April 1, 2025

Ilk Baxorim

2-qism

Yujin va Ian yomg‘ir ostida yurib borishardi. Havoda bahorning iliq, yoqimli hidi ufurib turardi. Yujin har safar bolaligini eslardi – onasi bilan yomg‘irda sayr qilish qanday yoqimli bo‘lsa, hozir Ian bilan yurish ham shunday tuyulardi.

X: Ian!

Yujin va Ian ortga qarashdi. Qizil soyabon ostida turgan nozik qiz ularni chaqirayotgan edi. Uning yuzi muloyim tabassum bilan porlab turardi.

Ian: Yo, Mina! Bu yerda nima qilyapsan?

Mina: Seni kutayotgan edim. Sen bilan gaplashmoqchi edim.

Yujin ularga qarab, biroz noqulaylik sezdi. Ianning do‘stlari yoki tanishlari bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. Ammo yuragining tubida nimadir siqilib borayotganday edi.

Ian: Yujin, men senga keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman, maylimi?

Yujin: Ha, albatta.

U jilmaydi va ortga burilib, ketishga chog‘landi. Lekin yuragining bir chekkasi ortga qaytib, Ian nima deyishini eshitgisi kelardi.

**

Uyga yetib kelganida, Yujin ko‘zoynagini stolga qo‘yib, charchoq bilan divanga o‘tirib oldi. Uning miyasi Ian bilan bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar va sayrni takror-takror eslay boshladi. Qiz o‘zining ichki tuyg‘ularini tushunishga harakat qilardi.

Dadam: Qizaloq, charchadingmi?

Yujin: Ha, biroz.

Dadam: Ian qanday yigit ekan?

Yujin hayron bo‘lib, otasiga qaradi.

Yujin: Yaxshi inson. U sportga juda jiddiy qaraydi. Menga ham yaxshi o‘rgatmoqda.

Dadam tabassum qildi va qizining sochlarini siladi.

Dadam: Yaxshi inson bilan do‘st bo‘lishing meni xursand qiladi. Lekin har doim ehtiyot bo‘l, qizalog‘im.

Yujin otasining so‘zlarini tushundi. Ian bilan yaqinlashish unga yangi hissiyotlar baxsh etayotganini payqadi. Lekin bu nimalarga olib kelishini hali o‘zi ham bilmasdi...

**

Keyingi kuni mashg‘ulotda Ian Yujinga boshqacha qarayotgandek tuyuldi. U har doimgidan mehribonroq edi. Mashg‘ulotdan keyin Ian unga kulib qaradi.

Ian: Bugun charchadingmi?

Yujin: Yo‘q, aksincha, menga yoqdi.

Ian: Juda yaxshi. Seni tez orada musobaqalarga tayyorlayman.

Yujin hayrat bilan unga qaradi.

Yujin: Rostanmi? Men hali tayyor emasman deb o‘ylayman.

Ian: Sen kuchlisan. Faqat o‘zingga ishonganing yetarli.

Uning ishonch bilan aytgan so‘zlari Yujinga ilhom bag‘ishladi. Lekin yuragining tubida kecha Mina bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv uni o‘ylantirar edi...
ʼ