SHAXZODA VA MEN
29- qism
Ushbu fanficc shunchaki muallifni hayollari mahsuli Taekookerslarga bag‘ishlanadi
Tae sog‘lig‘i tiklangach, o‘zini hayotga qaytarishga harakat qildi. Yuragi sog‘aygan bo‘lishi mumkin ammo ichidagi bo‘shliq hali hamon to‘lmagan har bir tong unga yo‘qotishlarni eslatib turardi. Shunga qaramay u kuch topdi. O‘qishini tikladi. Endi har kuni universitet kutubxonasiga qatnar, darslardan bo‘sh paytida esa choyxona yoki yolg‘iz park o‘rindig‘ida kitob o‘qirdi.
U o‘zini band tutishga intilardi. Qanchalik charchasa, xayollarga shuncha kam vaqt qoladi deb ishonardi. Kunlardan bir kun u odatdagidek yolg‘izlikdan qochib, markazdagi kofexonaga kirdi. Issiq shokolad ichishni rejalashtirgandi.
Ammo eshikni ochishi bilan yuragi gursillab urishni boshladi.
Ortidan kelayotgan muzdek shamolni his qilmadi. Qarshisidagi manzara unga mo‘jizadek tuyuldi.
Ha, o‘sha iliq tabassumli hazilkash Jin. U qahvalar tayyorlab har bir mijozga samimiy jilmayardi. Yuzi xuddi o‘tmishdagi kabi porlab turardi. Jin go‘yo hech qachon o‘lmagan, hech qachon yo‘qolmagan edi.
Tae qadam bosishga ikkilandi. Nafasi qisila boshladi.
Ichkariga qaddi-qomati tik, bashang kiyingan, ko‘zlarida jasorat aks etgan ammo yuragida nimadir og‘irlik seziladigan RM kirib keldi.
Uning ovozi kofexonani to‘ldirdi.
Jin har doimgidek ikki shakarli americano!
Tae endi o‘zini tuta olmadi. Ko‘zlarida yosh yiltilladi. Yuragi ichida shivirladi.
Bu qanday mo‘jiza? Bu hayotmi yoki tushda yuribmanmi?
Tae yuragidagi bo‘g‘iq hislarni bosishga urinib, sekinlik bilan oldinga yurdi. Ko‘zlari hanuz Jinning iliq jilmayishida, ko‘ngli esa o‘tmishdagi yodlar bilan band edi.
U kafega yaqinlashib ovozini chiqarmasdan. Issiq shokolad iltimos dedi.
Jin yumshoq harakat bilan stakanga shokolad quyarkan, ko‘zini Taega tikdi va mehr bilan. Mana siz aytgan shokolad bugun aynan siz uchun dedi.
Tae bir zum jim qoldi. Bu tanish, tinchlik bag‘ishlovchi ohang. Bu mehr ko‘zlar. Yuragi tobora tez ura boshladi. Qo‘llari sal qaltiradi. Qahvani oldi-da, bosh irg‘ab tashqariga chiqdi. Nafas ololmayotgandek tuyulardi.
Kofexonadan uzoqlasharkan, ichida bir umid alangasi ko‘tarildi.
Balki Jungkookni ham balki uni ham uchratarman bu zamonda. Bu dunyoda u ham qayta tug‘ilgandir.
Yo‘l yoqalab asta yurarkan qulog‘iga tanish ovoz chalindi.
Azizam, bo‘ldi qilgin endi.
Menga gapirma Suga! Sen doim bunday qilasan!
Tae hayrat bilan burilib qaradi. Yo‘q bu mumkin emas!
Ko‘z oldida turgan juftlik Jimin va Suga edi.
Jimin lablarini chapillatib, burnini ko‘tarib turardi. Suga esa uning ortidan yurib, ko‘nglini olishga urinardi. Ikkinchisi ohangida tanish mehr ko‘zlarida esa o‘sha eskicha chuqur sevgi porlab turardi.
Tae yuragini ushlab qoldi. Nafasi tiqilib kelardi.
Yo‘q bu bo‘lishi mumkin emas. Axir ular ular o‘shanda o‘lishgan bu qanday voqelik? Bu tushmi? Yoki men boshqa bir dunyodamanmi?
Tae bugungi voqealarni xayolidan o‘tkazarkan yuragi titray boshladi. Har narsa xuddi qayta yozilgan taqdirdek edi. Balki bu taqdir bergan ikkinchi imkoniyatdir?
U beixtiyor osmonga qaradi. Yuragida faqat bitta savol gardanday aylandi.
Agar bu mo‘jiza bo‘lsa unda qachon Jungkookni uchrataman?
Kunlar tunlarga ulanib ketdi. Har tong Tae uyg‘onganda yuragining bir cheti bo‘sh nimadandir mahrum tuyulardi. U kutubxonaga qatnar kofe ichar shahar shovqinida yurardi ammo hech narsa yuragidagi bo‘shliqni to‘ldira olmasdi.
U har kuni bir mo‘jiza kutardi Jungkookni yana ko‘rish mo‘jizasini.
Ammo oylar o‘tdi. Umid so‘nib, yerga cho‘ka boshladi. Endi har kuni oddiy bir kun edi. To yanglishdi Noyabr kuzning so‘nggi nafaslari yomg‘irga aylangan kun edi.
U kutubxonadan chiqarkan, osmon to‘kilib ketayotgandek yog‘ayotgan yomg‘irga qaradi. Shibal ehh soyabonimni unutibmanku! Tae esa shoshib yugurdi. Serqatnov yo‘l bo‘ylab o‘tib ketayotgan mashinalar, odamlar orasidan o‘tgani chog‘ida kim bilandir turtishib ketdi. Qog‘ozlar kitoblar yerga sochilib ketdi.
Kechirasiz! Men bilmay qoldim dedi u andak nafasini rostlab.
Tae yerga cho‘kkalab namlangan qog‘ozlarni birma-bir terayotgan edi. Qo‘llari titrarkan bir varaqni uzatish uchun boshini ko‘tardi.
U yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Soyabon ostida bir yigit turardi. Uning qiyofasi yomg‘ir shovqini orasida ham tiniq edi. Sochlaridan mayin suv tomchilari oqib tushardi. Ko‘zlari esa o‘zbekcha deya oladigan bo‘lsak xuddi yillar oldingi o‘sha o‘qraygan ko‘zlar edi.
Jungkook jilmaydi. Soz, tiniq ovozda javob berdi. Kechikdim lekin seni topdim.
Tae lablarini qimirlatdi lekin hech nima deyolmadi. Yomg‘ir izlariga qorishgan ko‘z yoshlarini yashirishga ham urinmadi. U yerda o‘tirganicha, qarshisidagi soyabon ostidagi mo‘jizaga tikilib turdi.
Jungkook asta oldinga bir qadam tashladi. Soyabonni kengroq ochdi.
Endi yolg‘iz qolmaysan Taehyung. Endi hech qachon.
Tae sekin o‘rnidan turdi. Ikkalasi soyabon ostida turgancha bir-biriga qarab turishardi. Atrofda odamlar, mashinalar shahar hayoti bor edi. Ammo ularning olamida faqat ikkita yurak urayotgandi.
Yomg‘ir yog‘averdi. Soyabon ostida esa yo‘qolgan vaqt, kechirilgan og‘riqlar va qayta topilgan sevgi jimjimador sukunatda qovushdi.
Ishbu fanficni sabr bilan kutib o‘qiganlarlarga rahmat ko‘pchilikni yig‘latib qo‘yib ohirida sevintirgan fanfic uchun sizlarga rahmat
#HeSu