June 20, 2025

SHAXZODA VA MEN

28- qism
Ushbu fanficc shunchaki muallifni hayollari mahsuli Taekookerslarga bag‘ishlanadi

Suga Jiminni bag‘rida ushlab turardi. Jiminning ko‘zlari asta yumulib borar, tanasi sovib borayotgan edi.

Jimina Jimina iltimos. Ko‘zlaringni och. Men seni hali to‘liq sevolmadim. Hali hali baxtli bo‘lishimiz kerak edi deya Suga uning muzlayotgan qo‘lini qo‘lida ushlab turdi.

So‘nggi harakat bilan Suga yuziga ohangraboday termuldi. Nafasi to‘xtadi.

Jimin endi sukut edi.

Suga qotib qoldi. Ko‘zlaridan yosh emas, butun borlig‘idan dard quyilardi. Jiminni ko‘ksiga bosib.

Yo‘q bu rost emas. Bu bo‘lishi mumkin emas! deya yerdan osmonga, osmondan yuragiga qadar faryod chekdi.

Jungkook esa boshini egib ko‘zlarini yumdi. Bu uning qaror olish nuqtasi edi.

Endi bu yurtda adolat bo‘lishi kerak. Bu qon javobsiz qolmaydi.

Jiminning tanasi oq matoga o‘raldi. Saroyga jimlik cho‘kdi. Butun saltanat bir farishtasidan ayrilgandi.
Jiminning o‘limi nafaqat Suga, balki Jungkook Tae va hatto butun Jeonlar saltanatini o‘zgartiradigan burilish bo‘ldi. Endi har bir qadam qasos haqiqat va adolat yo‘lida tashlanadi.

Saroy devorlari orasida kuchli faryod aks sanchardi. Jungkook g‘azabda edi. U qirolichaning huzuriga bostirib kirdi. Qo‘riqchilar to‘xtatmoqchi bo‘lishganda, u qarsillatib qichqirdi.

Kim meni to‘xtatmoqchi? Valiahd Qirolman.

Qirolicha esa hali ham murosasiz ko‘zlar bilan unga qaradi. Ammo bu safar Jungkookda ko‘hna mehr emas adolat alangasi yonayotgan edi.

Jiminni o‘limiga siz sababchisiz to‘g‘rimi?! Sizning hiyonatiz endi chegara bilmay qoldi!

Qirolicha sekin turdi ammo yuzi jiddiy edi.

Men bu saltanatni himoya qilyapman. Jimindek oddiy kanizak uchun Minlar sulolasi kuchayib borayotganini jim qarab tura olmayman.

Jungkook g‘azabdan titrardi.

U oddiy emas edi u inson edi. Va men u orqali sevgi nima ekanini ko‘rdim!

Qirolicha to‘xtab qoldi. Jungkook ilk bor ko‘zidagi yosh bilan gapirdi.

Bu sening yakuniy hiyla-nayranglaring edi. Endi esa men boshqaraman. Sen emas.

U saroydagi barcha qo‘riqchilarga buyruq berdi

Qirolichani alohida ko‘z ostiga oling. Uning har bir qadamini nazorat ostiga oling!

Kunlar haftalarga ulandi. Endi Qirolicha butunlay taxtni o‘ziniki qilish paytiga tushdi.

Jungkook endi unga bo‘ysunmasdi. O‘g‘lini yo‘ldan olib tashlash birdan bir mawsadiga aylana boshladi.

Saroyning narigi chetida esa, Yoongi xonasi qorong‘ilikda edi. Ichkarida shamlar yongan ammo uning ko‘zlaridagi nur so‘ngandi. Jiminsiz tonglarni tasavvur qila olmasdi.

U piyolani yana bir marta to‘ldirdi. Navbatdagi achchiq ichimlik tomog‘idan o‘tarkan, ko‘zlariga yosh qalqdi.

Sen meni kechirding, Jimin men o‘zimni kechira olmayman.

Jinni tayyorlagan giyohli damlamalarni chetga surdi. Endi unga malham emas, unutish kerak edi. Unutish esa faqat ichkilikda.

Har tun jimjitlikda Jiminning oxirgi so‘zlarini eshitayotgandek bo‘lardi.

Men seni doim sevganman.

Yoongi endi dunyodagi eng boy yigit emasdi. U dunyodagi eng yolg‘iz yurak edi.

Jungkook borgan sari kuchayib borardi. Tae undan qattiq havotir olar mashg‘ulotga ketsa kelishini intizorlik bilan kutardi. Jungkook va Tae sevgisi butun xalq ichida gap so‘zlar yurar hamma havas qilardi. Jungkook o‘ta adolatli Tae esa mubattali edi. Oylar shu zaylda o‘tdi. Bir kuni Saroyda zulmat hukm surardi. Qirolicha nozik ammo zaharlik qadamlari bilan Qirol huzuriga bordi. Ko‘zlarida g‘azab so‘zlarida yolg‘on.

