April 28, 2025

Springday

Haru🫰

16-qism

Misu ertalab akasini uyidan chiqib ishga kelguncha kechikib qoldi.
-yujin hola nega buncha mazali taom pishirmasa to‘ygunimcha yebman. Endi o‘tirish ham qiyin bo‘layapti.
O‘ziga-o‘ziga g‘ingshib avtaturargohga kiraman deb turganida yon tomondan kelgan yo‘ldan chiqib qolgan mashinaga urilib ketishiga bir bahiya qoldi.
-ko‘zingizga qarasangiz bo‘lmaydimi?
Kechikayotgani kamdek yana avariya bo‘lishiga sal qolganiga qo‘rqib ketdi keyin esa asabiy o‘sha mashina tomonga o‘qraydi.
-o‘zingiz ham ko‘zingizga qarasangiz bo‘lmaydimi. Bu yo‘l meniki
-bu nima deganingiz qanaqasiga sizniki bo‘lishi mumkin.
-nima honim pravani sotib olganmisiz. O‘ng tarafdan kelganlar birinchi yuradi. Shu oddiy qoidani ham bilmas ekansiz nega mashina haydab yuribsiz.
Misu pov: yaramas
Misu ichida uni so‘kkan bo‘ldida yuziga kesatiqli tabassumni olib qo‘li bilan parvokka tomon ishora qildi
-marhamat
Mashina ichidagi yigit ham o‘zini majburlab jilmaygancha ichkariga kirdi.
Misu-qiz bolaga yo‘l bersa bo‘lmasmikan qanaqadir qoidani ro‘kach qilmay
O‘ziga-o‘zi pichirlagan qiz o‘sha mashina orqasidan ichkariga kirdi. Uzoq vaqt mashinasi uchun joy qidirarkan kirishdan avval ko‘zlab qoygan joyga boyagi bola mashinasini joylashtirib ketdi. Ahiyri mashinasini joylagan qiz shoshgancha ishxonasiga yo‘l oldi.

-janob jeon
Jk unga termulib turganlardan ko‘zini olib ismi kelgan tomonga yo‘naldi. Jihoo unga yaqin kelib qulogiga nimadir degandi jk yaxshi degandek boshini silkitib ohirgi martta hesu va uning oldidagi bolaga ko‘z tashlab chiqib ketdi.
Hesu jk ketkach qo‘rqanidan ololmayotgan nafasini asta chiqardi.
-jk o‘zgaribdi
O‘yladi hesu. Avvalgi jk jimgina chiqib ketmasdi. Ayniqsa hesuni begona yigit bilan ko‘rganida. Hesu birdan hayoliga ilk marta uydan qochganida katta ko‘chada bir yigitni mashinasida ko‘rib qolgani uchun unga nimalar qilganini esladiyu yana nafasi siqildi. Keyin buning bari o‘tib ketkanligini eslatish maqsadida ko‘zlarini yumib asta pichirladi
-hammasi ortda qoldi. Endi bunday qilolmaydi
-haru senga gapiryapman.
Haru birdan ko‘zlarini ochib oldidagi yigitga qaradi.
-nega bunday ahvoldasan ahvoling yaxshimi o‘zi
Haru endi payqadi joseok boya ko‘rinishini ko‘rib undan ahvolini so‘ragandi
-ha ha hammasi yaxshi. Shunchaki yangi joyga ko‘nika olmadim. Yangi joy va vaqtlar tofovuti bunga ko‘nikishga biroz vaqt kerak
-to‘g‘ri aytasan men ham kechasi bilan yaxshi uxlay olmadim
Hesu joseokni osson ishontira olganidan hursand bo‘ldi.

