June 26, 2025

🩸Qonli Oy🌙

10-qism

Suga Jiminni ehtiyotkorlik bilan bag‘riga ko‘tarib qor bosgan o‘rmon yo‘lidan asta yurardi. Uning har bir qadami og‘ir ammo qat’iyatli edi. Jimin yengil sovuq va kuchsiz edi, ammo shu yengillik Suganing yuragiga g‘alati og‘irlik solardi.

U shu yoshiga qadar ko‘p narsa ko‘rgan ko‘p yo‘qotgan va har doim odamlar ayniqsa zaiflar bilan oraliq masofani saqlagan edi. U doim sovuqqon bo‘lishni afzal ko‘rgan bu unga kuch bag‘ishlaydi deb hisoblagan. Lekin Jimin bu bolaning qarashlari titragan lablari og‘riqli nafas olishi nimanidir o‘zgartirayotgandi.

Nega men seni bu qadar himoya qilmoqchiman o‘yladi Suga ichida. Nega sen hushsiz yotganingda yuragim zirqirab ketdi. Nega sovuqdan muzlab qolgan qo‘llaringni iliqlik bilan ushlashni xohlayapman.

U boshini biroz past egdi, Jiminning yuziga qaradi. Bu yuzda zaiflik bor lekin shu zaiflik ortida qandaydir ichki kuch yashiringandi. Go‘yo Jimin siniq ammo yorugi toza isnon edi.

Sen mendan ko‘ra himoyaga loyiqroq ko‘rinasan deb o‘yladi u. Sen hali bu dunyoning iflosliklariga to‘liq cho‘kmagansan. Balki shu bois men seni ushlab turishni, shu qorli o‘rmondan olib chiqib ketishni istayotgandirman.

Jimin boshini Suganing yelkasiga ohangrabodek yengil qo‘ydi. Bu harakatdan Suga seskanib tushdi ammo uni qattiqroq quchoqladi.

Shunchaki yana bir oz sabr qil. Tez orada xavfsiz joyga yetamiz dedi u past ovozda go‘yo faqat o‘zi va Jimin uchun aytayotgandek.

Jimin javob qaytarmadi. Balki u eshitdi balki uxlab qolgan edi. Ammo Suga uchun bu jimlik yetarli edi. U bilardi bu jimlik ortida ishonch bor. U birinchi marta hayotida kimnidir ko‘ngli bilan himoya qilayotganini his qilgandi.

Sovuq o‘rmon sukutga cho‘mgan, faqat oyoq ostidagi qorga cho‘qilayotgan har bir qadam tovushi havoda aks-sado berardi. Suga Jiminni bag‘rida ko‘tarib borarkan
to‘satdan bir lahzaga to‘xtab qoldi.

Burun teshiklaridan o‘tgan nozik, ammo tanish bir hid Qon hidi.

U boshini ko‘tarib atrofga nazar soldi. Daraxtlar orasida hech qanday harakat ko‘rinmasdi, ammo u juda aniq sezdi kimdir bu yerda. Va bu kimdir och edi.

Suganing quloqlari ding bo‘ldi, yuragi esa birmuncha tezroq ura boshladi. U bu hidni yaxshi bilar bu yirtqich vampirlar izidan kelayotgan o‘ljaning hidi edi.

Ammo u buni Jiminga bildirmadi. Jimin uhlab yotardi juda zaif edi. Uning yuragi hali ham notekis urardi nafas olishi sekin, ammo chuqur edi.

Suga barmoqlarini Jimin belini mahkamroq ushladi. Endi u yanada ehtiyotkorlik bilan sokin yurardi. Har bir qadami nazorat ostida, har bir harakati ovozsiz.

Yaqin atrofda ular bor deb o‘yladi u. Lekin men seni asrayman Jimin. Qanday bo‘lmasin.

U yurish tezligini biroz tezlashtirdi, ammo bu Jiminga sezdirmasdi. Har safar orqaga qararkan, nigohi o‘tkir yirtqichlarnikidek edi. Yuzida bir zumga engil vampirlik belgisi tirishgan peshona va keskin nigoh paydo bo‘ldi.

Ammo u o‘zini tutdi. U hozir yirtqich emasdi. U hozir himoyachi edi.

Nihoyat, daraxtlar orasidan tor va yopiqlikdagi toshli g‘or kirishiga o‘xshagan joy ko‘zga tashlandi. Suga chuqur nafas oldi, Jiminni mahkam quchib, o‘sha yoqqa yurdi.

Ular yaqin lekin bu yerda meni to‘xtata olishmaydi deb o‘ylardi u yuragida g‘azab ko‘zida qat’iyat bilan.

