June 19, 2025

Vahshiy va uning muhabbati

2-fasl
10-qism
Bu fanficc Yoonminni qo‘llab quvvatlovchilar uchun

Hobi mashinasida o‘tirib, Jiminni uzoqdan kuzatardi. U o‘zini tutishga harakat qilayotgan do‘stini ko‘rib yuragi uvishib ketdi. Jimin parkdagi skameykaga cho‘kkancha, hech qanday harakat qilmay faqat ko‘zlari nam tortgan holda yuraksiz tikilib o‘tirardi.

Hobi ichidan chuqur xo‘rsinib, o‘z-o‘ziga pichirladi.

Suga sen uni RMdan olib ketding. Yuragini egallading. Ammo nima bo‘ldi? Asray olmading. Uni o‘zingdan ham og‘irroq holatga tashlading.

U yuragini bosib mashinadan tushdi. Qo‘lida ikki stakan issiq qahva. Hozir Jimin gap eshitishni istamasligini bilsa-da, baribir yoniga borishni tanladi. Chunki Hobi har doim iliqlik olib keluvchi inson edi.

Sekin-sekin yurib Jimin yoniga yaqinlashdi. Jimin hali ham yerga tikilgancha sukutda edi. Hobi uning yoniga kelib, asta jilmaydi.

Salom Jimin dedi ohangida samimiylik bilan.

Jimin boshini ko‘tardi. Ko‘zlari xiralashgan yuzida charchoq va mayuslik izlari. U Hobi tomon nigoh tashladi, ammo hech narsa demadi. Hobi bir stakan qahvani uning tomon uzatdi.

Bilaman hozir hech narsa istamaysan. Lekin hech bo‘lmaganda qo‘llaringni isitishga yordam berar.

Jimin qahvani asta oldi, qo‘llari biroz titrayotgan edi. Hobi esa yoniga o‘tirib u bilan birga sukunatni baham ko‘rdi.

Ba'zida odamlar o‘zlari ham nima yo‘qotayotganini bilmaydi Jim. Ba'zida esa kech tushunishadi dedi Hobi sekin, yurakdan chiqqan so‘zlar bilan.

Jimin uni diqqat bilan eshitardi. Endi og‘irlikni bo‘lishayotganini his qilar edi. Va bu bir necha daqiqalik jimlik davo kabi edi.

Hobi Jimin yonida o‘tirib, uning jim jim o‘tirishidan ko‘z uzmasdi. Qo‘lidagi qahvani asta yutib, do‘stining ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lar vaqti-vaqti bilan yumshoq so‘zlar bilan gap qotardi.

Jim hayot ba’zida adolatsiz bo‘ladi. Ba’zida biz sevgan odamlar, bizni tushunmaydi. Ammo baribir yurakni to‘xtatib bo‘lmaydi, u o‘zicha sevaveradi.

Jimin hech narsa demadi. Faqat uning ko‘zlaridagi mung ichki faryodidan darak berardi. Hobi yelkasiga qo‘l qo‘ydi.

Shu payt uzoqdan RMining mashinasi ko‘rindi. U Hobini topish uchun izlab chiqqandi, ammo qarasa.

U yerda Hobi bor edi. Yonida esa Jimin.

RM uzoqdan ularni ko‘rarkan yuragi shiddat bilan urdi. Ayniqsa, Jiminning holatini ko‘rib, yuragini nimadir tirnab o‘tdi. Jimin yelkasi bukilgancha ko‘zlarida mung barmoqlari qahva stakani atrofiga qattiq chirmashgan.

RM mashinasida chuqur xo‘rsindi.

Demak, Jimin bugungi voqealardan xabardor. U Suganing unashtirilganini ko‘rgan dedi ichida o‘ziga.

RM avvalgi kabi holsiz emasdi. Endi u ichida o‘zini aybdor emas, balki himoyachi kabi his qilardi.

Seni mendan olib ketishdi Jim. Ammo men seni unutmadim. Endi sening holatingni ko‘rib turib jim turolmayman.

U mashinadan tushmay, uzoqdan ularni kuzatishda davom etdi. Ammo yuragi aytardi bu jimlik uzoqqa cho‘zilmasdi. Yoki u borib Jimin bilan yuzlashadi. Yoki hatto Hobiga nisbatan yuragidagi yashirin rashqi bosh ko‘taradi.

