March 31, 2025

🌷 unutilmas sevgi 🌷

.yeona javob berishini kutardi, lekin u jim edi. Ian sabrsizlik bilan davom etdi:

Ian: "Yeona, agar sen mendan voz kechmoqchi bo‘lsang, hech bo‘lmasa, menga rostini ayt. Men hamma narsani qabul qilishga tayyorman."

Yeona boshini egdi. U ichida kurashayotgandi. Nihoyat, chuqur nafas olib, gap boshladi:

Yeona: "Ian, men... Men o‘zim ham nima his qilayotganimni aniq bilmayman. Junkookning ham, sening ham gaplaring meni shokka soldi."

Ian jilmaydi, lekin uning ko‘zlarida og‘riq bor edi: "Demak, sen hali ham aniq qaror qilmagansan?"

Yeona sekin bosh chayqadi: "Yo‘q... Men biroz vaqtga ehtiyojim bor."

Ian: "Xo‘p. Men seni shoshiltirmayman. Faqat bir narsani bil – men har doim sen bilan bo‘laman."

Yeona ichida iliq tuyg‘ularni his qildi. Ian unga shunchalik g‘amxo‘r edi...


Shu payt uzoqdan Cherin va Jin ularni kuzatib turardi. Cherin chuqur nafas oldi.

Cherin: "Menimcha, Yeona ham Ianni sevadi."

Jin: "Nega shunday deb o‘ylaysan?"

Cherin: "Uni qarang. U hali ham Junkook va Ianni tanlash o‘rtasida turibdi. Lekin men bilamanki, aslida yuragi allaqachon javobni topgan."

Jin kulib qo‘ydi: "Yoki shunchaki sen Yeonani Ianga mos deb o‘ylayapsanmi?"

Cherin jilmaydi: "Kim biladi?"


Kecha. Yeona xonasida o‘tirarkan, telefonga qaradi. Junkook unga xabar yozgan edi:

Junkook: "Hey, Yeona. Men senga yana bir bor aytmoqchiman – men haqiqatan ham seni yoqtiraman. Menga imkon berasanmi?"

Yeona chuqur nafas oldi. Bu juda qiyin qaror edi. U chuqur o‘ylashi kerak edi. Yuragi esa allaqachon javobni biladigandek tuyulardi...


Ertasi kuni universitet hovlisida Ian, Junkook va Jin uchrashib qoldi. Ian va Junkook bir-biriga sinovchan qarashdi. Bu orada Yeona uzoqdan kelayotgan edi. U bugun qarorini aytmoqchi edi...

U kimni tanlaydi? Bu haqda keyingi qismda bilib olasiz!

Davomi bor...

Etiboringiz uchun raxmat 🌷