Bu orada, qirol Jungkook baland saroy ayvonidan Kai yo‘l olgan yoqqa uzoq tikilib turdi. Kai unga o‘sha ohangda gapirgani, odam bolasi uchun arazlab ketgani bular Jungkookni tinch qo‘ymayotgandi.

Men sendan bunday so‘zlarni eshitishni kutmagandim Kai deb pichirladi u o‘ziga. Va ortiq kutmay Kai izidan yo‘lga tushdi.

Qirol o‘rmon bo‘ylab harakatlanar burni eng yengil hidlarni ham ushlab olar edi. Qor va daraxtlar orasiga singib ketgan Kai izini topish qiyn emasdi bu Jungkook edi u qirol bo‘lishdan avval vampir edi.

Shovqin yo‘q. Atrof sokin. Lekin hid bor. Kai bu yoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, yon yo‘llardan, yashirin tarzda kelgandi. Jungkook izni kuzatib, nihoyat o‘rmonning biroz ochiqroq qismiga yetdi.

Bu vaqtda esa Kai ham o‘z yo‘lida yurar, burni orqali aniq odam hidi kelayotganini ilg‘agan edi. U har bir qush qanoti qoqishini, barglar shitirlashini tinglar, vampirona instinkt bilan yurardi.

Ammo ne ko‘z bilan ko‘rsinki, u kutmagan manzara u bilan yuzma-yuz bo‘ldi.

Odam bolasi nozik, ozg‘in yigit uning bag‘rida esa yirik qora bo‘ri.

Bo‘ri lekin ko‘zlarida na vahshiylik, na yirtqichlik bor. Ko‘zlari jiddiy va sokin, ammo hushyor. U ehtiyotkorlik bilan odam bolasini ko‘tarib ketardi, xuddi uni bu dunyodagi eng qimmat narsa deb hisoblagandek.

Kai bir muddat jim qotib qoldi.

Bu qanday masxara deb shivirladi u. Bo‘ri odam bolasini himoya qilyaptimi?

Ko‘zlarini qisdi. Yoki bu bo‘ri u emasmikan. Yo‘q aniq bu Suga bo‘lishi mumkin.

Kai tishlarini g‘ichirlatdi. Bu holat unga yoqmagan edi. Vampirlar bilan bo‘rilar o‘rtasida tarixiy adovat bor odam bolasi esa ularning ikkisiga ham daxlsiz bo‘lishi kerak edi. Ammo hozir, bu yigit u nimagadir aralashib qolgandi.

Qiziq dedi u ohangsiz Jungkook buni ko‘rsa-chi.

Shu payt, orqadan sovuq, tanish bir ovoz yangradi.

Ko‘rdim.

Kai sekin orqasiga o‘girildi. Qor ustida tovushsiz qadamlar tashlab Jungkook paydo bo‘lgandi. Uning ko‘zlarida esa sokin, ammo xavfli chaqnash bor edi.

Kai kulimsiradi.

Demak, sen ham endi odamlar uchun jang qilishni boshlading shundaymi do‘stim.

Jungkook bir zum jim turdi. Ko‘zlarini Kai tomonga tikdi, so‘ng ohista ammo og‘ir ohangda dedi.

Ba’zida kimni himoya qilayotganing emas, balki nima uchun qilayotganing muhimroq bo‘ladi, Kai.

Qor ustida qoldirilgan izlar asta botib borayotgan tunning jimjimador sukunatida yo‘qolib borar, ammo o‘rmon ichida ikki qadimiy qudrat ikki do‘st, endi raqibga aylanish yoqasida turardi.

Kai tishlarini g‘ichirlatgancha, yonida tik turgan Jungkookga keskin nigoh tashladi. Ko‘zlari xuddi yong‘in ichida qolgandek qizg‘ish chaqnardi.

Jahlimni chiqarma, Jungkook dedi u past, ammo qahrli tovushda. Yuz yildan beri sen bilan yonma-yon turdim. Har qanday qonli urushda, har qanday zulmatda yoningda bo‘ldim. Ammo bugun sen bir odam bolasini deb, menga musht tushirding.

U yuragini ezayotgan g‘azabni yashirmadi. Nafasi sovuq havoda bug‘dek ko‘tarilar ko‘zlari iztirob va g‘azab aralash porlardi.

Jungkook esa jim turdi. Uning nigohlari Kai ko‘zlariga tikilgan, ammo sovuq emasdi ular qat’iyatga to‘la edi. U chuqur nafas olib, sokin, lekin ta’sirli ovozda javob berdi.

