June 17, 2025

🩸Qonli Oy🌙

9-qism

Kai kulimsirab yon tomon surildi, nigohini asta Jungkookka qadab.
Qiziq Demak, endi uni himoya qilishga o‘tdingmi? dedi u, go‘yoki bir haqiqatni fosh qilayotgan odamdek.

Jungkookning tishlari hanuz ochiq, yaltirab turgan edi. Ammo u asta, g‘azabini yutib tishlarini orqaga joyiga qaytardi. Nafasi og‘ir ko‘zlarida esa alangaday chaqnash bor edi.
U Kai tomon sovuq, lekin qat’iy ohangda dedi.

Ovozingni pasaytir. Men bilan bu ohangda gaplashmagin, Kai.

Kai bir zum jim turdi. Nigohida ko‘z ilg‘amas xafalik, hatto qizg‘anish bor edi. U yelkasini qimirlatib, yuzini chetga oldi va pichirladi.

Qani endi bu himoya sening uchun kech bo‘lmasa edi so‘ng asta, og‘ir qadamlarda xonani tark etdi.

Ammo bu paytda

Taehyung dahshatdan qotib qolgan edi. U Jungkookning vampir tishlarini ko‘rgan, unga bo‘lgan ishonchi butunlay chilparchin bo‘lgan edi. Ko‘zlari keng ochilgan, qo‘llari qaltirab, lablari orasidan faqat bitta so‘z chiqa oldi:

Yo‘q

Keyingi lahzada u hushidan ketdi. Ustidagi barcha quvvat birdan tanasini tark etgandek, u yerga sokin yiqildi.

Taehyung! deb o‘zini tutolmay yugurdi Jungkook. U darhol egilib, Taening yuragini tingladi. Baribir ham nafasi bor edi lekin yuragi qo‘rquv bilan urayotgandi, go‘yoki o‘zidan ham qochib ketmoqchidek.

Jungkook bir lahzalik sukutda faqat yuragining o‘zi eshitilib turganday his qildi. Keyin u hech ikkilanmay, Taeni ohista bag‘riga oldi. Uning sovuq tanasi Jungkookning iliqligini izlayotgandek edi.

Zinalardan yuqorilab borar ekan, saroy xizmatkorlari yo‘l ochishardi. Hech kim qiroldan bu qadar shoshqaloqlikni kutmagandi.

U Taeni saroydagi maxsus xona sokinlik va tiklanish uchun ajratilgan sehr bilan himoyalangan palataga olib kirdi. Karavot oppoq ipaklar bilan bezatilgan, oynavand derazalardan qishki quyoshning nurlari tushib turardi.

Jungkook unga eng yengil harakat bilan yostiqqa yotqizdi. Sochlarini ohista yuzidan tortib olib, cho‘qqisiga yilt etgan lablarini qarab turdi.

Sen mendan qo‘rqyapsan lekin men senga ziyon yetkazmayman. Seni himoya qilish meni o‘zgartiryapti, Taehyung.

U chuqur nafas oldi. So‘ng asta o‘girilib, deraza oldiga bordi.

Yuragi ichi-dagidan kuylardi. O‘tmishdagi yovuzlik, qon, qiynoqlar bularning bari hozirda bir odam bolasining hushsiz tanasi oldida hech nimaga arzimasday tuyulardi.

Honadagi atmosfera sokin, ammo tarang edi. Qip-qizil ipak to‘shak Taening oqarib ketgan chehrasini yanada rangsizroq ko‘rsatardi. Jungkook ohangsiz nafas olib, yonida tiz cho‘kdi. Uning barmoqlari Taening muzdek peshonasiga tegib, allaqanday yurak og‘rig‘ini uyg‘otdi.

Kechirasan dedi u sokin pichirlab. Men faqat seni himoya qilmoqchi edim. Men o‘zim ham tushunmayapman.

Eshik g‘iyq etib ochildi. Hobi va Jin kirib kelishdi. Jin ko‘zlarini biroz qisib, Jungkookning yoniga yaqinlashdi.

Demak u seni ko‘rdi dedi u past, ammo ohangida chuqur ma’no bor edi.

Jungkook sekin bosh irg‘adi.

Ha ko‘rishini istamagandim hech qachon bunday holatda emas.

Hobi o‘zining maxsus giyoh suvidan bir necha tomchi Taening labiga tomizdi. Uning barmoqlari yengil teginishda edi, harakati esa sokin, mohir tabibnikidek aniq.

U birozdan so‘ng hushiga keladi dedi Hobi, lablarini qattiq tig‘day qilib. Ammo hushida bo‘lishi yetarli emas. U tushunishi kerak haqiqatni

Jungkookning ko‘zida og‘riq chaqnadi. U o‘zicha pichirladi:

Men unga hammasini tushuntiraman. Qanday bo‘lmasin bu safar yashirmayman.

Jin orqaga qarab yurarkan, xuddi yuragida og‘irlik bordek to‘xtadi va shunday dedi.

U senga qaraydi. Lekin uning ishonchini yo‘qotsang, bu safar yuragingni hech qanday kuch qaytara olmaydi.

Hobi esa sekin bosh irg‘adi.

Tayyor bo‘l Jungkook. Chunki bu safar sening hislaring uni faqat o‘zgartirmaydi balki seni ham butunlay boshqacha qilishi mumkin.

Qor bilan qoplangan o‘rmonning sovuq yo‘llarida yurib ketisharkan. Jimin tanasi asta-sekin muzlab borayotganini his qildi. Nafaqat havoning sovug‘i balki yaralangan oyog‘ining og‘rig‘i ham butun vujudiga taralayotgandek edi. U lablarini tishlab, yuragini bosmoqchi bo‘ldi, lekin ichidagi iztirob kuchli edi.

Shu payt unga ko‘z tikib turgan Suga sekin egildi. Uning nigohi sovuq emasdi ammo jiddiy edi. Jiminga tushunarsiz lekin yurakka yaqin hissiyotlar bilan qarardi.

Yo‘l uzoq dedi u yelkasiga engil ishora qilib.

Jimin bir lahzalik hayratdan so‘ng qizarib ketdi, ko‘zlarini olib qochdi.

Yo‘q menda hammasi joyida dedi u ohangida noaniq tortinish sezilardi.

Suga ko‘rib turibman senda hech narsa joyida emas dedi ohangsiz ammo qat’iy ovozda. So‘ng hech qanday ogohlantirishsiz Jiminni ehtiyotkorlik bilan bag‘riga olib, dast ko‘tardi.

Jimin hayratda edi. Uning yuragi to‘satdan duk-duk urib butun vujudiga qizg‘inlik yugurdi. Yelkasiga qo‘yilgan Suganing kuchli qo‘llari, yuragiga yaqin bo‘lgan sovuq, ammo xavfsiz ko‘kragi, hammasi uni bir muddat jim qilgandi.

U sekin pichirladi.

Senga kerak emas edi meni ko‘tarishing.

Suga unga pastga qarab javob qildi, ohangida muloyimlik yashiringan edi.

Men buni istadim. Chunki sen qiynalayotganingni ko‘rib, befarq tura olmadim.

Jimin bir zum ko‘zlarini yumdi. U bu g‘alati hisni tushunmasdi. Ammo shu sovuq o‘rtasida, Suga bag‘rida o‘zini ilk bor issiq his qilgandi.

U lablarini ohangrabodek tishladi, og‘riqni yashirishga urinardi. Ammo yuragidagi bezovtalikni yashira olmadi. Nega bu notanish yigit menga yordam bermoqda? Nega men unga bu darajada suyanishni istayapman?..