Tashqarida hamma yerni kuzatib turgan yigit ro‘parasida shoshgancha kelayotgan qizni ko‘rib unga sinchiklab qaradi.
-juda chiroyli qiz ekan qanday men bunday go‘zalni ko‘rmay qoldim
Yigit unga yaqinlashgan qizni yo‘lini to‘sdi. Va bunga bir tomondan afsuslandi
-siz.
-a siz o‘sha qoidani yaxshi bilmaydigan qiz
-siz esa odobni bilmas ekansiz qiz bolaga yo‘l bersangiz bo‘lardiku
-afsustaman honim lekin men shoshayotgandim. Kechikishni yoqtirmayman muhim ishim bor edi.
-lekin baribir bu yerda kutib turibsiz
Misu qoshlarini qoqqancha uni ustidan kulgandek jilmaydi.
Yigit ham uning bu qiligidan lab uchida kulib qo‘ydi. Endigina unga javob qaytarmoqchi bo‘lgandiku qizning boshqa tarafga ketib qolishi va orqa tarafdan ismining aytilishi sabab maqsadiga yeta olmadi.
-jimin
Unga yoqmasada tanish ovozdan ortga o‘girilishga majbur bo‘ldi jimin.
-sen bilan hamkorlik qilaman deb hech ham o‘ylamagandim
-men ham agar hamkorlar seni ham qo‘shmasam biz bilan ishlashni rad etmaganida o‘lib qolsam ham senga hamkorlikni taklif qilmagan bo‘lardim.
Jk o‘smirlik paytidan beri dushman bo‘lib kelgan yigitga mensimaygina javob qaytardi.
-janoblar balki ichkarida bafurja gaplashib olarmiz
Jihoo ikki taraf sovuqchiligini bosish uchun oraga qo‘shildi
-jihoo juda aqlli odamsan senga necha marta aytdim bu bilan emas men bilan ishla deb. Nega shunga yopishib olgansan
-chunki u meni do‘stim
Jk maqtangandek jiminga qosh qoqib qo‘ydi.
-xix men ham do‘st bo‘la olaman.
-bu taklifni senga men ham bergandim
Jihoo endi uni ham do‘st bilib sensirashga o‘tdi
-manavi bilanmi hech qachon
Jimin ancha oldin jihoo jk va jiminni o‘zi orqali do‘st bo‘lishligi taklifini eslab tezda rad javobini berdi.
-men ham sen bilan do‘st bo‘laman deb ko‘zim uchib turgani yo‘q
-bas qilinglar katta kompaniyani boshliqlarisizlarku yana shu oddiy narsaga tortishib turishingizni qarang yaxshisi ichkariga kiraylik bazi bir ish bo‘yicha maslahatlashib olamiz.
Jimin bosh silkib yo‘l ko‘rsat degandek imladi
-sen bir o‘zing keldingmi yordamchilaring yo‘qmi
-hozir kelib qoladi ichkariga kiraveraylik
-ular ham boshligiga o‘xshab masulyatsiz
Jk atay ularni orasiga qo‘shildi. Jimin endi gapiraman deganda jihoo uni yelkasiga qo‘lini qo‘yib yo‘l ko‘rsatdi. Jimin ham gapirib o‘tirishni o‘ziga ep bilmay ular ko‘rsatgan yo‘ldan yurishni boshlarkan bir orqaga qarab boyagi qizni qidirni. Lekin u allaqachon bu yo‘lakni bo‘shatgan edi

Ish vaqti tugay deb qolgan hesuning kun davomida o‘zicha tuzgan rejasini amalga oshirish maqsadida telfoniga kecha saqlab qo‘ygan nomerni qidira boshladi. Ahiyri toparkan asta ko‘k tugmani bosib chuqur nafas chiqargancha telfonini qulog‘iga qo‘ydi. Qarshi tarafdan eshitilgan ovozdan biroz dovdiragan qiz asta javob berishni boshladi

-aka
Misu akasini honasiga hech qanday taqillatishsiz kirib borarkan jk ham kim ekankigini bilganligi uchun boshini ko‘tarmasdan unga javob berdi.
-ha
-iimm hali bugun jia bilan biroz aylanib kelmoqchi edim
-kech bo‘lib qolmadimi
-parkni aylanamiz kech emas
Singlisini birdan bergan javobidan jk biroz shubhalanib boshini ko‘targancha qoshlarini uydi
-uzoq qolmaymiz
Misu o‘z sirini yashirish uchun akasiga muloyim bo‘ldi
-yaxshi faqat vaqtliroq qaytinglar yana ehtiyot bo‘ling
-hop rahmat aka
Siridan habardor bo‘lib qolmasligi uchun yuziga jilmayishni niqob qilgan misu ortga qarashi bilan yuzi tekkislandi.

