magistrlik dissertatsiya ishlarini himoyaoldi monitoringi davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi magistrantlari kafedra qoshidagi seminar muhokamasida magistrlik dissertatsiya ishlarini himoyaoldi monitoringda taqdim etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq, Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan Iqtisodiyot va Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Joriy yilning 21-aprel kuni tashkil etilgan kafedra seminarida Iqtisodiyot kafedrasi mudiri A.J.Abdulloyev boshchiligidagi komissiya barcha bitiruvchi magistrantlar tayyorlagan dissertatsiya ishlarini talab doirasida rasmiylashtirilganligini tahlil qilib, yutuq va kamchiliklar birma-bir tanishtirildi.
Raqamli iqtisodiyot yo'nalishi 2-bosqichidagi 7 nafar magistrdan 5 tasi va Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo` yicha) yo'nalishi 2-bosqichidagi 4 nafar magistr talabalaridan 4 tasi o'z mavzulari bo'yicha olib borayogan ishlari to g'risida qisqacha hisobot berib, dastlabki himoyadan o`tishdi.