SHAXZODA VA MEN
27- qism
Ushbu fanficc shunchaki muallifni hayollari mahsuli Taekookerslarga bag‘ishlanadi
Jungkook va Taehyung yulduzlar ostida yurishardi. Ularning ko‘zlarida tinimsiz sevgining jilosi bor edi. Har bir qarash, har bir kulgi yurakdagi tuyg‘ularga qadalgan tasmadek edi. Taehyung Jungkookning yelkasiga boshini qo‘ydi.
Bu lahzalar abadiy bo‘lsa edi dedi u sokin ovozda.
Jungkook esa uning qo‘lini ushlab, yuragiga qo‘ydi:
U abadiy bo‘ladi sen men bilan bo‘lganingda. Men bu saltanatni sen bilan bo‘lishishni istayman.
Ammo bu sevgi fonida zulmat harakatda edi.
Qirolicha o‘z saroyida yolg‘iz o‘tirar, qadimiy qog‘ozlarni varaqlar, xitobnomalar yozar edi. Uning ko‘zlarida g‘azab, yuragida xiyonat kayfiyati.
Jungkook sen mening o‘g‘lim emas sen mening qurolimsan dedi u oynaga qarab. Agar sen sevgingni menga qarshi qo‘ysang men seni o‘sha sevgining orqali qulataman.
U maxfiy elchilarini chaqirib, yangi reja tuzdi. Rejaning markazida Jungkook turardi. U orqali qirolicha mavjud qirolni chetlatib taxtni o‘z nomiga yozmoqchi edi. Buning uchun u valiahdni o‘z qo‘li bilan o‘z sevgisi orqali boshqarishi lozim edi.
Ammo qirolicha bitta narsani hisobga olmagan edi Jungkook endi yurak bilan boshqarardi hiyla bilan emas.
Jimin Suganing bag‘rida yotarkan yuragi sekin urardi. Nafasi hamon titrab chiqardi ammo bu titroq qo‘rquvdan emasdi bu titroq sog‘inchdan nihoyat topilgan mehrdan edi. U ko‘zlarini yumdi, yuzini Suganing ko‘ksiga bosdi. U yerda yurak ostida Suganing hislari urardi xuddi o‘tmishda yarim qolgan baxt yana hayotga kelganday.
Suga jim yotardi, lekin boshi ichida fikrlar chaqmoqdek chaqnardi.
Shuncha yil seni unutishga urinib yashadim Jimin. Lekin sening bir jilvang, bir ohang hatto qadam tovushing xotiramdan ketmadi. Endi yana yonimdasan.Men seni yana yo‘qotishga toqat qilolmayman.
U asta Jiminning qo‘lini tutdi. O‘sha nozik qo‘llar, o‘sha eski muhabbatni eslatuvchi ilik harorat.U ichida qat’iy bir qarorga keldi.
Balki balki vaqt keldi. Endi seni yonimda saqlab qolish va rasmiy tarzda menga tegishli ekaningni dunyoga aytish vaqti keldi.
Suga asta egilib Jiminning peshonasidan o‘pdi. So‘ng yuragini bosib turgan so‘zlar nihoyat og‘zidan chiqdi.
Jimin men sening qo‘lingni ushlab, qolgan umrni sen bilan o‘tkazmoqchiman. Uylanishimni istaysanmi.
Jimin kutilmagan taklifdan karaxt holatda qotib qoldi. Qulog‘iga yangragan so‘zlar Men bilan turmush qurishni istaysanmi? yuragini zirillatib yubordi. U beixtiyor Suga tomon qaradi. Ko‘zlarida yosh miltillardi lekin bu yoshlar alamdan emasdi bu nihoyat kutgan baxt ko‘z yoshlari edi.
U lablarini ochdi nimadir demoqchi bo‘ldi ammo ovozi titradi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib kelganday edi. O‘zini tutolmadi ko‘zlaridan tomchilanib yoshlar oqib tushdi.
Men men bunga ishonolmayapman dedi u past ovozda Seni yana ko‘rishimning o‘zi mo‘jiza edi endi esa bu bu taklif.
