November 30, 2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida 314-son buyrug‘iga asosan hududlarda seminarlar tashkil qilindi.

Oliy ta’lim muassasalari ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida 2024-yil 20-avgust 314-son buyrug‘ining 6.2-bandiga asosan kengashda har oyda hududda joylashgan tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, yangi tarmoqlarni o‘zlashtirish, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha Iqtisodiyot kafedrasi o`qituvchilari tomonidan ko‘chma seminarlar tashkil qilinmoqda.

Shunga asoslanib, 22.11.2024 yil Buxoro shahrida joylashgan Bukhara Cotton Textile (BCT)korxonasiga Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Kengash ishtirokchilari tashrif buyurib ko‘chma seminar tashkil qilindi. Bukhara Cotton Textile (BCT) kompaniyasining “B Jeans” brendining dizaynidagi rangsiz fonni ochiq ko'k rangga o‘zgartirish asosida mahsulotni ishlab chiqarishda 100% ekologik toza paxta "Denim" matosidan foydalanishni tavsiflovchisini hamda logotip sifatida mazkur brendning kelib chiqqan mamlakatini ifodalovchi “UZB” yozuvini kiritish orqali mazkur brendning siljishini oshirishi taklif qilindi.

Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Kengash ishtirokchilari tomonidan 25-noyabrda Buxoro shahar “ABRO Capitals & Construction” MChJ ga tashrif buyurilib ko‘chma seminar tashkil etildi. Innovatsion marketing dasturidan foydalanish natijasida “ABRO Capitals & Construction” MChJ tomonidan “Quruq qurilish qorishmasi” ishlab chiqarish liniyasi hamda Eron islom respublikasida ishlab chiqilgan “Presslangan trotuar plitkalari” yangi ishlab chiqarish yarim avtomatlashtirilgan liniyalari o’rnatilgan va bugungi kunga kelib to’liq quvvatda ishlab kelmoqda. Jamiyat tomonidan ushbu dasturdan foydalangan holda yuqorida keltirib o‘tilgan liniyalarda ishlab chiqarish quvvatini saqlagan holda xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani hamda Romitan-Peshku tumani hududida joylashgan Qaraqir Jongeldi noruda materiallari konlaridan foydalanish taklifi berildi.

Hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘chma seminarlar tashkil qilinishi dekabr oyida ham davom etadi.