May 7, 2025

Springday

Haru🫰

18-qism

-dadajon
-hhmm
Ko‘zini yumib o‘zini uyquga solib olgan jk qiziga shunchaki ovoz chiqarib javob berdi.
-dada
Lekin jia dadasini shunchaki tinch qo‘ymadi. Bag‘ridan chiqib uni turta boshladi.
-ha ha malikam nima demoqchisiz
Jk ham uni oldiga oyoqlarini almashtirgancha o‘tirib oldi.
-biz yana siz va men yanachi oyim
Jianing oyim degan gapini eshitib jkni kulib turgan yuzi tekislandi.
-oying
-ha oyim biz birga yashay olamizmi?
Jk hozirgi gapdan biroz hayron qoldi
-buni sendan oying so‘radimi?
-aniyo oyimga hali bu haqida aytmadim
-qizalog‘im bilasanmi-jk jiani asta bog‘riga olarkan hozirgi gapi unga hecham ham yoqmasligini bilib turardi. -oying biz bilan yasholmaydi. U bizni allaqachon tashlab ketkan
Qizining qanchalik qaysar ekanligini bilgan jk unga yotig‘i bilan tushuntirishga harakat qildi.
-qaytib keldilarku. Endi birga yashasak bo‘lmaydimi?
-jia
Jkni ovozi biroz ko‘tarilgan bo‘ldi
-men oyim bilan yashashni hohlayman
Dadasidan ham o‘tib tushgan qattiy ovoz egasi yuzini ko‘rpalarga yopib oyoqlari bilan yotoqni tepa boshladi.
-men oyim bilan yashashni hohlayman
Ovozida qat'iyat bilan birga yig‘ini ham eshitgan jk sekin qizining sochlarini silab qo‘ydi.
-mening malikam
-qoching qoching siz bilan gaplashmayman.
Sochlari ustidan dadasini qo‘lini olib tashlagan qiz darrov yotoq ustidan tushdida labini cho‘chaytirgancha
-ketdim men siz bilan yotishni hohlamayman.
Deb honani shahdam qadamlar bilan tark etdi.

Qizining qaysarligini oyisiga o‘xshaganligiga yoyib kulayotgan jk uning gaplarini ham o‘ylamay qo‘ymayotgandi.

Baribir xonasiga kiritmasligini bilgan jk jiani uxlab qolishini kutdi. Tezda uyquga ketkan qizaloqning xonasiga oyoq uchida kirib uning ustiga ko‘rpani yaxshiroq tortida asta boshini siladi
-bunga baribir oying ko‘nmaydi

Ish vaqti tugab endi ketishga shaylanayotgandi hesuni boshligi to‘xtatdi
-qayerga ketyapsiz haru honim
Kesatiqli ovozdan ensasi qotsada orqaga qarab jilmaydi hesu
-ish vaqti tugadi jenifer
-lekin sen hali ham o‘z ishlaringni tugatmading
Hesu hozir juda asabiylashdi. Qizini ilk marta bog‘chadan olishi mumkin bo‘lganda hozir bu yolmog‘iz uni to‘xtatyapti. Uni ustiga uni ko‘chada misu kutib turibdi.
-hesu ishdan keyin bo‘shmisan
Biroz oldin telefonini ko‘targan qiz dugonasini savoliga albatta deya javob bergandi
-bugun jiani bog‘chadan olishga borayapman. Sen ham buni hohlaysan deb o‘ylagandim
-albatta hohlayman. Hoziroq chiqaman.
Hesu ushlanib qolganiga hunobi oshar uni kutib turgan misu ham telfon qilib qo‘ymayotgandi. Lekin bu vaziyatda hesu nima ham qila oladi

Ohiyri sabri tugagan misu o‘zi dugonasini ishlaydigan xonaga keldi. Keldiyu unga dakki berayotgan ayolni ko‘rib u yerda biroz to‘xtab qoldi
-hoziroq narsalaringni joyiga qo‘yginda ishingni boshla. Bugun tugatmasdan hech qayerga ketmaysan.
Bunday muomilaga o‘rganib qolgan hesu hech narsa demay turarkan eshik ochib ichkariga misu kirib keldi
-ish vaqti allaqachon tugamadimi?
Jeniferga yuzlanib qoshlarini qoqdi misu.
-to‘g‘ri lekin u hali ishlarini tugatgani yo‘q
-honim ishdan tashqari hodimlarni majburan ishlatish bu qonunga hilof ekanligini bilasizmi? Hodimingiz ustingizdan arz qilishi mumkin.
-amerikada bunday qonun yo‘q
-lekin kareyada bor. Va siz hozir kareyadasiz. Shunday ekan biz ortiqcha muommoga duch kelishni hohlamaymiz.
Misu atay jilmayib ayolni g‘ashiga tegdi.
-hesu ketamiz.
Hesuni qo‘lidan tutib olib ketayotgan qizning kares shevasiga hayriyatki hech kim tushunmadi.

