October 10

Shartnoma💔

Haru🫰

15-qism

-teahyun
Taehyun ynni oldiga kelib qo'lidan ushladiyu tirsagidan o'tkazib uni yurishga undadi.
-yn bilasan sen meni singlimga o‘xshaganing uchun ham doim seni o‘z singlimdek yaxshi ko'rganman kezi kelganda esa himoya qilganman. Bu insonga turmushga chiqishingga qarshiman lekin misu seni qanchalik baxtliligingni aytganidan so‘ng senga qarshi chiqqim kelmadi sen ham o‘zing hohlagandek yashashga haqlisan. Endi esa men o‘z vazifamni bajarsam seni o‘z qo‘llarim bilan kuyovga topshirmoqchiman.
Yn taening gaplaridan ko'ziga yosh oldi. Undan bunday gaplarni kutmagandi keyin esa bunday paytda yig‘lash to‘g‘ri emasligini o‘ylab tabassum qildida u bilan yurishda davom etdi.

Tae ynni qo'lidan ushlab to‘xtab qolganini ko'rgan jk o‘zi bilmagan holda qo‘llari tugun bo‘lib ularga yeb qo‘ygudek qarab turar miyasida faqat bir narsa hozir borib o‘sha ablahni yuzini bejab qo'yish edi. Yaxshiyamki yn bn taehyun minbar tomon yura boshlashdi. Jk biroz o‘zini bosib u ham ular tomon yura boshladi. Tezroq ynni qo‘llarini undan olish uchun.
T-nega buyergacha kelding nima tezroq ynga yetishishni hohlaysanmi
Jk-sen buyerda nima qilyapsan
Ochiqchasiga rashq qilayotganligi harakatlaridan bilinib turgan jk yn buni qanday tushunishini hayoliga ham keltirmayotgandi.
-jk senga singlimni topshiryapman uni hafa qiladigan bo‘lsang qarshingda meni ko‘rasan tushunarlimi
-yn bilan ishing bo‘lmasin u men bilan hech qachon yomon ahvolga tushmaydi
-bundan hursandman hozir esa boringlar hamma sizlarni kutyapti
Jk yodiga endi nikohdan o'tishi kerakligi tushdi. Jk ynni qo'lidan tutib nikoh o'quvchi insonni oldiga kelib turdi.

Ikkisini ham roziligini eshitgan inson kuyov kelindan bo‘sa olishi mumkinligini aytdi. Jk ynga sekin yaqinlashib lab bo‘yog‘i sabab yana ham pushti tusga kirgan lablarga o'zining lablarini bosdi. Bir lahzalik shok sabab ikkisini ham tanasi qaltirarkan to'yga kelgan mehmonlarni olqishlari sabab bir biridan ayrildi.

Tae-ular rostdan shartnoma asosida turmush quryaptimi
Uzoqdan ularni kuzatib turgan taehyun misuga gapirdi
-hoy sekinroq bu sirligini aytgandimku kimdir eshitib qolishi mumkin
-lekin ularni hatti harakatidan undayga hecham o‘xshamayapti
-ha men ham ko‘rib turibman bu ikkisi allaqachon bir birini sevadi lekin o'zlari hali buni sezib ulgurishmagan
-men ynni u bilan birga bo‘lishini hohlamagandim lekin ko‘rib turibmanki ularni ajratishni o‘zi hatto
-oppa ba'zida ynga bunday mehribonligingiz meni jahlimni chiqaradi
Misu teaga labini burib gapirarkan uning kamdan kam rashq qilishini ko'radigan teani yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
-sevgilim bilasanku ynni o‘z singlimdek ko'raman ayniqsa birinchi marta ko'rganimda vafot etgan singlim tirilib kelgan deb o‘ylagandim.
Teahyun yoshlanishga ulgurgan ko‘zlarini yumib biroz o'ziga kelguncha jim turdi. Va yuzida unga begona bo‘lmagan lablarni his qilganda tabassum qilgancha ko‘zini ochdi.
-siz eng ajoyib insonsiz oppa sizni sevaman
-men ham sevgilim
Tea misuni belidan quchgancha laablaridan kichik bo‘sa oldi
-hoy bu nimasi hammani oldidaya
-ular ham shunday qildiku
-ahmoq
Misu yuzlarini burishtirgancha teani yengil ko'ksiga urib qo‘ydi

