Sen va Men
16- qism
Ushbu fanficc shunchaki maullifni hayollari mahsuli Taekook maktab hayoti yoritilgan yoqmasa o‘qimang....
Jiminni titroq tutdi. Ichki og‘riq tanasiga ham ta’sir qilgandi go‘yo yuragi muzlab borayotgandek edi. U devorga suyangancha asta sirg‘alib yerga cho‘kdi. Yelkasi qaltirardi. Nafasi notekis titrab chiqqan ohangda chiqardi.
Ko‘z oldidan o‘sha mash'um voqealar o‘tdi otasining Suga haqidagi keskin so‘zlari, Suga bu so‘zlardan keyin jim ketishi, yillar davomida hatto hol-ahvol ham so‘ramasligi. Jimin yolg‘iz edi. Lekin kutdi. Umid qildi. Suga qaytishini tiladi. Va u qaytdi
Ammo endi, birgina xatolik o‘sha o‘yin butun orzularni yanchib tashlagandi.
U meni kechirmaydi endi emas dedi u o‘ziga, ko‘z yoshlari yonoqlaridan shamollik kabi oqarkan.
Suga meni sevardi men ham uni. Lekin men uni yo‘qotdim. Ikkinchi bor yana.
U o‘zining mushtini yuragiga bosdi ko‘ksini g‘ijimlab.
Men faqat sevganim uchun shunchalik adashdim. Men o‘rtoqligim bilan muhabbatimni ajrata olmadim. Endi esa endi u meni hatto ko‘rishga ham toqat qilolmaydi.
Jimin atrofida hayot davom etayotgandi, lekin u o‘zining ichki qulab tushgan dunyosida ag‘darilib yotardi.
Jiminning navbatma-navbat kulib-yig‘layotgan ovozi bu sukunatni tilka-pora qilardi.
U o‘zini devorga urdi, yerga cho‘kdi, ko‘zlari beqaror, lablari qaltirardi.
Men aybdorman!
Hammasiga men aybdorman! Meni kechirmaydi u Suga meni kechirmaydi! deb chinqirardi u. Ovozi yo‘q, ruhiy og‘riqdan yaralangan kabi chiqayotgan edi.
Hobi ustoz bu holatni ko‘rib qattiq qo‘rqib ketdi. Shu qadar sabrli me'yorda harakat qiluvchi Jiminni bunday ahvolda ko‘rish bu boshqa daraja edi. U zudlik bilan signal tugmasini bosdi.
Tez doktorlarni chaqiring! Jiminu bu psixologik buzilish!
Shifokorlar yugurib kelishdi. Jimin o‘zidan ketay deb turgan, nafas olishda qiynalayotgan edi. Zudlik bilan kislorod niqobi qo‘yildi tinchlantiruvchi dori yuborildi.
Jungkook esankiragancha bir burchakda turardi. U Jiminni bunchalik qayg‘uga botmagan, yiqilgan ko‘rmagan edi. Yuragi siqildi. Nafasi toraygandek bo‘ldi. U qaltiragan qo‘llari bilan telefonini chiqarib Sugaga qo‘ng‘iroq qildi.
Telefon go‘shagiga Suga ovozi eshitildi.
Nima gap? dedi Suga sovuqqon ohangda.
Jungkookning ovozi qaltirardi ko‘z yoshlari ovozini titratdi.
Jimin Jimin yomon. U o‘zini yo‘qotmoqda. Hozir kislorodga ulangan. Suga iltimos hech bo‘lmasa ko‘rishga kel. U sening ismingni aytib sendan kechirim so‘rab yig‘layapti Sen uni ayblading, lekin u u esa sindi Suga u sindi.
Telefonda jimlik cho‘kdi. Faqat yurak urishlari eshitilganday edi. So‘ng, qattiq nafas.
Suga hech narsa demadi, lekin qo‘ng‘iroqni uzmadi. So‘ng faqat bitta so‘z aytdi.
Kasalxona devorlari hozir yana ham torroq, yana ham og‘irroq ko‘rinardi. Suga nafasini rostlay olmay, shifoxona yo‘laklaridan yugurib o‘tdi. Ular ko‘rsatgan palata eshigi ochiq edi.
