February 6, 2025

Yuragim seniki ep 4

Jungkook Seoning xonasiga kirdi. Seo dars qilib otirardi u Jungkookni ko'rib, qo'rqdi ammo endi qocholmasdi

Jk : sen bilan gaplashmoqchiman. Iltimos Seo meni bir marta eshit

Seo jim qoldi. Jungkook gap boshladi

Jk : sen o'sha kuni rost gapirdingmi?

Seo bosh egib so'zsiz qoldi.

Jk : demak rost shundaymi, Seo

Seo : h....haa

Jungkookning yuragi otilib ketgandek bo'ldi.

Jk : men bu so'zlarni qancha kutdim. Yo Xudo quloqlarimga ishonmayman

Seo hayron qarab qoldi. Chunki u Jungkook uni sevishini bilmasdi

Jk : men ham seni sevaman. Seni sevaman

Jk shunday deb qizdan mayin bosa oldi. Ular bir birlarining iforlaridan sarmast edilar.

Shunday qilib ular har kun birga yurishardi. Avvaliga Janob Jeon buni shunchaki o'zining nasihatiga qarab ish qilishyapti deb oyladi. Ammo bir kuni u Jungkookning hovuz bo'yida Seoni quvib yurganini va tutib olib qizni quchoqlab undan bosa olganini , Seoning ham qarshilik qilmaganini ko'rib, bu aka singillik munosabati emasligini bilib qoldi. Va bu ishga qarshi bir reja oyladi.

U darhol dostiga qo'ng'iroq qildi va Jungkook bilan Feyaning unashtiruvi haqida gaplashdi

Feyaning otasi ham rozi bo'ldi. U qizini Kim Taehyungga hech qachon bermasdi. U qizini majburlab Jungkookka bermoqchi bo'ldi. Janob Jeon ham bu haqda Jungkookka xabar berdi va unashtiruvni bir haftadan keyinga belgiladi. U hatto Seoni alohida uyga chiqarib yubordi va Jungkookni uyga qamab qo'ydi.

Feyaning ham ahvoli Jungkookdan qolishmasdi. Tae qancha harakat qilmasin Feyaning otasi rozi bolmasdi va hatto oqishga ham borishga ruxsat bermay qo'lidan telefonini ham olib , Feyani xonasiga qamab qo'ygan edi

Bularning bari Janob Jeonning ochkozligini deb bo'layotgan edi. Seo ham Jungkookdan ayriliqda yurar Jungkook ham nima qilishini bilmasdi. Bir necha bor chiqib ketmoqchi bo'lganida otasi soqchilariga ayttirib kaltaklatgan va shifokor ham chaqirtirmagan Jungkook xonasida o'g'riqlar bilan kurashib yotardi.

Oxiri Seo Jungkookning uyiga qaytib keldi va Janob Jeon bilan uchrashdi. Janob Jeon Seoga bor yog'i bir marta Jungkook bilan korishishga ruxsat berdi.

Seo Jungkook bilan bor yog'i bir soat ko'risha oldi. Keyin janob Jeonning odamlari uni olib ketishdi. Janob Jeon Jungkookka shart qo'ydi.

J. J : ertagacha vaqt. O'ylab ko'r. Yo Feya bilan nikohdan otasan va men Seoni istagan yeriga o'qishga jo'nataman. Yoki bir hafta Seo bilan o'ynab kulasan va keyin Feya bn nikohdan otasan ammo keyin Seo boradigan joyni men tanlayman

Jungkook tonngacha oyladi u uchun hammasidan ham Seo muhim edi va Feya bn nikohdan o'tishga rozi bo'ldi. Ammo janob Jeon va'dasida turmadi