Jk to‘yi yopiq ortiqcha insonlarsiz o‘z qarindoshlari bilan o‘tgan bo‘lsa ham allaqachon jkni to‘y suratlari, hotini, hatto uni bolasi borligi, ular haqidagi mish-mishlar jurnalistlarga yetib borgan ular esa mamlakatdagi eng boy bo'ydoq ayni paytda bolali qizga uylanayotganligi hatto bu bola jkniki bo'lishi mumkinligi haqidagi habarlar mamlakat bo'ylab tarqalgan kimdir bunga ijobiy yondoshsa yana kimdir jkni hotini hunukligini u jkga boyligi uchun turmushga chiqayotganligini yana kimdir u jkga umuman mosmasligini aytardi. Lekin jkni o‘ziga ideal deb hisoblagan insonlar bu shunchaki jurnalistlarning yolg'on malumoti ekanligini aytib butun Internetda bo‘layotgan bahs munozalarga qo'shilib turishardi.
Jk bu haqida allaqachon habar topgan hatto bu ma'lumotlarni kim tarqatganligini bilib yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
Jk pov: ishimni ancha osonlashtiribsizlar
Jk-yn kel suratga tushamiz jihoo o‘g‘lim kelaqol
Ular birga har hil sur'atlarga tushishdi. Jk bo‘lsa ulardan eng chiroylilarini o‘z Instagram sahifasiga joylab "meni sevimli oilam hayotimga kirganingiz uchun minnatdorman" deb qo'ygan posti Internetni battar larzaga soldi.

Jihoo ham bor deb tasavvur

Jkni bu ishini ko'rgan amakivachchalari hayron qolishdi. Jk bo‘lsa ularni oldiga tirjaygancha kelib
-nima meni shunday qilsam qo‘rqadi deb o‘ylaganmiding jeon hesu
-ochigi kutmagandim qoyil qoldim
Jkdan kam bo‘lmagan viqor bilan gapirgan qiz jk kompaniyani olib qo'yganidan beri dushmanga aylangan o‘z qarindoshi edi.
Boshlovchi kelin gulni otishi to‘g‘risida e'lon qilganda boshlangan baqir chaqir ikki nafratga to'la ko‘zlarni bir-biridan uzilishiga sabab bo‘ldi.
Jk-bora qolinglar balki sizlarni ham baxtingiz ochilib qolar
Jk yuzidagi paydo bo'lgan kulgini yana ham yoyib turmush o‘rtog‘i tomon keta boshladi
-jin ursin yaramas ablah hozir ustimizdan kuldimi
Hesu ortida asabdan ming‘irlayotgan singlisini eshitarkan hayolida
Hesu pov: hali ko‘ramiz jk kim ohirida kularkin

Misu ham kelin guldastasini tutish uchun shoshgancha ketarkan ortidan tea gapirib uni o‘ziga qaratdi
-azizam bu gal tutishing shart
-albatta qo'limdan kelganini qilaman
Havoda yo'llangan bo'sa teaning yuziga aniq yetib kelgandek.
Ularni kuzatib turgan yuna ularga qarab kulib qo‘ydi
-nega sen bormayapsan
Yuna yon tomonidan kelgan ovozdan biroz cho'chib u tomonga qaradi va ko'rgan insonidan bir lahza ko‘zini uzolmay qoldi
-borib nima qilaman baribir yigitim bo‘lmasa menga hozir bu gul kerak emas
Yuna bazo'r tabassum qilgancha javob berib yonidagi insonga yana bir qarab u yerdan ketib qoldi
Jm pov: nahotki sevgan insoni bo‘lmasa
Tez tez yurib ketayotganda qiz ortidan termulib turarkan uning hayolini oldiga kelgan qiz buzib yubordi
-aka qayerga qarayapsiz
-hech qayerga nega sen ham bormading
Jimin kelinni ortida turib shovqin solayotgan qizlarga imlab kulib qo‘ydi
-qo‘ysangizchi aka bu maynavoschilikni o‘zi
-nega meni atrofimdagi qizlar hamma qizlarga yoqadigan narsalarga qiziqmaydi.
-atrofimdagi qizlar?! yana kim qiziqmas ekan
-ha muhim emas qani yuraqol jkni tabriklab kelamiz
-yaxshi yuring

