February 24, 2025

"Mehnat iqtisodiyoti" fanidan "Aholining turmush darajasi, daromadlari va uni davlat tomonidan tartibga solish" mavzusida ochiq dars mashg`uloti o‘tkazildi.

9-1BUXS-22 va 9-2BUXS-22 guruhlariga Buxoro davlat ubiversitetining G'ijduvon tumanidagi binosida "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o‘qituvchisi M.A. Bakayeva tomonidan "Mehnat iqtisodiyoti" fanidan "Aholining turmush darajasi, daromadlari va uni davlat tomonidan tartibga solish" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o‘tkazildi.

O‘qituvchi darsda talabalarga aholi turmush darajasi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, aholi turmush darajasi komponentlari, aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida talabalarga tushuncha berib o‘tdi.

Aholi turmush darajasi va farovonligi ko‘rsatkichlari va indikatorlari to‘g‘risida to‘xtalib, turmush darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlarni izohlab berdi.
Barcha sirtqi guruh talabalari dars yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan darsni mustahkamladilar.