-ammajon oyimni oldiga olib ketyapsizmi.
Jia yurgan yo‘lida sakrab-sakrab ketarkan hursandligi shunday ko‘zidan bilinib turardi.
-tshsh sekinroq haqat kelishganimizdek bu safar dadangga sotib qo‘ymaysan hopmi
Kotta parkka kirarkan misu jiyanini ogohlantirgan bo‘ldi.
-hop hop keyin oyimni ko‘p koooop ko‘rib turamanmi
Bu qaysar qizni oddiy gaplar bilan ham ko‘ndira olganidan mamnun jilmaydi misu
-albatta shirinim
Misu jiani qo‘lidan tutganicha atrofga qaray boshladi. Va ularni kelishini kutib atrofga olazarak bo‘lib qarab turgan hesuni ko‘rdiyu u tomon asta keta boshladi.

-oyijoooon
Hesu ortidan bir marta ko‘rishgan bo‘lsada miyasiga muhrlangan ovozni eshitib darrov u tomon qaradi. Jia kabi u tomon talpingan qiz bir-biriga yetib kelishi bilan qizini qattiq bag‘riga bosdi

-biror atraksionda uchishni hohlaysanmi
Kelganidan beri bag‘ridan qo‘ymagan qizini hamma hohishini qilishga tayyor ona undan so‘radi
-yo‘q hohlamayman. Men siz bilan o‘tirishni hohlayman.
-unda musqaymoq yeyishnichi
-uni sutga allergiyasi bor
Misu qizi haqida hech narsani bilmaydigan onani ilk ogohlantirishni berdi.
Bundan albatta hesuning yuragi ezildi. O‘z qizini oddiy allergiyasi haqida bilmaydi.
-shunday degin
Hayus jilmaydi hesu. Buni sezgan misu gapni boshqa yerga burmoqchi bo‘ldi.
-endi ketishimiz kerak. Allaqachon kech bo‘ldi. Akam ham uyga qaytishimizni aytyapti. Uni ustiga jiani ham uxlaydigan vaqti bo‘ldi.
Hesu darrov soatiga qaradi. Allaqachon kechki 8bo‘libdi. 2soatdan beri qizini bag‘riga bosgancha o‘tirgan qiz qanday bunday vaqtni tez o‘tib ketganligini payqamadi ham.
-shunchalik tezmi?
-hesu 2soatdan ortiq o‘tirdik. Yana akamga sen bilan ko‘rishishimizni aytmaganman. Agar bilsa ruhsat bermagan bo‘lardi.
-yana biroz qolinglar
Hesu misuga iltijoli yalindi.
-keyin yana ko‘rishamiz. Qara jiani ham uyqusi kelgan.
Hesu bag‘ridagi qiziga qararkan mitti qo‘lchalari bilan ko‘zlarini ishqalagancha esnagan qizaloq oyisini bag‘riga yana ham kirib ketdi. Hesu shu oddiy harakatlardan ham ko‘zi yoshlangancha jilmaydi
-ko‘p narsani o‘tkazib yubordim. Mening jajji qizalog‘imni ulgayishini ko‘ra olmadim.
Hesu qizini sochlaridan silab ko‘z yoshlarini to‘kdi. Birozdan so‘ng o‘ziga kelib qizini asta bag‘ridan chiqardi.
-jia endi ketishingiz kerak
-yo‘q hohlamayman.
Ko‘zlari yumulay degan qiz g‘ingshigancha ko‘zlarini qayta ochdi.
Endi nima qilishini bilmay qolgan hesu asta misuga qaradi. U ham nima qilishni bilmay biroz o‘ylanib turarkan sekin hesuga pichirladi
-biz bilan mashinada biroz yur uxlab qolsa keyin seni uyingga tashlab qo‘yaman. Biz esa uyga qaytamiz