-hayr kun honim sizga yordamim kerakmi
Yuna jimindan qochib to'ydan biroz chetga chiqdi. U yerda bir marta chuqur nafas olib ro'parasidagi honada bir ayolni egilib yuragini ushlagancha o'tirganini ko‘rib qoldi.
-yo‘q qizim hammasi yaxshi meni biroz tobim qochib qoldi
-hohlasangiz sizga suv olib kelaman
Ayol yunaga jilmaygancha boshini qimirlatdi. Yuna tezda tashqariga chiqib bir stakan suv olib keldi va ayolga uzatdi.
-mana marhamat honim
-rahmat qizim
Ayol yunaga jilmaygancha uning ismini so‘radi
-mening ismim yuna lee yuna
-ismingiz ham o'zingizga o‘xshab juda chiroyli
-rahmat honim
Yuna ayolga jilmayib tazm qildi. Keyin ular biroz suhbatlashishdi. Yuna misunu SMSsi sabab ketishga majbur bo‘ldi
-men borishim kerak siz bilan tanishganimdan hursandman
-men ham hursandman
Yuna ayolga yana bir bor tazm qilib u yerdan ketdi. Ayol esa unga jilmaygancha ortidan kuzatib qoldi

Bugun yn juda hursand to‘y ham ajoyib o‘tdi. To'ydan so‘ng jeon honim ynni oldiga chaqirib jihooni o‘zi bilan olib ketishini aytdi
-lekin oyijon nega jihoo sizni qiynab qo‘yadi
-qizim bugun sizlarni birinchi kuningiz bola bilan qiynalib qolasizlar
Yn jeon honim nimani nazarda tutayotganligini sezib darrov yuzlari qizardi
-jihoo menga qiyinchilik tug'dirmaydi qolaversa menga yordam bergani hizmatchilar bor sen havotir olma endi esa boraveringlar jk seni kutib qoldi.

Tea to'ydan so‘ng misuni uyigacha kuzatib qo‘ydi.
-mana uyga ham keldik endi siz boraversangiz ham bo‘ladi
-hatto uyingga ham taklif qilmaysanmi
-....
-azizam ahr biz allaqachon sevishganlarmiz va .. va biz ...
-tea iltimos
-hech qachon menga imkon bermagansan mayli sen rozi bo‘lishingni kutaman hayrli tun
-sevgilim
Teahyun misudan biroz ranjidi uchrashishayotganligiga 4yil bo‘ldi lekin misu teani ortiqcha harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Doim qo‘rqayotganligini yoki hohlamasligini aytib uni o'zidan itaradi lekin bir kuni teahyun misuni uyida biroz u bilan birga bo‘lish maqsadida u bilan biroz o‘ynashgan misu buni hohlamasada tea majburlashga uringan lekin misuni tarsakisi tea o‘ziga keltirgan misu teani bu ishidan so‘ng naqt 1oy arazlab yurgandi. Shundan so‘ng tea misuni hech ham majburlamas misu ham uni uyiga taklif qilmay qo‘ygandi.

Tea ortiga o‘girilib ketarkan misu uni ortida o‘zini so'kib qoldi. Nima qilsin bu qaysar feli o‘ziga ham yoqmaydi lekin bunga qarshi ham chiqolmaydi.

Jk bilan yn uyga kelib mashinadan tushishdi. Uyni ichkarisiga kirisharkan
Jk-oyim nega jihooni olib ketdi
-nima
Yn jkni bergan savoldan dovdirab nima deyishni ham bilmay qoldi.
-oyim jihooni nega olib ketdi ketishdan oldin senga nimadir deyayotgandilar nimadir bo'ldimi
-ha umi shunchaki bugun jihoo bilan qolishmoqchi ekan
Yn qizargan yuzlarini yopib tirjaygancha jkni gapiga ishontirishga urundi
-ha shundaymi mayli men honamga ketdim sen ham damingni ol bugun juda charchagansan
-hop
Jk zinalardan chiqarkan yana gapirish maqsadida ortiga o‘girildi
-yn ko‘ylagingni o‘zing yecha olasanmi yoki men ..
Jk ezmalanib gapirarkan yn uning nima demoqchiligini bilib bir qadam o‘zini ortga oldi
-o‘zim amallayman
Ynning bunday tez javobidan jk bilinar bilinmas jilmaygancha hop dediyu yana honasi tomon chiqib keta boshladi

