February 11, 2025

Men yashashni xohlayman ep 6

Seo 2 soatdan keyin og‘riqlar bilan ko'zini ochdi. Oyoqlarini harakatga keltira olmas edi. Seo yig'lab yubordi. Uni hiqqillab yiglashidan yonida uyqusirab turgan Jin uygonib ketdi.

Jin : Seo ahvoling yaxshimi? Men hozir shifokorni chaqiraman

Jin shunday deb borib shifokorni chaqirgani ketdi.

Doctor : park xonim hech qanday jiddiy muammo yo'q. Faqat ozgina dam olishingiz va bir necha kun o'zingizni asrashingiz kerak. Suv tegmasligi kerak. Mana bu dorilarni surib yuring. Shunda tezroq tuzaladi.

Doktor shunday deb dorilar yozilgan qog'ozni berib chiqib ketdi.

Jin : men borib hujjatlarni rasmiylashtirib, to'lovlarni to'lab kelay.

Seo : akam qayerda ?

Jin : Jimin bugun tongda New Yorkka uchib ketdi. Bir oylarda qaytadi.

Seo : 🥺🥺🥺 u men bilan xayrlashmadiku

Jin : unga qo'ng'iroq qil

Jin shunday deb chiqib ketdi. Seo bo'lsa telefonini olib bir necha marta Jiminga qo'ng'iroq qildi. Ammo Jimin har safar o'chirib qo'yaverdi. Seoni hozir akasi bilan qanday yarashish , undan kechirim so'rash ko'proq qiynardi. Seo yig'lab turardi. Jin barcha to'lovlarni to'lab Seoni uyga olib ketdi.

Jimin tongda ketishidan oldin Seoni ko'rib ketgan va uni Jinga ishonib topshirgan edi. Jinga kelganini aytmaslikni ham tayinlagan edi. Jin Seoni uyga olib kelib xonasiga kiritib yotqizdi. Yoongi bo'lsa Seo uchun ovqat tayyorladi. J-hope Jkning jarohatlariga dori qoyardi.

O'sha kuni Jimin Jkni ham kaltaklagan edi. Uni gapirishiga ham imkon bermagan. Jkni qo'llarini sindirmoqchi bo'lgan ammo Tae kelib qutqarib qolgan edi. Jk ham aybini bilgani uchun Jiminga qarshi bosh ko'tara olmagan edi. Seoni kaltaklayotgan vaqtida esa , Jkni RM majbur qilib yertolaga qamab qo'ygan va ertalab chiqarib olgan edi. Bularning bari ikki yoshning ham kareyerasi va kelajagi uchun qilingan edi. Jimin Seoni kaltaklab chiqib ketgandan keyin o'zi zina tagida yiglagan edi. Jin bilan J-Hopeni esa keyin Jiminning o'zi jo'natgan edi. Yoongi bilan Tae esa Jkni yertoladan olib chiqib uni jarohatlarini tozalashgan edi.

Ularning bari qanchalik o'zlarini qattiq va yomon tutishga urinishsa ham aslida unday emasdi. Ular o'zlari katta qilayotgan ikkita bolaning ko'z yoshlariga ogriqlariga chiday olmasdilar.

Seo xonasida biroz o'tirgandan keyin o'rnidan turdi va yurishga harakat qildi. Oyoqlari juda ham qattiq og‘rirdi. U bir ilojini qilib eshikdan chiqib oldi. Ammo oldida eng ogriqlisi zinalar turardi. U emdi yuraman deganida. Orqasidan kelgan katta tana uni quchoqlab oldi. Jk Seoning bu holati uchun o'zini aybdor deb bilardi.

Jkning kozlaridan chiqqan yosh Seoning yelkasiga tushib kiyimini nam qilardi. Jk biroz shunday tutib turgandan keyin. Ohista Seoni ko'tarib oldi. Va pastga olib tushdi. Seoni oshxonaga stulga ohista o‘tqazdi va Seo uchun ovqat tayyorlay boshladi.

Jk ham Seo ham jim edi. Oxiri Jk kelib Seoning oyoqlari oldida tiz cho'kdi. Uning ko'zlari to'la yosh edi.

Jk : meni kechir. Meni nafsimni deb sen azoblanding. Akang bilan tortishib qolding. Meni kechir hammasi meni deb bo'ldi. Seni sevaman Seo. Hech qachon senga ozor berishni xohlamaganman. Ammo kechir

Seo bir so'z demay yiglardi. Jk sekin qizni bag'riga bosdi.

Jk : tsh shsh hammasi joyida. Men yoningdaman. Men sen bilanman

Seo : akam meni hech qachon kechirmaydi

Jk : u kechiradi. Jimin hyungdan birga kechirim so'raymiz

Seoni Jk bir iloj qilib tinchlantirdi.