Jungkook sizni ag‘darmoqchi. U taxtni egallashga harakat qilyapti.

Qirol bunga ishonishni istamasa ham Qirolichaning muhr bilan yozilgan soxta maktubini ko‘rdi. Fitna ishladi.

Jungkook qo‘lga olindi. Uni bir zindonga olib borishdi. Saroy qorong‘u yo‘laklarida urilgan yiqilgan ovozlar eshitilardi. Uning qoni saroy devorlariga singdi.

So‘roqchilar so‘radi.

Taxtni nega xohlading?
Qiroldan voz kech tan ol!

Ammo Jungkook jim edi. Ko‘zlarida faqat Tae, faqat yovvoyi yurak muhabbat va faqat sadoqat aks etgan edi.
Tae qirolichani oyoqlari ostiga o‘zini tashladi yalindi yolvordi valiahd shaxzodani kechirishini iltimos qildi.
Qirolicha butunlay taxt dardida edi.
U Taeni saroydan chiqarib yubordi. Tae Jungkookni azoblanib kaltaklanayotgani ko‘tara olmasdi. U kunlab Qirolicha saroyi oldida tiz cho‘kib o‘tirdi.

Qirol farmoni bilan Valiahd shaxzodani saroy maydoniga olib chiqildi. Qo‘llari zanjirda, boshi baland. Tae esa bu manzarani ko‘rib qichqirdi.

Yo‘q!!! Bu tuhmat! U bunday qilmagan.

Ammo qirollik buyrug‘i ayovsiz edi. Qilich yuqoriga ko‘tarildi va Jungkookning hayoti o‘sha yerda tugadi. Qon yerga tomdi muhabbat jim bo‘ldi.

Tae hushidan ketdi. Yuragi buni ko‘tara olmadi.

Valiahd yo‘q. Endi sadoqatli do‘stlar qoldi.

Qo‘mondon Rm qilichini olib Qirolichaga qarshi kurash ochishga qaror qildi.

Jin unga bir qaradi.Yolg‘iz ketmaysan. Men sening soyangman.

Ular saroy devorlariga yaqinlashgan edi. Ammo g‘amgin osmon ostida qasddan tayyorlangan kamon o‘qi Jinning yuragini teshib o‘tdi. U yerga cho‘kdi.

Jin deya qichqirdi Rm.

U qo‘sh qo‘llab Jin tanasini quchoqlagan edi orqasidan qilich sanchildi. Shunday qilib, ikki sadoqatli yurak bir joyda to‘xtadi. Ular o‘sha joyda birga sukunatda qoldi.
Ikki sevishgan juft bir birini bag‘rida yotar muzlagan tana.

Endi nima bo‘ladi xalq qayg‘uda edi. Saroyning baʼzi honalarida shivir shivir boshlangan. Ko‘pchilik bu mudhish voqealardan hafa edi.

Haftalar oylarga ulandi. Jungkook o‘lgach qirol go‘yo hayotda qolmagan edi. U o‘z farzandining o‘limini ko‘z oldida ko‘rgan, ammo haqiqatni anglay olmayotgan edi. Qirolicha esa g‘alabasidan mast nihoyat butun taxt uning ixtiyorida edi.

Endi saroyda nur emas zulmat hukmron.

Tae Minlar saroyida yotardi. Hushsiz ammo yuragi hali ham tirik edi. Har kuni u tushida Jungkookni ko‘rar u bilan so‘zlashar ammo uyg‘onmasdi

Suga har kuni uni kuzatardi. U o‘ziga bergan va’dasini eslardi. Tae tirik qoladi. Va men Qirolichadan qasos olaman.

Sadoqat, dard, muhabbat va o‘tkinchi hayot barchasi Sugani boshqa odamga aylantirdi.

Qasos yo‘lida Suga jangga otlanadi

Endi Suga jangchi emas qo‘zg‘olon yetakchisi edi. U o‘z yoniga eng ishonchli kishilarni, ayanchli tarixga guvoh bo‘lganlarni yig‘di. Ularning har biri sevikli odamlarini yo‘qotgan, saroyning zolim siyosatidan ezilgan edi.

Suga kechalari jang taktikasini chizdi. Tonglarda yuragini sovitishga harakat qildi. Ammo qasos olovi uni tirik tutardi.

Suga yolg‘iz emas edi. U uzoq oromgohlar ichidan sehrli shifobaxsh kuchga ega tabibni Hobiyni topdi. Hobi osoyishta ammo kuchli nigoh bilan Taega termuldi. U unga bitta so‘z aytdi.

Yuraging yashasa u yana sevishni xohlaydi.

