February 6, 2025

Yuragim seniki ep 3

Tae : kim bu qiz?

Jimin : sen nega qiziqyapsan? Feya eshitsa nima qilishini bilasanmi ? Jk chindan ham bu qiz kim ? Chiroyli ekanmi ?

Jk : u meni singlim

Jimin : haaaa og‘ay singling shumi ? Hoy meni tanishtirib qo'y.

Jk : nima o'zing tanisha olmaysanmi ?

Jimin : ijozat tegdi. Men ketdim.

Jimin shunday deb Seoning ortidan yugurib ketdi va unga yetib oldi. Jungkookning bundan rashki kelsa ham , tan olgisi kelmasdi.

Jungkookning rashk qilgan holati

Jimin Seoning oldiga yugurib keldi. Va qizga qarab salom dedi

Jimin

Jimin Tae va Jungkookka nisbatan ancha yaxshi edi. U quvnoq va hayvonlarni sevadigan. Yoqimtoy yigit edi.

Jimin : chiroyli xonimning oldidan salomsiz o'tish bu tarbiyasizlik bo'lsa kk

Jimin shunday deb Seoga yoqimtoy ko'rinishda qaradi va Seo bundan kulib yubordi.

Jimin : o'zimni tanishtirsam, ismim Park Jimin. Yoshim 21da. Universitetda oqiyman. Xo'sh sizning ismingiz nima, kichik malikam?

Jimin shunday deya ozgina tazim qildi. Va yana Seoni kuldirdi

Seo : ismim Seona. Seo deb chaqirishingiz mumkin. Yoshim 19 da. Seul univerida oqiyman.

Jimin : oo chiroyli qizlarga chiroyli ismlar yarashadi. Xo'p, kichik xonim , agar tezroq yurmasak, darsga kech qolamiz. Qani yugurdik

Jimin shunday deb Seo bilan univerga qarab yugurib ketishdi. Ularning univerlari ro‘parama ro‘para edi. Yetib kelishgandan keyin Jimin Seo bilan xayrlashdi va undan raqamini oldi. Seo ham u bilan kulib xayrlashdi. Bularni tomdan kuzatib turgan bir yigitning qoni qaynar edi. U bunday tuyg'ularni birinchi marta his qilayotgandi.

Darslar ham tugab , hamma uyga qarab yo'l oldi. Seo ham uyga yetib keldi. Eshikdan kirishi bilan uni Jungkook kutib oldi.

Jk ; oooo bizning qanotli qushchamiz qaytibdilarku. Ahvollari qanday

Seo : janob Jeon bilan oyim qayerdalar ?

Jk : bugun biz yolg'izmiz. Bu katta uyda faqat sen va men. Kattalar bazmga ketishdi. Qandaydir Min Yoongi degan yosh biznesmen bazm qilayotgan ekan. O'sha yerga ketishdi.

Seo hech nima demay xonasi tomon ketayotgan edi Jungkookning gaplari uni to'xtatdi

Jk : Jimin bilan kuning qanday o'tdi?

Seo : ajoyib.

Jk : NEGA sen begona yigitga kulib gapiryapsan ? Unga raqamingni berasan

Seo : bu sizni ishingiz emas. Meni ishlarimga aralashmang

Jk : seni akang ekanman hamma narsaga aralashaman. Uqdingmi ?

Seo : sizga hisob berishga majbur emasman

Jk : yo'q majbursan. Bu uyda yashar ekansan. Har qadaming haqida menga hisob berasan

Seo : o'zingizchi? Har kun barma bar yurasz. Ichib kelasiz. Qizlar bilan maishat qilasz. Unda sz ham menga hisobot berishingiz kerak

Jk : tushunmadim. Sen qiz hozir meni rashk qilyapsanmi ?

Seo qizarib ketdi. Va xonasiga qarab yugurib ketdi. Ichkariga kirib xonani qulflab oldi

Jungkook uning ishidan hayratda qoldi. Seo o'ziga nima bo'layotganini bilmasdi. Jungkook ham. Ular bir birini tinmay o'ylashar ammo hech biri buning sababini bilmasdi

Kunlar shu zaylda o'tardi. Bu orada Jimin ham Seoni sevib qoldi. Biroq u tuyg'ularini aytishga qorqar, Seodan ajralib qolaman deb oylar ammo u Jungkook uni sevishini bilmas , Seoning ko'ngli Jungkookda deb o'ylamasdi. Seo esa Jiminni shunchaki o'zining eng yaqin do'sti deb bilar edi.