-oyijoooon
Jia oyisini ko‘rib ko‘zlari chaqnadi. Yiqilib tushishiga ham etibor bermay oyisini bag‘riga chopdi.
-oyijonim men juda juuuddayam hursandman.
Jianing hursandligi oyisini ham ammasining ham yuzlariga tabassum yugurtirdi.
-buning uchun menga rahmat aytishingiz kerak kichik honim
Misu ko‘z qiri bilan jiaga qararkan jia ham darrov ammasini oldiga o‘tib yuzlaridan o‘pgancha "rahmat ammajon" dedi.
Keyin yana oyisiga qaytdi. Oyisini quchogida turgan qizaloq oldidan o‘tgan do‘stlariga oyisini ko‘z-ko‘z qilgan bo‘ldi.
-mana mening ham oyim bor sizlarga aytgandim lekin ishonmagandingiz mening ham oyim bor u juda chiroyli hatto sening oyingdan ham
Jia oldida ketayotgan bolakayga gaplarini tugatishi bilan tilini chiqarib qo‘ydi.
Hesu bu gaplarni eshitarkan yuragi og‘ridi.
-jia seni... hafa qilisharmidi
-ularga doim oyim borligini aytsam ham menga ishonmasdi.
Hesu qizini bunday ahvolga solganidan yig‘lab yubordi.
-oyijon yig‘lamang
Mitti qo‘lchalar oyisini yuzini yuvishga ulgurgan yoshlarni arta boshladi.
-qani ketamiz
Misu vaziyatni to‘g‘irlash maqsadida ularni u yerdan olib ketdi

Hesu buni hohlamasada qizining iltimosiyu unga mo‘ltirab turgan ko‘zlarga yo‘q deyolmadi. U yana o‘sha uyga qaytdi.
Jia o‘zida yo‘q hursand hamma uylarni oyisiga ko‘rsatdi. Birinchi o‘zini honasidan boshladi.
-bu meni honam
-judayam chiroyli
Hesu qiziga qarab jilmaydi.
-bu esa siz oyijon
Jia yotog‘i oldidagi tumbuchka ustidagi rasmni olib oyisiga berdi
Hesu bu rasmga qararkan qachon bunday rasmga tushib berganini eslay olmadi.
-bu yerda ham sizning rasmlaringiz bor
Jia kitoblari turadigan shkaf ustidagi rasmalarni ham ko‘rsatdi. Keyin ular zalga o‘tishdi. U yerda oshxonaga
-kelganingdan juda hurdand bo‘ldim
Yejin honim kuyib pishib ovqat tayyorlarkan unga jilmayob turgan qizga qarab gapida davom etdi
-kechki ovqatga qolasanmi?
-haligi.... holajon men qololmasam kerak
-nega ekan men ovqatlanmaguningcha seni qo‘yib yubormayman.
-qolishim to‘g‘ri bo‘lmaydi. Jk ...u kelib meni ko‘rsa yana jahli chiqadi.
-jahli chiqarmush ... u qancha kutti buni
Hesu yejin honimni gaplariga hayron qolarkan orqadan jiani ovozi eshitilib qoldi.
-oyijon yuring bu yoqlarni ham ko‘rsataman.
Hesu qizini oldiga bordi uni zinalar oldida turganini ko‘rib biroz turgan joyida to‘xtab qoldi.
O‘sha xotiralar ... rad etib bo‘lmas xotiralar
-oyijon yuraqoling
Mitti qo‘lchalar bilan tortqilayotgan hesu asta qadamlar bilan yuqoriga ko‘tarildi

