June 6, 2025

Sehrli chiroq va Muzalifa💗

Bozorda shovqin ko‘tarilgandi. Barchaning nigohi narx-navo, tovush va bahsga qaratilgan bir paytda u jim yurar, odamlardan chetroqda, eski kitoblar va qari yodgorliklar orasida yurgan edi.

Uning ismi Muzalifa.

Sochlari tun kabi qop-qora, ko‘zlari shahlo osmon kabi yorqin, yuzi esa xuddi Ertak malikalaridek ma’sum edi. U har doim bozorga kelganda, boshqalar izlamaydigan narsalarni topishni yaxshi ko‘rardi bir qarashda hech kimga qiziq bo‘lmagan, ammo sirli bo‘lgan buyumlar.

O‘sha kuni u tor, chang bosgan, odamlar kam yuradigan bir ko‘chaga o‘rildi. Yerda yotgan zanglagan bir idishga ko‘zi tushdi. U egilib, uni qo‘liga oldi bu oddiy idish emasdi. Bu chiroq edi.

Chiroq qo‘lida g‘alati iliqlik berdi. Muzalifa qiziqib uni ishqaladi.

Shu zahoti chiroq ichidan g‘amgin, ammo jozibali ovoz yangradi.

Birdan havo zanglagandek bo‘ldi. Osmonda gumburlagan tovush yangradi. Chiroq ichidan oqar suv kabi nur yugurdi va uning ichidan bir yigit paydo bo‘ldi.

Yigitning ko‘zlari qora, qoshi qalin, sochlari och jigarrang edi. U go‘yo samodan tushgandek ko‘rinar, uning butun borlig‘idan nurlanish taralardi. U atrofga qaradi, so‘ng asta Muzalifaga tikildi.

Sen kimsan ovozi yumshoq, ammo hukmron.

Muzalifa dovdirab, ammo jasur nigohda javob berdi.

Men Muzalifaman. Chiroqni topdim.

Yigit qadam tashladi. Yer osti titragandek bo‘ldi. So‘ng u boshini engil egdi.

Men bu chiroqning quliman. Mening ismim Kim Taehyung. Endi men sening buyruqlaringga bo‘ysunaman.

Muzalifa ko‘zlarini kattaroq ochdi.

Jin Sen haqiqiy jinmi?

Taehyung jilmaydi.

Men jinman lekin hammasi sen o‘ylagandek oddiy emas. Bu chiroqda 1000 yil qamaldim. Har bir ozodlik o‘z narxiga ega.
Endi sen meni ozod qilding sening taqdiring men bilan bog‘landi.

Muzalifa yuragining tez urishini his qildi. Bu sehr, bu yigit, bu nigoh bu oddiy topilma emas edi.

Shom tusha boshlagan, bozor anchadan beri tinchib qolgan edi. Biroq Muzalifaning yuragi hamon gupillab urardi. Uning qarshisida turgan yigit jin, ammo ko‘zlarida insoniy og‘riq yashiringandi. U qanchalik go‘zal bo‘lmasin, ichki iztirobi chiroqdan ham qattiqroq qamalganga o‘xshardi.

Demak men senga har qanday tilagimni ayta olamanmi deb so‘radi sekin Muzalifa.

Taehyung chuqur nafas oldi. Osmonga qarab, yulduzlar orasida nimanidir eslagandek bir lahzalik sukutda qoldi.

Ha lekin har bir tilak menda nimalarnidir tortib oladi.

Nimani Muzalifa hushyor tortib.

Taehyung unga tik boqdi.

Insoniyligimni. Hislarimni. Har bir tilak bilan men oz-ozdan hissizlashib boraman. Shuning uchun meni ozod qilganingda hayron bo‘ldim. Chunki sen hech qanday tilak aytmading.

Muzalifa yuragini bosib turgandek bo‘ldi.

Men faqat chiroqni tozalagandim. Men seni ozod qilmoqchi emasdim faqat kimligingni bilgim keldi.

Taehyung bu gapni eshitib jim qoldi. U ilk bor qandaydir tiniq hisni his qildi. Yuzidagi jilmayish soxta emasdi.

Unda birinchi tilagingni ayt, dedi u asta.
Men hali to‘liq ozod emasman. Uchta tilakni ado etmasam, chiroqqa yana qaytaman.

Muzalifa o‘yladi. So‘ng jilmaydi.

Birinchi tilagim sen chiroqqa qaytmasang. Hattoki uch tilakdan keyin ham. Men seni yolg‘iz qoldirmoqchi emasman.

