Sen va Men
Ushbu fanficc shunchaki maullifni hayollari mahsuli maktab hayoti yoritilgan...
Taehyung Amerikaning tinch bir shtatida onasi va otasi bilan yashagan. Juda ham sokin, odamovi bola. Do‘stlari deyarli yo‘q, ko‘proq yolg‘izlikni yaxshi ko‘rardi. Lekin ota-onasi ajrashgach, hayoti o‘zgardi. Onasi uni olib o‘zi yashagan Seulga, Janubiy Koreya poytaxtiga ko‘chib kelishdi.
Yangi uy, yangi shahar, yangi maktab Taehyung uchun bularning hammasi qo‘rqinchli edi. Seulda hamma shoshqaloq, gapiradiganlar ko‘p, tinch joy yo‘q edi.
Ertalab maktab formasini kiyib, oynaga qaradi. Yuragi g‘ash edi. Ko‘zlarida qochib ketsam bo‘ladimi? degan savol porlardi. Ammo iloji yo‘q endi bu shahar uning hayoti onasi unga koreys tilini mukammal o‘rgatgan shuning uchun ko‘p tilni biladigon aqilli bola. Seuldagi maktab unga yoqmasada baribir maktabga yo‘l oldi.
Maktabga kelgach, sinfxonaga kirganda hamma unga tikildi. O‘qituvchi J-Hope uni oldinga olib chiqdi
Bu yangi o‘quvchimiz. Ismi Kim Taehyung. Amerikadan ko‘chib kelishdi endi sizlar bilan bir sinfda o‘qiydi.
Sinf birdan shovqin bo‘ldi. Kimdir xushtak chaldi, kimdir kuldi.
Oooo, bu juda chiroyli-ku! dedi qizlardan biri.
Modelga o‘xshaydi, dedi yigitlardan biri.
Taehyung bunday gaplarga o‘rganmagan. Yuzini yerga tikdi. Unga yoqmasdi bunchalik e’tibor markazida bo‘lish.
O‘qituvchi unga o‘tiradigan joyni ko‘rsatdi. U asta yurib o‘sha joyga yaqinlashdi. Ammo o‘tiraman deganida, stul birdan sirg‘alib ketdi. Taehyung muvozanatini yo‘qotib, yerga gup etib yiqildi.
Stulni Jungkook tortib olgandi.
U qora kurtkada, sovuq ko‘zlar bilan Taehyungga qarab turardi. Yonida Jimin turgan, orqaroqda esa Suga jimgina qarab turgandi.
Jungkook kinoyali ohangda
Uzr, bilmay qoldim.
Taehyung hech nima demadi. Yerdan turdi. Faqat bir lahzaga Jungkookga qaradi. U nigohda alam ham bor edi, hayrat ham.
Taehyung asta o‘rnidan turdi. Yuzini bosib turgan issiqlik bo‘ynigacha taralayotgandi. U qattiq qizarib ketganini his qilardi. Bu holat uni yanada noqulay ahvolga solardi. Sinfxonadagi o‘nlab ko‘zlar unga tikilib turgandi.
Shu payt Jungkook kulimsirab, orqasiga suyanib dedi:
Hoy bu bolakayni, pamidordek qizarganini ko‘ryapsizlarmi? Yana ozgina bo‘lsa qaynab ketadi, shekilli.
Sinfdagilar kulib yuborishdi. Ba'zilari zarbani yanada kuchaytirib qo‘shib gapirdi:
Ha-ha, rosa uyatchan ekan bu!
To‘g‘ri gap, Amerikadan keldi, lekin o‘zini tuta olmaydi!”
Tae boshini egdi. Bir so‘z ham demadi. U ichida "nega shunchalik kulishyapti, nima yomon ish qildim?" degan savollar bilan yonardi. Nigohlardan qochib, stolga sekin o‘tirdi. Yuzining issiqligi hali ketmagandi.
Jungkook esa hali ham unga qarab turardi. Ko‘zlarida g‘olibona kinoya bilan birgalikda, sezilmas qiziqish ham bor edi.
Sinf rahbari sinfni tinchlantirishga urindi, lekin kulgi izlari hali ham yuzlarda edi. Taehyung esa ichida butunlay boshqacha dunyo bilan kurashayotgan edi.
Taehyung stulga o‘tirib, yuzini pastga qarab olgandi. Hali ham qizarib turganini his qilardi. Sinfdagi kulgi to‘xtamagan edi. Shunda ssinf rahbari J-Hope baqirdi.
U o‘qituvchi sifatida hammaga do‘stdek munosabatda bo‘lardi, lekin zarur paytda qattiqqo‘l bo‘lishni ham bilardi. Vaziyatni darhol fahmladi.
Ko‘zi to‘g‘ri Jungkookka tushdi.
Jungkook, bas qil! Bu nima qilayotganing?jiddiy ohangda.
Sinf bir zum jim bo‘lib qoldi.
Ammo Jungkook asta jilmaydi. Qo‘lini orqasiga qo‘yib, stulida orqaga suyandi-da, hazilomuz ohangda:
Ustoz, bu hali hech narsa emas.
Axir men uni hali quchog‘imga ham olmadim-ku.
Sinf birdan kulguga to‘ldi. Ba’zilar “vay!” deb, yuzini berkitdi, boshqalar “wah, Jungkook!” deb baqirishdi.
J-Hope esa qoshlarini chimirib, yana bir bor ogohlantirdi:
Jungkook, bu sening oxirgi haziling bo‘lsin. Bu maktabda hurmatsizlikka joy yo‘q!”
Jungkook ko‘zini yumib, yengil bosh irg‘adi. Ammo ko‘zlarida hali ham kulgi chaqnardi.
Taehyung esa bu hazilni tushunmagan bo‘lsa-da, ko‘zi jim yerga tikilganicha, yana bir bor o‘zini begona his qildi. Bu yangi maktab, bu yangi odamlar unga hozircha begona dunyo edi.