Tae vujudida asta jon uyg‘onayotgandek bo‘ldi. Hobi unga maxsus damlamalar sehrli davo qiluvchi quvvatlar bilan yordam bera boshladi.

Urush arafasi Bu orada Qirolicha hukmini yanada mustahkamlashga urinar Jeonlar saltanati g‘alaba nashidasiga cho‘milayotganday edi. Ammo u bir narsani unutdi orqada jimgina yonayotgan qasos alangasi bor edi. Bu alangani Suga yoqqandi.

Uning yuragida faqat bitta niyat: Jungkook o‘limi Rm va Jinning fidokorligi Jiminning ko‘z yoshi va Taening qalbini barbod etmaslik.

Qirolicha U yillar davomida tuzgan rejasining quliga aylangandi. Suga boshchiligidagi Minlar qo‘shini yurakdagi alam yo‘qotish, va qasos bilan jangga otlangandi. Qirolicha esa Sugadan bu darajada kuchli zarba kutmagandi. U shoshib qoldi. Qo‘llari ostidagi sadoqatli qo‘shin birin-ketin qulab tushdi.

Suga yuragida faqat bitta so‘z jarang sochardi.
Sening zolimliging mening yurtdoshlarimning qoni bilan to‘xtaydi!

Kunlar haftalarga ulanib ketdi. Oxiri so‘nggi jangda Jeonlar saltanati butunlay qulab tushdi. Qirolicha o‘z o‘g‘lini o‘ldirgan, davlatni firoq va zulmatga giriftor qilgan ayol sifatida tarixda nomi qoralik bilan yozildi. U aqldan ozdi. Endi u yovvoyi ko‘zlari bilan bo‘m-bo‘sh devorlarga tikilib, qulog‘iga Jungkookning bolalikdagi qahqahasi eshitilayotgandek bo‘lardi.

Uni eng chekka orollardan biriga, "Qirolicha o‘z o‘g‘lini qotili" tamg‘asi bilan surgun qilishdi.

Saltanatga Minlar sulolasi rahbarlik qila boshladi. Yillar davomida zulm ostida ezilgan yurtdoshlar nihoyat nafas oldi. Sadoqatli do‘stlar xotirasi esa hech qachon unutilmasdi.

Bir kechasi, Suga, qo‘mondon Rm, Jin, va Jungkook nomi tilida yurt o‘rmonida fonarlar uchurtirdi. Har bir fonar osmonga ko‘tarilar ekan, Jiminning ohangdor ovozi eshitilayotgandek tuyuldi.

Sadoqat va sevgi o‘lmaydi. Biz bor edik. Biz yuraklarda qolamiz.

Suga bu fonarlarga qarab uzoq sukut saqladi. Yuragining eng chuqur burchagida, bir vaqtlar qulab tushgan va endi yana tiklangan o‘zini his qildi.

Bu orada, Hobi mo‘jiza kabi Taeni tuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Garchi yuragida chuqur jarohatlar qolgan bo‘lsa-da, Tae yana sekin-asta hayotga qayta boshladi. Har tong qushlar sayrashi ostida uyg‘onib, oynaga qarar va yuragini tinglardi.

Men hali ham tirikman. Men hali ham sevaman.

U uzoq vaqt faqat yodda saqlagan nomlarni yuragida asradi. Jungkook Jimin, Jin, Rm.

Suga nihoyat Taeni oldiga keldi. Yillar ichida ko‘p narsani yo‘qotgan, ammo yuragidagi eng muhim insonni yana sog‘-salomat ko‘rish unga beqiyos taskin bag‘ishlardi. Tae endi yanada sokin, ammo ko‘zlarida oldingidan ham chuqurroq donolik porlab turardi.

Suga yumshoq tabassum bilan

Endi sening o‘rning saroyda Tae, yuraklar seni sog‘ingan dedi.

Tae bosh irg‘ab jim quloq tutdi. Keyin ohangdor va sokin ovozda javob berdi.

Meni bu yerga bir narsa bog‘lab turganday.Senga aytmoqchi edim.Men ishonaman. Sen eng adolatli, eng mehrli Qirol bo‘lishingga ishonaman Suga.

Suga yuragida iliqlik his qilib, bu so‘zlar uchun faqat ko‘zlari bilan minnatdorchilik bildirdi. So‘ng bosh irg‘ab, kech tushganini aytib, saroyga qaytishga ruxsat so‘radi.

Tae Men biroz bu yerda qolaman Qadimiy daraxt menga tinchlik bag‘ishlaydi dedi.

Suga sekin orqasiga burilib ketdi.

