Men yashashni istayman
Salom mening ismim. Park Seona. Yoshim 21 da. Men hozirda uy bekasiman. Albatta bir vaqtlar universitetda oqirdim. Toki manabu qaysar ahmoqqa turmushga chiqmaguncha va endi familiam Jeon. Hech km meni Park Seona deb chaqirmaydi. Hatto akam ham. U ham meni Jeon xonim deb asabimga tegadi. Xo'p mayli asabiylashmaymiz. Hozir asabiylashish mumkin emas. Bolaga ziyoni bor ekan. Jungkook bo'lsa semirib ketayapsan deb asabimga tegadi. Har kuni jig‘imga tegadi. Hali kelsin, Lattoga qarab ko'z suzish qanaqa bo'lishini ham ko'rsatib qo'yaman. Hozir borib sochidan sudragan bolardimuuuuu ammo bu holimda borolmayman. Bolamni unaqa yomon megajinlarni ko'rishini xohlamayman. Sokinganim uchun kechir bolajonim. Xullas sizlarga bir hikoyani aytib bermoqchiman
Bu hikoyani uzoqdan boshlamasam tushunmayszlar. Xo'sh, sezgan bo'lsangiz kerak men mashhur idol Park Jiminning Singlisi bolaman.
12 yoshdaligimda akam Jimin meni o'qish uchun Busandan Seulga olib keldilar. Shu kundan mening sarguzashtli hayotim boshlandi
Haaaa mening eng xavfli damlarim BTS bilan boshlandi. 12 yoshimdan men hayot uchun kurashishni boshladim. Bunga sabab mening akamning puli yoqligidan meni o'zi bilan yashash uchun BTS uyiga olib kelganida edi. Bu yerning jinnixonadan farqi yo'q. Va bu jinnixona direktori Pang PD edi. Jinnilarning sardori esa Kim Namjoon bo'lib, u juda ham katta qobilyatga ega edi. Uning qo'lidan shunday qudrat taralar ediki, qo'li nimaga tegsa shu narsa aniq buzular edi. Men uni oldida bolganimda o'zimni xuddi o‘layotgandek sezardim. Agar u mashina haydagudek bo'lsa men doim orqasida eshikka yopishib turardim.
Keyingi azo esa Kim SeokJin edi. U ovqatni o'zini va yana o'zini va ovqatni sevardi. Unga ovqat va uni go'zalligi tariflaydigan kimdir bo'lsa bo'ldi edi. Undan baxtli odam yo'q edi. Ammo u guruhning eng keksa a'zosi edi. Biroq uning ahmoqona qiliqlariga qarab , bunday deb bo'lmasdi
Keyingi azo Min Yoongi or Suga 🙄🙄🙄 . Toshdek sovuq va toshbaqadek tinch. Doim uxlagani va yegani yegan. Bazida qo'shiq yozib turadi. Judaaaaaaaaaaa nimadir qilgisi kelsa , ichib olib tomosha ko'rsatadi.
Keyingi azo mening barcha tilaklarimni so'zsiz bajaradigan akajonim Jung Hoseok or J-Hope. U juda ham quvnoq va bazan tajang bo'lib qoladi. U hatto menga ham raqs tushishni orgatmoqchi bo'ladi. Ammo arang qochib qolaman. Bazida u juda yomon so'kinadi. Biroq pulga kelganda undan saxiyi yo'q. Akam akam jonim akam 😁😁😁mening mehribonim akam
Va nihoyat mening akam Jimin. Bo'yi past ammo jahli chiqsa , undan yomoni yo'q. Urib ketishi hech gap emas. Undan juda ko'p kaltak yeganman. O'zi umuman ish qilmaydi. Oshxonada ham faqat suvni zo'r qaynata oladi. Biroq raqs qiroli. Uning xareografiyasi juda ham mukammal. Egiluvchanligi. Meni doim hayron qoldiradi. U taekvando bo'yicha ham mutaxassis. Futbolni o‘lgudek yaxshi ko'radi. Mushuklarga allergiyasi bor. O'zi juda muloyim. Juda ham yaqin dardkash. Xafa bo'lsangiz sizni qaynoq quchogiga oladi va mehr bilan ko'z yozlaringizni artadi. Uni bir qiz haqorat qilgandi. Shundan keyin akam o'zini qiynab , ozish uchun dieta tutishga otib ketdi va ko'pincha holsiz bo'lib yuradi. Undan doim xavotirda yuraman.
Keyingi azo V. Jinniliklar qiroli. Uni odamlar sokin va tinch deb o'ylaydi. Ammo eng jinnisi u. Doim qandaydir jinniliklarni boshlab yuradi. Qisqasi barcha kongilsizlik boshida Maknae line turadi. Barcha singan yongan va buzilgan narsalar boshida esa RM turadi. Ammo tan olish kerak V juda ham kelishgan. Xudo unga bo‘y va go'zallik bergan uuuu Ammo aql va fahm farosatdan qisgan. Ehh attang,
Eng so'nggisi guruhning qaysar eshshagi Jeon Jungkook janoblari. Nega endi men ahmoq kabi shunday chiroyli, boy , kelishgan , sokin odamlar turganda, turgan bitgani g‘alva bo'lgan bu tentakni tanlaganman hayronman. U bilan bolalikdan jiqqa musht bo'lib kelardik. Hozir ham hech narsa o'zgarmagan. Yana biz namunali oilamiz😆😆😆
Mana mening ajobtovur oilam bilan ham tanishib oldingiz. Menimcha bugun charchadingiz ertaga asosiy voqelarni so'zlab beraman 💋💋💋
Seo shunday deb kundaligini yopib qo'ydi va Jungkook kelgani uchun eshikni ochgani ketdi.