U kislorod baloniga ulangan, yurak ritmini ko‘rsatuvchi monitor goh sekinlashib, goh tezlashib turar, og‘iz ochib-yopib kuch bilan nafas olar edi. Ko‘zlari yumuq, tanasi titrar lablari oqarib ketgandi.
Suga buni ko‘rib tanasi muzlab ketganday bo‘ldi. U asta oldinga yurdi, biroq oyoqlari bo‘shashgan kuchsiz edi. Shunchalik ko‘p narsani aytdi so‘kdi qarshi gapirdi endi esa Jimin oldida faqat aybdor va sindirilgan bir odam turardi.
U asta yerga cho‘kdi. Qo‘llari bilan yuzini yopdi.
Men agar men uni o‘sha kuni shunchaki bag‘rimga bosganimda bunday bo‘lmasdi Men uni bilardim, u yuragi bilan sevadi ammo men uni yolg‘iz qoldirdim degan pichirlari eshitildi.
Hobi ustoz palatadan chiqib, Suga tomon yurdi. Yuzida jiddiy, ammo afsuslangan ifoda bor edi. Doktor unga tibbiy varaqni uzatdi.
Ustoz Hobi bemor ruhiy jihatdan jiddiy bosim ostida qolgan. Biz unga reaktiv depressiya tashxisini qo‘ydik. Bu kuchli ruhiy zarbadan so‘ng paydo bo‘ladigan xavfli holat. U hozir tanasini emas qalbi jarohatlangan Uni sevgi, sokinlik saqlab qoladi. Dori emas, insoniy iliqlik hozir unga kerak.
Suga tizzalari ustiga bukilib, boshini yelkasiga qo‘ydi. U jim turdi so‘ng past ovozda titrab dedi.
U asta o‘rnidan turdi. Palataga kirdi. Jimin yotardi zaif so‘lg‘in ammo go‘yoki hali ham kutayotgan.
Suga asta yelkasini ushladi qo‘lini unga tekkizdi. Yig‘i bo‘g‘ziga tiqildi.
Jimin men shu yerda. Ketmadim. Qaytdim. Iltimos, ko‘zlaringni och meni yana bir bor kechir agar yana bir imkon bersang bu gal bu gal yuragimni sening yuragingga to‘liq topshiraman.
Suga asta Jimin tomon engashdi. Uning nozik rangpar yuziga boqdi. Ko‘zlarining atrofida charxpalakday aylangan soya, lablaridagi oqartib yuborgan sukut bularning barchasi yuragini tilka-pora qilardi.
U lablarini tishladi. Ko‘zlarida yosh qalqib turardi. So‘ng hech narsani o‘ylamay, asta butun mehrini to‘kib.
Jimin meni eshitayapsanmi dedi pichirlab.
U yelkasi yoniga cho‘zilgan qo‘lini sekin tutdi. Jiminning qo‘li sovuq edi.
Suga bir zum ko‘zlarini yumdi, so‘ng peshonasiga ohista egildi.
Uning peshonasiga birinchi o‘pichni qo‘ydi bu o‘pichda ayblarini tan olish bor edi.
So‘ng ko‘zlaridan biriga sekin o‘pdi bu o‘pichda kechirim bor edi.
Ikkinchi ko‘ziga esa titrabgina.
Men seni sevaman.
Jimin o‘sha holatda titradi. Nafasi og‘ir edi. Ammo Suga yuragidagi harorat, mayin ovozi bilan yotgan tanaga mehr ato qilardi.
U Jimin qulog‘i yonida gapirdi.
Sening qalbingni sindirgan bo‘lsam o‘zimni hech qachon kechira olmayman. Endi sen ko‘z ochsang men har kuningda seni qayta sevaman. Faqat qayt meni ketmadim
Shu payt Jiminning kipriklari biroz qimirladi. Ko‘zlarida bir chaqnash paydo bo‘ldi, xuddi uzoq, qorong‘i tunneldan yorug‘likni ilg‘agandek.
Jimin lablari biroz siljidi. Ovoz juda past edi.
Suga boshini darrov ko‘tardi. Ko‘zlarida yosh qo‘llari esa Jiminning qo‘lidan mahkam ushlagancha muzdek edi.
