March 1

“Bahor keldi seni so‘roqlab...” adabiy-ma’rifiy tadbiri 

“Bahor keldi seni so‘roqlab...” adabiy-ma’rifiy tadbiri

Chirchiq davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab...” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari N.Normirzayeva, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Maxmud Toir, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi rahbari S.To'xtayev, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo'lim rahbari R.Sheraliyevlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida buyuk shoiraning she'rlari yod aytilib, talabalar ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar talaba-yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida Zulfiya ijodi, uning she’rlari va milliy adabiyotimizga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’ruzalar tinglandi. Talabalar tomonidan shoiraning eng go‘zal she’rlari yod o‘qildi, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Zulfiya she’riyati bahor nafasi ila yo‘g‘rilgan, sof tuyg‘ular, vatanparvarlik va muhabbat bilan sug‘orilgan ijod namunalaridir. Shu sabab tadbir ishtirokchilari shoiraning so‘zlari bilan birgalikda bahorni kutib oldilar.