May 11, 2025

Vahshiy va uning  muhabbati

6-qism

Bu fanficc Yoonminni qo‘llab quvvatlovchilar uchun

Suga yugurish yo‘lakchasida har bir qadamini kuch bilan bosar, yuragidagi g‘azabni bosmoqchi bo‘lardi. Boshida faqat otasiga nisbatan nafrat bor edi, endi esa Jimin bilan bog‘liq chalkash hissiyotlar ham unga tinchlik bermasdi.

Nahotki u chindan ham axlatni yedi? Shu darajada pastga tushdimi? Yoki shu darajada ochmidi? savollar uni ichkaridan kemirardi.

U yugurishni to‘xtatdi. Qo‘llarini sonlariga tirab, chuqur nafas oldi. Bu holatni ko‘rgan tanasi kuchli edi, lekin ichidagi tuyg‘ular bilan kurashishga kuchsiz edi.

U sendan qo‘rqyapti Suga.
Sen esa uni yanada sindiryapsan dedi o‘ziga o‘zi, ammo darhol bu mulohazasini rad etdi. Yuzidagi ifoda yana sovib qoldi.

Shu paytda u Jiminni ishxonada ko‘rib qolishidan oldin qandaydir sovuq qaror qabul qilgandek edi. Bu qaror qanchalik og‘riqli yoki qanchalik adolatsiz bo‘lishi haqida o‘ylashdan ham bosh tortdi.

Jimin avtobus oynasidan tashqariga tikilib, quloqchinlarida chalinayotgan sokin pianino musiqasiga quloq tutdi. Musiqa go‘yo unga beg‘ubor bir dunyoni eslatardi — bu dunyoda og‘riq yo‘q, majburlik yo‘q, faqat tinchlik bor edi. Ammo hozir u bunday dunyodan yiroqda edi.

Tongda Suga aytgan so‘zlar va nonushtadagi haqorat uni hanuz larzaga solardi. Yegan ramyon oshqozonini ezayotgan, chidab bo‘lmas og‘riq bilan yondirib borayotgan edi. Qo‘llari sal qaltirab, sumkasidan suv olib ichdi, ammo bu holat o‘tmayotgandek tuyulardi.

Bu faqat vaqtincha, bularning hammasi o‘tadi deb pichirladi o‘ziga.

Avtobus to‘xtaganda u asta o‘rnidan turdi. Ishxona oldida yangi bir kun uni kutardi qanday kun bo‘lishidan qat’i nazar, Jimin ichida yashirincha kuch topishga harakat qilardi.

Jimin avtobus oynasidan tashqariga tikilib, quloqchinlarida chalinayotgan sokin pianino musiqasiga quloq tutdi. Musiqa go‘yo unga beg‘ubor bir dunyoni eslatardi bu dunyoda og‘riq yo‘q, majburlik yo‘q, faqat tinchlik bor edi. Ammo hozir u bunday dunyodan yiroqda edi.

Tongda Suga aytgan so‘zlar va nonushtadagi haqorat uni hanuz larzaga solardi. Yegan ramyon oshqozonini ezayotgan, chidab bo‘lmas og‘riq bilan yondirib borayotgan edi. Qo‘llari sal qaltirab, sumkasidan suv olib ichdi, ammo bu holat o‘tmayotgandek tuyulardi.

Bu faqat vaqtincha, bularning hammasi o‘tadi deb pichirladi o‘ziga.

Avtobus to‘xtaganda u asta o‘rnidan turdi. Ishxona oldida yangi bir kun uni kutardi qanday kun bo‘lishidan qat’i nazar, Jimin ichida yashirincha kuch topishga harakat qilardi.

Jimin eshikdan kirishi bilan doimiy jilmayib turadigan kotibalar unga quvnoq ko‘zlar bilan qarab:
Yaxshi ishlayapsan, Jimin-shi! deb taʼzim bilan qarshi olishdi.
Biri hatto yelkasiga qo‘lini qo‘yib, iliqlik bilan qoqib qo‘ydi.

Jimin biroz bosh irg‘ab jilmayishga harakat qildi, ammo yuragidagi og‘irlik jilmayishiga soya soldi. U joyiga borib o‘tirishga ulgurmadi sekretar qiz yugurib kelib:
Boshliq sizni darrov honasiga chaqiryaptilar dedi.

Jimin chuqur nafas olib, yuragidagi vahimani yutib ichkariga qarab yurdi. Yo‘lakning har bir qadami unga og‘ir tuyuldi. Eshikni sekin taqillatdi. Ichkaridan Suga sovuq, buyrug‘u ohangdagi tovushda:
Kir! dedi.

Jimin eshikni yopib, Suga qarshisida jim turardi. Suga stulida o‘tirgancha unga sovuq nigoh tashladi, qo‘lida qog‘ozlarni varaqlab.
Ertalabki holatingni esdan chiqardim deb o‘ylama
So‘ng bir zum jim qoldi va davom etdi:
Bugun kechqurun mafiyalar kengashiga boraman. Seni yordamchim sifatida olib boraman.

