Vahshiy va uning Mubabbati
Tungi shahar jimjimador chiroqlar bilan bezanib, jimjitlikni o‘z ichiga olgan edi. Qimorxona esa, tunda yashaydigan jonli mavjudot kabi, yaltirab turardi. Ichkaridan kulgu, shovqin va pul shovqini eshitilardi. Ammo bular orasida bir xonada hamma narsa boshqa ohangda ketayotgan edi.Uzoq burchakdagi xususiy zal. Stol ortida ikki erkak qarama-qarshi o‘tirar edi. Ulardan biri – Janob Min, yarim qorong‘u yuzida hech qanday his sezilmaydigan, sovuq nigohli, qora kostyumda. Uning ko‘zlari qog‘ozdek tikilgan odamni teshib yuborayotgandek edi.Janob Park esa yon-veriga qarab, nam peshonasini sochiq bilan artar, qo‘llari esa qaltirar edi. Uning ko‘zida umidsizlik bilan aralashgan yolborish aralash edi.Yana o‘ynayman, dedi Janob Park, tovushini imkon qadar ishonchli qilishga urinib. Park, sen allaqachon yutqazding. Men seni ogohlantirgan edim dedi Janob Min, past, ammo qattiq ohangda. Janob Park o‘rnida o‘tirib qoldi. Nafas oldi, ammo bu nafas – og‘ir qaror oldidan bo‘g‘iq tortilgan havodek edi.
Yo‘qotishga sabrim qolmadi, Min. Bu so‘nggi imkonim...
Janob Min barmog‘i bilan stol ustida ohista qarsillatdi.
Sen so‘nggi imkoningni o‘n yil oldin boy bergan eding. Janob Park chuqur xo‘rsindi. U qo‘liga tirkalgan pul bo‘lagini chiqardi. Yetmaydi. Yana hech nima qolmagan. Oxirgi bor, eng og‘ir taklifni tilga oldi Men men senga o‘g‘limni beraman. U seni ofisingda ishlaydi. Qarzimni qaytarguncha garov sifatida.Xonada sukunat hukm surdi. Janob Minning qoshlarida engil qimirlash bo‘ldi. U qadahdagi ichimlikni aylantirdi, so‘ng asta jilmaydi.Park... men garovlarni yaxshi ko‘raman. Ayniqsa begunohlarni.
Suhbat davomida Janob Min, Janob Parkning taklifini qabul qiladi. U Jiminni garovga olib o‘g‘lini ofisiga ishga olishni reja qiladi chunki Yoongini nazorat qilib yurish va uning har bir qadamini kuzatib borish zarur. Janob Min o‘g‘li Yoongini qanchalik vahshiy va qaysarligini uni doimiy ravishda nazorat qilishni xohlaydi, shuning uchun Jiminni garov evaziga olib o‘g‘lini har bir bosgan qadamini nazorat qilub yurish uchub shu maqsadda Yoongini ofisiga ishga oladi.
Otasining qimorda bor boyligini boy berganini eshitgan Jimin, shokda qoladi. U bir muddat hech nima demay, o‘zida to‘plagan qattiq his-tuyg‘ularini ichiga siqib, o‘tirib qoladi. Bu hammasi qanday bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaydi. Uni o‘ng‘aysiz holatga solgan bu yangilik butun dunyosini boshqarib ketganidek tuyuladi.
Janob Park o‘g‘li Jiminni qimorda yutkazgani evaziga garovga tikkani maʼlum qiladi. Jimin chuqur nafas oldi. Ich-ichidan yonayotgan g‘azabini bosishga harakat qilib, otasining og‘ir qarorini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Endi u Minlar kompaniyasida ishlaydi. Bu qaror unga yoqmasa-da, boshqa iloji yo‘q edi.
Yoongi ofisga kirib kelgan zahoti otasining gapini eshitib muzdek qotib qoldi.
Don o‘‘g‘lim do‘stim Parkni bilasan u mendan anchagina qarzdor bo‘lib qoldi evaziga o‘g‘lini garov sifatida menga omonat qoldirdi. Men esa o‘g‘lini ish bilan taminlash uchun seni ofisinga ishga qabul qildim. Jimin ertaga ishlashni boshlaydi. Sen bilan bir ofisda bo‘ladi.