Jungkook doim Seoni rashk qilar va doim u bilan tortishib yurardi.

Bayram arafasida Seoning univerida bazm tashkil etildi. Bazm tashkilotchisi Lee Sofiya ismli yuqori kurs o'quvchisi edi. U prokurorning qizi edi. Seo ham shu bazmga boradigan bo'ldi. Va xonasida kiyim tanlab , kiyinib pastga tushayotganida uni Jungkook ko'rib qoldi.

Seoning kiyimi

U juda ham chiroyli bo'lgandi. Jungkook qayerga deb so'radi.

Seo : faqat siz bazmga borasizmi ?

Jk : ha sen ham Safining bazmiga boryapsanmi ? Kim bilan ?

Seo : Jimin bilan.

Seo aldagan edi. Ammo Jk, Jimin, Tae ham bazmga taklif qilingan edi.

Jk : ha albatta sen doim Jimin bilan borasan.

Jimin Seoning ham borishini bilmasdi. U Jungkook bilan birga borish uchun o'z mashinasida kelgandi va Seoni ko'rib to'xtab qoldi.

Jimin : Seo sen ham bazmga borasanmi ?

Jk : demak menga yolg'on gapirding, to'g'rimi? U bilan birga bormoqchilingdan Jiminni xabari ham yo'q. Ammo sen aldading.

Jimin vaziyatni tushundi va Seoga yordam kerakligini angladi , hazil qildi

Jimin : hoy Jk u yolg'on gapirmagan. Men uni kiyimiga qarab hazillashdim.

Jk : 🤨🤨🤨

Jimin : gapim rost. Qara xuddi qora qarg‘aga o'xshab kiyinibdi. 😂😂

Jk : 😏😏😏ha . Ammo qora qarg'a emas. U uchun chiroylilik qiladi.

Jungkook shunday deb masinasiga minib , bazmga ketdi. Ortidan Jimin va Seo ham borishdi. Yo'lda Jimin Seoni kuldurdi. Ular ham bazmga yetib kelishdi. Seo umuman ichmagan edi. Shu kuni birinchi marta ichdi va mast bo'ldi. Jimin uni belidan ushlab olib ketayotganda Jungkook Seoni o'ziga tortib oldi va ko'tarib olmoqchi bo'lganda Seo uni Yuziga qo'llarini qo'yib, kozlariga tik qaradi

Seo : mmmmm Jeon Jungkook naqadar betakrorsan. Juda ham yoqimli 🫠🫠🫠🫠nega doim menga sovuq muomaladasan negaaaaaaa

Jk : Seo bas qil. Senga hozir mastsan. Nima deyayotganingni bilmaysan.

Seo Jungkookning qo'lidan chiqib Jimin tomon yurmoqchi bo'ldi ammo Jungkook uni mahkam ushlab olgandi

Seo : Jimin,yodingdami men senga bir yigit haqida aytgandim. Bu o'sha Jeon Jungkook. Men uni sevaman

Jimin & Jk : nima

Jk : nima deding hozir

Jimin : Seo hazillashyapsan aaaa

Seo : yo'q men uni chindan ham sevaman.

Seo shunday deb Jungkookdan bosa oldi. Jungkook avvaliga hayron qoldi ammo birozdan so'ng u ham javob qaytardi

Buni ko'rgan Jimin o'zini qo'yarga joy topolmasdi

Jimin mashinasiga otirdi va tezda haydab ketdi. U dengiz boyiga bordi va bor ovozda qichqirib yiglardi. Uning holati ayanchli edi.

Jungkook bo'lsa Seoni uyga olib keldi va o'rniga yotqizdi. U Seoni sevardi.

Tong otdi🌤🌤🌤

Seo boshi og'rib turdi. Yuvinib bo'lib oynaga qarab yuzini artayotganida kechagi ishlari esiga tushib qoldi u uyalib ketdi. Tezda kiyinib Jungkookka korinmaslik uchun uydan hatto nonushta qilmay chiqib ketdi. Seo univer oldiga keldi va Jiminga tel qildi. Ammo Jimin javob bermasdi. Bu vaqtda Jimin uyidagi hamma narsani ostin ustun qilgan, qo'llari qonagan holda otirardi. U hissiz bo'lib qolgandi

Seo Jungkookdan yana 3 kun qochib yura oldi , ammo 4-kuni Jungkookning o'zi uyda yana ota-onasi yo'qligidan foydalanib , Seoning xonasiga kirdi