Jimin hayratdan ko‘zlarini kattaroq ochdi. U hali bunaqa yig‘inlarda hech qachon bo‘lmagan, u yerda xatolik qilish halokat demak edi. Suga yuziga ohangni qattiqlashtirib qaradi:
O‘sha yerda og‘zingni ochib noto‘g‘ri so‘z aytsang yoki nojo‘ya harakat qilsang, bu sen uchun oxirgi bo‘ladi. Faqat mening buyruqlarimga amal qilasan.

Jimin bosh irg‘ab “Tushundim” degan ishorani berdi. Ichidan titrasa-da, tashqaridan sovuqqon ko‘rinishga harakat qildi. U bugun nafaqat o‘zini, balki Suga shaʼnini ham himoya qilishi kerakligini angladi.

Suga qog‘ozlarni chetga surib, Jimin tomon yengil bosh egdi:
Bor, tayyorgarligini ko‘r. Haydovchi seni kiyim do‘koniga olib boradi.
So‘ng bir ko‘z qisib, kinoya bilan qo‘shib qo‘ydi:
Ikki kundan beri kiyib yurgan kiyiminda bormassan har qalay uyalish degan tuyg‘u bo‘lsa kerak.

Jimin pastga qarab, labini tishladi. Nafaqat mazax, balki bepisand qarash uning yuragini tirnab o‘tdi. U hech narsa demay eshik tomon yurdi. Ichida esa, o‘zini yig‘ib olishga harakat qilar, “men ojiz emasman” deb pichirlardi.

Ofis oldida haydovchi kutib turardi. Avtomobilga o‘tirgan zahoti mashina shaharning hashamatli butiklari tomon yo‘l oldi. U yerda uni boshqa olam kutayotgan edi ko‘z-ko‘z kiyimlar, xushmuomala sotuvchilar va o‘zini ko‘zguda boshqa inson sifatida ko‘rgan Jimin.

Butikdagi yorqin chiroqlar Jiminning ko‘zini qamashtirdi. Egniga bir necha kostyum, zamonaviy ko‘ylak va tuflilarni sinab ko‘rib, oxiri o‘ziga yoqqan rangli, nafis kiyimlarni tanlab oldi. Oyna qarshisida turib, o‘zini ko‘zdan kechirdi bu yigit ko‘cha bo‘yida taksi to‘xtatayotgan, ofisda xo‘rlanayotgan Jimin emas edi. Ko‘zguda turgan yigit aslzodalarga o‘xshardi.

Ammo ko‘ngli titradi. Yodiga oilasining o‘tmishi tushdi. Otasi badavlat, lekin qattiqqo‘l inson. Hech qachon Jiminni keng dunyoga olib chiqmagan, uni har doim soyada ushlagan. Jiminga o‘yinchoq emas, tartib va og‘irlikni berib ulg‘aytirgan. Uning ovozi, ba’zida hatto nigohi ham taqiqlardan iborat edi.

Shovqinli davralar, hashamatli ziyofatlar bular Jimin uchun begonaroq edi. Qachonlardir mansabli, kuchli oilaning farzandi bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir u Suganing hukmi ostida bir xizmatkorga aylangandi. Hammasi otasining bankrotligidan keyin o‘zgardi.

Qanchalik o‘zini chiroyli kiyingan, qiyofasi toza tutgan bo‘lsa-da, yuragi og‘rirdi. “Bu kiyimlar meniki emas,” deb o‘yladi u yuragida. “Men faqatgina yaltirab ko‘ringanim uchun bu yerga olib kelindim.”

Lekin bari shunga qaramay, u boshini baland ko‘tarib o‘zini tutdi. Chunki bu uning hayotining eng og‘ir, lekin sabrli sahnasi edi.

Jimin kiyimlarini tartibga solib, paketlarga joylab chiqayotganda, do‘kon eshigi ochilib haydovchi ko‘rindi. Vay, hammasini tayyorlab bo‘ldingmi? muloyim ohangda. Jimin bosh irg‘ab, do‘konni tark etdi.

Mashina oldida esa Suga uni kutib turardi. Ko‘zoynagini taqqan, qora kostyumda, jiddiy qiyofada. Jiminga bir qarab, kulimsiradi bu kulgu issiqlik emas, balki g‘urur bilan to‘lgan sovuq ifoda edi.

Yaxshi tanlabsan. Endi bizga nomus bo‘lmaydi dedi u burni ostidan.

Jimin mashinaga o‘tirdi. Yo‘l davomida ular bir og‘iz so‘z almashishmadi. Mashinada jimlik faqat shahar shovqinini eshittirardi. Jimin derazadan tashqariga qarab, yuragini bosishga harakat qilardi.

