February 5, 2025

Yuragim seniki ep 2

Seo endi yuvinib bo'lib sochini quritayotgan edi. Eshik taqqillaganidan hayron bo'lib, borib ohista ochdi va qarshisida bir yigitni ko'rib hayron bo'ldi. Seo faqat yuvinish xalatini kiygan edi.

Seo: kimsiz ? Szga nma kerak ?

JK: mening ismim Jungkook. Seni akang bolaman. Akangni ichkariga taklif qilmaysanmi

Seo: yo'q. Akam bolganingiz bilan bu yer meni xonam. Begonalarga kirishga ruxsat bermayman

Jk: 😒😒😒seni xonang bo'lgani bilan bu uy menga tegishli qushcham. Keyin yaqindan tanishib ham olardik. Jk pastki labini tishlab Seoga kulib qaradi.

Seo : uy janob Jeonga tegishli. Xona esa menga. Keyin siz bilan tanishish niyatim ham yo'q. Bildim. Ko'rdim. Akam ekansiz. Endi bo'lsa xonangizga boring

Jk: agar ketmasamchi? Nima bo'ladi? Qolingdan nima keladi.

Seo : menga qarang janob Jeon men siz ko'rib yurgan kapalaklaringizdan emasman.

Men bilan bunday muomala qila olmaysiz. Mendan uzoqroq yuring

Seo shunday deb Jungkookning Yuziga eshikni yopadi.

Jungkook: shoshmay tur hali qushcham. Seni baribir o'zimniki qilaman. 😁😁ozgina sabr qil.

J. J : Jungkook buyerda nima qilyapsan? Seo bilan tanishdingmi?

Jk: ooo mening qadrli dadajonim. Ha qaysar qizaloq bilan ko'rishdim. Dada , Menga pul kerak.

J. J : pul ? Yanami ?

Jk: dadajon bilasz men pullarsiz, gozallarsiz va ichkiliksiz yashay olmayman. 😁😁😁

J. J : sen qanday yaramas bola bolding. Bunga o'zim aybdorman. Endi esa seni tarbiyalab bo'lmaydi. Mana ol. So'ragan puling.

Jk : rahmat dadajon.

Jungkook shunday deb uydan chiqib ketdi. Jungkookning onasi vafot etganidan keyin otasi uni juda ham taltaytirib yuborgan edi.

Jungkook uydan chiqib to'g'ri bar tomon yo'l oldi. Uni u yerda do'stlari Tae , Jimin kutib turardi. Ularning hammasi bir Universitetda o'qir. Bu Universitet xususiy bo'lib, Jiminning otasiga tegishli edi. U yerda faqat boylarning farzandlari tahsil olardi. Seo u yerga yaqin ham yolay olmasdi.

Jungkook barda do'stlari bilan ko'rishdi. Tae o'zining sevgilisini ham olib kelgan edi. Uning ismi Feya edi. Feya ham boy oiladan bo'lib, juda ham kibrli va qo'rqmas qiz edi.

Feya 21 yoshda. Tae , Jimin, Jk va Feya birga o'qishadi bir sinfda. Ularning krugi bu. Hech kim ularga qarshi bosh ko'tara olmaydi.

Jungkook mast holda erta tongga yaqin uyga qaytib keldi. Va xonasiga kirib uxlab qoldi. Erta tongda uni xizmatchi uyg'otdi va nonushtaga tushishini aytdi. Jk erinib o'rnidan turdi va yuvinib , kiyinib nonushtaga tushdi. U odatda otasi bilan bir stolda otirmas , ammo bugun kechagi haddidan oshgan qizaloqni adabini berib qo'ymoqchi bo'ldi.

Jk: ooooo mening qadrli oilam yigilibdiku😏😏😏 qadrli otajonim Jk shunday deya kelib otasini quchoqlab ko'rishdi. Jk: ooo mening muhtaram onajonim.U kelib Seoning onasi bilan ham shunday ko'rishdi. Navbat Seoga kelgandi. Jk: oooo mening qadrli singiljonim ahvollaring qanday ? yaxshi dam oldingmi ? U Seoni qochoqlayman deganda Seo orqaga tisarilib qochdi va imkon bermadi. Jk: xonimga quchoqlashish yoqmas ekan. Ha mayli zorimiz bor zo‘rimiz yo'q.

J. J : men ikkalovingizni ahil va inoq bolishingizni xohlayman. Aka bo'lib singlingni himoya qil.

Jk: xavotir olmang dadajon. Qizingizni ko'z qorachig‘imdek asrayman. Unga hech kimning nigohi tushmasligini ta'minlayman

J. J ( xursand ) : Senga ishonaman o'g'lim. Barakalla doim shunday bo'l. Xopmi Seo sen ham akangni so'zidan chiqma. Doim ahil bo'linglar.

Nonushta tugab bolalar univerlariga yo'l ola boshlashdi. Seo yayov ketmoqchi edi. Ammo oldiga qora Mercedes-Benz kelib to'xtadi.

Jk: o'tir olib borib qo'yaman

Seo: yo'q rahmat o'zim ketaman

Jk: men senga o'tir dedim. Yeb qo'ymayman. Majburlab otirg‘izmasimdan o'zing o'tir.

Seo : xayr

Dedi va orqasiga qaramay ketaverdi. Biroq Jungkookning jahli chiqqandi va u endi Seoni ortidan borib uni mashinaga sudrab kelaman deganda. Tae bilan Jimin kelib qolishdi.