-bu esa sizning honangiz
Hesu ortiq yura olmadi. Hona poygagida turarkan 5yil oldin bu yerda ko‘rgan barcha azoblari ko‘z oldidan o‘ta boshladi
Bu yotoq- ilk bor zo‘rlangan joyi, ko‘zgu o‘sha o‘lasi qilib kaltaklanganda o‘z aksini ham ko‘rishga qo‘rqqan ko‘zgu, yuvinish xonasi ....
Hesu darrov ko‘zlarini yumdi. Lekin miyasidan o‘tayotgan hotiralar to‘xtamadi.
O‘sha yuvinish xonasi .... o‘zi va manashu mitti qizalog‘ini o‘ldirish uchun qilgan harakatlari.
Hesu ortiq chiday olmadi polga o‘tirib qoldi.
Va o‘sha bu xonadagi ohirgi kuni.....
Polda qonga belanib yotgan lekin yashash uchun eng ohirgi umid bilan eshikka termulgan hesu. Bolasini saqlab qolishni hohlagan ... bahorni iliqligini his qilishni hohlagan hesu
-oyijon nega yig‘layapsiz? Meni esidan chiqarib qo‘ygan deb o‘yladingizmi? Lekin biz doim sizni sog‘inganimizda dadam bilan shu yerda uxlardik. Sizni rasmlaringizni ko‘rardik.
Hesu jiani qattiq bag‘riga bosdi. Ho‘ngrab yig‘larkan hech narsani tushunmagan qizaloq oyisining ko‘z yoshlarini artib ulgurmayotgandi

-bu sizning tonog‘ichingiz
Ancha o‘ziga kelib qolgan hesu ichkariga kirarkan jia uni qo‘liga oddiy lekin bejirim to‘nog‘ichni berdi.
-meniki
Hesu hayron qo‘lidagiga qaradi lekin hech ham uni eslay olmadi.
-dadam buni menga bergandilar lekin bu sizniki taqib ko‘rasizmi?
Hali ham buni eslay olmayotgan hesu qizining gaplaridan pastga jia bo‘yi barobar o‘tirdi
-buni sizga yarashishini bilgandim
Sochiga taqilgan tonog‘ichni ko‘rib hesu o‘sha jk unga safardan olib kelgan sovg‘a ekanligini esladi.
-nimalar qilyapsizlar
Xonaga kirgan misu ona-bolani hayolini oldi
-oyimga o‘z honalarini ko‘rsatyapman
-shundaymi
Misu jiyanini burnini chimchilagan bo‘ldi.
-yuringlar ovqat tayyor ovqatlanamiz
-oyi siz ham qolasizmi?
-ha qizalogim qolaman.
Jia hursand bo‘lib sakrarkan yugurib tashqariga chiqib ketdi.
-jia ehtiyot bo‘l
Ortidan oyisini gapiga quloq solmadi qizaloq. Hozir u hammadan ham baxtliroq
-yuraqol ovqatlanamiz
-jk hali kelmadimi?
-akam ovqatlanishga yaqin keladi. Yejin holam sen uchun bugungi kechki ovqatni vaqtliroq qildilar. Akamni keladigan vaqti hali bo‘lmadi.
Hesu shunday mehribonlari borligidan hursand bo‘ldi. Ovqatlanish uchun honadan chiqarkan sochidagi to‘nogichni yechib qo‘yishni unutmadi.

