June 21, 2025

Vahshiy va uning muhabbati

2-fasl
11-qism
Bu fanficc Yoonminni qo‘llab quvvatlovchilar uchun

Jimin endi eshik tutqichiga qo‘l uzatgan edi, shu payt Suganing telefoni jiringlab qoldi. Suga darhol cho‘ntagidan telefonni olib qaradi va ekranda ko‘ringan ismni ko‘rishi bilan rangi oqarib ketdi. Lablaridan faqat bir og‘iz so‘z ohangsiz chiqdi.

Oyi

Bu so‘z Jiminni joyida qotirib qo‘ydi. U yalt etib Suga tomonga qaradi. Suganing qo‘lidagi telefon titrardi, lablari esa qaltirardi. U hech narsa demadi, faqat birdan yugurib mashinaga qarab yo‘l oldi.

Jimin hech ikkilanmasdan uning ortidan chiqdi va mashinaga o‘tirdi.

Nima bo‘ldi? Suga iltimos, menga tushuntir.
Nima gap? dedi u havotir va notinchlik bilan.

Lekin Suganing qulog‘iga so‘z kirmasdi. Uning ko‘zlari yo‘lga tikilgan yuragi esa boshqa dunyoda urayotganday edi. U mashinani keskin hayday boshladi, rulni qattiq siqib oldi. Nafasi og‘irlashdi. Galstukni bo‘g‘izidan yulib olib, yon tomonga irg‘itdi. Unga go‘yoki havo yetishmayotgandek edi.

Mashina katta shahar shifoxonasiga yetib kelishi bilan u to‘xtashga ham ulgurmayoq, eshikni ochib deyarli yugurib tushdi.

Jimin ham darrov ortidan chiqdi. Ichkariga kirganlarida Suganing tanish qo‘riqchilari uni ko‘rib darhol egilib salom berishdi. Jimin ham ularga ergashib yurdi.

Shu payt Suganing yordamchisi yugurib chiqdi.

Honim ichkarida, hozircha holatlari barqaror. Shifokorlar nazoratida.

Suga hech nima demasdan ichkariga qarab yurdi. Yurishlarida vahima, nigohida esa yuragini titratayotgan qo‘rquv va tashvish ko‘rinar edi. Jimin esa ortidan asta yurarkan yuragidagi xavotirni bosolmasdi. Bu vaziyat undan orqaga qadam emas, balki Suganing haqiqiy hislarini ko‘rish uchun ochilgan deraza edi.

Shifoxona yo‘laklarida faqat poyabzal tovushlari yangrardi. Suga hech kimga qaramasdan onas yotgan xonaga yetib bordi. Jimin esa orqadan xavotir bilan ergashdi.

Yotoqxona eshigi ohista ochildi. Oq xalatli hamshira yo‘l ochdi.

Kiring hozir uxlayaptilar lekin holatlari barqaror.

Suga astalik bilan eshikni itarib ichkariga kirdi. Xonada jimjitlik, faqat yurak urishini bildiruvchi apparatning biip biip ovozi eshitilardi. U onasini ko‘rishi bilan lablari titradi. Har doim kuchli, jasur bo‘lgan onasi endi oq yostiqqa bosh qo‘yib, zaif holatda yotar edi.

Suga asta yoniga bordi. Uning qo‘lini ushlab, ohista lablariga bosdi.

Oyi men keldim dedi shivirlagancha.

Jimin eshik og‘zida to‘xtadi. Ichkariga kirishga jur’at etolmadi. Ammo Suganing mayin ovozi, xonani to‘ldirgan mehr aralash sog‘inch yuragini ezdi.

Suga onasining panjasini qo‘lida ushlaganicha, ko‘zlarini yumdi. Shu holatda ancha vaqt jim turdi. Keyin sekin past ovozda davom etdi.

Men sizni kuchli, doim g‘ururli ko‘rganman. Iltimos, yana ko‘zlarimga qarang. Siz hali meni to‘ylarda raqsga chorlaydigan kundan kechmang.

Uning ovozida siqilish, ko‘zida yosh bor edi, lekin yelkasida hali ham kuchli mafiyachi libosi.

Shu payt Jimin ichkariga bir necha qadam yurdi. Uning nigohi Sugada edi. Jimin bu yigitni birinchi marta haqiqiy zaif holatda ko‘rayotgandi. Bu ko‘rinish yuragidagi g‘azabini bir zumda yumshatdi. U hech narsa demadi. Faqat ohista yoniga bordi va Suganing orqasida turib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

Suga cho‘chib orqaga qaradi. Jimin unga qarab, faqat bir so‘z aytdi.

Men shu yerdaman.

Suga bir zum jim qoldi. Nigohlari sokin bo‘ldi. So‘ng, shunchaki boshini egdi.