Tae esa daraxt tagida chuqur nafas olib ko‘zlarini yumdi. Shu payt osmonda sekin-sekin yongan qurtlar uchib chiqa boshladi. Ularning mayin nurlari atrofni porlatib go‘yo bir necha asrlar avvalgi afsonalardan chiqqandek edi.

Birdan, atrofda havo o‘zgarib, yengil shabada esdi. Daraxt tanasidan yumshoq nur chiqarildi. Tae ko‘zlarini ochib, mo‘jizaviy manzaraga tikildi. Ko‘z oldi qorishib, yuragi gupillay boshladi. U boshini ushlab o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin yengilgina tebrandi va hushidan ketdi.

Tae sekin-sekin ko‘zlarini ochdi. Yorqin chiroqlar yuziga urilar, boshidagi og‘riq yuragini tez urishga majbur qilardi. Nafas olish og‘ir, yuragi esa nima bo‘lganini anglay olmay notinch urardi. U harakat qilmoqchi bo‘ldi, lekin qo‘llari zaif edi. O‘zini go‘yoki vaqt ichida muzlab qolganidek his qildi.

U ko‘zlarini shiftga qadarkan, asta harakatlanayotgan soyalarga ko‘zi tushdi. Ularning orasidan oq xalatli odamlar siluetini tanidi. Shifoxona bu shifoxonami

Tae cho‘chib boshini burdi. Ko‘z oldida turli yuzlar, yurakdan chiqqan chaqiriqlar, va nihoyat bosh shifokorning yumshoq va sokin ovozi eshitildi.

Janob Kim, tinchlaning
Siz xavfsiz joydasiz. O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

Tae qiyinchilik bilan gapirdi.

Qayerdaman.

Shifokor engil jilmayib, yon daftarchasiga qarab qo‘ydi.

Siz uzoq koma holatida edingiz, janob Kim. Qariyb uch oy. Ammo hushyorligingiz qaytganini ko‘rib, butun shifoxona bugun bayramga tayyor.

Tae hayratda. Koma? Uch oy?

Ko‘zlari chaqnab, chuqur nafas oldi. Ko‘z o‘ngidan o‘tgan lahzalar Jungkook, Jin, Jimin, Suga, saroylar, qirolicha, urush, sevgi va xiyonatlar bularning bari bir lahzada xayolida charx urdi.

Hammasi tushmi deb pichirladi u.

Bosh shifokor indamadi, faqat yelkasiga qo‘l qo‘yib ko‘zlari bilan hozircha tinchlaning degandek boqdi.

Tae esa ko‘zlaridan yumshoq yoshlar sizib chiqqancha bir narsani tushunardi.

U yashagan o‘tmish haqiqat bo‘lmasa ham yuragida qoldirgan izlar muhabbat, sadoqat va og‘rig‘i u bilan birga uyg‘ongan edi.

Tae asta-sekin o‘zini tiklab borarkan shifokorlar uni o‘rganishda davom etardi. Tekshiruvlar natijasi esa har safar bir xil edi yuragi endi sog‘lom. Avvallari zaif har nafasda sinadigan bu yurak endi o‘z barqarorligini topgandi. Shifokorlar bu holatni moʻjiza deb atadi. Ammo bu moʻjiza ostida bir inson yuragi bor edi chopib ketgan, azoblangan, ammo muhabbatdan to‘ymas yurak.

Ammo tanasi tuzalgan bo‘lsa-da, qalbi hanuz o‘tmishda edi.

Har tun, soat tungi ikki atrofida u uyg‘onar ko‘zlari namlanar, yuragi tamom bo‘lay deb urardi. U hanuz u yerda edi qorong‘u saroy yo‘laklarida yuragi urgancha shivirlab Jungkook deya chaqirar, lekin javob kelmasdi.

U oynaga qarardi lekin o‘zini emas, xuddi Jinning beg‘ubor jilmayishini Rmning qat’iy ko‘zlarini Jiminga uzatilgan qo‘lni Suganing bardam nigohini ko‘rardi.

Ularni unutolmasdi. Ular xayol emas ular taqdirining bir parchasi edi.

Tae yuragida yana o‘sha satrlarni o‘qirdi.
Jungkook mening yuragimning bekasi.
Jimin muhabbatni isbotlagan shirin orzular.
Jin mehr va hazilni aralashtirib ko‘ngilni yoritgan nur.
Rm jasorat va sadoqat timsoli.
Suga adolatli, ammo g‘amli qirol.

U har kecha ushbu nomlarni yodga olar, yostig‘i nam yuragi esa yalang‘och bo‘lib tongga yetardi.

Shifokorlar unga.
Siz tuzalyapsiz, endi yangi hayot boshlang deyishardi.

Ammo Tae yuragidan javob berardi.

Yangi hayot? Men hanuz o‘sha dunyodaman o‘sha sevgim o‘sha do‘stligim o‘sha sadoqatim bilan.