Springday
-u jkni yoqtirgan qizimi? Jk endi uni sevadimi?
Hesuning gaplaridan hamma bir muddat jim bo‘lib qoldi. Hesuning gaplaridan so‘ng Yejin honim va misu bir biriga qarashdida birdan kulib yuborishdi.
Hesu ularning kulish sababini bilib biroz uyaldi yuzlari qizarib ko‘zini ulardan olib qochdi.
-bu yerda hammangiz yig‘ilib nima qilyapsiz.
Orqadan kelgan ovoz hammani shokka tushirib qo‘ydi.
Hesu pov: jungkook .... u keldi
Jk eshikdan kirib borarkan begona odamni orqadan ko‘rdi. Lekin uni bittada tanidi.
-sen bu yerda
Misu shoshib qoldi. Hozir akasi hesuga nimadir qilishidan qo‘rqib darrov dugonasini orqasiga oldi.
-aka men hozir sizga hammasini tushuntirib beraman.
-demak meni aldading shundaymi?
Jk qoshlarini chimirib misuga qaradi. Hozirgi og‘ir vaziyatda jihoo ham aralashmasa bo‘lmasligini bildi
-jungkook
Jkni oldiga borib qo‘lidan tutdi jihoo.
-o‘zingni bos jia bor. Yana u uxlayapti
Jk hesuni bag‘riga kirib ketkan qiziga qaradi.
-hesu boraqol jiani xonasiga yotqizib chiq hozir uyg‘onib ketishi mumkin.
Misu jk kelganidan beri kiprik ham qoqolmay turgan qizni qo‘lidan ushlab asta o‘ziga keltirdi.
-yuna hesuga jiani xonasini ko‘rsatib yubor
Yuna asta hesuni oldiga kelarkan marhamat degancha unga yo‘l ko‘rsatdi.
Hesu jiani honasiga kirib uni asta yotog‘iga yotqizdi. Biroz qiziga termulib yoqimtoy bo‘lib uxlab yotganligini ko‘rib mayin jilmaydi. Keyin uyg‘otib yubormaslik uchun asta peshonasidan o‘pib ustini yopdi.
-unga o‘zim qarab turaman siz chiqavering honim
Yuna hesuga shunday deb jilmaydi. Hech narsani tushunmagan qiz qiziga yana bir qaradida bu yerdan tezroq ketishi kerakligini o‘ylab honadan chiqib ketdi
-demak sen meni aldading shundaymi
-aka sizga aytganimda ruhsat bermagan bo‘lardingiz
-shundayligini bilarkansan nega qizimni u bilan uchrashtirding.
-aka u qizingizni onasi iltimos qildi yo‘q deyolmadim. Qolaversa jia ham buni juda hohlagandi
-meni qizimni onasi yo‘q u allaqachon bizni tashlab ketkan
-lekin bu bilan haqiqat o‘zgarmagan u hali ham qizingizni onasi va shundayligicha qoladi.
Jk misuning gaplariga asabiylashib ketdi. Arang ko‘zlarini yumib jahlini tiyishga harakat qildi. Ortiq bu yerda qolishni hohlamagan yigit singlisiga qaradida ozi eshitadigan darajada pichirladi
-qizimni oyisi yo‘q
Hesu qizini tashlab ketayotganidan asabiylashayotgan bo‘lsada lekin bu yerdan ketishi kerak.
Hesu xonadan asta chiqarkan kimdir uni qo‘lidan ushlab oldidagi honaga tortib olib kirdi. Begona qo‘llar bilan og‘zi yopilgani sababli baqira olmagan qiz asta yuqoriga qaradi. Va shu onda nafratga to‘lgan ko‘zlarni ko‘rdi.
-bu yerga o‘z oyoqlaring bilan kelib qolibsan
Hesuning quloqlari ostida qo‘rqinchli vishshiladi jungkook. Hesu bunday tahtitli so‘zlarni anchadan beri eshitmaganiga tanasi muzlab ketdi
-endi qizing kerak bo‘lib qoldimi? Sen uni 5yil oldin tashlab ketkansan endi unga yaqinlashma bu safar tirik qoldirmayman.
Asta qo‘lini olib qizning nigohlariga tikilarkan shu on o‘sha nigohlarga g‘arq bo‘ldi.
Jk pov: hozir emas.... hozir unga, uning nigohlariga taslim bo‘lishim mumkin emas
Hesu belidan qattiq qisib turgan yigitdan qo‘rqsada uni yana o‘ldirish bilan taqdid qilishiga jim turolmadi
-qo‘lingizdan kelsa o‘ldiring
Belidagi qo‘lni siltab tashlab baqirdi.