-barchasi juda mazali chiqibdi rahmat yejin hola
-osh bo‘lsin qizim
Hesu u uchun tayyorlagan taomlarni barchasini tatib ko‘rdi. U yoqtiradigan taomlar hali ham yejin honimni yodida ekanligidan juda hursand bo‘ldi. O‘zi ham anchadan beri bunday uy taomlarini yemaganiga barcha taomlarni ishtaha bilan paqqos tushirdi.
-jia nega ovqatlanmayapsan
-meni qornim to‘ydi
-lekin hech qancha yemading
-bizni malikamiz shunaqa kam ovqat shunga yaxshi katta bo‘lmayapti
Oraga qo‘shilgan yejin honim jiaga dakki bergan bo‘ldi.
-hech ham kichik emasman
Labini burdi jia.
-yejin hola to‘g‘ri aytyapti tezroq katta bo‘lishing uchun ko‘proq ovqat yeyishing kerak.
Hesu qizini boshidan siladi. Oldida turgan ovqat idishini olib jia uchun mo‘ljallangan kichik qoshiqchada ovqat bera boshladi. Boshida injiqlik qilayotgan qizaloq keyinchalik oyisini aytganini qilishga majbur bo‘ldi.
-barakalla qizalog‘im.
Hesu jiani yuzidan o‘pib qo‘ydi
-oyijon agar sizni aytganingizni qilsam siz ham meni aytganimni qilasizmi ?
-albatta qilaman. Ho‘sh kichik malika qanday istagingiz bor
-meni bitta tilagim bor
Hamma jiani og‘zini poylarkan bu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Bir zum hamma jim bo‘lib qoldi. Hamma bilardi kim kelganini.
Yuna asta o‘rnidan turib eshik tomon yura boshladi. Birozdan keyin esa jk bilan qaytib keldi
-hayrli kech
Jkning yuzida charchoq bilinib tursada tabassum bilan stol atrofida o‘tirganlar ichidan jiani qidirardi. Lekin uning ko‘zi birinchi qiziga emas balki uning oldida o‘tirgan sobiq hotiniga tushdi.
-aka .... jia uyga borasiz deb turib oldi.
Misu o‘rnidan turib jkni oldiga borarkan bu orada dadasini kelganini ko‘rgan jia yugurib kelib jkni bo‘yniga osildi.
-dadajon sizni juda sog‘indim
Jk etiborini yuzlarini o‘payotgan qiziga qaratdi.
-men ham sogindim go‘zalim
Jkni kayfiyati o‘zgarganidan foydalangan yejin honim darrov o‘rnidan turib jkni oldiga keldi
-qani o‘tiringlar qorning ham ochgandir senga ovqat suzib kelaman. -ohirgi gaplarni asra qulogiga pichirladi.- jahling chiqsa ham jim o‘tir ahr qizing buni hohladi o‘g‘lim qizing uchun
Jk yejin honimga qarab qoldi. Yejin honim ham jkni yelkasiga bir ikki urib ko‘zlarini yumib-ochdi huddi aytganlarimni qil degandek
Jk bir ikki luqma yegan bo‘ldi. Uning qarshisida o‘tirgan qiz iloji boricha jkga etibor qilmas bor etiborini qiziga qaratishga harakat qilmasin buning uddasidan chiqa olmadi. Ko‘zlari jk tomon ketib qolar bunga ayni damda o‘zi ham tushunmayotgandi.

-dadajon qorningiz to‘ydimi
-nima
Hayollari faqat bir insonda bo‘lgan yigitning hayollari tarqaldi.
-meni uyqim kelyapti uxlashni hohlayman.
-unday bo‘lsa sen honangga kiraver men ham hozir kiyimlarimni almashtirib kiraman
Jiaga javob qaytarib jk o‘rnidan turdi. Sekin zinalar tomon ketarkan orqadan kelgan ovozga quloq tutdi.
-oyijon yuring yura qoling
Jia oyisini qo‘lidan tortqilab xonasiga boshladi hech narsani tushunmagan hesu bir unga bir jkga qarab qo‘yar qizi bilan xonasiga kirishni ham qaytib ketishni ham bilmayotgandi.

Ichkarida honimlar borligini bilgan jk eshikni asta chertdi. Shu ondayoq kiravering degan qo‘ng‘iroqdek ovoz jarangladi. Bundan biroz lablariga tabassum yugurgan jk eshikni ochib ichkariga kirdi.
Yengil kiyinib chiqqan dada qizini yoniga kelib cho‘kkalab o‘tirdi.
-ho‘sh kichik malika cho‘milishga tayyormisiz
-ing
Boshini likkillatdi jia.
-unda qani ketdik
Jk jiani qo‘liga olib ko‘tardi. Orqasiga o‘girilib dush tomon qadam bosdi. Lekin birinchi qadamdayoq turgan joyida to‘xtab orqasiga o‘girildi.
-agar hohlasang biz bilan kirishing mumkin
Hesu jk unga gapirganiga dovdirab nima deyishni bilmadi.
-ha ha oyijon yura qoling birga cho‘milamiz.
Birga cho‘milamiz iborasi hesuni muzlatib yubordi
-birga ..... cho‘milamiz
Pichirladi o‘ziga o‘zi. Keyin asta ularni orqasidan u ham dushga kirdi.
Iliq suv bilan to‘lgan vannaga tushib olgan jia hursandligidan hamma yerga suv sachratar hech qizini tinchlantira olmayotgan jk hunobi oshsa ham qizining hursandligidan u ham mamnun kulardi.
-jia sekinroq
Qiqir-qiqir kulayotgan qizaloq baribir dadasini aytganini qilmadi.
-yoq hohlamayman.
-kiyimlarimni suv qilib yubording
-oyim ham sizga yordam bersin.
Jia eshik oldida jim ularni kuzatayotgan hesuga ko‘zi bilan ishora qildi.
-o‘zim ham uddalayman.
Jk sekin qizini turgizib butun tanasini yumshoq va yoqimli ko‘piklar bilan yuva boshladi. Bundan battar hayron qolgan hesu ularni oldiga yugurib bordi.
-jk ahr u qiz bola sizni bunday cho‘miltirishingiz....
-nimalar deyapsan u meni qizim qolaversa har safar men o‘zim uni cho‘miltiraman