Yoongi esa past ovozda davom etdi.

Men seni onam bilan tanishtirmoqchi edim, Jimin lekin bu tarzda emas.

Uning ovozi bo‘g‘iq edi. Go‘yoki ko‘ksidagi og‘riq bo‘g‘zidan chiqishga harakat qilayotgan, ammo yuragiga yopishib qolgan edi.

Jimin bu so‘zlarni eshitib, yuragi hapqirib ketdi. Bu odam odatda sovuqqon, qattiqqo‘l har doim hammasini boshqaradigan Yoongi hozir bolalardek ojiz va ezilgan holatda edi.

U asta Yoongining yoniga cho‘kdi. Bir zum jim qoldi. Faqat yuraklarining urishlari bir-biriga uyg‘unlikda eshitilardi. Jimin ohista Yoongining qo‘lini siqib.

Hammasi yaxshi bo‘ladi men shu yerdaman dedi sokin ammo qat’iy ohangda.

Yoongi nigohini Jimin ko‘zlariga qadadi. U yiltillab turgan ko‘zlarda faqat samimiyatni ko‘rdi. Hozir aynan shu daqiqada uni bu hayotga bog‘lab turgan ikkita ip bor edi biri yotgan onasi biri yonidagi Jimin.

To‘satdan yostiq ustida yotgan onaning ko‘z qovoqlari sekin titradi. Suga zudlik bilan yuzini unga qaratdi. Onasi sekin ko‘zlarini ochdi. Nigohi xira, ammo nurli edi. U og‘ir nafas olib.

Yoongi bolajonim.

deya zaif ammo mehrga to‘la ovozda pichirladi.

Suganing yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi. U qo‘lini onasining panjasiga yanada mahkam bosdi ko‘zlaridan yosh yonoqlarini ho‘l qildi. Jimin esa ohista jilmaydi, yuragi biroz yengillashdi.

Onaning nigohi asta Jimin tomon burildi. Uning tabassumida tan olish va minnatdorchilik bor edi.

Bu sening suyukli insoningmi, Yoongi.

Suga jim qoldi. Nigohi Jimin bilan to‘qnashdi. U ilk bor ikkilanishsiz aniq va ravshan javob berdi.

Ha oyi bu mening yuragim.

Onaning lablari ohista jilmaydi. So‘ngra yana ko‘zlarini yumdi go‘yoki yuragidagi og‘irliklar yengillashgan edi.

Xona yana jimjitlikka cho‘mildi.

Ammo bu safar bu sokinlikda shifobaxsh iliqlik sevgi va umid bor edi.

Yoongi doktor bilan gaplashish uchun tashqariga chiqqanida, xona ichida jimjitlik hukm surdi. Park honim sekin boshini burib Jiminga tikildi. Uning nigohlarida iliqlik, minnatdorchilik va yillar davomida qalbida yig‘ilib qolgan orzu bor edi.

Seni ko‘rib turibman Jimin nihoyat dedi u sekin, ammo yurakdan chiqqan ohangda. Men har doim o‘g‘limning yuragini zabt etgan insonni ko‘rishni orzu qilardim. Qachon tanishtirar ekan deb yurardim. Va nihoyat bugun seni ko‘rdim.

Jimin hayrat va quvonch aralash ko‘zlari bilan Park honimga qaradi. Uning yuzi asta pushti rangga kirib, yana quyi qaradi. U juda hayajonlanib ketgandi. Og‘zidan faqat xijolatli jilmayish chiqdi.

Park honim esa jilmaydi va davom etdi.

Yoongi u sevgani uchun hammasiga tayyor. U senga shunchaki qiziqmaydi. Men onasi sifatida bilaman u sevsa yuragini beradi. U ichida qattiq, ammo aslida qalbi juda ham nozik. Tashqaridan sovuq ko‘rinsa ham, aslida u juda mo‘rt. Faqat yaqinlariga mehrini ko‘rsatadi.

U sekin Jiminga yaqinroq surildi. Uning ovozi yurakdan chiqqan, mehr bilan to‘la edi.

Iltimos Jimin uni ehtiyot qil. Uni avayla. Va eng muhimi unga yolg‘on so‘zlama. U bir marta ishonchidan ayrilsa, yana o‘zini yopib qo‘yadi. Bu yo‘qotish unga azob beradi. Yoongi sevgan insoni uchun jonini berishga tayyor inson. Shuni unutma, bolam.

Jimin ko‘zlarida yosh chaqnadi. Bu so‘zlar qalbining eng nozik iplariga tegdi. U asta bosh irg‘ab.

Men uni asrayman Park honim. Va unga hech qachon yolg‘on gapirmayman.

Xonada yana jimlik o‘rnashdi, ammo bu jimlikda ishonch va mehr to‘lib-toshgandi. Jimin endi faqat sevib emas mas'uliyat bilan Yoongining yonida turishga tayyor edi.