-endi sizdan qo‘rqadigan hesu yo‘q.
-shunday degin
Jk yana hesuni devorga tirab bo‘yni biroz siqdi
-qizimdan uzoqroq yur
-u mening ham qizim
-u sening qizing emas 5 yil oldin tashlab ketmaganingda qizing bo‘lishi mumkin edi lekin hozir emas
-agar siz bo‘lmaganingizda tashlab ketmagan bo‘lardim -hesu yana jahl aralash jkni qo‘lini yulib olib unga o‘qraydi.
-endi bunday tahdidlaringizni sevgilingizga ayting men endi sizdan qo‘rqmayman. Jia bilan uchrashishimni ham cheklay olmaysiz u mening ham qizim
Hesu uni turtib chiqarkan yuragi guppilab urayotganligini endi sezdi. U qo‘rqqandi, o‘ziga qo‘rqmasligini tushuntirsada u jkdan hali ham qo‘rqayotgandi
-men ketishim kerak
Hesu yana jkga ro‘baro kelmaslik uchun shoshgancha eshik tomon yurishni boshladi
-qizim shoshma
Yejin honim shoshgancha oshxonadan yugurib chiqdi. Unga tayyorlagan bazi narsalarini qo‘liga tutqazdi.
-bularni ol uyda yersan. Kareya taomlarini sogingandirsan
Yejin honim achinish aralash hesuni qo‘li bilan o‘zi bergan narsalarni qattiq siqdi
-sizni taomlaringizni ko‘proq sogindim
Hesu ayolga jilmayib qo‘ydi. Yejin honim ham unga javoban jilmayarkan ko‘zlari biroz yoshlangan bo‘ldi. Lekin buni hech kimga bildirmadi.
Misu biroz bu yerda qolishi kerakligi sababli hesuga taksi chaqirib berdi. Taksi kelishi bilan eshikdan chiqib taksiga o‘tirib ketkan qizni yuqori qavatda uni kuzatib turgan jkni g‘azabdan qo‘llari siqilishiga sabab bo‘ldi
Bu qizni begona mashinaga o‘tirganiga rashq qilgani sababmi yoki uni bugun uyida ko‘rgani uchunmi? Buni hatto o‘zi ham bilmayotgandi
Hesuni kuzatib qo‘ygan yejin honim asta oshxona stolodan biriga o‘tirarkan chuqur ux tortdi
-endi nima bo‘ladi. Hesu uyga qaytarmikan jkchi uni kechirarmikan. Ularni baxtiyor bir oila bo‘lishini ko‘ramanmikan aa. Nima bo‘lganda ham yana jia qiynalmasa bo‘lgani
-men ham hozir faqat jiani o‘ylayapman.
Misu ham yejin honimni gaplariga qo‘shildi.
-lekin yunani akamni sevgilisi deb o‘ylab hesuni asabiylashganini ko‘rdingizmi?
Misu biroz sukutdan so‘ng yarq etib eslagan biroz oldingi voqeani eslab kulib yubordi. Yejin honim ham unga qarab jilmaydi. U ham hali biroz bo‘lsada umid borligidan quvondi
-men qanaqasiga janob jkni yoqtirgan qizi bo‘lishim mumkin
Jiani oldidan chiqqan qiz ularni gapini eshitib shokka tushdi. Keyin yon atrofga qarab bunday bemani gapni boshqa bir odam ham eshitib qolmaganiga amin bo‘lmoqchi bo‘ldi.
-janob jihoo ketdimi?
-ha u allaqachon ketdi.
Misuning ahamiyatsiz bergan javobiga yuna indamay o‘z ishini davom ettirdi. Lekin u biroz hafa bo‘lgandi
2kunlik ish hesuni biroz charchatdi. Doimgi boshlig‘ining urushishi, deyarli hamma ishni unga yuklab qo‘yganligi hesuni toliqtirdi.
-nega haligacha tayyorlab bo‘lmading. Senga nechta eskiz tayyor bo‘lsin degandim. Nima ishlamayapsanmi?
-honim deyarli hamma ishni menga berdingiz. Hammasiga qanday ulgurishim mumkin.
-nima noliyapsanmi? Agar hohlamasang marhamat arizangni yoz men ham asosiy bo‘limga arizangni yuboraman
Jenifer unga qoshlarini qoqarkan ich-ichidan kelayotgan kulgini bazo‘r yashirayotgandi.