Bu gap sehrli edi. Taehyung bir zum jim qoldi. Nigohi o‘zgarib, yuragi chuqur urdi. Ko‘ksida o‘zidan ham tushunarsiz hislar uyg‘ondi.

Muzalifa deb pichirladi u.
Bu tilak meni himoya qiladi. Va seni ham lekin esda tut men jinman. Mening dunyom qorong‘i va xatarli.

Muzalifa esa hech ikkilanmadi.

Demak, biz qorong‘ilikdan birga o‘tamiz. Yolg‘iz emas.

Tungi sokinlikni taqdirning nafasidek yengil shamol yoritardi. Muzalifa Taehyung bilan qadimiy hovlida yashirincha yashay boshladi. Bu hovli hech kim izlamaydigan, sehr bilan himoyalangan, jinlar dunyosi va insonlar dunyosi o‘rtasidagi nuqta edi.

Ular birga nonushta qilishar, Muzalifa kitob o‘qib berar, Taehyung esa uni jimgina kuzatar, yuragida hech qachon his etmagan iliqlik unib borardi.

Ammo sehrli chiroq jim turmasdi.

Bir kecha, chiroq o‘z-o‘zidan nur socha boshladi. Zanglagan tanasi titrardi, go‘yo ichida g‘azabli bir nido uyg‘ongan edi.

Taehyung chiroqni qo‘lga olib yuzini burdi. Uning ko‘zlarida g‘am, xafalik va og‘riq aralashib ketgan edi.

Men bu chiroqdan qocholmayman, Muzalifa dedi u sekin.
Men aslida bu dunyoga jin emas, inson bo‘lib kelganman. Ammo qadimiy la’nat meni bu chiroqqa qamagan.

Muzalifa hayratdan nafasini tortdi.

La’nat? Kim tomonidan?

Taehyung yelkasini tushirdi.

O‘z sevgim evaziga la’natlangandim. Men bir paytlar jodugarning qiziga oshiq bo‘lgandim. Uning otasi esa menga ruhiy qullikni ravo ko‘rdi. Chiroq mening zindonim. U uch tilak bajarilmaguncha meni ozod qilmaydi.

Muzalifa duduqlanib so‘radi.

Demak agar men tilak tilamasam, sen hech qachon ozod bo‘lolmaysan?

Yo‘q lekin agar uchta tilak aytsang, men chiroqdan chiqaman. Biroq la’nat menga har doim bir shart bilan kelgan agar men insoniy hislarni his qilsam la’nat men bilan birga seni ham tortib ketadi.

U bir necha qadam orqaga yurdi.

Muzalifa men sendan uzoqlashishim kerak. Seni o‘zimga bog‘lamasligim uchun.

Ammo qiz unga yaqinlashdi. Uning qo‘li Taehyungning yelkasiga tegdi.

Men sevgim evaziga qiynalishga tayyorman. Faqat seni yo‘qotishni istamayman.

To‘satdan osmonda qora bulutlar to‘plandi. Sehrli chiroq yorildi, ichidan olovday nido yangradi.

Sevgi taqiqlangan! Jin qalbi inson yuragini yoqmasin!

Yer larzaga keldi. Hovli ostidan qora gard paydo bo‘lib, ularni yutib yuboradigan g‘or og‘zidek yirtiq ochildi. Bu jinlar dunyosidan yuborilgan ogohlantirish edi.

Taehyung Muzalifani orqasiga olib, uning qo‘lini mahkam ushladi.

Bizga vaqt kerak. Ikkinchi tilakni ayt. Men seni saqlab qolaman.

Muzalifa ko‘zlarini yumdi ko‘z yoshlar ichida pichirladi.

Men tilayman meni seni bilan hech qanday la’nat ajrata olmasin.

Bir zumda qora gard to‘xtadi. Yerni nur yoritdi. Taehyung tizzasiga yiqildi. Nafas olishi og‘irlashgandi, ammo yuragi birinchi marta, haqiqiy sevgini his qilayotgandi.

Ammo uchinchi tilak qoldi. Va dushmanlar yaqin edi.

Muzalifa og‘ir nafas olayotgan Taehyungni bag‘riga bosdi. Yuragi titrardi, lekin qo‘rqmadi. U bilardi bu sevgiga har qanday xavf arziydi.

Lekin qorong‘ilik hali ketmagandi.

Ular yashirinib yashayotgan uyni allaqachon kuzatishgan edi. Sehrgarlar kengashi, jinlar dunyosi va odamlar dunyosini ajratib turgan muqaddas tartibga tahdid sezdi. Chunki bir jin inson yuragini tanladi. Bu esa la'natga qarshi borish edi.

Tun yarimga yetganda, yerdan qora soya ko‘tarildi.