Biroz muddatdan so‘ng dushdagi quvnoq kulgular tugadi. Hesu dushdan kiyimlari ho‘l bo‘lib chiqarkan biroz oldin jiani sochiqqa o‘rab chiqqan jk allaqachon qizini kiyimlarini kiydirib bo‘lgandi.
Hesu ularga termulib turarkan yotoq ustiga o‘tirgan jkni oldiga jia orqasini qilib turib oldi. jk jianing sochiga o‘ralgan sochiqni olib asta arta boshladi. Bir ikki silkitish sochlari uchidagi suvlar tomchilashi tugagan qiz yugurib o‘ziga mos bo‘lgan kichik ko‘zgusini oldiga bordi. U yerdan qandaydir spreyni olib yana dadasini oldiga keldi. Shunda jk qizini qo‘lidagi spreyni olib butun sochiga sepib chiqdi. Fenni yoqib mayinlik bilan jiani sochini qurita boshladi.
Hech bir adashishsiz, yangilishsiz qilingan harakatlarni ko‘rib hesu jkni bu ishlarni har kuni qilishiga amin bo‘ldi
Hesu pov: u shunday ajoyib dada bo‘lishiga ishongandim
Hesu yuzidagi jilmayishni o‘zi ham bilmay qoldi.
Hesu pov: nega jk haqidagi hotiralarim faqat azob, yomonlik va qo‘rquv ahr u bilan ajoyib damlarni ham o‘tkazgan edik kam bo‘lsada bo‘lgandi. Lekin bularni barchasini hatto eslay ham olmadim. O‘sha kuni menga tonog‘ichni sovg‘a qilganda u juda ham baxtli edi. Meni bag‘riga bosib yotganda juda tinch va yoqimtoy edi. Nega shular qolmagan hotiramda nega faqat yomon kunlar...
Fenning o‘chishi hesuning hayol og‘ushidan qaytardi
-dadajon oyimga o‘xshab qoldimmi? Huddi oyim kabi yoqimtoy va shirin qiz bo‘ldimmi? Mendan ham vanil ifori kelyaptimi
-....
-nega har doim aytadigan gapingizni aytmayapsiz?
-ha go‘zalim huddi onang kabi go‘zal qiz bo‘lding
Jk bu gaplarni sekin pichirlarkan ko‘z qiri bilan hesuga qarab qo‘ydi. Buni o‘zi ikki dunyoda ham tan olmasdi lekin bu sotqiz qizaloq hammasini lop etib aytib beryapti

