Sen va Men
Ushbu fanficc shunchaki maullifni hayollari mahsuli Taekook maktab hayoti yoritilgan...
Jk Taega sekin yaqinlashib labida yengil tabassum bilan lekin ovozi jiddiy edi:
San haddidan oshyapsan, o‘yinchog‘im.
Tae irg‘ib tushdi, ko‘zlarida ranjish aralash g‘azab porladi
Bas qil, sanga nima qildim? Nimaga manga bunaqa muomala qilyapsan.
Jk kulib yubordi, boshini sal egib, ko‘zlarini qisdi:
Ahiri, o‘yinchog‘im gapirdi-ku.
Jk bir qadam oldinga yurib, Taeni iyagidan mahkam ushladi. Nigohi jiddiy ovozi past ammo tahdidli edi:
Manga ovozingni ko‘tarib gapirma, o‘yinchog‘im.
Shu payt u yuzini yaqinlashtirdi. Nafaslar bir-biriga tegadigan darajada yaqin edi. Ko‘zlar to‘qnashdi. Atrofda sukut, yurak urishlari esa juda baland eshitilayotganday tuyulardi.
Taranglik osmonga chiqdi. Tae beixtiyor ko‘zlarini pirpiratdi, lekin chekinmadi. Jk esa biroz jim qoldi go‘yoki Taedan qulupnay hid kelayotgandi.
Ikkisi ham o‘zini g‘alati his qildi. Bu oddiy raqobat emasdi. Bu boshqa bir tuyg‘u edi.
Taeni yuragi gupillab urayotganini his qildi. Nafasi qisildi. Jkni ko‘zlariga qaray olmay, yuzini chetga burdi.
Qo‘lingni tort sovuq ohangda va qo‘li bilan Jkni itardi.
So‘ng ortga qaramay, tez-tez yurib sinf tomon ketdi. U eshikni ochib, ichkariga kirib ketdi. Yuragi hali ham tinchlanmasdi. Eshik yopildi, ammo ichida qolgan hissiyotlar chayqalishda davom etardi.
Jk esa u turgan joyda jim turdi. Labida yengil tabassum ko‘zlarida esa chalkashlik..
Bu orada sinf eshigi yana ochildi. Orqama-orqa, har doimgidek o‘zlariga xos beparvolik bilan Suga va Jimin kirib kelishdi.
Suga quloqchinini yechmasdan, joyiga qarab yurarkan past ovozda gap qotdi
Nima bo‘ldi bu yerda? Tae yugurib kirdi-ku, yuragi chiqib ketadigandek.
Jm esa nigohini Jkga qadadi. U hali ham eshik oldida turardi, Tae o‘tirgan tomonga tikilib. Jm yengil kulimsirab pichirladi
Hey Jk yana nima qilib qo‘yding?
Jk ko‘zini qisib, yelkasini qisdi
Manmi Hech nima faqat biroz o‘ynadim.
Suga joyiga o‘tirib, esnadi
Sani. o‘yinlaring bir kun jiddiy narsa bilan tugaydi.
Jm esa kulimsirab Tae o‘tirgan partaga qarab qo‘ydi. Chunki u bunday o‘yinlarning qanday tugashini bilishni xohlayotgandi.
Tae chuqur nafas oldi. Yuragi hanuz tinchlanmagan bo‘lsa-da o‘zini qo‘lga oldi. Bo‘ldi, endi faqat darsga e’tibor beraman, deb o‘ziga so‘z berdi. Nigohini kitobiga qadab, fikrini jamlashga harakat qildi.
Shu payt ustoz J-Hope sinfga kirib keldi. Har doimgidek energiyaga to‘la ovozda dedi:
Yaxshi yangilik bor bolalar! Ertaga ochiq dars kuni! Hamma erkin kiyinib kelsin. Ochiq havoda dars o‘tamiz, bir oz dam ham olamiz!
Sinf birdaniga jonlandi. Qarsaklar yangradi, xursandchilik bilan “Wooo!” degan ovozlar eshitildi. Jimin orqasiga o‘girilib Suga bilan “high-five” qildi.
Taeni yuragi hali ham biroz bezovta.
Jk esa stulida biroz orqaga suyanib, Taega qarab jilmaydi. Ochiq havo, erkin kiyim va yana o‘yin boshlanadi ichida pichirladi.
Jm bu yangilikdan yanada xursand edi. Ichida Zo‘r bo‘ldi, endi Suga bilan birga ochiq havoda dam olamiz o‘yladi. U bugun biroz yaqinroq bo‘lish, balki gaplashish niyatida edi.
Ammo kutilmaganda Suga qo‘lini ko‘tardi.
Ustoz ertaga man bormasam bo‘lmaydimi? Ishlarim chiqib qoldi.
Sinf jim bo‘lib qoldi. J-Hope unga qarab kulimsiradi.
Hoy, Suga, san har doim ishlarim bor deysan. Yana qanday sirli reja?
Suga yelkasini qisdi
Oddiy ishlar. Muhim.
Jmning ichini nimadir g‘ash qildi. Labidagi kulgi asta so‘ndi. U Suga tomonga qaradi, lekin Suga ko‘zini olib qochdi.
Demak, yana biror bahonang tayyor Suga deb o‘yladi Jm og‘riqli kulimsirab. Ko‘ngli xira tortdi. U dam olishni emas, kimnidir kutishni rejalashtirgan edi.