Doktor xonadan chiqib, jiddiy ohangda gapirdi.

Park honim tanasiga qandaydir zaharli modda tushgan. Bu kuchli emas, ammo ataylab berilgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi holatni nazorat qilyapmiz. Agar tana yaxshi javob qaytarsa, bir necha kundan so‘ng uyga javob beramiz.

Bu gaplarni eshitgan zahoti Yoongining butun tanasi nara tortdi. Nafasi og‘irlashdi, barmoqlari titradi. Qo‘llari musht bo‘lib siqildi bo‘yin tomirlari asabiylikdan bo‘rtib chiqdi. Uning ichida g‘azab, vahima va aybsizlikka bo‘lgan ishonchsizlik aralashib ketgandi.

Kim Kim bunday razillikka jur’at etdi deb ichidan qichqirdi. Nigohi uzoqqa tikildi ammo ongida allaqachon shubhalar aylana boshlagandi.

U asta qadam tashlab onasining palatasiga yo‘l oldi. Yuragi o‘ynab turardi ammo yuzida sovuqqon niqob. Eshikni ohista ochib, ichkariga kirdi.

Xonada esa boshqacha manzara edi.

Park honim va Jimin chiroyli, yengil suhbatga berilib, kulishib o‘tirishardi. Yoongini ko‘rib, Park honim jilmaydi.

Bolam doktor nima dedi?

Yoongi nigohi Jiminda to‘xtadi. Jimin esa kulib unga qaradi, ko‘zlarida yumshoq mehr va ishonch bor edi. Bu tasvir Yoongining ichidagi bo‘ronni biroz tinchlantirdi.

U onasining yoniga bordi, kaftini ohista ushlab.

Sizni o‘ldirishga urinishgan oyi.

Park honim cho‘chib qaradi, Jimin esa hayratdan labini tishladi. Yoongi davom etdi.

Doktor ovqatdan zahar topilganini aytdi. Kim bunday qilishga jur’at etganini aniqlayman. U buni qimmatga qiladi.

Jiminda esa boshqa savollar tug‘ilayotgan edi Agar bu hujum Yoongining oilasiga bo‘lsa, demak navbatda yana kimdir bormi? Ularning atrofida qanchalik xavf bor?

Park honim esa xotirjam ohangda, qo‘lini Yoongining kaftiga qo‘yib.

Men yaxshi bo‘laman bolam. Ammo sen o‘zingni yo‘qotma. G‘azab emas, aql ustun bo‘lsin.

Yoongi jim bo‘lib qoldi. Bu safar o‘tmishda qilgan xatolarini takrorlamasligi kerak edi. Onasi xavfsiz Jimin yonida. Endi u o‘zini emas ularni o‘ylashi aql bilan o‘yin o‘ynashi kerak.

Hona eshigi ohista ochildi. Yengil ammo serma’no qadam tovushlari eshitilgach, xonadagi barcha nigohlar eshik tomon burildi.

Ichkariga Sua kirib kelgandi. Qimmatbaho libosda sochlari did bilan to‘g‘rilangan qo‘lida nafis guldasta. Ko‘rinishidan charchaganga o‘xshardi, ammo yuzi tabassum bilan yoritilgan.

Jiminda esa ichki narsa chayqaldi. Yuragi bir pasda urishni unutgandek bo‘ldi. Labini tishladi, qo‘llari bilinar-bilinmas qaltirardi. Rashq esa yuragining tubidan ko‘tarilib ko‘zlariga qadar yondi. U bu qizni ekranda ham, endi esa ro‘baro‘da ko‘rmoqda va bu unga og‘ir edi.

Park honim esa darrov Jimindagi bu nozik o‘zgarishni sezdi. U ohista Jiminning qo‘lini ushladi, yelkasiga qarab nigoh tashladi. Jiminda hamon jilmayish yo‘q edi. Faqat ko‘zlarida kurash his-tuyg‘ular va sabr o‘rtasidagi jang.

Assalomu alaykum Park honim dedi Sua yengil ta’zim bilan. Sizning betobligingizni kech eshitdim, afsusdaman.

U gulni Park honim yonidagi stulga qo‘ydi, so‘ng birdan Yoongiga yuzlandi.

Azizam dedi past ammo o‘ziga ishonch bilan. Men kechroq bilibman, juda havotirlandim.

So‘zini tugatmasdan, u Yoongining yuziga egilib, ohista peshonasidan o‘pib qo‘ydi.

Xonadagi havoda kuchli taranglik yuzaga keldi.

Jimin bu holni ko‘rar ekan, yuragi ezildi. Ko‘zlarini yerga tikdi. Ichida esa qaynayotgan tuyg‘ular uni yondirardi. "Bu o‘sha qizmi? Unashtirilgan qizmi? Endi esa Yoongiga azizam deb turibdi.

