Samarali loyihalar-amalda
Buxoroning eng samarali loyihalari bilan tanishuv maqsadida 2025 yilning 29 mart kunida 3-1AGB-21va 3-2AGB -21 guruhlari talabalarining “Loyiha boshqaruvi” va "Moliyaviy savodxonlik asoslari" fanlaridan boʻyicha sayyor darslari tashkil etildi. Marketing va menejment kafedrasi oʻqituvchilari Z.T.Joʻraeva va M.A.Rajabovalar hamda Iqtisodiyot kafedrasi o`qituvchisi Qosimova H.J tomonidan tashkil etilgan mazkur sayyor dars jarayonida talabalar “Wyndham Bukhara” mehmonxonasida boʻlishdi.
Wyndham Bukhara-Buxoro shahridagi mehmonxona. Mehmonlar mehmonxonaning 212 xonasidan birida qolib, haqiqiy o'zbek mehmondo'stligi bilan tanishadilar. Bog', umumiy dam olish xonasi, bar va bepul Wi-Fi mavjud. Mehmonlar fitnes markazi, ochiq basseyn va sauna bilan sog'lomlashtirish va kurortdan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, terassa mavjud.
Mehmonxona loyihasining mukammallik darajasi o`rganildi. Investitsion faoliyat va uning samaradorligini baholandi. Wyndham Bukhara mehmonlariga nonushta bufeti taqdim etiladi. Wyndham Bukharada Amerika taomlari, fransuz taomlari va italyan taomlarini taklif qiluvchi restoran mavjud. Talab bo'yicha mehmonlar uchun vegetarian, halol va vegan taomlarini tayyorlaydilar. Mehmonxonaga issiq vanna va turk hammomiga tashrif buyurishlari mumkin.
Mehmonxona xodimi marketing boʻlimi mutaxassisi M.Kamolova mehmonxona faoliyati, xonalar imkoniyatlari toʻgʻrisida ma'lumotlar berdi. Mehmonxona personali vazifalari bilan tanishtirib, talabalarning savollariga javob berdi.