December 12, 2024

BDU talabalari ishtirokida "O`zagrosug`urta" Buxoro viloyat filialida sayyor dars tashkil etildi.

12.12.2024 yil 3-1AGB-22 guruhi talabalari bilan “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanidan "O`zagrosug`urta" Buxoro viloyat filialiga "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Qosimova Hilola Jamshedovna tomonidan sayyor dars o’tkazildi.

Sayyor dars davomida talabalar "O`zagrosug`urta" faoliyati, uning bo’limlari, ish jarayoni bilan tanishdilar. Korxona bosh mutaxassisi Safarov Komiljon tomonidan korxona faolyati to`g`risida ma`lumotlar berildi,korxona xizmatlari tavsiflab berildi.

Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ko’rib bilim malakalrini oshirdilar va ijobiy xulosa qildilar.