Mashina orqa o‘rindig‘ida qizini pishilagancha uxlab yotganini tomosha qilib ketayotgan hesuning yuzidan hech tabassum arimayotgandi. Asta boshini silarkan jia kamshanibgina qo‘ydi. Bunday hesuning ko‘zlari porlab yana ham quvondi. Buni mashina boshqarib ketayotgan misu oynachadan ko‘rarkan uning ham yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
-u huddi dadasining o‘zi bo‘libdi. Gapirishlari, kulishlari hatto uxlashi ham
-akam bu gapingni eshitsa senga qanchalik o‘xshashini isbotlab beradi.
Misu oynadan uning gaplarini eshitib yarq etib unga qaragan qizga oyna orqali jilmaydi. Bunday gapdan o‘ng‘aysizlangan qiz shunchaki jilmayib qo‘ydi holos

Hesu va misular ketadigan yo‘l ikkiga ajraladigan joyga yetib kelganda misu asta mashinani to‘xtatdi. Endi ketishi kerakligini bilgan hesu asta qizining peshonasidan o‘pib qo‘ydi.
-shu yerga sekin yotqizib qo‘yaver
-yaxshi
Hesu jiani asta yotqizishga urinarkan buni uyqusida ham payqagan qiz oyisini bo‘ynidan qattiq siqib g‘ingshidi
-yo‘q yo‘q oyijon ketmang hohlamayman
Hesu asta qizini boshidan siladi
-ketishim kerak qizalogim
-yo‘q hohlamayman
Jia endi ko‘zini ochib oyisini ustiga chiqib oldi.
-jia
Hesu muloyimlik bilan qizini ko‘ndirmoqchi bo‘ldi lekin jia endi baralla yig‘lashni boshladi.
-yo‘q oyijon siz yana ketib qolasiz sizni qo‘yib yubormayman. Ketmaysiz.... qo‘yib yubormayman
Jia yig‘lagancha gapirarkan uning so‘zlari hesuning ham yuragini ezib yubordi.
-ketmayman qizalogim endi seni tashlab ketmayman
Hesuning ham ko‘zlarida yosh jilovlandi.
Jia bo‘lsa hali ham ketmaysiz degancha yig‘lar bu manzarani ko‘rib misuning ham yurak bag‘ri ezilib ketdi. Tili chiqishi bilan oyi deb yig‘lagan jiyanini bu holatda qanday ovutishni hatto u ham bilmasdi.

