September 11, 2023

Tezislarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar

1. Tezis hajmi – sahifa o‘lchami - A4 (297х210 мм) bo‘lgan holda 3-5 bet hajmda bo‘lishi kerak, mo‘ljal – “knijnaya”.
2. Barcha yozuv qismi – 20 мм.
3. Shrift – Times New Roman, o‘lcham – 14, satrlararo interval – 1,5, uslub – Normal.
4. Birinchi qator – ma’ruza nomi (bosh harflar bilan, shrift “polujirniy”, o‘lcham – 14, markazga to‘g‘irlangan holda).
5. Ikkinchi qator – muallifning ismi, sharifi, familiyasi (o‘lcham “polujirniy” kursiv, markazga to‘g‘irlangan holda).).
6. Keyingi qator – ilmiy daraja, ilmiy unvon, lavozimi, o‘quv muassasasi (shrift kursiv, markazga to‘g‘irlangan holda, interval – 1).
7. Magistr va aspirantlar uchun – ilmiy rahbarning (ilmiy maslahatchi) ismi, sharifi, familiyasi, o‘quv muassasasi nomi.
8. Keyin abzats uchun qoldiriladigan masofa (1,25 sm) qoldirgan holda tezis matni yoziladi
9. Hammualliflik – ikkitadan ortiq bo‘lmasligi lozim.
10. Havolalar tekst matni keltirilgan betga raqamlangan holda kiritilishi lozim va ushbu havolada adabiyotlar, normative-huquqiy hujjatlar va boshqa huquqni qo‘llash bilan bog‘liq aktlarning nomi keltiriladi
11. Havolalar Times New Roman shriftida yozilishi lozim. Shrift balandligi – 10; satrlararo interval – 1.5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga faqatgina adabiyot kiritiladi.
Matn muallif tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak, unda alohida foydalanilgan yoki tuzilgan uslublardan va skaner qilingan yoki web-hujjatlarning elementlari bo‘lishi mumkin emas. Diagrammalar va jadvallar matnga kiritilishi lozim.

Mualliflar berilgan faktlar, havolalar, ismlarning ishonchliligi uchun javobgardir.