Majlis o'tkaziladigan joy yirik mafiyaviy kengash uyi edi. Derazalari yuqori, ichkarisi to‘nlar, marmarlar va qimmatbaho ashyolar bilan bezatilgan. Ichkariga kirishdan avval Suga Jiminga qaradi:

Bu yerda har bir harakating muhim. Men seni yordamchim sifatida kirityapman. Og‘zingni yop, ko‘zlaring bilan o‘rgan, quloqlaring bilan tingla. Hech narsani buzma, tushundingmi?

Jimin bosh irg‘adi. Yuragi tez ura boshladi. Bu faqat bir xizmat emas edi bu Suga uchun ishonch sinovi, Jimin uchun esa hayotiy burilish edi.

Ular birgalikda keng zalga yo‘l olishdi, Jimindan ortga faqat yurak titroqlari qoldi.

Zalga kirishlari bilan diqqat markazida bo‘lishdi. Suga Min oilasining vorisi sifatida allaqachon tanilgan edi, ammo yonida turgan Jimin ko‘pchilik uchun begona edi.

Stol atrofida o‘tirgan mafiyaviy sardorlar nazarida bu yigit oddiy yordamchi ko‘rinsa-da, ayrimlar yigitdagi muloyimlik va sokin nigoh ortida nimadir borligini sezdi. Suga uni tanishtirdi:

Bu mening shaxsiy yordamchim. Endi u ham har bir majlisda men bilan bo‘ladi. Shuning uchun uni eslab qolinglar.

Bir necha kishi bosh irg‘adi, lekin qo‘shni yonida o‘tirgan Cho janob Suga tomon engashib pichirladi:

Bu yigit nazoratchilardan emasligiga aminmisan? Juda beg‘ubor ko‘rinadi.

Suga jilmayib qo‘ydi:

Men uni juda yaxshi taniyman.

Majlis davom etdi. Qog‘ozlar, bitimlar, kontraktlar muhokama qilinar edi. Jimin Suga aytganidek jim o‘tirar, atrofni kuzatardi. Uning yuragi tinimsiz urardi, lekin yuzida sovuqqonlik niqobi bor edi. Faqat bir payt:

Sen! deb qattiq ovoz eshitildi. Bu haligi Cho edi.

Ha, sizga kerakmanmi? dedi Jimin muloyim ohangda.

Sening isming nima?

Park Jimin.

Bu ismni eslab qolaman. Chunki agar Suga bizni aldayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib seni yo‘q qilaman.

Suga jim qoldi. Jimin esa bosh egib, "Tushunarli" deb pichirladi. Sirdan qo‘rquv uning har bir tolasiga yoyilgandi, ammo u o‘zini tutardi.

Majlisdan keyin ular mashinada qaytishar edi. Suga g‘azablangan ko‘rinmasdi, aksincha, jilmayib dedi:

Yaxshi tutding o‘zingni. Endi, haqiqiy sinovlar boshlanadi.

Jimin yuragiga sovuq o‘tib ketdi. Bu hali boshlanishi edi.

Ular mashinada uzoq jimlikda ketishar edi. Suga rulda o‘tirib, jimlikni buzmasdan oldinga tikilgan. Jimin esa yonida xuddi qopqon ichida qolgan qushday o‘zini noqulay his qilardi.

Hozir biz viloyatdagi filiallarga ketamiz, dedi Suga nihoyat. U yerda kimlar do‘st, kimlar xoin bilib olaman. Senga qarab baho berishadi. Shuning uchun tilingni tishlab yur.

Tushunarli dedi Jimin xo‘mrayib.

Shuningdek Suga unga yonbosh qaradi. Agar o‘zingni yo‘qotsang yoki meni xijolatga qoldirsang, o‘sha yerda seni tashlab ketaman. Eshitdingmi?

Jimin bosh irg‘adi. Yuragi hapriqib urayotgan bo‘lsa-da, qo‘rquvni yutib, tashqi ko‘rinishda xotirjamlik saqlashga urindi.

Viloyatdagi filial bu kichik emas, balki butun bir nazorat markazi edi. Qora kostyumli yigitlar, video kuzatuv ekranlari, portfellar bilan yuruvchi vakillar

Suga va Jimin markazga kirgan zahoti hammalar ta’zim bilan egilishdi.

Yo‘lboshchi keldi! degan ovoz eshitildi orqa xonadan.

Suga stulga o‘tirdi, Jimin esa uning orqasida jim turdi.

Bu Park Jimin kotibim va hordamchim dedi Suga. U endi men bilan har yerda bo‘ladi.

Zaldagi har bir inson Jiminni boshdan-oyoq kuzatdi. Uning mayin nigohi, oppoq terisi, jiddiy turishi bu yerda yangilik edi.

Yig‘ilish boshlandi. Jimin esa yon daftariga yozib borar, biror joyda adashmaslikka harakat qilardi. Ammo... undan bir necha metr narida kimdir unga sirli nigoh bilan qarab turardi.