SHAXZODA VA MEN
Sevishganlar...
Men har bir qismni nomlab chiqyapman sababi har bir qism o‘zgacha...
Jungkook Taega yana bir qadam yaqinlashdi. Ko‘zlarida hazil, lablarida esa nozik tabassum porlardi.
Shunchalar qizarsangiz... bu hayajoningizni yashira olmayapsiz, malikam, dedi u mayin ohangda, so‘zlari xuddi yelkasidan pichirlab o‘tayotgandek iliq edi.
Tae chuqur yutindi. Uning yuragi to‘lib borayotgan edi. U bu o‘zgaruvchan, qitmir Jungkookdan nimanidir kutayotgan, ammo ayni paytda nimanidir qo‘rqib turar edi.
Siz... deb pichirladi u, orqaga bir qadam chekindi. Siz mastmisiz?
Jungkook kulib qo‘ydi, boshi biroz egilgancha:
Agar sizni o‘ylashdan mast bo‘lish bo‘lsa, unda ha, boshdan-oyoq mastman, dedi va yana bir qadam oldinga yurdi.
Tae yuragining urishini his qilib, undan sekin qochishga harakat qildi. Ammo Jungkook buni yana bir o‘yin deb tushundi va birdan unga yaqinlashib, uni bag‘riga bosmoqchi bo‘ldi.
Lekin muvozanatini yo‘qotib, oyog‘i gilamga sirg‘alib ketdi
Ahhhh, yo‘q... va shundan so‘ng gurs! ovoz bilan polga qulab tushdi.
Tae hayrat bilan unga qaradi.
Jungkook polda yotgancha ming‘irladi.
Ko‘rdingizmi, sizni bag‘rimga olishni xohlagan edim... lekin pol meni bag‘riga oldi.
Tae bir lahza jim turdi... keyin u ham kulib yubordi.
U bu odamning kulgili, ba’zan shirin, ba’zan sarguzashtli tabiatiga asta-sekin o‘rganib borayotganini his qildi.
Tae bir lahza kulib turdi. Jungkook hali ham polda yotgancha, g‘ayroddiy vaziyatga hazil bilan munosabat bildirmoqda edi. Uning bu holi Taega endi bezovtalik emas, iliqlik baxsh etayotgandek tuyuldi.
Qani turing, pol sizni ko‘p ushlab tura olmaydi, dedi Tae yumshoq ohangda.
U ehtiyotkorlik bilan Jungkookga yaqinlashdi va qo‘lini cho‘zdi. Jungkook unga qarab jilmaydi, so‘ng uning nozik qo‘lini tutdi.
Sizning yordamingiz eng qudratli qurol ekan, dedi u mayin ohangda, ko‘zlarida yengil qitmirlik bilan.
Tae uning qo‘lidan tutib, asta tortdi. Jungkook turgach, u bir lahza Taening qo‘lini qo‘yib yubormay turdi. Ularning kaftlari bir lahza bo‘lsa-da, tutashib qoldi.
Tae yuragining urishini his qilib, nazarini boshqa tomonga burdi.
Endi honangizga boring, shahzoda. Bu safar jarlikka emas, yumshoqqina gilamga tushib qoldingiz, dedi u yengil kinoya bilan.
Jungkook Taening qo‘lidan ushlab turgancha, bir zum jiddiy ko‘zlar bilan unga qaradi, so‘ng asta jilmaydi.
Men o‘zimni aynan shu joyda xavfsiz his qilyapman, dedi u ohista, so‘ng hech qanday izohsiz orqaga burilib, to‘g‘ri divanga yo‘l oldi.
Tae unga ko‘zlarini kattaroq ochib qaradi:
Nimani demoqchisiz?
Ammo Jungkook allaqachon divanga cho‘zilib yotgandi. U qo‘llarini boshining ostiga qo‘ydi va bemalol yastanib dedi:
Bugun honam shu yer, malikam. Jinoyatchi emasman, o‘zimni rafiqamning yonida tunashga hukm qildim.
Tae dovdirab qoldi.
Bu... bu qanday surbetlik?! dedi u hayrat va norozilik aralash ohangda.
Jungkook esa o‘zini beparvo tutib, ko‘zlarini yumdi.
Yostiq jangiga hali vaqt bor. Hozircha uxlashga harakat qilyapman. Iltimos, jim bo‘ling, dedi u sekin jilmaygancha.
Tae bir lahza unga qarab turdi. Ich-ichidan g‘azabmi, hayratmi, yoki boshqa tuyg‘umi o‘zi ham ajratolmasdi. Ammo bir narsa ayon edi: bu surbetgina shxzoda uning eri, lekin har kuni uni yangitdan tushunishga to‘g‘ri kelardi.