Zvonok yangradi. O‘quvchilar sekin-sekin oshxonaga yo‘l olishdi. Tae ham boshqalar qatorida maktab oshxonasi tomon yurarkan yuragi hali ham biroz g‘ash edi. Ammo oshxonaga kirgan zahoti nigohi darhol oshpazga tushdi va u qotib qoldi.
Peshonasidan mayda ter tomchilab tushayotgan yigit juda jozibali edi. Uning mukammal yuz chizig‘i sokin nigohi va harakati bilan uyg‘un bir go‘zallik yaratardi. Bu oshpaz boshqacha edi.
Tae asta navbatda turganlar qatoriga qo‘shildi. Har kim o‘ziga yoqqan taomlardan patnisga solayotgandi. Navbat nihoyat unga yetdi.
Oshpaz ya’ni Jin unga qarab kulimsiradi
Sen yangidan kelgan o‘quvchimisan?
Jin esa taom solayotgan qo‘lini to‘xtatib yengil hazil aralash dedi
Unda men tayyorlagan ovqatlardan tatib ko‘r. Balki Amerika taomlarini tezroq unutarsan.
Tae jilmayib, minnatdorchilik bilan patnisini uzatdi:
Rahmat. Ko‘rinishidan taomlar juda ham mazali dedi.
Jin uning patnisiga bir nechta eng mazali taomlardan solib berdi so‘ng yana kuldi
Ovqat yurakni tinchlantiradi. Ayniqsa yangi muhitda.
Tae esa yuragini tinchlantirish uchun aynan shunday iliqlikni kutayotganini tushundi.
Zvonok yangradi. O‘quvchilar sekin-sekin oshxonaga yo‘l olishdi. Tae ham boshqalar qatorida maktab oshxonasi tomon yurarkan yuragi hali ham biroz g‘ash edi. Ammo oshxonaga kirgan zahoti nigohi darhol oshpazga tushdi va u qotib qoldi.
Peshonasidan mayda ter tomchilab tushayotgan yigit juda jozibali edi. Uning mukammal yuz chizig‘i sokin nigohi va harakati bilan uyg‘un bir go‘zallik yaratardi. Bu oshpaz boshqacha edi.
Tae asta navbatda turganlar qatoriga qo‘shildi. Har kim o‘ziga yoqqan taomlardan patnisga solayotgandi. Navbat nihoyat unga yetdi.
Oshpaz ya’ni Jin unga qarab kulimsiradi
Sen yangidan kelgan o‘quvchimisan?
Jin esa taom solayotgan qo‘lini to‘xtatib yengil hazil aralash dedi
Unda men tayyorlagan ovqatlardan tatib ko‘r. Balki Amerika taomlarini tezroq unutarsan.
Tae jilmayib, minnatdorchilik bilan patnisini uzatdi:
Rahmat. Ko‘rinishidan taomlar juda ham mazali dedi.
Jin uning patnisiga bir nechta eng mazali taomlardan solib berdi so‘ng yana kuldi
Ovqat yurakni tinchlantiradi. Ayniqsa yangi muhitda.
Tae esa yuragini tinchlantirish uchun aynan shunday iliqlikni kutayotganini tushundi.
Oshxonada kulgular yangragani sari Taeni ko‘zlaridagi g‘am, g‘urur va ezilish kuchayardi. Buni uzoqdan kuzatib turgan Suga esa buni ko‘rishga chiday olmadi. U tez-tez yurib, Jungkookning oldiga bordi.
Ey yetar! Sen o‘zingni nima deb o‘ylayapsan?! deb g‘azab bilan aytarkan, bir zumda unga musht tushirdi.
ZARB! Jkning bosh tomoni bir silkindi.
Sinfxona birdan jim bo‘ldi. Lekin Jk ham javobsiz qoldirmadi.
Qani ko‘rib ol endi deb u ham Sugaga musht bilan javob qaytardi.
BOOM! Bu safar stullar qulab, bir nechta patnis yana yerga tushdi.
BAAAAAS! degan dahshatli baqiriq eshitildi.
Hamma to‘xtadi. Oshxonadagi shovqin birdan qotdi. Bu Jin edi. Odatda kulib turadigan, hammaga iliqlik ulashadigan Jin bugun butkul jiddiy edi.
Bu mening oshxonam! Bu yerda baqiriq, janjal yo‘q! Jin nafrat aralash ko‘zlar bilan ularni kuzatarkan.
Shu zahoti maktab yo‘laklaridan shoshilinch qadam tovushlari eshitildi.
Direktor RM yugurib kirib keldi. U to‘xtab qoldi.
Ko‘zlari buzuq oshxona, yerda sochilgan ovqatlar, buzilgan stollar va duduqlanib turgan o‘quvchilarga tushdi.
Ammo eng yomon tomoni bu joy Jinning yuragidek aziz oshxonasi edi. RM buni juda yaxshi bilardi.
U bir lahza hech nima demadi. Faqat yelkasidan ohangrabodek vazn tushganday sekin nafas oldi. So‘ng og‘ir ammo qattiq ohangda gap boshladi:
Bu nimasi? Kimdir menga tushuntiradimi?
Hamma jim. Hech kim nafas ham olmayotgandek edi.