Yoongi esa bir zum sukutda qoldi. Nafasi zich, ko‘zlari esa Jimin tomon qochib borardi. U Jiminning yuzidagi o‘zgarishni ko‘rdi. Bu nigohda so‘z yo‘q edi lekin ko‘p narsa bor edi. Ishonchsizlik og‘riq, va eng asosiysi rashq.

Park honim bo‘lib o‘tayotgan sahnani jim kuzatar, ichida birgina tilak bor edi: bu ikki yurak orasiga shubha kirib, ularni bir-biridan uzoqlashtirmasin.

Yoongi lablarini g‘ijimlab ichidagi g‘azabni endi bosolmay qoldi. Ko‘zlarida chaqnayotgan olov, yuragida esa azob va asab birgalikda urilardi. U asta Sua tomon yurdi har bir qadami xonadagi havoni og‘irlashtirayotgandek edi.

Menga aslo yaqin kelma dedi u past ammo ichki g‘azab bilan titragan ovozda. Sen faqat onam kasal bo‘lgani uchun shu yerda turibsan. Agar seni yonimda ko‘rishni istaganimda bu o‘limim yaqinlashgandir.

Xona jim bo‘lib qoldi. Park honim jim bo‘lib ko‘zlarini yumdi. Jimin esa bu so‘zlarni eshitib hayrat va ajab aralash bir nigoh bilan Yoongiga qaradi.

Sua esa u go‘yoki bu so‘zlar umuman unga tegishli emasdek, shunchaki jilmaydi. Yuzida shubhasiz, ustunlik bor edi. G‘urur aralash istihola bilan nigohini Jiminga burdi.

Istasangiz ham istamasangiz ham Yoongi endi bo‘lajak erimsiz u ovozida murosasizlik va da’vo bilan. Men doim sizni qarshingizda turaman Azizam deb atay Jiminga qarab qo‘ydi.

Uning jilmayishi g‘alaba shuningdek qasddan chertilgan rashk notasi edi.

Jimin ichida nimadir sinib ketdi. U lablarini tishlab, ko‘zlarini undan olib qochdi. O‘zini ojiz his qilishni yomon ko‘rardi. Ammo bu ayol bu ayol Yoongi unga tegishli deb bilardi. Bu esa yuragini tirnab o‘tar sabrini sinovga solardi.

Yoongi esa Sua bilan Jimin o‘rtasida turganini his qilarkan bu g‘alati uchburchakni sindirish uchun bir qarorga kelishi kerakligini tushunardi. U yuzini o‘girib, ko‘zini Park honimga soldi. Onasining holati unga kuch Jimin esa yurak bergan yagona sabab edi.

Yoongi qattiq nafas olar mushtga aylangan qo‘llari titrardi. U bardoshini yo‘qotmaslikka harakat qilardi lekin ichidagi g‘azab tilidan sirg‘alib chiqdi.

Menga aslo yaqin kelma Sua. Agar seni yonimda ko‘rishni istasam demak o‘lishga qaror qilgan bo‘laman. Shunday paytgina men seni yonimda ko‘rishga rozi bo‘laman.

Uning so‘zlari xonani qoplagan sukutni qizil ohangda kesib o‘tdi.

Sua bir muddat jim turdi. U bu so‘zlardan larzaga tushmadi. Aksincha, jilmaydi. Bu tabassumda haqoratni pisand qilmaslik, ichki mag‘rurlik va qasddan qilingan ustunlik bor edi. U shunchaki Yoongining yuziga qaradi so‘ng ko‘zlarini ohista Jiminga burdi.

Istasangiz ham istamasangiz ham, endi siz mening bo‘lajak erimsiz dedi u sokin lekin tish orasidan chiqayotgandek ohangda. Men doim sizni qarshingizda turaman Park Jimin. Qayerda bo‘lsangiz ham, kim bilan bo‘lsangiz ham.

Jimin labini tishlab, yuragini bosishga urinardi. Ich-ichidan qaynayotgan rashq va ezilish uni so‘zsiz qoldirgan edi. U o‘zini kuchli tutmoqchi bo‘ldi, lekin o‘sha jilmayish o‘sha mag‘rur, o‘ziga ishonch bilan aytilgan so‘zlar yuragiga tig‘dek sanchildi.

Yoongi jim edi. U Jiminga qaradi. Nigohi orqali. Ishonma unga. Men seni tanlayman degandek edi. Ammo vaziyat juda ziddiyatli edi. Onasi yotoqda, sevgilisi ezilgan boshqa bir ayol esa uni o‘ziga kuch bilan bog‘lamoqchi.

Xona ichidagi havoni og‘ir sukunat bosib oldi.