To‘ydan keyin 1hafta o‘tdi. Yangi jeonlar honodonida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi o‘sha o‘sha jk va yn, o‘sha o‘sha jk va jihooning munosabatlari. Balki jk bilan jihooning ota-bola munosabati yaxshiroq bo‘lgandir lekin yn bilan o‘zgarishsiz. Ba'zida juda ham yaxshi bo‘lgan jkni hatti harakatlari ynni hayajonga soladi o‘sha payt yn o‘z tuyg‘ulari haqida o‘ylab qoladi lekin hozir bu tuyg'ularga o'rin yo‘q 1yildan so‘ng ajrashadigan unga hatto qiziqmaydigan insonni sevib keyin qiynalishini o‘ylaydiyu yana tuyg'ularini yuragining tubiga ko‘mib qo‘yadi.
Bugun ertalab nonushta payti jk ynga bobosini uyiga borishini aytdi
-nega nimadir bo'ldimi
-to‘yimiz munosabati bilan oilaviy kechki ovqat
-ha shundaymi lekin jk men u yerda o‘zimni noqulay his qilaman yana qo‘rqaman ham
-qo'rqishiga hojat yo'q ahr men bormanku
-men ham oyijon men ham sizni dadam kabi himoya qilaman
-barakalla o‘g‘lim
Jk jihooni boshini silab yana ynga yuzlandi
-ko'rdingmi seni 2ta himoyaching bor
-mayli unda qo‘rqmayman
Yn ularga termulib turgan jihooga qarab jilmaydi.
Jk-jihoo endi borib kiyimlaringni almashtir enagang senga qarasin qani bora qol bo‘lmasa bog‘chaga kechikamiz
-hop
Jihoo yugurgancha honasiga kirib ketdi.
-yn menga yaxshilab quloq sol u yerda ehtiyot bo'lishimiz kerak ayniqsa sen va jihoo hopmi
-yaxshi lekin nega
-yn meni oilam bilan aloqam yaxshi emas ayniqsa amakim va ularning qizlari bilan ulardan ehtiyot bo'lishing jihooni o‘zini yolg‘iz qoldirmasliging kerak ha o‘zing ham hech kim yo‘q joyda yolg‘iz yurma ular mendan qo‘rqadi lekin baribir sizlarga biror narsa qilib qo‘yishidan qo'rqyapman
-nega ular bunday qiladi deb o‘ylayapsiz
-yn bundan 8yil oldin bobom amakim va uning qizlari qo‘lidagi aktsiyalarning yarmidan ko‘pini menga bergan yana qolaversa kompaniyani ham.
-o‘sha bobongizmi? u mehribon boboga o'xshamaydi
Jk jilmayib-ha to‘g‘ri u mehribon bobo emas mayli kel boshidan senga aytib beraman. Dadam institutda biznes sohasida o‘qigan va biznesni o‘sha paytda uncha muncha odamdan yaxshi bilgan hatto tajribali bobomdan ham bobom bo‘lsa kompaniyalarni ko‘p ishlarini dadamga ishongan dadam esa kompaniyani eng yuqori cho'qqiga olib chiqqan ishonasanmi hatto men ham haligacha bu darajaga chiqara olmayman. Keyin esa bobom yangi biznesmen bilan shartnoma tuzmoqchi bo'lgan lekin u odam qizini kelin qilishni taklif qilgandi bobom ham rozi lekin bunga dadam ko‘nmagan chunki dadam allaqachon oyim sevib qolgandi boshqasiga uylana olmasligini bobomga aytgan afsuski bobom bunga rozi bo'lmagan chunki oyim oddiy oila farzandi bobom esa katta biznesmen taklifini rad etolmagan lekin bu yoqda dadamni ham ko‘ndira olmagan keyin esa dadamni barcha narsalarini tortib olib ishsiz qoldirgan shunday qilsam qaytadi deb o‘ylagandir lekin unday bo‘lmadi dadam oddiy ishchi bo‘lib oyimga uylandi va men tug‘ulganman
-vau qoyil Dadajon oyijonni chin dildan sevgan ekanlarda ularga havasim keldi
Jk ynni hissiyotlarga berilib gapirishidan kulib gapida davom etdi
-o‘sha biznesmen qiziga esa amakim ulanishga rozi bo'lgan evaziga esa kompaniyani so'ragan bobomni iloji qolmay rozi bo‘lgandi. Amakim kompaniyani 20yil boshqarib har yili kompaniyani minusga kirgizavergan va ohiri bankirot holatiga olib kelgandi. O‘sha payt bobom oilasidan ham muhim bo'lgan kompaniyani qutqarib qolish maqsadida bizni oldimizga kelgandi. Dadam rozi bo‘lmagach meni ko'ndirishga urindi chunki oiladagi yagona o‘gil nabira men edim men ham boshida rozi bo‘lmadim lekin shunga majbur bo‘ldim. O‘sha paytda hayotimni eng og'ir paytlari bo‘lgandi oyim kasal bobom buyrug'i bilan hatto oddiy idish yuvuvchi bo‘lib ham ishga kirolmaganman. Keyin esa kompaniyada ish boshladim dadam ko‘nmasalar ham ularni yordamga chaqirgandim. Ular rasman ishlamadilar lekin menga yordam berib ish o‘rgatgandilar. 3yil deganda zo‘rg‘a kompaniyani oyoqqa turg‘izganmiz. Bu orada amakim va uning qizlari bunga ancha qarshiliklar har hil o'yinlar qildi. Hammasini yengib o‘tdim Lekin yn sizlarga nimadir bo‘lsa men buni yengolmayman iltimos men uchun ham o'zingni va jihooni himoya qil