Jimin sen deya gapini tugatolmadi. Ovozi titrardi.
Jimin iloji boricha jilmaymoqchi bo‘ldi. Ammo lablari faqat zo‘rg‘a siljidi. U boshini biroz Suga tomonga burdi.
Ketmaganing uchun rahmat men sening ovozingni sog‘ingandim.
Suga unga egilib, ko‘zidan o‘pdi. Nafasi ichiga tushib ketgandek bosiq ohangda javob berdi.
Endi hech qayerga ketmayman. Sen ham ketma.
Jimin sekin boshini qimirlatdi. Ko‘zidan yana yosh oqdi, ammo bu safar bu iztirob emasdi. Bu sevgi edi. Qayta jonlanayotgan, sinovdan o‘tgan, qayta topilgan his edi.
Shunda eshik sekin ochildi. Hobi ustoz jilmayib ichkariga kirdi. Uning ko‘zlarida taskin bor edi.
Jimin hushinga keldingmi? Sendan havotir oldik bilasanmi.
Jimin asta boshini qimirlatdi. U hali zaif edi. Ammo endi yolg‘iz emasligini bilardi.
Suga qo‘lini ushlab turgancha faqat bitta narsani so‘rardi ichida. Iltimos, bu safar sevgimizni hech kim buzmasin.
Hobi ustoz ko‘zoynagini sekin silab, yoshlarning yuziga bir-bir qarab chiqdi. Ularning ko‘zlarida endi umid, kechirim, va yurakdan jilvalangan iliq hislar bor edi. Shunda ustoz boshini sal egib, hazil aralash gap qildi.
Xo‘p yaxshi Men bunday romantik sahnaga guvoh bo‘lib turishga qariyman shekilli.
Jimin xijolat tortib ko‘zlarini olib qochdi, Suga esa sekin kuldi.
Sizga rahmat ustoz dedi Suga jiddiy ohangda, ammo yuragi minnatdorchilik bilan to‘lib.
Ha endi yoshlikda sevgi ham balo-da. Faqat endi shart boshqa hech kim kasal bo‘lmasin, yurak ham, tan ham. Ko‘ngil ko‘chalarida adashmanglar. Men ketdim. Sizlar kelishib olinglar.
Shunday deb, u orqaga burilib, xonadan chiqdi. Eshikni yopayotib yana bir bor jilmaydi.
Eshik yopilgach, xona yana jimjimador tinchlik bilan to‘ldi. Kislorod apparatining g‘uvillashi ostida Suga Jimin qo‘lini ohista siladi.
Jimin unga sekin qaradi, labidagi zaif jilmayish asta kuchaydi.
Sen yonimdasan-ku qanday yomon bo‘lay?
Suga ham jilmaydi. Yuraklari bir muddat og‘riqli sukunatda, ammo Jimin va Sugani ko‘zlari to‘qnashdi. Suga Jiminni lablariga lablarini tekkazdi qaynoq lablar juftlashdi.
Tae ko‘zlarini sekin ochdi. Harakatlari sust nafasi sayoz edi. Ko‘zlarida avval qorong‘ilik, so‘ng oq shift so‘ngra ohista-asta tiniqlasha boshlagan yuzlar ko‘rindi.
U bir muddat tepaga, shiftga qarab yotdi. Nafasi og‘ir edi. Ko‘z oldidan xira xotiralar o‘ta boshladi yomon tushday bo‘lgan og‘riqlar, baqiriqlar va Jungkookning ovozi.
So‘ng bir notanish, ammo yurakka yaqin ovoz qulog‘iga chalindi.
Tae hushingga keldingmi, bolam?
Bu Hobi ustoz edi. U Tae yotgan karavot yoniga egilgancha mehr bilan qarardi. Ko‘zlarida yumshoq tabassum, ammo tashvish aralash ohang bor edi.
Tae asta o‘tirishga harakat qildi, ammo Hobi ustoz uni ehtiyotkorlik bilan yelkasidan bosib orqasiga yostiq qo‘ydi.
Asta bolam sen hozir kasalxonadassan.
Tae og‘zini qiyinchilik bilan ochdi.
Menga nima bo‘ldi ustoz? Nega hammayoq oppoq tinch boshim og‘riyapti.
