Ijodkorlar bilan uchrashuv
Chirchiq davlat pedagogika universitetida joriy yilning23-aprelida Ijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.
Jumladan, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Sherov, Abdunabi Boyqo'ziyev hamda Fozil Jabborovlar ishtirok etadi.
Qisqacha tanishib chiqing.
ABDULLA SHEROV
Abdulla Sherov 1943-yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Yoʻltushgan qishlogʻida, hunarmand-misgar oilasida tug‘ilgan. 1960-yil oʻrta maktabni tamomlab, avval boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, keyin „Lenin bayrogʻi“ tuman gazetasida adabiy xodim boʻlib ishlagan. 1970-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1969-yildan boshlab „Guliston“ jurnali va „Oʻzbekiston Fizkulturachisi“ gazetasida turli lavozimlarda ishlagan. 1981-yilda Moskvada Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Oʻsha yili shoir „Yoshlik“ jurnalida masʼul kotib lavozimida oʻz faoliyatini boshlagan.
1984-yildan Yozuvchilar uyushmasi birinchi kotibi oʻrinbosari, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi masʼul kotibi lavozimlarida ishlagan. 1989-yildan boshlab, 22 yil davomida Abdulla Sher Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻqituvchi, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023-yilda shoirning 80 yilligi keng nishonlangan.
Abdulla Sher 1958-yilda ijodga kirib kelgan. 1959-yilda ilk sheʼri matbuotda eʼlon qilingan. 1973-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplami “Koʻklamtabassumi” nomi bilan nashr etilgan. Shundan keyin birin-ketin “Alyor”, “Atirgulsoyasi”, “Roz”, “Qadimgikuy”, “Nuqtadansoʻng”, “Toqat”, “Yonayotganyoʻl”, “Yomgʻirlaroralab”, “Sarbastqoʻshiqlar”, “Sevgiolmoshi”, “Sevilmaganmeningsevgilim”, “Gulyillar, bulbulyillar” kabi sheʼriy va “Asrlarningasraganlari” nomli nasriy asarlari nashrdan chiqqan. Shoir tarjima sohasiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, Bayronning “DonJuan”, Henrich Heinening “Qoʻshiqlarkitobi” asarlarini olmonchadan tarjima qilgan. Rus tilidan Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Axmatova, Charents, Tvardovskiy kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Bundan tashqari shoirning sheʼrlari ham rus, litva, ingliz, ispan, ozarbayjon, turk, qozoq, qrim tatar kabi bir qator tillarga tarjima qilingan. Shuningdek, u “Axloqshunoslik” va “Estetika” fanlaridan oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar muallifi.
Shoir 1975-yildan Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi va 1977-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Abdulla Sher 2000-yilda Oliy ta’lim a’lochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda shoirga Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni berilgan.
ABDUNABI BOYQO'ZIYEV
Abdunabi Boyqo‘ziyev 1954-yil 15-noyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini 1983-yilda tamomlagan. Turli yillarda G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida xodim, “Mushtum” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, “Sovet O‘zbekistoni” gazetasida muxbir, “Xalq so‘zi” gazetasida katta muxbir, bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, “Oila va jamiyat” gazetasida muxbir, O‘zbekiston OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, “Sharq haftanomasi" gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan.
“G‘uboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “O‘zbeknavo yulduzlari”, “Judolig‘ dashti”, “Ko‘zlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuyg‘ular”, “Besh navo”, “Besh so‘mlik kekkayish”, “Cho‘li irog‘im” nomli she’riy, hajviy-yumoristik va publitsistik kitoblari chop etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
FOZIL JABBOROV
Fozil Farhod o‘g‘li 1985-yil 26-avgustda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Bo‘yrabop qishlog‘ida tug‘ilgan.
2010-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hozirda “Hurriyat” gazetasi muxbiri vazifasida ishlaydi.
Fozil Farhod (Fozil Jabborov) 1985-yil 26-avgustda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Bo‘yrabop qishlog‘ida tug‘ilgan. 2010-yil O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Maktub” nomli hikoyalar to‘plami 2015-yilda nashr etilgan. U bir necha matbuot nashrlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. “Xurshid Davron kutubxonasi” sahifalarida uning bir necha hikoyalari e’lon qilingan.
Fozil Jabborov “Taqdimot”, “Miqtonis”, “Noqobil”, “Siniq tandir”, “Shisha”, “Jeton”, “Yumshatish belgisi” kabi hikoyalar yozgan.
ZEBOMIRZO
Zebo Mirzo 1964-yilning 15-dekabrda Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiysada tahsil oldi(1982-1987)[1].Toshkent Davlat sanʼat instituti kata labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991),Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy- maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri(1991-1995), „Yozuvchi“nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), „Yoshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan „Oʻzbekiston“telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi[2].
Zebo Mirzoning „Tun malikasi“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, shuningdek, „Rangin dunyo“, „Ijod maktabi“, "Siz va Siz uchun "kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi maaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.
Yoshlar bilan ishlash axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagramm