March 16
Chirchiq davlat pedagogika universitetida umumxalq xayriya hashari
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o‘rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko‘ra tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6-martdagi №137 - F sonli Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16 -18 mart kunlari "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan chirchiq davlat pedagogika universitetida ham erta tongdan hashar ishlari boshlandi.
Hasaharda nafaqat talabalar balki, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etishdi. Ustozlar talabalar bilan baravar holda javlon urib xizmat qildilar.
Universitetning barcha fakultetlarida mavjud bo‘lgan manzarali hamda mevali daraxtlarga shakl berilib, so‘ngra barcha daraxtlar oqlandi. Universitetning barcha hududlarida ododonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Yangi ko‘chatlar ekildi.
Ayni paytda barcha Talabalar turar joylarida ham ishlar qizg’in olib borildi.