Kai kechir sen menga eng sodiq do‘stsan. Men buni unutmadim va unutmayman.

U bir qadam oldinga chiqdi. Qor ostida oyoqlari asta cho‘kdi, ammo u silkinmadi.

Lekin sen aytayotgan odam bolasi u menga tegishli. Uning qalbida bir narsa bor men uni tushuntirib berolmayman. Lekin men buni his qilyapman. Uni mendan boshqalar tegishi mumkin emas.

So‘ng Jungkook ohangini qat’iylashtirib davom etdi.

Hech kim Hatto sen ham Kai.

Kai bir zum jim qoldi. Bu so‘zlar unga zarbadek urildi. Ammo uning yuzidagi g‘azab, sekin asta tushkunlikka almashdi. U pastga qor ustidagi izlarga qaradi. Yuzidagi alamli ifoda ko‘zga tashlanmaslik uchun yuzini boshqa tomonga burdi.

Demak, biz oramizdagi yuz yillik sadoqat bir odam bolasining nigohi uchun yo‘qqa chiqyaptimi dedi u ohangsiz.

Jungkook ko‘zlarini yumdi. Bu og‘riqli edi. U Kai’ni yo‘qotishni istamasdi. Ammo yuragidagi sirli hislar Taeni himoya qilish istagi, uning nozik, ammo ich-ichidan porlayotgan ruhini asrash orzusi bular ortiq rad etib bo‘lmas haqiqat edi.

Agar shu haqiqatni qabul qilolmasang unda yo‘limiz ajraladi Kai dedi Jungkook sokin, lekin shafqatsizlik bilan.

Uzoq o‘rmon ustida shamol shitirlay boshladi. Daraxtlar yaproqlarini chayqatib, xuddi biror sirni pichirlayotgandek tebranardi. Qorli yo‘llardan asta-sekin havoga ko‘tarilgan nozik bir ifor, odam bolasining sof, iliq hidi shamolga o‘ralib uchdi. Bu ifor atrofdagi jonzotlarga sezilmas bo‘lishi mumkin edi, lekin ikki maxluq bu signalni zudlik bilan ilg‘adi.

Jungkook bir zum to‘xtadi. Qon singib ketgan qor havosi birdan o‘zgarib, unga tanish, ammo o‘ta yoqimli iforni olib keldi. U chuqur nafas oldi. Ko‘zlari allaqanday to‘lqinlanib ketdi.

U yaqin atrofda dedi u past, ammo chuqur ohangda.

Yonida turgan Kai esa, hidni his qilishi bilan birdan xuddi mastday ko‘zlarini yumib, kulimsirab pichirladi.

O‘lja juda yoqimli. Toza. Iliq. Nafis.

Uning lablaridagi iljayish o‘tkir, xavfli edi bu istak aralash nafs ifodasiydi.

Jungkook ko‘zlarini unga qaratdi. Ich-ichidan qaynayotgan hislar, g‘azab va xavotir aralash edi. Bu ifor unga notanish emasdi. Bu Taening hidiga juda yaqin ammo juda nafis edi.

Bu vaqtda Suga, o‘sha osoyishta ko‘ringan g‘orning ichida, Jiminni ehtiyotkorlik bilan yotqizgan edi. Jimin chuqur nafas olib, uxlayotgan bo‘lsa-da, Suga bir necha daqiqadir sezayotgan g‘alati titroq uni bezovta qila boshlagandi. Havo zichlashdi. Ustki beton g‘ishtlardan shamol esdi lekin bu oddiy shamol emasdi. Bu xatar shamoli edi.

Suga chuqur nafas oldi. Uning quloqlari ding bo‘lib, atrofdagi har bir shitir-shitirni ilg‘ay boshladi. U bu hidi tanirdi. Vampirlar.

U ichki dunyosidagi hayvoniy instinkt uyg‘ondi. U asta tashqariga chiqdi, qor ustida deyarli ovozsiz qadam tashlab, g‘orning og‘ziga yetdi. So‘ng, barmoqlari zirqirab, ko‘zlari yorqin yaltirab, u asta bo‘ri tusiga kirdi.

Yelkalari kengaydi, oyoqlari cho‘zildi, og‘zi o‘tkir tishlarga to‘ldi. U endi Jiminni himoya qilish uchun hech kimni bag‘ridan o‘tkazmaydi.

Chunki bu yovvoyi o‘rmonda, o‘zinga tegishli deb bilgan narsangni himoya qilish uchun yirtqichga aylanishga majbur bo‘lasan.