Ushbu soya Jinlar nazoratchisi edi. Uning ko‘zlari moviy, tanasi qora tuman bilan o‘ralgan. Qo‘lida esa muzdek nayza bor edi. Ismi Azram edi.

Kim Taehyung, chiroqqa qamalgan joningni unutding. Tilak bitgunga qadar sevgi his qilganing jin qonunlariga qarshi harakat.

Taehyung unga tik qaradi. Bu safar u qo‘rqmadi.

Men sevganim uchun jazoga rozi. Ammo uni tegmagan holda jazola.

Azram muzdek kuldi.

Endi tanlov qil yoki uchinchi tilak aytiladi sen ozod bo‘lasan, ammo la’nat yuzaga chiqib, Muzalifani o‘ldiradi yoki sen yana chiroqqa qaytasan uni saqlab qolish uchun.

Hamma narsa jim bo‘ldi.

Muzalifa qo‘lini ko‘tarib, to‘xtatdi.

Yo‘q! Men tanlayman. U uchinchi tilakni o‘zi aytmaydi. Men aytaman.

Taehyung.
Yo‘q, iltimos, yo‘q! Bu la’nat! Buni aytsang, sen sen yo‘qolasan, Muzalifa!

Qiz yelkasini to‘g‘riladi. Ko‘zida qorquv yo‘q edi. Faqat muhabbat bor edi.

U yuragini ushlab pichirladi.

Men tilayman Taehyung erkin bo‘lsin. Inson yuragi bilan yashasin. Ammo men uni sevgisiz tark etsam ham mayli faqat u erkin bo‘lsin.

Dunyo titradi. Chiroq yorilib, ichidan oltin nur ko‘tarildi. Taehyungning tanasi kuchli nur ichida erib, qaytadan to‘liq insonga aylandi.

U yerga yiqildi, nafasi qaytdi. Endi u erkin edi.

Ammo Muzalifa yo‘q edi.

Uning tanasi qorong‘ilikda so‘nib ketdi. O‘rnida faqat bitta qora soch tolasi qoldi.

Taehyung uni bag‘riga bosib, qattiq qichqirdi. Osmonda yulduzlar so‘ndi.

Taehyungning yuragi bo‘m-bo‘sh edi. Uning nigohi har doim osmonga tikilar, har kecha Muzalifaning ismini pichirlab uxlab qolardi. Uning so‘nggi tilagi yuragini o‘zgartirdi. Endi u jin emasdi. Ammo inson bo‘lish yurak azobidan qochish degani emasdi.

Oradan bir yil o‘tdi.

U kunlarning birida, qadimiy kutubxonadan bir kitob topib oldi. Sarguzashtlar va afsonalar to‘la bu kitobda yozilgan edi:

Kimki sevgisi uchun jonini fido qilgan bo‘lsa u faqat tanada emas, yurakda yashaydi. Uning ruhi yulduzlar orasida yo‘l topadi. Va faqat chin muhabbat egasi uni ortga qaytara oladi. Yo‘l Mangu Daryo orqali yuraklar vodiysiga olib boradi

Taehyung hech ikkilanmasdan safarga chiqdi.

U qorli tog‘lardan oshdi, sohil bo‘ylab yurdi, g‘aroyib jonzotlar bilan uchrashdi. Yulduzlar ostida tunadi, ko‘zlarida faqat bir maqsad Muzalifani topish bor edi.

Bir kuni u Sehrli Daryoga yetdi. Daryo suvi ko‘k moviy edi osmondan tushayotgan yulduzlar suvga tushib eriydi.
U o‘z yuragining bitta so‘zini aytdi

Muzalifa
Shu on, suvlar yaltirab yorila boshladi. O‘rtadan yo‘l ochildi yuraklar vodiysi sari. U yurdi va nihoyat vodiyning markazida bir ayol siluetini ko‘rdi.

Sochlari shabada bilan o‘ynar, tanasidan yumshoq nur taralardi. U orqasiga o‘girildi. Bu Muzalifa edi.

Taehyung bu bu senmisan?

Yig‘i bo‘g‘zidan o‘tdi. Taehyung yugurib borib uni quchdi. Yuraklari birga urardi.

Men seni unutmaganman, dedi Muzalifa.
Men ham. Hech qachon. Endi ketmayman, dedi Taehyung.

Sehrli vodiyning gul suvi, havosi ularning muhabbatidan jonlandi. Osmonda yulduzlar porladi.

Muhabbat sehrdan kuchli ekanini koinot tan oldi.

Ular birga insonlar dunyosiga qaytishdi. Va baxtli juftlik bo‘lib yashashda davom etishdi.