Professor kim
Yeona yuragi tez urib, qizarganicha maktab hovlisiga chiqdi. Teahyungning lablari hamon uning ongi ostida aks etib turardi. U bu holatdan tezda qutulmoqchi bo'ldi, lekin yuragining tub-tubida bu hissiyot unga yoqayotgani aniq edi.
Junkook uni uzoqdan kuzatib turardi. U Yeonaning yuzidagi hayrat va qizarishni payqab, nimadir bo'lganini sezdi. U tezda unga yaqinlashdi.
Junkook: "Yeona, hammasi joyidami? Nega bunchalik qizarib ketding?"
Yeona hayron bo‘lib boshini chayqadi: "Hech narsa, shunchaki... bu yer biroz issiq..."
Junkook unga ishonmadi, lekin ortiqcha savol bermadi. U faqat Yeonaning oldida bo‘lishni xohlardi.
Ertasi kuni festival kuni edi. Maktabning katta hovlisi bezatilgan, hamma hayajonda edi. Yeona esa negadir befarq bo‘lib qolgan edi. U Teahyungni ko‘rmaslikka harakat qilardi, lekin uning nigohi doim unga tushayotganini sezardi.
Festival davom etar ekan, Junkook sahnaga chiqib qo‘shiq kuylashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. U mikrofonni olib, hammaning oldiga chiqdi.
Junkook: "Bu qo‘shiq men uchun juda muhim inson uchun..."
Uning nigohi bevosita Yeonaga tushdi. Yeona chuqur nafas oldi. Uning ichida tuyg‘ular olovdek yonayotgan edi. Ammo bu olov Teahyungga yoki Junkookga atalganini u hali tushunib yetmagan edi.
Junkook o‘z qo‘shig‘ini boshladi. Uning ovozi butun maktabni qamrab oldi. Yeona yuragini ushlab, sahnaga tikildi. Junkook unga muhabbatini so‘zsiz ifoda qilayotgandi. Ammo Yeona hamon Teahyungning lablarini his etayotgandi.
Konsert tugadi. Hamma qarsak chaldi, lekin Yeona turib o‘tirib qoldi. Uning yuragi ikkiga bo‘lingandi. U sekin joyidan turdi va ortga qadam tashladi.
Tashqariga chiqayotganda, Teahyung yo‘lda turardi. U Yeonani ushlab qoldi.
Teahyung: "Biz hali gaplashib olishimiz kerak, Yeona."
Yeona: "Menda senga gap yo‘q."
Teahyung uning qo‘lidan ushlab, uni devorga qisdi.
Teahyung: "Sen meni hali ham yaxshi ko‘rasan, shunday emasmi?"
Yeona: "Bu haqda gaplashishni xohlamayman. Meni qo‘yib yubor."
Teahyung uning yuziga yaqinlashdi, lekin bu safar Yeona ko‘zlarini yumdi va sekinlik bilan uni itardi.
Yeona: "Mening qalbim allaqachon boshqa birovga tegishli."
Teahyungning ko‘zlarida g‘azab va qayg‘u aralash hislar paydo bo‘ldi.
Yeona javob bermasdan ortga yurdi va yugurib ketdi.
Teahyung qattiq xo‘rsindi va devorga musht tushirdi. U Yeonani o‘ziga qaytarishni istardi, lekin qanday qilib? U juda kech qolganmidi?
Yeona esa yugurgancha Junkookni izlay boshladi. U hozir faqat bitta insonni ko‘rishni xohlardi.
Yeona nihoyat Junkookni maktab hovlisidagi daraxt tagida topdi. U xayol surib, osmonga tikilib o‘tirardi.
Junkook unga qaradi va jilmaydi: "Ha, Yeona? Nima bo‘ldi?"
Yeona hech narsa demay, uning yoniga o‘tirdi. Bir necha daqiqa davomida ikkalasi jim qoldi. Junkook Yeonaning qo‘lini ohista ushladi.
Junkook: "Agar biror narsa seni bezovta qilayotgan bo‘lsa, men har doim yoningdaman, Yeona."
Yeona yuragini hovuchlab, chuqur nafas oldi. U endi qaror qilishi kerak edi: o‘tgan muhabbatining soyasida qolishmi yoki yangi yo‘l tanlashmi?