoqadi
-nega aynan moychechak
-bilasizmi faqat moychechaklargina uzilganidan so‘ng hid tarqatar ekan o‘ilmning bunday go‘zal bo‘lishini bilmagandim
-tentakvoy nega o‘lim bo‘larkan u hali o‘lmaydi senga qalbingda yoqimli tuyg'ular olib keladi
Fleshbeck tamom
-qabringga yoqtirgan gulingni ham olib kelolmadim
Jk endi o‘zini bilmay qolgandek
-endi uyga borsam eshikni kim ochadi yn, endi kim meni kutib oladi oldimda kalitim ham yo‘q
Jk o‘ziga o‘zi gapirarkan hali ham ko‘zlaridan yoshlar to‘xtamayotgandi.
Jk endi bu yerda ortiq qolishni hohlamadi. O'rnidan turib qabristondan chiqdida boshi oqqan tomonga ketdi. Ancha yurdi. Kechqurun almashib kun bo‘ldimi yoki kunduzi kechqurun bilan almashdimi jk hech narsani tushunmay qoldi. U ohiri bir bino oldiga kelib qolgandi. Jk undan chiqib yuqoriga ko‘tarila boshladi. Hayolida esa faqat bir narsa. U eng ohirgi qavatga chiqib eshikdan tomga o‘tdi. Tomni eng chekkasiga borib hech bir to‘xtashsiz hayolidagini tiliga chiqardiyu o‘zini tomdan pastga tashladi.
-seni yoningga ketyapman sevgilim
Jk tanasini yerga qattiq urilganini his qildiyu ko‘zlari yumildi