RM mashinadan tusharkan, nigohi bevosita Hobi va Jimin tomonga qadaldi. Yuragi biroz siqildi. Bu tuyg‘uni na rashq na achinish deb atash mumkin edi. Bu ichida hanuz o‘chmagan Jimin degan bir umidning chirog‘i edi.

Hobi deb chaqirdi u.

Hobi orqasiga qaradi va ko‘zlari yonib kulimsiradi.

Voy qarang kimni ko‘ryapmiz! dedi qo‘l silkib. So‘ng Jimin tomonga ishora qilib, hazil aralash jilmaydi:
Bu yigit mensiz turmaydi. doim izlab topib oladi.

RM jimgina ularning oldiga kelib, bosh irg‘ab salom berdi.

Salom

Hobi yengil kuldi

Senga nisbatan hech narsa yashirib ham bo‘lmaydi-da.
So‘ng Jiminga qarab.
Men qahvamni yangilab kelaman o‘rtada boshqa do‘st ham borligini unutma xo‘pmi? deb jilmaygancha ketdi.

RM esa Jiminga qaradi. Jimin esa hanuz chuqur o‘yda yuragi zo‘rg‘a urayotgandek o‘tirardi. Qoshlarining orasi yig‘ilgan qahva stakanining qopqog‘ini xuddi ushlab o‘zini tutib turgandek siqib turardi.

RM asta uning qarshisiga o‘tirdi.

Bu o‘tirishing dedi RM ohangida og‘riq sezilarli edi.
Demak bugungi yangiliklardan xabardorsan. Ko‘rgansan Sugani unashtiruvni. Shundaymi Jimin?

Jimin hech narsa demadi. Faqat ko‘zlari pastga to‘g‘ri qahva stakaniga tikilgancha jim turardi.

RM jimlikni buzmaslikka harakat qilsa-da, yuragi tilka-pora edi. U Jiminga qarab ohangini biroz pasaytirdi.

Men bilaman og‘riq qanchalik qattiq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, sevgan odaming kim bilandir jilmayib turganini ko‘rsang. Uni yo‘qotganingni anglasang.

Jimin ohista boshini ko‘tardi. Nigohi xira, lekin unda yonayotgan bir alam bor edi.

Men bilmayman endi nima his qilyapman. Rashqmi g‘azabmi, yo bo‘lmasa yana uni sevishmi. Hammasi aralashib ketdi.

Uning tovushi qaltirardi. Yuragidagi og‘riq ko‘zlaridagi namlik so‘zlariga o‘z aksini berib turardi.

Jim bo‘lgan osmonda to‘satdan chaqmoq chaqqandek, Suga birdan paydo bo‘ldi. Qaynoq rashk va yuragidagi alangalanayotgan iztirob bilan u Rmning Jimin yelkasidagi qo‘lini ko‘rdi. Lablari qattiq qisildi, jag‘i qimirlar, ammo g‘azabini ichida yuta olmay, ovozini ko‘tarib baqirdi.

Qo‘lingni undan ol!

RM bir zum jim qoldi. Ko‘zlarini Suga bilan to‘qnash qildi ammo hech narsa demadi. Bu sokinlikda kuchli ogohlantirish bor edi. Ammo Suga bu jimlikni tahdid deb bildi. Yuragidagi portlashga sabr bardoshi yetmadi. U bir qadam oldinga tashladi:

Men senga aytyapman, undan qo‘lingni OL!

Yashin tezligida Jimin yoniga yetib bordi. Uning bilagidan mahkam tutdi va o‘ziga tortdi.

Jimin birdan shoshib. Qo‘yib yubor meni baqirdi. Ovozida titroq bor edi g‘azab emas, yuragini yulib ketayotgan iztirob edi bu.

Suga unga tikildi lekin ko‘zlarida hayqiriqdan ko‘ra dard tushkunlik ko‘proq edi. Jimin esa ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyar, yuragida portlab turgan savollarni tilga chiqardi.

Nega bunday qilayapsan?! Men endi senga ishonolmayman, Suga! Meni o‘yin qilding o‘sha chiqishing bilan! dedi u titrab.

Suga bir og‘iz so‘z demadi. Qon bosimi oshib yuragi g‘ijim bo‘lgandek edi. Ko‘zlarini yumib qattiq nafas oldi va Jiminning bilagini ushlagancha mashinasiga tomon yurdi.