Hobi ustoz unga suv tutdi. U ichdi, so‘ng ustoz yana javob berdi.
Yuraging bunga dosh bera olmadi bolam lekin sen kuchli ekansan. Biz seni yo‘qotamiz deb o‘yladik. Lekin sen qaytding. Biz senga yana umid bilan qarayapmiz Tae.
Tae uzoq sukutda qoldi. Keyin asta lablarini qimirlatdi.
Bu savolda sog‘inch og‘riq va iztirob bor edi.
Hobi ustozning ko‘zlarida yosh jimirladi. U asta Taening qo‘lini ushlab.
U bu yerda, kutib turibdi. Sen ko‘zingni ochishingni orzu qilardi. U juda afsusda, bolam.
Tae ko‘zlarini yumdi. Ko‘zlaridan yosh sizib chiqdi.
Men buni tush deb o‘ylagandim hammasi ortda qoldi deb lekin yuragim hali ham uni sevadi.
Hobi ustoz boshini egdi. So‘ng asta dedi.
Unda yurakni tingla Tae. Endi sening hayotingda yangi sahifa ochiladi. U yerda azob bo‘lmasin faqat haqiqat va sevgi bo‘lsin.
Xona eshigi asta ochildi. Ichkariga kirgan yigitning yuragi gursillab urardi. Bu Jungkook edi. U Taening hushiga kelgani haqidagi xabarni eshitib, hech narsa o‘ylamay yugurib kelgan edi. Ko‘zlari yoshga to‘lgan, lablari titrardi.
Tae karavotda suyanib o‘tirardi. Ko‘zlari hali ham sust, ammo yuragi hushyor edi. U eshikdan kirgan Jungkookni ko‘rdi. Bir lahza yuragi silkindi, ammo o‘zini tezda yig‘ib oldi. Qo‘llari choyshabni siqib ushladi.
Jungkook tez qadamlar bilan yaqinlashdi. Ko‘zlarida umid va sevgi porlardi. U Taening oldiga yetib borgach, beixtiyor qo‘llarini yoydi:
Tae sen hushinga kelding. Meni kechir
Men seni juda sevaman.
Ammo Tae yuzini burdi. Qonli ko‘z yoshlari bilan.
Bu birgina so‘z yurakni yirttidek bo‘ldi. Jungkook to‘xtab qoldi. Nigohlari larzaga keldi. U shokka tushganday lablarini qimirlatdi:
Tae iltimos meni haydama Men qilganlarim uchun ming karra afsusdaman. Men bolalarcha o‘yinga aralashdim lekin yuragim rost edi! Men seni chin dildan sevganman va sevaman
Taening ko‘zlarida g‘am aralash g‘azab yonib turardi. Ammo lablari qattiq qimirlab chiqargan savoli yuragini og‘ritdi.
Agar rostdan sevgan bo‘lsang nega meni garov qilding, Jungkook?!
Jungkook nafasini ichiga yutdi. Javob bera olmadi. Faqat past ovozda.
Men ahmoq edim yuragimni tinglamadim faqat kulgili tuyulgan o‘yinga aralashdim Lekin sening ko‘zlaring, ovozing, mehring bularni o‘ynoqi narsa deb qaraganim uchun o‘zimni kechira olmayapman Tae
Hobi ustoz orqada sukunat bilan turgan edi. U og‘ir nafas oldi, so‘ng oldinga yurdi.
Sizlar bir oz yolg‘iz qolinglar. Tae asabiylashma iltimos. Men Jimin yoniga boraman sen tinchlan.
Tae og‘ir nafas olib yostiqqa boshini qo‘ydi. Keyin asta ko‘zlarini ochib, so‘radi.
Ustoz Jiminga nima bo‘ldi? U ham
Hobi ustoz bir lahza to‘xtadi ko‘zlarini olib qochdi. So‘ng yengil ohangda dedi.
U og‘ir ruhiy holatda hozir. U seni, Suga bilan bo‘lgan hamma narsani yuragiga sig‘dira olmayapti. Juda achinarli holatda bolam.
Taening ko‘zlari keng ochildi. Lablarini chaynab xo‘rsindi Ichida qaynab yotgan og‘riq yana o‘rtaga chiqdi.