Uzoq o‘tirishdi na jia yigidan to‘xtadi na hesu nima qilishini topa oldi. 10daqiqadan beri tinmay yig‘layotgan qiz yo‘talishni boshladi. Bunday qo‘rqib ketkan hesu nima qilishni bilolmay qoldi.
Bunga ortiq chiday olmagan misu boshini mashinaga tiqib hesuga yuzlandi
-u yig‘idan to‘xtamaydi. Balki uni uygacha olib borib uxlaguncha o‘sha yerda qolarsan
Hesu pov: uy.... o‘sha uyga borish..... ostona hatlab yana o‘sha do‘zoxga qaytish...
Hesu eshitgan gaplaridan muzlab qoldi. Hech bir harakatsiz misuga kipriq qoqmay qarab qoldi.
-yoq yoq men bunday qilomayman
Hesu yig‘layotgan qiziga ham qaramay uni mashina salonida qoldirib o‘zi pastga tushdi.
-yoq men u uyga borolmayman. BOROLMAYMAN
hesu sochlarini siqqancha mashinadan uzoqlashdi.
Mashina oynasini urgancha dodlayotgan jiyanini ko‘rgan misu hesuning bu qiligidan tutoqib ketdi.
-nega nima uchun AAA
Misu darrov hesuni oldiga borib uni o‘ziga qaratdi.
-qizingni tashlab ketib endi 5yil deganda qaytding endi uning kichik bir injiqligini ham ko‘tara olmaysanmi?
-YO‘Q KO‘TARA OLMAYMAN MEN U UYGA QAYTIB BOROLMAYMAN
-HA ALBATTA HATTO KIPRIK HAM QOQMAY O‘Z FARZANDINI TASHLAB KETKAN 5YIL ICHIDA HATTO HABAR HAM OLMAGAN ONADAN BOSHQA NIMANI HAM KUTISH MUMKIN
-HA MEN UNI TASHLAB KETDIM MEN UNI O‘ZINI QOLDIRDIM. LEKIN NIMA QILISHIM KERAK EDI AAA NIMA QILISHIM KERAK EDI. O‘SHA VAQTDA MENI QO‘LIMDAN BOSHQA NIMA KELARDI. JKNI AZOBLARIDAN O‘LIB KETISHMI.
Hesu yo‘lni chetiga o‘tirib yig‘lashni boshladi
-men o‘shanda qay ahvolda edim buni bilarmiding. Hatto nafas olishga qo‘rqdim hatto o‘z bolamni o‘ldirmoqchi bo‘ldim. SHULARNI BILARMIDING yo‘q albatta hech narsani bilmay turib nega meni ayblayapsan
-to‘g‘ri akam seni azoblagandir urgandir lekin nega qizingni tashlab ketding BILASANMI U SHU 5YIL ICHIDA QANCHALIK QIYNALGANINI SENDAN KO‘P AZOB CHEKKANINI bilasanmi. U onasiz 5yilini o‘tkazdi. Ilk kunlarini oilasiz begona qo‘llarda o‘tkazdi. Tili chiqqan paytda u kimni oyi kimni dada deyishni bilmasdi. U sendan ham ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rdi
-men ham qiynaldim oldin jkni deb bo‘lsa keyin o‘z qilgan ishimni deb qiynaldim. Afsuslandim qizimni tashlab ketkanimdan afsuslandim ko‘p marta qaytishga urundim lekin qo‘rqdim seni o‘sha vaxshiy akangdan qo‘rqdim
-vaxshiy?! U seni sevgandi u senga azob bersada seni sevgandi
-sevgandi?! Sevgi shunday bo‘ladimi o‘z hotiniga ishonmaslikmi o‘z sevgilisiga ishonmaslikmi sevgi yoki homilador bo‘lgani uchun uni kaltaklashmi. -hesu ortiq chidab turolmadi hohlamasada o‘sha muthish o‘tmishini eslashga majbur bo‘ldi- bitta maqsadda men boshqasi bilan bo‘lgan yoki bo‘lmaganligimni bilish uchungina homilamni saqladi. Meni urib azoblab bir xonaga qamab qo‘yib meni sevdi. Har kelgan mushti faqat qornimga tegmasdi FAQAT QORNIMGA. Hech kimga kerak bo‘lmagan homilam faqatgina bir narsa uchun saqlanib qoldi u ham bo‘lsa bu bola kimga tegishli ekanligini bilish uchun. Ho‘sh sen ham shunday hayotda yashay olarmiding SHUNDAY ODAMNI OLDIDA YASHAGAN BO‘LARMIDING.
Hesu yerni urgancha yig‘larkan hech bir narsa haqida habari yo‘q misu jimgina unga termulib turardi. U akasi hesuni qiynashini bilardi.
Lekin bunchalik emas. U hotiniga shubha qilsa ham lekin bu homilani, bolani o‘ziniki ekanligini ich-ichidan sezgan deb o‘ylagandi. Bolaga ziyon yetkizmagan deb o‘ylagandi.
U to‘g‘ri o‘ylagan u bolaga ziyon yetkizmagan u bolani onasini tugatgan.... batamom ..... ham ruhan ham jismonan tugatgan

Misu eshitgan gaplaridan keyin hesudan nohaq hafa bo‘lganini, uni kelganidan beri nohaq ayiblab yomon munosabatda bo‘lganini tushinib yetdi. Sekin uni oldiga borib asta bag‘riga bosdi.
-meni kechir. -sochini silagancha pichirladi- men bu darajada bo‘lganini bilmagan edim
Hesu o‘zini bosolmay yig‘larkan asta uni quchgancha yig‘isini to‘xtata olmadi

Biroz muddatdan so‘ng o‘ziga kelgan qiz misuni bag‘ridan chiqdi. Misu unga siniq jilmaygancha ko‘zlaridagi yoshni artdi.
-yura qol seni uyingga tashlab qo‘yaman. Jia ham o‘zi qolib ketdi.
Endigina o‘rnidan turgan qizni hesu to‘xtatdi.
-endi yana dugonalarmizmi?
-albatta
Hesu ham o‘rnidan turib dugonasini bag‘riga bosdi.