Yn jkni gaplarini eshitib beixtiyor ko'ziga yosh oldi.
-yaxshi siz aytgandek qilaman
Ko‘zlaridagi oqmoqchi bo'lgan yoshlarini artdiyu jkga yana yuzlandi
-lekin jk jiminchi u ham oilangiz azosi
-ha jiminmi jimin ammamni o‘g‘li ammam ham yoshligidan huddi dadam kabi oddiy oiladan bo'lgan yigitni yuqtirib qolgan keyin esa bobom qarshi chiqqach ular qochib ketkan jimin va Miranning yoshlik paytida dadasi vafot etgan. Jimin buni bobom qilgan deb o‘ylaydi balki rostdan ham shundaydir. Ammam ancha vaqtgacha o'zlari ishlab ularni boqqan dadam yordamlashmoqchi bo‘lganda ham rozi bo‘lmagandilar chunki bobom ularga ham nimadir qilishidan qo‘rqqan. Ammo uzoq yo‘qchilik sabab ammam 2ta bolasini o‘ylab bobomni oldiga kelgandi. Bobom rozi bo‘ldi keyin esa men va jiminni raqobatdosh qilmoqchi bo‘ldi. Lekin jimin bunga hech qachon rozi bo'lmagan u ishsiz yursa ham bobomga ishlashni hohlamagan qaytanga doim menga yordam berardi uning biznes sohasidagi bilimi menikidan ham zo'r chunki uning dadasi bunda yaxshi bo'lgan. Bobomni bizga qilgan ishlaridan keyin esa amakim o‘g‘li yo'qligini hotinidan ko‘rib uni rosa tahqirlagan hatto qizlarini ham ko‘p ayollardan farzandi bo‘ldi lekin ular ham unga o‘g‘il farzand tug'ib berolmadi. Amakim esa buni men sababchi deb o‘ylaydi qizlari ham otasini alamini menda olmoqchi bo‘ladi. Biror yomon ish qilishimni kutib yurishibdi. Shunday ekan ulardan ehtiyot bo‘l kelishdikmi
-kelishdik
Ikkisi ham jilmaygancha o‘tirisharkan jihoo ham yugurgancha honasidan chiqdi.
-Dadajon men tayyorman
-unda juda soz biz ketdik yn biz kelgunimizcha tayyor bo‘lib tur jihooni ham bugun bog‘chadan vaqtli olib kelaman keyin esa birga boramiz
-qayerga boramiz
-katta bobongni oldiga
-o‘tkan safar bizni uyimizga kelgan qo'rqinchli cholni oldigami
Yn- jihoo bu nima deganing kattalar haqida bunday deyilmaydi
-kechiring
Jihoo darrov hafa bo‘lib boshini egib oldi.
-o‘g‘lim oying haq kattalar haqida bunday deyish yaxshi emas ayniqsa bu sening bobong bo‘lsa
-endi unday demayman siz ham meni ko'chiring Dadajon
-mayli hatoyingni tushungan bo‘lsang bo‘ldi endi ketamizmi
-hhmm
-biz ketdik