Boshlig‘ining ham shuni kutib turganini bilgan hesu indamadi shunchaki "yaxshi tez orada tayyorlab oldingizga olib kiraman" deya oldi holos
Aslida o‘zidan ham iqtidorli hodim qancha qarshiligiga qaramay yuqori bo‘libga o‘tib olganidan ham o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvi bo‘lganligi uchun jenifer doim hesuni yoqotishga uni boshliqlarga yomon ko‘rsatishga harakat qilardi.
Hesu o‘zi uchun qadrli va zo‘rg‘a topgan ishdan hozir ajray olmaydi. U hammasini bilsada tishini-tishiga qo‘yib hsmmasiga chidashga majbur.
Deyarli eskizlarni tugatgan qiz kareya bozoriga kirishi uchun kichik kares madaniyatini qo‘shishi kerakligi sababli hamkor tashkilotni dizaynerini kutib o‘tirardi
Hech qancha vaqt o‘tmay yetib kelgan hodim ichkariga kirishi bilan uni kuttirib qo‘yganligi uchun uzr so‘rab tazm qildi
-hechqisi yo‘q
Hesu mayin jilmayib unga ham hurmat bildirdi.
-voy siz kares tilini bilasizmi?
-albatta men karesman
-ha ko‘rinib turibdi. Buni bilmaganim uchun uzr so‘rayman. Ingliz tilim unchalik ham yaxshi bo‘lmagani uchun biroz qo‘rqayotgandim. Sizni o‘zimizdan ekanligingizni bilib ancha tinchlandim.
Hesu unga jilmayib turgan qizga javoban jilmaydi
-unda ishni boshlaymizmi?
-albatta ... ha sizning ismingiz nima ?
-haru
Hesu yangi ismda 5yildan beri yurgani uchun hech ham adashmadi haqiqiy ismini aytib yubormadi
-ooo ismimiz o‘xshash ekan deyarli o‘xshash meni ismim hari
Tabiatan quvnoq bo‘lgan qiz darrov qo‘lini cho‘zib u bilan tanishdi. Uning bunday tezlikda kirishimliligi hesuga biroz g‘alati tuyulsa ham qiz unga yoqdi
-iltimos misu jia bilan uchrashishimga ruhsat ber. Yana qizimni ko‘rishni hohlayman.
Ishi tugashi bilan dugonasiga telfon qilgan qiz 2kundan beri qizini ko‘ra olmaganligi uchun uni juda sog‘ingandi
-hesu bilasanku akam ruhsat bermaydi. O‘tgan gal ham zo‘rg‘a undan qutilib qoldim. Endi menga jiani bermaydi.
Hesu misuning gaplarini o‘ylarkan bir lahza o‘zi jkni oldiga uyiga borishni o‘ylab qoldi. U hozir hatto shunga ham tayyor chunki qizini juda sog‘ingan.
-mayli hesu bir ilojini topaman. Lekin vada berolmayman.
-yaxshi yaxshi iltimos misu qizimni juda sog‘indim
1soat oshgan suhbatni eslab uyoqdan-buyoqqa borib kelayotgan qiz mehmonxonadagi o‘z xonasida bir joyda o‘tirolmayotgandi. Ahiyri boshi aylanib ketkanidan o‘tirishga majbur bo‘ldi hesu. Keyin yana hayollarga cho‘mdi
Hesu pov: 5yil qanday qizimsiz yashadim. 2kunda soginib qoldim. Uning chiroyli yuzi, kulgandagi qiqir-qiqir ovozi, dadasiniki kabi dumaloq ko‘zlari .... mening kabi uzun sochlari.... qanday qilib tashlab ketdim uni. Nega faqat o‘zimni o‘yladim. Nega tashlab ketdim
Hesu o‘y-hayollaridan boshini egdi. Biroz jim turarkan o‘zi bilmagan holda ko‘zlaridan yosh oqib chiqa boshladi. Yoshlari hali yuzini yuvib ulgurmasidan telefoni jiringlab qoldi. Hesu darrov ekranga qaradi. Bu misu ekanligini bilib darrov telefonini ko‘tardi.
-misu kelasizlarmi
Hesu shoshqoloqlik bilan so‘radi misudan
-hesu men borolmayman.
Hesu ilk so‘zlaridan yana ko‘zlari yoshlandi. Bugun ham qizini ko‘ra olmaydimi? Ko‘rishi kerak bugunni o‘zida qizini ko‘rish uchun jkni uyiga boradi. Bu fikr kelib ulgurmasdan telefonning narigi tomonida misu gapini davom ettirdi.
-lekin jiani olib borishadi. Sen havotir olma.
-rostanmi
Hesu quvonchdan sakragancha o‘rnidan turib ketdi.