Shu gap yetarli bo‘ldi. Yoongi jahl bilan stolga musht tushirdi. Keyin esa stolda nima bor narsalar qalamdon, kofe krujkasi hammasini bir zumda yerga uloqtirdi. Shisha ovozlar, qog‘ozlar uchib ketdi. Nafas olish tezlashgan, ko‘zlari alangalanib turardi.
Dada! Siz meni nazorat qilish uchun uni olib keldingizmi?! Men bu bolaga muhtoj emasman! deya baqirdi u.
U ichidan portlayotgandi. Nazorat, ishonchsizlik... bu Yoongining eng yomon yomon ko‘rgan narsasi edi. Ayniqsa, begona birovni yoniga yopishtirish unga haqoratdek tuyulardi...
Yoongi jahli bilan yerga otgan narsalarni ustidan bosib o‘tarkan janob Don pinagini ham buzmasdan, odatdagidek sokin va sovuqqon ovozda gapirdi. Senga yordamchi kerak bo‘ladi, deb o‘yladim. Va ha, shunday ham bo‘ladi. Endi u sening mulking. Janob Don shunday degach, yuzida muzdek jilmayish bilan eshikka qarab yurdi. Chiqish oldidan esa to‘xtab, o‘g‘liga yana bir qaradi Faqat esingda bo‘lsin, uni faqat qarzni qaytarsam deb bergan. Ziyon yetkazadigan bo‘lsang, oqibatlari og‘ir bo‘ladi.
Shundan so‘ng u orqasiga qaramay chiqib ketdi. Yoongi esa hali ham joyida qotib turardi bu faqat o‘yin emasligini endi chuqurroq his qila boshlagandi.
Erta tong Jiminga otasi Jeonlar Kompaniyasiga borishini va u yerda ish bohslashini tushintirdi. Jimin qattiq hayajonlangancha otasi aytgan joyga yetib bordi. Jimin kompaniyaga kirib borarkan ichki qo‘rquvi oshib borardi uni kutib olgan menejer uni Yoongini ofisiga kuzatib qo‘ydi. Ofis eshigi sekin ochildi. Jimin sal qo‘rqqandek qadam bosdi. Yuragi tez urardi, ammo tashqaridan hech narsa sezilmasdi. Ichkarida chuqur sukunat. Faqat klaviatura tovushi va bir stulning g‘ijirlagani eshitilar edi. Yoongi kompyuter ekraniga qaragancha qattiq ovoz bilan so‘z boshladi. Kirishingga ruxsat so‘rash degan narsa o‘rgatilmagan shekilli?
Jimin cho‘chib tushdi. Eshikni ortiga sekin yopdi.
Kechirasiz... Men Park Jimin. Bugundan boshlab... Bilaman. Meni xotiramda muammosi bor deb o‘ylayotgan bo‘lsang, noto‘g‘ri joyga kelgansan, deya gapini bo‘ldi Yoongi. Nihoyat unga qaradi. Sovuq ko‘zlar, yuzida hissizlikdan boshqa hech nima yo‘q. Otang seni bu yerga "qarzni yopadigan o‘yinchoq" sifatida yuborgan. Men esa o‘yinchoq bilan o‘ynaydigan yoshda emasman.
Jiminning lablari qisilgancha qoldi. U bir zum gapira olmadi.
Yoongi stulda orqaga suyanib, uni tepadan pastga razm soldi.
Endi meni eshit! Bu yerda meni "aytganim bo‘ladi sen qulim sifatida kelding endi otamga emas menga hizmat qilasan" va o‘zingni keragidan ortiq ko‘rsatishga urinmaysan. Tushunarli bo‘ldimi?
Jimin boshi bilan tasdiqladi. Ichida nimadir g‘ashlik bilan g‘uvilladi, ammo yuzida xotirjamlik bilan turardi. Yoongi esa burni ostidan kinoyali kuldi. Aytgancha, har kuni ertalab yetti-yarimda bu yerda bo‘lasan. Kechiksang, eshikdan ham kira olmaysan. Bu joy maktab emas, bu yerda baho emas, jazo bor. Jimin chuqur nafas oldi. Bu odam, bu ish... og‘ir edi. Ammo u ortga qaytolmasdi iloji ham yo‘q edi..