Suga jimgina jilmaydi, ko‘zlarida esa haqiqiy muhabbat porlardi. U Jiminning yuzini ohista avaylab tutdi, barmoqlari bilan ko‘zidagi yoshlarga tegdi.
Men seni hech qachon yana yo‘qotmoqchi emasman Jimin. Agar rozi bo‘lsang, seni har tong uyg‘otadigan har tun bag‘rimda uxlatadigan inson bo‘laman. Faqat ha degin
Jimin boshini engiltak qimirlatdi lablari orasidan nihoyat o‘sha mo’jizaviy so‘z chiqqanday bo‘ldi.
Ular bir-birining bag‘riga yana cho‘kib ketishdi bu safar ajralmaslikka qasam ichgandek.
Suga va Jiminning unashtirilgani haqida yangilik saroyda chaqmoqdek tarqaldi. Har bir xizmatkor, har bir amaldor bu xabarni bir-biriga shivirlab yetkazardi. Ayrimlar bu sevgi haqiqiyligini hayrat bilan qarshi olishdi, boshqalar esa ayniqsa Minlar sulolasiga xusumati borlar bu ittifoqni siyosiy kuchayish deb talqin qilishdi.
Jungkook esa do‘stining yuzidagi nurga qarab, chin dildan quvondi. U Jiminga yaqinlashib do‘stona kulimsirab dedi:
Tabriklayman Jimin. Nihoyat yuragingni xotirjam qiladigan odam yoningda. Endi sen ham biz kabi baxtli bo‘lasan.
Tae esa Jiminga yaqinlashib, qo‘llarini tutdi.
Men har doim sening baxtingni istaganman Jimin. Endi u kun keldi. Yillar seni azoblagan bo‘lsa ham, muhabbat seni davoladi.
Ammo bu shodlik soyasida bir salqinlik ham yurardi. Qirolicha Suga va Jimin ittifoqi orqali Minlar kuchayishini sezdi. U bu unashtiruvni o‘z taxtiga tahdid sifatida ko‘rdi. Ich-ichida yonib turgan g‘azab bilan u shunday dedi.
Minlar o‘g‘li va bechoragina kotibBu unashuv quvonch emas fitna. Agar bunga ko‘z yumsam ertaga ular Jeonlar taxtiga ham da’vogarlik qilishadi.
Shunday qilib Qirolicha yana bir reja tuza boshladi. Bu safar u jim o‘tirishga niyat qilmagandi. U yuragini zaharga to‘ldirib, ortidan g‘amgin kulib turdi.
Minlar sulolasi vakili Suga va Jeonlar saroyining sobiq xizmatkori hozir esa qalblarni zabt etgan Jiminning unashtirilish marosimi saroy bog‘larining eng go‘zal joyida, gullar ochgan bahor tongida boshlandi. Marosim oddiy, lekin yuraklarga juda yaqin ruhda o‘tdi. Jin chiroyli mato bilan bezatilgan maydonda shirinliklar va giyohli damlamalarni shaxsan o‘zi tayyorladi. Jungkook va Tae esa mehmonlarni qarshi olib ularning yonida doimiy jilmayib turardi.
Suga oddatda sovuqqon bo‘lsa-da bugun ko‘zlarida ishonch va muhabbat chaqnardi. U Jimin oldida tiz cho‘kib, asta dedi.
Men seni kutdim Jimin. Yillar davomida hatto o‘zimdan ham yashirib keldim. Endi esa istayman sen har tong ko‘zim ochilganida yonimda bo‘lgin. Uylanaman deb so‘ramayman. Men yalinaman.
Jimin ko‘zlari yoshga to‘lib, qo‘lini Suganiki bilan birlashtirdi.
Sen meni unutmagan ekansan men ham unutmadim. Endi yuragimni hech kimdan yashirmayman. Ha men roziman Min Yoongi.
Shu payt qushlar chirqilladi, atrofdagilar gulduros qarsaklar bilan ularni tabrikladi. Taehyung hamon o‘zini tutolmas ko‘zlarini artib qo‘ydi. Jungkook uning yelkasiga sekin qo‘l qo‘ydi.