-ha sen honangdan chiqma o‘sha yerga borishlarini aytdim. Ko‘chada yana akam ko‘rib qolsa aniq baloga qolamiz
-yaxshi yaxshi jia kelsa bo‘lgani
-yaxshi hozir borib qolishadi.
Hesu misu bilan hayrlashib darrov mehmonxona oshxonasiga qo‘ngiroq qilib o‘z xonasiga mazali yeguliklarni buyurtma berdi
Misu telefonni o‘chirib orqaga qarashi bilan kastyum-shim kiyib olgan odamga urilib ketdi. Shu payt yuragi shuv etib ketdi. Ko‘zlarini qattiq yumib olgan qiz hozir oldidagi odamga qarashga qo‘rqyapti. Asta ko‘zini ocharkan ichida bu odam akasi bo‘lmasligini iltimos qilardi
-siz
Misu ko‘zini ochishi bilan unga qarab baqirdi.
-ha men nega buncha hayajonlanib baqirasiz.
-uzr so‘rayman.
Misu biroz qilgan ishidan hijolat tortdi.
-bu yerda nima qilyapsiz?
-imm men bu kompaniya bilan shartnoma tuzganman.
-aa rostanmi? Siz shartnoma tuzgansiz nima siz ham amerikadan kelganmisiz?
-amerikadan yo‘q albatta
Yigit biroz unga qarab hayron qoldi.
-aaa to‘g‘ri amerika men amerikadan kelmaganman o‘sha amerika brendi bilan birga bu kompaniya orqali ishlayapman. 3ta kompaniya shartnomasi.
-ha siz o‘sha PJ kompaniyasidanmisiz
-aynan
Jimin g‘ururlanib yoqasini to‘g‘irlab qo‘ydi.
-o‘zingiz bu yerda nima qilyapsiz?
-men shu yerda ishlayman.
Misu ketishga qancha harakat qilmasin bu odam unga imkon bermayotgandi.
-shu yerda ishlaysiz?! Ishqilib biznes qoidalarini bilasizmi?
Misu mazah qilgancha uning ustidan kulayotgan yigitga bir qaradida keyin labini burib u yerdan ketib qoldi
-judayam qaysar va yoqimtoy sen menga yoqib qolding qizaloq. Endi o‘zimniki qilishim kerak seni ham
Ayyarona jilmayib qolgan yigit uni qanday avrashni reja qilishni boshlagandi.
Eshik taqqillashi sabab shoshib qolgan qiz yugurib borib eshikni ochdi. Eshik ochilishi bilan ko‘rgan odamidan hafsalasi pir bo‘lgan hesu ko‘zlarini suzarkan uning pastida qizini ko‘rib quvonib ketdi.
-jia
Hesuning ovozi titrab ketdi.
-oyijon
Hesu qizini quchish uchun o‘tirarkan qizi allaqachon bo‘yniga osilib olgandi.
-sizni juda juda sog‘indim
-men ham go‘zal qizim.
Hesu qizini ko‘tarib yuzlaridan o‘pdi. Sekin ichkariga kirarkan eshik tagidagi mehmonlarga etibor ham bermadi.
Yuna misuning iltimosi bilan jiani bu yerga olib kelgan lekin hozir hesuning harakatlaridan biroz hijolat bo‘layotgandi.
-qani kiringlar
Mehmonlarni butunlay unutib qo‘ygan hesu ortiga qarab mehmonlarni honasiga taklif qildi.
-jiani olib kelganingiz uchun rahmat
Hesu qanchalik bu qiz unga yomon ko‘rinayotgan bo‘lmasin hozir odob saqlashi kerak. Ahr qizini olib keldi
-sizga ham rahmat jihoo
Yuna bilan birga kelgan yigitga ham minnatdorchilik bildirdi hesu.
Yuna ohirigi gaplarni eslab hesuni oldida bezovta bo‘layotgandi. Hesu uni jkni yoqtirgan qizi deb o‘ylab unga unchalik ham yaxshi qaramayotgan bundan esa qiz juda hijolat bo‘layotgandi.
-tabriklayman jihoo vitsaprezident bo‘libsiz.
-rahmat. Kompaniyani boshqarish kerak bo‘lganida bunga majbur bo‘ldim
Hesu biroz unga hayrat bilan qarab qoldi. Nega kompaniyani u boshqarishi kerak bo‘lib qolgan. O‘tkan safar ham misu shunga o‘xshash gap qilgandi. Nega jk o‘zi boshqarmagan kompaniyani.
Hesuning hayollarini jia buzib yubordi.
-yuna onni meni qornim ochqoldi. Biror narsa yeyishni hohlayman.