Jungkook esa shunchaki turardi. Endi so‘zlar befoyda tuyulardi. U faqat yelkasini pastga soldi so‘ng yengil titroq bilan pichirladi.
Ustoz Hobi xonadan chiqib ketgandan so‘ng. Xonada sukunat. Hamma narsa sokin. Faqat yuraklarning urishi eshitilayotgandek.
Tae yostiqqa boshini qo‘ygancha ko‘zlarini mahkam yumdi. Lablari qattiq qisilgan yonoqlarida hali to‘kilib ulgurmagan yosh to‘lqinlanardi. U ko‘zlarini ochsa, Jungkookning mahzun, pushaymon ko‘zlariga duch kelishini bilar edi u ko‘zlarga hozir kuchi yo‘q edi.
Jungkook esa o‘sha yerda turar, harakat qilmasdi. Ammo yuragi ichida qattiq urar qo‘llari g‘ash tortardi. U bitta harakat bilan Taeni bag‘riga olgisi peshonasidan o‘pib hammasi yaxshi bo‘ladi demoqchi edi. Lekin bunday qilishga haqlimi?
U bilardi agar Tae shu ahvolda bo‘lmaganda u hech ikkilanmasdan quchoqlagan bo‘lardi. Hatto ruxsat so‘rashni ham unutgan bo‘lardi.Chunki sevgisi ortidan ko‘z yumgan edi. Endi esa faqat jim turgani qoldi.
Tae nihoyat sekin ovozda so‘z boshladi.
Sen mening ko‘zlarimga qarab turib yolg‘on gapirding Jungkook.
Jungkook bezovtalanib oldinga bir qadam tashladi.
Men men shunchaki bilmasdim hammasi bu darajada jiddiylashishini. Men o‘yin deb o‘yladim lekin seni sevib qolganimni tushungan vaqtimda hammasi allaqachon kech bo‘lgan edi.
Tae yana ko‘zlarini yumdi. Yon tomonga qarab, yelkasini zo‘rg‘a qimirlatdi.
Sening o‘yining menga hayotimdagi eng achchiq saboq bo‘ldi. Meni sevishing kerak emas edi. Agar bu sevgi ortida shunchalik og‘riq bo‘lsa.
Jungkook yuragiga pichoq tekkan kabi cho‘kkalab o‘tirdi. Qo‘lini Taening karavoti chetiga qo‘ydi, ko‘zlari yoshga to‘ldi.
Men sendan nafratlansang ham, o‘zingni mendan olib qochsang ham kechiraman. Faqat iltimos, qayta sog‘ay. Men seni har doim kutaman Tae.
Tae hech narsa demadi. Faqat titrab yotdi. Balki yuragi biror nimani aytmoqchi edi ammo og‘zi buni izhor qilishga ojiz edi.
Xonada faqat nafas olishning sust ovozi eshitilar edi.
Taeni nigohi shiftga qadalgan yuragi esa og‘ir zarbalar ostida edi. So‘ng yengilgina lekin qat’iyat bilan so‘zladi.
Iltimos Jungkook Ket. Men dam olishni istayman.
Jungkook bir muddat jim qoldi. Bu so‘zlar yuragini tilka-pora qildi. U sekin yaqinlashdi diltortar ohangda.
Tae Meni haydama. Iltimos dedi va ehtiyotkorlik bilan uning qo‘lini ohista ushladi, go‘yo uni ushlab qolsagina vaqtni orqaga qaytarish mumkindek.
Ammo Taehyung hech qanday yumshoqlik ko‘rsatmadi. Ko‘zlarida charchoq va iztirob bilan qo‘lini asta tortib oldi. Harakati keskin emas edi ammo yetarlicha aniq bu yuragidagi darzning isboti edi.
Jungkook qotib qoldi. Qanday harakat qilishni nima deyishni bilmasdi. Avvallari Tae undan yuz o‘girganida kulib yondashardi ba'zida hatto uni jazolashga ham jur’at qilardi. Ammo hozir hammasi boshqacha edi.
Bu safar u bilar edi barchasi uning aybi. Bu safar hazilga o‘rin yo‘q edi. Bu safar, bu muhabbat chindan ham sinovdan o‘tayotgandi.