Kechga yaqin kechki ovqatga ham o'z qoldi. Jk va jihoo allaqachon tayyor bo'lib ynni kutishayorgandi.
Jk-oyingni hali tayyor bo‘lish niyati yo‘q shekilli
-o‘zi nima qilyaptilar men 10minutga qolmay tayyor bo‘ldimku oyim bo‘lsa ertalabdan beri tayyorlanyaptilar
-ehh o‘g‘lim ayollarni hali tushunmaysan shuncha payt nima qilisharkin hayronman
-hoy ikkingiz meni g‘iybatimni qilyapsizlarni
Yuqoridan kelayotgan ovozdan jk ham jihoo ham ortga o‘girilib ynga qarashdi.
Jk pov: naqadar go'zal u doim meni aqldan ozdiradi. Bugun ham shunga qaror qilgan ko'rinadi
-oyijon siz juda ham chiroylisiz
jihoo yugurib oyisini oldiga chiqib quchoqlab oldi
-rostanmi
-albatta
Yn o‘g‘liga jilmayib yuzidan o‘pib qo‘ydi. Keyin esa pastga tushib jkga ketish kerakligini aytdi. Hali ham yndan ko‘zini uzolmay qolgan yigit bo‘ynidagi taqinchoqqa ko‘zi tushdiyu to‘y kuni ham shuni taqqanligini esladi
Jk pov: to'y kuni ham shuni taqqandi. Bundan keyin qancha qimmatbaho taqinchoqlar harid qildi. buni yoqtirgani uchun ko‘p taqadimi yoki bu unga qadrliroqmi

Jk ynni ortidan o‘ylagancha qolib ketdi. Yn bo‘lsa jkni hali ham chiqavermaganidan uyga qaytib kirib uni chaqirdi. Jk ham o‘ziga kelib uydan chiqib ketdi lekin ynni ko‘zi ulardan biroz orqada jkni kuzatib turgan enagaga tushdi. Hozir undan buning sababini so'rashning mavridi emas. Jkdan ham so‘ray olmaydi nima deydi rashq qilyapman deyolmaydiku qolaversa uyga kirganda jk unga hatto qarab ham turmagandi. Lekin nega ularni ortidan tez chiqmadi. Yn o‘z hayollaridan asabiylashib ketdi. Va nega bularni o‘ylayotganligiga ham hayron qoldi.