Qizlar mashinaga kelisharkan hali ham yig‘idan to‘xtamagan jiani ko‘rib ikkisi ham qo‘rqib ketdi. Hesu darrov uni oldiga o‘tib uni bag‘riga oldi
-go‘zal malikam bo‘ldi yig‘lama
-meni yana tashlab ketdingiz
-yo‘q aslo unday emas men seni endi tashlab ketmayman.
Hesu qizini yana ham bag‘riga bosib sochlaridan siladi.
Biroz tinchlangandek bo‘ldi jia. Keyin ularni oldiga o‘tirgan misu ham jiani sochlarini siladi.
-jia endi uyga qaytish kerak dadang bizni kutayapti
-yo‘q hohlamayman men oyimni tashlab ketmayman.
-oyingni yana ko‘rgani kelamiz.
Misu hesuning hikoyasidan keyin uni majburlashni hohlamadi.
Jia esa ammasini gaplarini eshitishni hohlamay yana yig‘lashni boshladi. Onasini yoqotib qo‘yishdan qo‘rqqan yosh qizaloq uyqusi kelib qolgani uchun ham injiqlik qilayotgandi.
Hesu ortiq qizini ho‘kkilab yig‘lashiga ortiq chiday olmadi yuragi battar ezildi. Endi nima qilishni bilmay qoldi. Uyiga olib ketolmaydi. Bunga jk yo‘l qo‘ymaydi. O‘sha uyga ham qayta olmaydi. Lekin onalik hissi va qizining ohirgi ko‘p yig‘layverganidan yo‘talib nafas olishga qiynalishi uni boshqa iloji qolmaganligini bildirdi.
-yaxshi qizalogim unda uyga birga boramiz
Misu unga hayrat bilan qararkan hesu unga uyga o‘sha zulmat kabi qasrga haydashini aytdi. Biroz o‘ylanib qolgan qiz jiyanini boshqacha ko‘ndira olmasligini bilib rulga o‘tirdida o‘sha tanish yo‘l bo‘ylab yura boshladi

Qorongu yo‘l ..... jim-jitlik ..... tipirchilab urayotgan yurakni battar vahimaga solyapti. Hesu qo‘ynidagi bolasi injiqligi kamayib ko‘zi ilinayotganligini ko‘rib o‘zi ham boshini asta sidinaga suyadi. Ko‘zlarini yumib hohishsiz o‘tmishga o‘sha ogir damlariga qaytdi.

Bir ikki uzuq-yuluq tasvirlar qizni yana ko‘zlarini ochishga majbur qildi. Shundagina misuni telefonda gaplashib ketayotganligini payqadi. Tezda telefonini qo‘ygan qiz dugonasiga oyna orqali gapirishni boshladi
-akam hali ham ishda ekan jiani uxlatib u kelguncha ketishga ulgurasan
Hesu indamadi faqatgina bosh chayqash hammasini tushunganligini bildirdi.

Kotta temir darvoza tanish mashina sabab sekin ochildi. Mashina asta sirg‘alib kirarkan hesuni vahima shu bilan birga qo‘rquv bosishni boshladi. Hayollari o‘zida bo‘lmagan qiz misuni ovozidan o‘ziga keldi
-hesu yetib keldik.
Hesu asta eshik ochib qizini bag‘riga oldi. Jia ham oyisini bo‘ynidan quchdi. Huddi uni hozir himoya qilayotgandek. Hesu asta qadamlar bilan uyga kirish eshigiga kelarkan ortiq qadam bosolmadi

Birinchi uyga kirgan misu ortidan dugonasini kelmayotganligini payqab ortiga ogirildi. Va shu zahoti hesuning ko‘zlaridagi qo‘rquvni ko‘rib bu yerga uni olib kelganiga afsuslandi