Tae asta yurib, polga joy solishga tushdi. Qorong‘ulikda jimlik hukm surar, faqat yuragi tez ura boshlagandi. Endi yostiqni qo‘yib, ko‘rpani yozayotgan edi, orqasidan Jungkookning shoshqaloq harakati eshitildi.
Nima qilayotganingizni ko‘ray, malikam, dedi Jungkook, bir zumda Tae solgan joyga yotib olib.
Tae dovdiradi, ko‘zlari chaqnadi:
Shahzodam! Bu nima qilganingiz? Men u joyni o‘zim uchun tayyorlagandim!
Jungkook yotgan joyidan ko‘tarilmadi, aksincha, go‘yo ataylab battar salobat bilan cho‘zilib yotdi.
Rafiqam qayerda yotsa, men ham o‘sha yerda yotaman. Axir birga turmush kechiryapmiz-ku, dedi u miyig‘ida kulib.
Tae lablarini tishladi, jaxli chiqqan edi. Ammo Jungkookning quvnoq ohangi va bolalarcha qilig‘i uni g‘azabdan ko‘ra hayronlikka solayotgan edi.
Jungkook esa ichida o‘zi ham bu o‘yindan zavqlanayotganini his qilardi. Har bir gap, har bir hazil orqasida yuragida asta ildiz otayotgan bir tuyg‘u bor edi. U buni to‘liq tan olmayotgandi, lekin inkor ham qila olmasdi.
Tae asta yurib, polga joy solishga tushdi. Qorong‘ulikda jimlik hukm surar, faqat yuragi tez ura boshlagandi. Endi yostiqni qo‘yib, ko‘rpani yozayotgan edi, orqasidan Jungkookning shoshqaloq harakati eshitildi.
Nima qilayotganingizni ko‘ray, malikam, dedi Jungkook, bir zumda Tae solgan joyga yotib olib.
Tae dovdiradi, ko‘zlari chaqnadi:
Shahzodam! Bu nima qilganingiz? Men u joyni o‘zim uchun tayyorlagandim!
Jungkook yotgan joyidan ko‘tarilmadi, aksincha, go‘yo ataylab battar salobat bilan cho‘zilib yotdi.Rafiqam qayerda yotsa, men ham o‘sha yerda yotaman. Axir birga turmush kechiryapmiz-ku, dedi u miyig‘ida kulib.
Tae lablarini tishladi, jaxli chiqqan edi. Ammo Jungkookning quvnoq ohangi va bolalarcha qilig‘i uni g‘azabdan ko‘ra hayronlikka solayotgan edi.Jungkook esa ichida o‘zi ham bu o‘yindan zavqlanayotganini his qilardi. Har bir gap, har bir hazil orqasida yuragida asta ildiz otayotgan bir tuyg‘u bor edi. U buni to‘liq tan olmayotgandi, lekin inkor ham qila olmasdi.
Honani jimjitlik egallagandi. Faqat ikki yurakning sokin, ammo iztirobli urishlari fon singari eshitilardi. Oy nuri derazadan tushib, xonani yarim qorong‘ulikda tutib turardi.
Jungkook yonboshiga o‘girildi, Taega qaradi. Gapirishni istardi, lekin tiliga hech qanday so‘z kelmasdi. Nechta jangda yuragini sovuq tutgan Jungkook endi, rafiqasi yonida turganda, bir og‘iz so‘z aytolmasdi.
U chuqur nafas oldi.
Tae... deya past ovozda chaqirdi uni.
Tae sekin o‘girilib, unga qaradi. Ko‘zlarida ehtiyotkorlik aralash qiziqish bor edi. Unga hech narsa demadi, faqat tinglashga tayyor ekanini bildirdi.
Jungkook boshini bir oz egdi.Sen bu yerda qancha vaqt yolg‘iz uxlagan bo‘lsang kerak...dedi asta, so‘zlarini tanlab.
Tae beixtiyor ko‘zini yumdi. Bu so‘z yuragini larzaga soldi. Chunki bu haqiqat edi. U nechta tongni yolg‘iz qarshi olgan, nechta tunni yurak og‘rig‘i bilan o‘tkazgan...
Men hech qachon seni bunchalik yaqinimda ko‘rmagan edim. Endi esa... Jungkook sukutga cho‘mdi, lablari titradi. Endi esa seni yonimda bo‘lishingni xohlayapman.
Tae yuragi urishini his qilar, javob berishga shoshmasdi. Ammo ichida iliqlik to‘lqini asta yoyilardi...