Ular katta qasr oldiga kelib to‘xtadi. Bu uy jkni bobosining uyi va u yerda amakisi oilasi bilan birga yashaydi. Ular ichkariga kirisharkan jk ynni qo'lidan qattiq ushlab oldi. Jihooni esa har doimgidek ko‘tarib oldi. Uyga kirishlari bilan ularni jeon honim kutib oldi.
-annonghaseo oyijon
-salom qizalog‘im bugun juda chiroylisan
-rahmat oyijon
-meni o‘g‘lim ham juda kelishgan
-rahmat oyi
-men seni aytayotganim yo‘q men jihooni aytyapman qani kelaqol o‘zimga o‘zimni o‘g‘lim bizni sog‘indingmi
-ha buvijon sizni yana bobomni ham sog'indim
-men ham seni sog'indim
Ularni ortidan kelgan janob jeon ham jihooni ko‘tarib yuzlaridan o‘pib qo‘ydi.
Jk-nima endi biz chetda qoldikmi
Janob jeon va jeon honim jihooni ichkariga olib ketarkan jk ularni ortidan ming‘irlagancha qoldi.
U ham yn bilan ichkariga kirdi. Ichkariga kirishi bilan ularni teshib yuboradigan nigohlarga duch kelgan yn biroz qo‘rqib qaltiray boshladi. Buni jk darrov sezdiyu barmoqlarini uning barmoqlari orasiga olib qattiq qisdi va unga jilmayib
-boramizmi dedi
Yn ham jilmayib bosh chayqadi. Ular avval janob jeon (jkni bobosi ) bilan salomlashdi. Jihoo haligi qo'rqinchli odamga zo‘rg‘a tazm qildi. Ertalabgi dadasi va oyisining dakkisidan so‘ng qarshilik qila olmadi. Bobo ham ularga unchalik e'tibor bermadi. Tezroq ovqatlanish uchun hammani dasturxon atrofiga taklif qildi.
-hali ham jimin kelmadimi
Birdan ko'tarilgan ovoz hammani qo'rqitib yubordi.
Miran stol ostida akasiga qo‘ng‘iroq qilarkan bobosining ovozidan so‘ng battar asabiylasha boshladi.
Miran pov: jin ursin ko‘tara qolsangizchi nega doim shunday qilasiz
Jk-hozir kelib qoladi
Bobo- birorta ishi ham yo'q lekin doim o‘z vaqtida kelmaydi. Bu qanaqa ishyoqmas bola o‘zi.
Janob jeonni gaplarini dasturxon oldiga kelgan hizmatchilar va ularni boshlig'i bo‘ldi.
-hammaga hayrli kech janob bizni kompaniya hizmatidan foydalanganingiz uchun minnatdorman
-ha menga sizning hizmatingiz juda yoqib qoldi. Tug‘ulgan kunimni juda ajoyib tashkillashtirib bergandingiz lekin jkni to'yiga ham sizni ishingizni hohlagandim lekin o‘sha kuni band ekansiz
-ha janob o‘sha to'yga to‘y tashkillashtiruvchi sifatida emas balki mehmon bo‘lib borgandim
-oo shundaymi qanday mehmon
-kelinning dugonasi
Yuna dasturxon atrofida tanish chehralarni qarab jilmayib qo‘ydi. Yn ham unga javoban jilmaydi. Shu payt eshik jiringlab qoldi. Hizmatchilar yugurib borib ocharkan eshikdan har doimgidek bamaylihotirlik bilan jimin kirib keldi. Stol atrofiga asta qadamlar bilan yurib kelarkan uning chetida turgan yunani ko‘rib hayron qoldi
Jm-sen bu yerda nima qilyapsan
Yuna uning gapini eshitgan bo‘lsa ham uni eshitmaganga olib sekin o‘zini ortga oldi
-sen bola qachon o‘z vaqtida keladigan bo‘lasan aaa
Jm- biroz ishlarim chiqib qoldi uzr so‘rayman
Jimin bobosiga tazm qilib o‘z joyiga jkni oldiga o‘tirdi. Bobosi jiminni harakatlaridan asabiylashib ko‘zlarini yumdida biroz jim bo'lib o‘zini bosdi.
-ovqatlarni tortishingiz mumkin.
Yuna-hop bo‘ladi janob
Ishchilar ovqatlarni tortdi yuna ularni ishini kuzatib turar jimin bo‘lsa yunadan ko‘z uzmay unga qarab turardi. Buni payqagan jk uni asta turtib
-nega buncha kech kelding
-o‘zing ham hozirgina keldingku
-nima qayerdan bila qolding
-ko‘rdim
Jm jkga qarab yelkasi va qoshini uchirib qo‘ydi.

-men hech qayerga kech kelmayman deb tirjaydi
-yaramas allaqachon kelib kutib o‘tirganmiding
Jm sen haqsan degandek jilmaydi. Ularni pichirlashiga quloq solib turgan yuna jiminga termulib qolganini sezmay ham qoldi. Bularni barchasini miran ham kuzatib asabiylashib o‘tirardi.
Bobo- Lee honim sizning kompaniyangiz katta katta tadbirlar va marosimlarni tashkillashtirardi bizning kichik kechki ovqat uchun chaqirgznimiz sizni bezovta qilmadimi
-janob jeon sizdek odam bizni kompaniyani qo'llab turarkan nega bezovta bo'lishimiz kerak.
-juda soz sizning ishingiz menga juda yoqdi endi faqat sizlar bilan ishlaymiz
Yuna janobga tazm qilib o‘zi mehmonxonadan chiqib ketdi.