Hesu eshik oldida turib qoldi. Uni hech kim majburlamadi. Hech kim kirishini buyurmadi. Hatto o‘zi ham. O‘zi ham kirish uchun jur'at topa olmadi. Qanchalik urunmasin oyoqlari unga bo‘ysunmadi. Qanchalik endi jk uni ho‘rlay olmasligini, endi o‘sha qizaloq yo‘qligi, hozir o‘zini-o‘zi himaya qila olishini uqtirsada miyasi bunga etibor bermas hoyoli faqat o‘sha shu uyga kirishga to‘sqinlik qilayotgan o‘tmishida edi.
-oyijon
Jianing uyqu aralash shivirlashi hesuni o‘ziga keltirdi. Qo‘rqinchli o‘tmishdan yoqimli hayotga onalik hayotiga olib keldi.
Hesu chuqur nafas olib chiqargancha uyga ilk qadamini bosdi.
Misu hesuning jur'at topib kirganidan biroz jilmaydi. Hatto yuragida milt etib umid chirogi yondi. Juda ichkarida bo‘lsada nimadir kelajak uchun umid berdi.
Sekin ichkari zalga kirarkan misu divanda yastanib o‘tirgan odamni ko‘rib qorqib ketdi.

-siz bu yerda nima qilyapsiz. Ahr yaqindagina akamni ishda degandingizku
Misu hozir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tofondan qorqib jihooni so‘roqqa tutdi.
-akang hali ham ishda
-unda siz nima qilyapsiz bu yerda
-qahva ichgani keldim.
-hih qahva ichgani emish nima boshqa yerda qahva tayyorlashmasmikan
Ularni suhbati eshitib qolgan qiz boshini ekkancha olib kelgan qahvasini qayta oshxonaga olib kirib ketdi
-bu yerda qahva mazali tayyorlanadi
Misu jihooning gaplaridan ensasini qotirib orqaga o‘girilarkan hesu bilan jiani unitib qo‘yganini endi payqadi

-aa hesu kelaver
Jihoo hesu ismini eshitib darrov o‘rnidan turdi. Qizni bu yerda ko‘rib biroz hayron bo‘lsada odob yuzasidan u bilan salomlashdi. Hesu ham eski tanishiga jilmayib qo‘ydi.

Hesu ismini eshitib oshxonadan otilib chiqqan ayol ertalabgi suhbatdan so‘ng qizi kabi bo‘lib qolgan necha yildan beri ko‘rmagan qizni kelganiga ana endi ishondi. Ko‘zlariga ishonmay yugurib uni oldiga kelarkan yigi aralash uni ismini aytdi
-yejin hola
Hesu ham ko‘zlaridagi yoshni yashirmay bag‘rini ochgan ayolni ichiga kirib ketdi.
-go‘zal qizim ahiyri kelibsanda. Seni juda sogingandik qizing .... u bilan ko‘rishibsan ... meni jiayam juda hursand bo‘lgandir osmonlarga sakragandir
Yejin honim jia aralash hesuni bag‘riga bosarkan jia baland ovozdan asta qimirlab qo‘ydi.
-voy bizni malikamizni uyg‘otib yuboray debmanku
Yejin honim asta jiani yelkasiga urarkan ona-bolani bunday ko‘rganidan yana ko‘zlari yoshlandi.

Jia yana uyquga ketkanligini payqagan hesu yejin honim bilan yana quchoqlashishdi. Pichirlashgancha bir-birining ahvoli so‘rashdi.
Yejin honimni jilmaygancha eshitayotgan hesu ulardan biroz narida o‘sha uyda tilga olinmasada lekin har doim hammani yodida, hayolida va yuragida bo‘lgan qizni kelganini eshitib yugurib oshxonadan chiqqan lekin ularga qo‘shilishga botina olmay oshxona eshigiga suyangan qizga ko‘zi tushdi

Hesuning nigohi boshqa yerga qaratilganini sezgan yejin honim ham u tomonga qaradi.
-ha bu yuna ... yuna kelaqol qizim
Hesu pov: juda yosh qizcha ekan. Nima jkni navbatdagi sevgilisimi.... nima u boshqasini sevib qoldimi? Jk endi unikimi?!

16-qism tugadi

By:haru🫰

Bizning kanal: bangtan_ff_shop_menu