Jia silliq va uzun sochlarini biroz silkitdi. Huddi maqtangandek. Huddi shunday oyisini oldiga borib uni qo‘llaridan tutdi. Va dadasi o‘tirgan yotoq yoniga olib bordi. O‘zi polga o‘tirib mitti qo‘lchalari bilan oyisini o‘tirishi uchun polga urib qo‘ydi. Bundan oyisi ham dadasi ham birga kulib yuborishdi.
Hesu jia ko‘rsatgan joyga uni oldiga o‘tirdi.
-oyijon meni bitta istagimni bajarishga so‘z bergandingiz yodingizdami?
-albatta qizalogim hohlagan hamma istagingni bajaraman.
-rostanmi?
Ko‘zlari chaqnab turgan qizaloqqa oyisi bosh silkib rostligini aytdi.
-biz bilan birga yashang shu yerda birga yashaylik
Hesu shokka tushdi. Jiadan bunday taklifni kutmagandi.
-yoq yoq bo‘lmaydi
Hesu oyoq qo‘li qaltirab o‘zini biroz ortga oldi.
-men bu yerda yashay olmayman.
Hesu o‘rnidan turdi eshikdan chiqmoqchi bo‘ldi lekin
-ahr vada bergandingiz
Hech qanday erkalanishsiz yigi aralash javob oldi.
-siz vada bergandingiz hamma istagimni bajarishga lekin hozir unday qilmayapsiz
Hesu ortiga qaradi. Bir pasta qizargan ko‘zlari bilan qizini oldiga borib qo‘llaridan tutdi.
-jia men bunday qilolmayman iltimos meni qiynama qizalogim boshqa hamma aytganingni qilaman lekin meni bu uyga qaytib kelishimni so‘rama iltimos
Jia birdan oyisini qo‘lini siltab tashladi.
-menga boshqa narsa kerak emas menga faqat shu kerak siz bilan birga yashashni hohlayman.
Bu qaysar qizaloq oyisini ham aylanib o‘tib yer tepindi.
-siz men bilan turishni hohlamaysizmi?
-unday emas qizalogim
Yana ushlangan qo‘llar o‘sha zahoti tortib olindi.
-jia
Hesu qizining bunday munosabatiga chidab turolmadi. Ko‘zlaridan yoshlar oqa boshladi.
-jia
Endi jk ham qo‘shildi
-qizim oying buni hohlamasa majburlay olmaysan
-siz ham ular tarafidasiz
Jia endi dadasiga ham qoshlarini chimirdi.
-siz ham meni hohishimni qilishni hohlamaysiz siz oyimni ko‘ndirishingiz kerakku
-jia go‘zal malikam
Jkning gapi tugatib ulgurmasdan jia uning ham qo‘llarini itarib tashladi.
-sizlar ikkingiz bilan ham gaplashishni hohlamayman.
O‘zini yotoqqa tashlagan qiz yuzini yostigi tagiga yashirib oldi.
-sizlar meni yomon ko‘rasiz
Hesu endi nima qiladi. Ahr jon dili yuragining bir parchasi uni o‘zidan ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. Lekin uning hohishini ham qilolmaydi. 1-2 soatga bu uyda zo‘rg‘a chidayabdi. Qanday qilib bu yerga ko‘chib o‘tishi mumkin.
-qizalogim
Hesu qizini oldiga o‘tirib uni orqasini silamoqchi bo‘ldi.
-qoching sizni yomon ko‘raman sizlarni ko‘rishni hohlamayman.
Jk jianing qaysarligi qay darajada ekanligini biladi shuning uchun hesuni oldiga keldi.
-yuraqol u baribir hozir biz bilan gaplashmaydi. Ertaga gaplashamiz
-ertaga ham gaplashmayman
Qat'iy aytilgan gaplar hesuning yuragini battar ezib yubordi.
Jk hesuni asta yelkasidan tutib o‘rnidan turgazdi. Eshik tomon olib ketarkan bu qaysar qizaloq boshini chiqarib ularni yana bir bor ogohlantirdi
-oldimga kelmanglar ertaga ham gaplashmayman ovqat ham yemayman.
Hesu qiziga qarab qolarkan jk-yuraqol degancha uni tashqariga olib chiqdi

Hesuni bu ahvolda ko‘rgan hamma jkka o‘qraydi. Lekin jk bunda uni hech qanday aloqasi yo‘qligini va jiani istagini aytib berdi.
-ah qizim aaa, bu qaysar qizni qaranglar bo‘ldi yig‘lama ertaga o‘ziga kelib qoladi.
-erkatoy malikamiz ertaga o‘ziga kelarmikan
Misuning pichirlashini hamma eshitdi. Hesu ham ko‘zidagi yosh bilan unga qaradi.
-uni yaxshi bilasizlar aytganini qildirmaguncha o‘zinikidan qolmaydi.
Bu haqiqatligini bilganlar ham shunchaki indamadi.

