July 4, 2025
"Unloved Hearts"
Episode: 2
"Unutilgan Yuraklar"
By Sady.s
---
Yoz. Qaynoq, ammo yuraklarda hali ham sovuq.
Insu universitetni bitirganiga endi bir oy bo‘ldi. U xalqaro kompaniyada amaliyot o‘tamoqda. Endi u nafaqat mustaqil, balki o‘z orzulari sari dadil qadam tashlayotgan yosh ayol.
Insu
"Endi hammasi o‘zgacha. Men endi bolalikdagi Insu emasman. Menga og‘riq bergan odamni kechirish qiyin, lekin hayotimni unga bog‘lab qo‘ya olmayman. Men endi kuchliman."
---
Ofis. Soat 11:30.
Jimin eshikni taqillatib kirdi.
Jimin:
— Loyiha taqdimoti soat 2 da. Tayyormisan?
Insu (kulib):
— Har doimgidek, tayyorman. Tashvishlanma.
Jimin:
— Bugun mehmonlar ham keladi. Jeon kompaniyasidan...
Insu (birdan jiddiylashib):
— Nima? Jeon dedingmi?
Jimin:
— Ha, boshqaruv bo‘yicha konsultatsiya uchun. Direktor Jeon Jungkook shaxsan ishtirok etadi, deyishdi.
Insuning yuragi birdan tez ura boshladi. Uch yil davomida u bu ismni eshitmaslikka harakat qilgan. Ammo taqdir yana yo‘llarini kesishtirdi.
---
Soat 2:00. Konferens-zal.
Jungkook xonaga kirdi. Uning ko‘zlari xuddi kimnidir izlayotganday... nihoyat ko‘zi Insuga tushdi. Uning ko‘zlarida hayrat, afsus va... sog‘inch aralash tuyg‘ular yaltiradi.
Jungkook (yengil ovozda):
— Salom hammaga. Bugungi taqdimotni ko‘rish uchun juda xursandman.
Insu esa o‘zini tutdi. Endi u juda sovuqqon va professional edi.
Insu:
— Loyihamiz ustida uch oy ishladik. Sizdan fikrlar kutamiz, direktor Jeon.
Ular ko‘z-ko‘zga tikildilar. Lekin bu safar Insuning nigohi kuchli, mustahkam va beg‘araz edi. Jungkook esa ich-ichidan titrayotgan edi.
---
Taqdimot tugagach. Jungkook uni yo‘lakda to‘xtatdi.
Jungkook:
— Insu... kut, iltimos. Men bilan bir daqiqa gaplash...
Insu (sovuqqon):
— Gaplashadigan mavzu qolmagan, janob Jeon.
Jungkook (og‘ir nafas olib):
— Men seni qidirgan edim. Senga xat yozdim... telefonlar, ijtimoiy tarmoqlar — sen yo‘qolding.
Insu:
— Chunki men topilishni xohlamadim.
Jungkook:
— Men Rina bilan uzoq yashay olmadim. U menga senga o‘xshamaydi. Men... men hali ham seni sevaman, Insu.
Insu (ko‘zlari yoshlansa-da jilmayadi):
— Juda kech bo‘ldi. Men endi seni sevgan qiz emasman. Men endi o‘zimni sevaman. Xayr, Jungkook.
---
Kechqurun. Jimin bilan kafeda.
Jimin:
— Yaxshimisan ?
Insu:
— Juda yaxshi. Endi orqaga qarab yashamayman.
Jimin (kulib):
— Balki oldinda seni haqiqiy muhabbat kutayotgandir?
Insu (jilmayib):
— Balki u yonimdadirkim...
Ular bir-birlariga qarab jilmayishdi. Vaqt orada o‘tgan bo‘lsa-da, yuraklar unutilganini bildirmay yashayveradi. Ammo bu yurak endi boshqa izlanmoqda. O‘zini va haqiqiy sevgini...
---
Episode: 2 - The End
❤️ Fikrlaringizni kutaman. Davomini yozishimni istaysizmi?
---