Ovqatlanishdan so‘ng birga suhbat qurayotgan "ahl oila " azolar bir birlariga ilmoqli gaplar gapirishdan hech to‘xtamayotgandi.
Jkni amakisini hotini-bilasizmi pak su(jkni oyisi) jk ham huddi otasiga o'xshaydi.
Jeon jonim ovsiniga nima deyapsan degandek qaradi
-u ham huddi siz kabi yalangoyoqlardan ekan
Ayol yengil kulib ularga o‘qrayib turgan jeon honim va ynga qaradi uning ortidan qizlari ham kulib qo'yishdi. Yn qaynonasini bunday kamsitilganidan asabiylashib ularga munosib javob berishni hohladi.
-to‘g‘ri aytasiz honim jk huddi dadajonni o‘zi ular kabi mehribon va menga sodiq er
Yn ro'parasidagi ayolga tik qarab ayyorona jilmaygancha ohirgi "sodiq er" so‘ziga alohida urg‘u berdi. Bu eshitib jeon honim va park honim avvaliga hayron unga qarab qotib qoldi. Lekin miran bu so'zlarni eshitib birdan kulib yubordi
-pphaha kechirasizlar
O‘qraygan 3ta ko‘z yndan uzilib miranga o‘tdi.
M-kechirasizlar o‘zimni bosa olmayapman hahaha
Miran hammadan ham ko'proq yomon ko'radigan bu ayollar o‘zi tomonidan bo‘lmasa ham haqoratlanganligidan hursand kulishni hech ham tugatay demasdi.
Park honim-biz endi bora qolaylik
Park honim qizini qo'lidan tutib kelinoyisiga ham ynni olib ketishini ishora qildi. Ular biroz chetka o'tishdi. Yn biroz oldingi gaplaridan endi ularni oldida hijolat bo‘la boshladi.
-meni kechiringlar biroz o‘ylamay gapirib yubordim
P/h- hech qisi yo‘q o'zlariga munosib javob bo‘ldi sen buni to‘g‘ri qilding
M-ochigi boshida unchalik yoqmayotganding lekin endi yoqib qolding juda ham ajoyib qizakansan
-rahmat
P/h- hoy nima deyapsan deb qizini sekin turtib qo‘ydi.
-nima yoqqanligini aytdimku
Miran oyisiga norozi javob berarkan jeon honim ham yn ham ularga qarab jilmayib qo‘ydi. Birozdan so‘ng ularni oldiga yuna keldi
Yuna-meni chaqirtirgan ekansizlar
Hamma hayron unga qarab turarkan Park honim -men chaqirtirgandim seni bu yerda ko'raman deb sira ham o'ylamagandim
-ha honim men ham
M-siz bu qizni qayerdan taniysiz
-ha jkni to‘yida biroz mazzam bo‘lmay qolgandi yuna menga o'shanda yordam berdi.
-nima oyi nega bu haqida menga aytmadingiz
-hozir yaxshiman qizim havotir olma menga yuna o'shanda juda yoqib qolgandi. Hozir ham uni chiroyi va hushmuomilaligi o‘tgan safar adashmaganligimni ko'rsatyapti
-rahmat honim
Yuna unga qarab jilmayib tazm qildi
-bilasanmi qizim ishdan tashqari ham uchrashsak bo'ladimi
-nima
-menga juda yoqib qolding sen bilan suhbatlashishni hohlayman
-albatta honim
-faqat bir shart bilan
-...
Yuna nima ekanligini tushunmay qoshlari ko‘targancha unga termuldi
-meni honim emas hola deb chaqirasan
Yuna hursand bo‘lib lablarini yoyib kuldi
-albatta holajon
U yana bir bor ularga tazm qilib ynga ham qarab jilmaydida bu yerni tark etdi. Yuna shunday boy oilada ham shunday yaxshi insonlar borligini o‘ylab ketarkan bu ayol jiminni oyisi ekanligini hali bilmasdi.
Miran bo‘lsa bu jin urgur qiz nafaqat akasini balki oyisini ham boshini aylantirib olganidan battar asabiylashib unga termulib qoldi
Miran pov: sen qiz hali shoshmay tur meni oilam bilan o‘ralashishni senga ko‘rsatib qo'yaman

15-qism tugadi

By:haru🫰

Bizning kanal: Bangtan fanfic shop