Gapin tugagan bo‘lsa bo‘ldi. dedi u sovuq ohangda.

Jimin qarshilik ko‘rsatar, yuragi zarb bilan urar edi.

Qo‘yib yubor meni! Nima qilayotganingni bilayapsanmi?! Meni qiynayapsan Suga!

Ammo Suga unga quloq solmasdi. U Jiminni shartta ko‘tarib, mashinaga joylashtirdi. Eshikni ohangrabodek yopib rulga o‘tirdi. Mashinani haydab ketarkan ichki bo‘g‘ilish va o‘zi bilan kurashda edi.

Jimin mashina o‘rtasida qaltirab hansirab dedi.

To‘xtat mashinani!
Senga gapiryapman!
To‘xtat dedim Suga!

Lekin Suga jim edi. Uning ko‘zlari yo‘lga qadalgan, yuragi esa o‘tga aylangan edi. U hech kimni eshitmasdi hatto o‘zini ham.

Manzilga yetib kelgach Suga mashinadan chiqdi. Jimin o‘zini tortib chiqmoqchi bo‘ldi, lekin Suga eshikni ochib uni yana ko‘tarib oldi. Bu safar Jimin tipirchilab qarshilik ko‘rsatdi.

Meni qo‘yib yubor, Suga! Menga bunday qilishga haqin yo‘q!

Lekin Suga uni bag‘riga mahkam bosdi va hech narsa demay uyiga kirib bordi. Qorong‘ulikda yuraklarining faryodi aks-sado bergandek jimlik ularni o‘rab olgan edi.

Suga jimgina yurib Jiminni xonasiga olib bordi. Yuragi hali ham urardi lekin bu yurakda ehtiros, rashk va sevgi bir-biriga chirmashib ketgandi. U Jiminni ohista yerga qo‘ydi nafasini chuqur oldi va sekin ammo qat’iy ohangda pichirladi.

Sen faqat va faqat menga tegishlisan Jimin. Buni hech kim o‘zgartira olmaydi.

Shu so‘zlar bilan u Jiminning iyagidan ushlab yuzini o‘ziga qaratdi. Nigohlari chuqur, ammo to‘lqinli edi. So‘zlar tugashi bilan lablarini Jiminning lablariga olib bordi.

Bu bo‘sa bu sevgi emasdi. Bu portlayotgan tuyg‘ular ichki da’vo, xudbin iztirob edi. Jimin yuragi sanchib ketdi. Bu bo‘sa uni eritmadi uni sindirdi.

Jimin nafasini ichiga yutib Suga ko‘ksidan turtib yubordi. Yuzi g‘azabdan qip-qizil ko‘zlarida yosh porlardi.

Bu nima qilganing?! Kunduz kuni boshqa birov bilan unashtirilib, tunda esa meni his-tuyg‘ularing bilan band qilmoqchimisan?!

U baqirdi. Ovozida g‘am va alam aralashdi.

Men seni o‘yinchog‘ing emasman, Suga!

Suga orqaga bir qadam chekinib sukutga cho‘mdi. Kaftlari musht bo‘lib yopilgan nafas olish harakati og‘ir. Ko‘zlari to‘g‘ri Jimin ko‘zlariga qadalgan edi.

Men senga nisbatan hech qachon yolg‘on gapirmadim Sen mening yuragimsan Jimin. Bu unashtiruv bu siyosiy bu mafiyaviy, bu majburiyat ammo yuragim.

Yuraging?! Jimin kinoyali kulimsirab, uning gapini bo‘ldi. Agar yuraging bo‘lsa, meni himoya qilarding. Meni omma oldida arzon qilmasding. Suygan inson qurbonlik qiladi, Suga Sen esa meni qurbon qilding.

Xonada og‘ir jimlik o‘rnashdi.

Faqat yuraklarning baqiriqlari eshitilardi sukut ichida.

Jimin sekin orqasini o‘girdi. Qadam tashlagan har lahzada ichidan bir narsa sinib tushayotgandek edi. Ammo u to‘xtamadi. Eshikka yaqinlashar, ko‘z yoshlarini ichga yutar edi.

Suga esa joyida qotib qolgandi.

U bilardi. Bu g‘azab emas. Bu ishonch yo‘qolgani edi.

Va ishonch ketgan joydan sevgi qaytmaydi.