Vahshiy va uning muhabbati
Bu fanficc Yoonminni qo‘llab quvvatlovchilar uchun
Jimin hayratdan qotib qoldi. Bu safar unga tikilib turgan shaxs Kim Namjoon, yoki mafiyada uni faqat "RM" deb atashardi. U doim jim, mulohazali bo‘lib ko‘rinardi, lekin hozirgi nigohi... g‘alati edi. Unda qiziqish, hatto og‘ir ehtiyotkorlik ham bor edi.
Bu kim bo‘ldi nega menga shunday qarayapti? — Jimin ichida o‘z-o‘zidan so‘rardi. Uning yuragi yana gursillab urdi. Bu nigoh boshqa edi
Yoongining sovuq, hukmron nigohidan farqli, bu nigohda nimadir yumshoq, lekin xavfli narsa bor edi. Go‘yoki, "Men senga ahamiyat beryapman, ehtiyot bo‘l", degandek.
RM esa ichida jilmaydi:
"Bu bola juda toza... lekin bu olam unga emas... Men bunga guvoh bo‘laman."
Jimin Nigohlarini tezda boshqa joyga burdi, lekin RMning sokin, lekin qudratli nazari uni butkul qamrab olgandi. Jimin endi tushunardi bu yig‘ilish oddiy emas, bu o‘yinlarning boshlanishi edi.
RM yig‘ilish tugashini kutmasdan sekin Jimin tomonga yurdi. Uning qadamlarida shoshilinchlik yo‘q edi, ammo har bir qadami o‘ziga xos salobat bilan yangrardi. Jimin o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qilsa-da, yuragi bo‘g‘ziga tiqilib kelayotgandi.
RM uning qarshisiga kelib, yengil bosh egdi va sekin, o‘sha o‘ziga xos vazmin ohangda dedi:
Jimin dovdirab, lekin hurmat bilan boshini egdi:
Ha, bugun birinchi bor yig‘ilishga qatnashdim.
RM yengil jilmaydi. Uning jilmayishi ko‘proq sinovchi, ammo qiziqish bilan to‘la edi.
Demak, sen Min-Yoongini nazoratida ekansan. Bu oson bo‘lmaydi. dedi u, ko‘zlarini jilmayib qisdi va biroz oldinga egilib pichirladi:
O‘zingni ehtiyot qil, Jimin-shi. Bu dunyoda har bir nigoh, har bir so‘z qarzdek qaytadi.
U ortga bir qadam chekinib, yana vazmin ohangda gapirdi:
Men Kim Namjoon. Lekin bu yerda hamma meni RM deb ataydi.
Jimin yuragini bosib, iloji boricha hotirjam ko‘rinishga harakat qildi:
Park Jimin.
RM bosh irg‘ib, yuzida sirli tabassum bilan:
Eslab qolaman, Jimin-shi sekin orqasini o‘girib ketdi.
Jimin uning ortidan qarab qoldi. RMning so‘zlari yuragiga og‘ir tushdi. Go‘yoki ogohlantirish, go‘yoki yashirin qiziqish.
Jimin RM bilan bo‘lgan suhbatining ta’siridan hali ham chiqolmayotgan edi. Uning yuragi hali ham o‘sha sirli so‘zlardan so‘ng sokinlashmagan, ich-ichida allaqanday titroq g‘imirlab turardi. Lekin birdan, u o‘ziga qaratilgan yanada sovuq, og‘ir nigohni his qildi.
U sekin boshini burdi va to‘g‘ri Yoongi bilan ko‘zlari to‘qnashdi.
Yoongining chehrasi hissiz, muzdek edi. Ko‘zlarida hech qanday muloyimlik yo‘q, aksincha, qahrli sukut g‘uborlanib yotardi. Uning bo‘yin tomirlari qattiq asabiylashganidan bilinib turardi go‘yo har bir urishida ichki g‘azabini jilovlab turardi.
Jimin titrab ketdi. Bu nigoh unga aniq bir narsani bildirardi: Bu yerda sening joying yo‘q, Jimin.
Yoongi hech narsa demasdan uning oldidan yurib o‘tdi, lekin o‘sha og‘ir sovuq ko‘zlarini bir zum ham olib qochmadi. Uning har qadamida Jimin o‘zini yanada bosib qo‘yilgandek his qildi.
Lekin bu safar Jimin bo‘sh kelmadi. Ichida qaysarlik uyg‘ondi. U boshini balandroq ko‘tarib, o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qildi. Hamma uning ko‘rinmas kurashini ko‘rib turmasa ham, u bu daqiqada o‘zidan o‘zi yutqazishni istamasdi.
Yoongi esa... bir zum jilmaygandek bo‘ldi. Sovuq, masxarali, g‘azab va qiziqish aralashgan jilmayish bilan.
Jimin hojatxonadan chiqarkan, kimdir uning bilagidan qattiq ushlab, boshiga to‘pponcha tiradi. Nafasi qisilib, yuragi hapriqdi. Qo‘llari qaltirab, tili aytishga ojiz qoldi. Qarshisida Yoongining dushmani turardi.
Agar Yoongi hujjatlarni bermasa, sening joninga zomin bo‘laman dedi u sovuq ohangda.
Yoongi esa asta yaqinlashdi. Uning nigohlari muzdek, yuzida esa hissiz tabassum bor edi.
Istasang, hoziroq otib tashla. Menga hech kim bu deydi dedi u sovuqqonlik bilan.
Jimin bu so‘zlarni eshitib, dahshatdan qotib qoldi. Uning uchun bu shunchaki o‘yin emasdi. Qo‘rquv ichini kemirardi, ammo Yoongi o‘zini o‘zgartirmas, go‘yo unga bu holat ahamiyatsizdek edi.