Erta tong qizini hayolidan chiqara olmagan hesu kechasi bilan uxlay olmadi. Sahar bazo‘r o‘zini yotoqdan ko‘tardi. Shishib ketkan yuziga oynadan qaradi lekin unchalik etibor bermadi. Hozir faqat bir narsani qizini ahvolini bilishni hohlaydi. Misuga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldi lekin kecha uni ham o‘zi bilan chiqib ketganini eslab bu fikridan qaytdi. Keyin esa kerak boplib qoladi deb nomerini olgan yunaga qo‘ng‘iroq qildi.
-annonghaseyo yuna bu men hesuman
-ha hesu honim
Telfon ortidan uyqusiragan ovozni eshitib hesu biroz hijolat bo‘ldi. U juda barvaqt telefon qilgandi.
-yuna meni kechir juda erta telefon qildim
-yoq yoq hesu honim hammasi joyida
-haligi jia haqida so‘ramoqchi edim
-ha jia lekin honim biz ham uyda emasmiz o‘zimizni uyimizdamiz kechqurun siz ketkaningizdan keyin janob jk ancha vaqt jiani honasini oldidan ketmadi lekin jia eshikni ochishni hohlamadi.
-shunday degin
-ha honim
-mayli uyga borgandan so‘ng menga qo‘ng‘iroq qila olasanmi?
-albatta honim
-mayli senga rahmat yuna
Telefon qo‘ng‘irog‘i uzulgach hesu yotoq ustida o‘tirib qoldi. Bir ko‘ngli qizini aytganini qilib o‘sha uyga qaytishini aytsa boshqa ko‘ngli bu ishdan juda qo‘rqayotgandi.
-hammasi yaxshi bo‘ladi jia meni tushunadi.

Kunduzi bilan hech narsaga etibor berolmadi hesu. 2marta yuna bilan gaplashdi jia hali ham honasidan chiqmagan hatto ovqat ham yemayotgan ekan. Buni eshitib hesuning yuragiga battar g‘ulg‘ula tushdi. Ish vaqti tugamaganiga ham qaramay qizi oldiga shoshgan hesuni hech kim to‘xtata olmadi.
Jkni uyiga shoshib kelgan hesu nafas olishi to‘g‘irlanishini ham kutmay shosha pisha jiani so‘radi.
-u honasida
Sekingina javob berdi yejin honim
-u juda qaysar aytganini qildirmaguncha qo‘ymaydi.
-biror narsa yeb oldimi?
-bu qaysar qizaloq hatto dadasiga ham quloq solmayapti.
Hesu darrov jiani honasiga o‘tdi. Eshik tagida bir nimalar degancha o‘tirgan jkni ko‘rdi. Unga mo‘ltirab qararkan ko‘zlaridan hech ham umid yo‘g‘ligini ko‘rdi.
-jk
-ishda bo‘lishing kerak emasmi?
-qanday qilib ishda o‘tira olaman. Farzandim xonasidan chiqmayapti hatto ovqat ham yemagan.
- bu qizni ko‘ndirish osson emas
Hesu ham sekin ishikni chertib jiaga bir nimalar deya boshladi. Lekin hech qanday javob olmadi. 1 soatlik yalinish mitti qalbni erita olmadi. Jia baribir ularga javob bermadi.
-hesu yura qol u baribir eshikni ochmaydi.
Hesu avval jk keyin eshikka tikilib qoldi
-yur birozdan keyin yana kelamiz.

Ular zalga yetib kelishganda eshikdan misu shoshilgancha kirib keldi. U ham jiani ahvolini eshitib umdan havotir olib kelgandi.
-ho‘sh eshigini ochdimi?
-yo‘q
Jk misuga qisqagina javob berdi.
-endi nima qilmoqchisizlar.
-nima ham qilardik uni jahldan tushishini kutamiz
-aka qizingizni endi ko‘rib turgandek gapirmang
-boshqa nimadir qila olamanmi?
Misu asabiy ko‘zlarini ochib yumdi.
-hesu sen bu yerga ko‘chib o‘tishing kerak
-bunday qilolmayman
-nega qilolmaysan jia sen kelmaguningcha eshikni ochmaydi ochgan taqdirda ham ovqat yemaydi u aytganini qiladi.
-SENGA BUNDAY QILOMAYMAN DEYAPMAN
Kechadan beri asabiylashgan hesu ohiri baqirib yubordi.
-nima qizing uchun shu oddiy ishni ham qilolmaysanmi?
-seningcha bu oddiy ishmi? Bu sen o‘ylagamchalik oddiy emas. Men bu do‘zohga qaytib kelolmayman. Qaytib jk bilan bir tom ostida yotolmayman..
-yaxshi bu do‘zohga kelishni hohlamasang qizingni tashla do‘zohga
Misu jahl bilan ortga qarab keta boshladi. Eshikdan chiqishga ulgurmay yana ortiga o‘girildi
-agar sizlar sabab jiaga nimadir bo‘lsa sizlar hech qachon kechirmayman

18-qism tugadi

By:haru🫰

Bizning kanal: @bangtan_ff_shop_menu