-sen uchun bazi narsalar tayyorlagandim tatib ko‘rasanmi?
Hesu qizini bag‘riga yaxshiroq bosarkan endigina jia uchun ovqat olishga shaylangan qiz yana joyiga miqlandi.
Hesu undan qizini qizg‘onyapti. Hesu harakatlari ochiqdan ochiq shuni ko‘rsatayotgandi.
Hesu jiani oldiga turli yeguliklar solingan likopchani qo‘ydi. Biroz unga termulib turarkan asta uni boshini silab qo‘ydi.
-yuna siz jkni o‘zingizniki qilishingiz mumkin lekin jia meni qizim bo‘lib qoladi. Uni mendan tortib ololmaysiz
Hesu qizidan ko‘zini uzmagan holda gapirarkan asta yuna tomon qaradi. Bu gaplardan hayratda qolgan qiz hesuga kiprik qoqmay qarab turardi.
-yo‘q hesu honim siz ... siz umuman noto‘g‘ri tushinibsiz janob jk .... janob ... men ularni yoqtirmayman meni yoqtirgan yigitim bor men u yerda oddiy hizmatchiman holos jiaga qaraydigan yordamchi.
Yuna gapida tutilib hesuga zo‘rg‘a tushintirdi.
Hesu uning gaplarini eshitib biroz unga termulib turarkan hozir notogri gapirib qo‘yganini tushinib biroz hijolat bo‘ldi.
Hech narsani tushunmagan jia bir oyisiga bir yunaga qarab qo‘yar hozir ular nima haqida gapirayotganligini tushunmayotgandi. Buni so‘rash uchun jihoo amakisiga qararkan jihoo amakisini bu payt qo‘li bilan og‘zini yopib kulayotganligiga ham tushunmadi
Hesu qizi bilan yana biroz birga bo‘ldi. Vaqt bo‘lib qizini ketadigan vaqti bo‘ldi. Hesu noiloj ularni kuzatib qo‘ydi. Bag‘ridagi qizni asta yunaga berib qizini yuzidan o‘pdi
-ko‘rishguncha qizalogim
-hayr oyijon
Hesu ko‘zidagi yosh ila jilmaydi.
Mashina oldida ketayotgan qiz bazi bazida mashina boshqarib ketayorgan yigitga qarab qo‘yardi.
-bizni olib kelib qo‘yganingiz uchun rahmat
-misu iltimos qilgandi
-ha albatta
Yuna pov: ha albatta yoqtirgan qizi bo‘lsa
-seni rostan ham yoqtirgan yigiting bormi
Jihooni gaplaridan yarq etib qaragan qizning yuzlari biroz qizardi
-ni.ma
-boya hesuga yoqtirgan yigiting borligini aytganding
-ha u.mi u... hesu honim notog‘ri tushunmasin deb shunday degandim
-demak hech qanday yigit yo‘q shundaymi
Yuna pov: balki bordir
Yuna yo‘ldan ko‘zini uzmay qarab ketayotgan bolaga qarab termulib qoldi
-yuna
O‘ziga kelgan qiz unga termulib qolganidan hijolat bo‘ldi
-y.yoq albatta .... lekin
O‘zi ham bilmoqchi bo‘lgan narsani so‘rashga biroz iymanibgina gap boshladi.
-nima lekin
Jihoo endi yo‘lga emas yunaga qararkan ikkisining ko‘zlari to‘qnashdi.
-..... siz misu honimni yoqtirasiz to‘g‘rimi
Yuna ko‘zlarini olib qochib so‘radi
Biroz gaplariga hayron qolgan jihoo unga termulib turdida keyin birdan jilmaydi
-misu.... iiimm u meni singlim hech qanday yoqtirgan qizim emas
-nima?! Rostanmi?
Qiz yarq etib yigitga qaradi. Keyin jihooni unga qarab jilmaygancha bosh silkishini ko‘rib bunday yoqimtoy yigitni harakatidan erib ketdi. Lekin ko‘zlari sotib qo‘ymasligi uchun darrov oyna tomonga qarab jilmaydi
-u sevmaydi misu honimni sevmaydi
Yuna pichirlagancha o‘zida yo‘q hursand bo‘ldi.
Ularni orqada tinglab ketayotgan qizaloq ham o‘zicha bir nimalarni o‘ylab ketardi.
-jihoo amaki
-labbay malikam
Jihoo jiaga oynadan qarab jilmaydi
-oyim biz bilan yashasa bo‘lmaydimi?
Uning savolidan ikki yoshi kattalar ham hayron ortlariga qarashdi.