Bugun biz baxtni tomosha qildik. Va bu sevgi hammani davolaydi.
Ammo bu marosimdan xabar topgan Qirolicha o‘z xonasida, oynali oynalarga tikilib qotib turardi. Uning yuzida g‘azab, ko‘zlarida esa hasad yaltirardi.
Endi ular ittifoq tuzishyapti Minlar bilan Jeonlar Bu unashtiruv bu sevgi bu men uchun urush eloni.
U yonidagi sadoqatli xizmatkoriga pichirladi.
Agar bu unashtiruv nikohga aylanadigan bo‘lsa men taxtni yo‘qotaman. Yaxshisi to‘yga qadarularning yo‘lini to‘sish kerak.
Saroyda go‘yoki nur yog‘ilayotganday edi. Suga va Jiminning sevgi bilan boyigan unashtiruvi saroy ahli uchun ham quvonchli ham umidbaxsh voqea bo‘ldi. Jungkook maxsus farmon chiqarib ikki sulola Minlar va Jeonlar o‘rtasidagi rasmiy ittifoqni e’lon qildi.
Tae bu yangilikdan benihoya mamnun edi. Endi u Jungkookni o‘zga sirli tuyg‘ular emas, tinchlik va sevgi bilan ko‘rardi. U har kuni Jiminning to‘y libosini tanlashiga yordam berar, qizlar orasida o‘zi ham eng sho‘x eng mehribon dugona sifatida porlardi.
Lekin saroy devorlarining orqasida jimjitlik egasini yo‘qotayotgan edi.
Qirolichaning yuborgan maktubi hozirda o‘z manziliga yollanma qotillar to‘dasi yetakchisining qo‘liga yetib borgan edi. U maktubda qisqagina yozilgan edi.
To‘y kechasi urish fursati. Nisha qiyomat.
Bu Qirolichaning siri edi. “Nisha” saroy tepasidagi qadimiy minoraning nomi bo‘lib to‘yda shohona ohanglar aynan u yerdan chalinar edi. Ammo endi u yerdan to‘y ohanglari emas, o‘lim yangrashi rejalashtirilgan edi.
Saray bog‘lari minglab chiroqlar bilan bezatildi. Jimin oppoq to‘y libosida So‘g‘a esa tantanali ammo oddiy libosda mehmonlar qarshisida yurardi. Jungkook va Taehyung eng oldingi qatorda o‘tirar bir-birining qo‘lini sekin ushlab turgan edilar.
Jimin sahnaga chiqayotgan chog‘da Jungkook nigohini saroy minorasiga qaratdi. Nimadir noto‘g‘ri tuyuldi.
RM darhol ishga tushdi. Lekin bu kech edi. Minoraning soyasida yashiringan yovuz niyatli qotil allaqachon kamonini tortgan ed.
Hammani nigohi sahnaga qaratilgan edi. Jimin yuragi qattiq urardi u yillar davomida orzu qilgan to‘y kuni nihoyat yetib kelgan, yonida Suga yuragining egasi.
Shu payt minoradan kamon o‘qi uchib keldi.
Jimin! Qoch!!! deb baqirdi Suga yuragi yorilgudek bo‘lib.
Lekin kech edi O‘q Jiminning ko‘ksiga sanchildi.
Jimin hayrat bilan atrofga qaradi, so‘ngra asta orqaga cho‘zilib yiqildi. Qon oqib tushayotgan edi.
JIMIIIIIIIIIIIN Suga ko‘z oldi qorong‘ilashdi. U yugurib kelib Jiminni bag‘riga bosdi. Jimin qaltirardi lablari oqardi.
Yo‘q, yo‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘q!
Qani tabiblar! Qani!!! deb faryod chekdi Suga.
Tae karaxt holatda joyidan turolmasdi. RM va Jin darhol harakatga tushdi.
Jimina Ko‘zingni och iltimos! Menga qaragin. Yana yuragimni sindirma. Sen hali mening rafiqam bo‘lishing kerak edi.
Men orzumdagi kunni ko‘rdim. Suga Men seni... sev...
So‘ng lablari qimirlamay qoldi.